Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
235
ISSN:3030-3621
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNI
UMUMTA’LIM JARAYONIGA JALB QILISHNING MUHIM JIHATLARI
Nazarova Dildora Asatovna
Oriental universiteti Pedagogika
va psixologiya kafedrasi professori,
pedagogika fanlari nomzodi
e-mail:nazarova@gmail.com
Xakimxo‘jaeva Feruza Rixsivoy qizi
Oriental universiteti, Psixologiya yoʻnalishi
301-guruh, 2-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning falsafiy asoslari va alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni umumta’limga jalb qilishdagi psixologik jihatlar
atroflicha tahlil qilingan. Maqolada gumanizm, aksiologiya, ijtimoiy adolat, pedagogik
antropologiya kabi falsafiy yo‘nalishlar inklyuziv ta’limda qanday namoyon bo‘lishi
ko‘rsatilgan. Shuningdek, «group-inclusion» usuli, o‘qituvchilar tayyorgarligi, sinf
muhitidagi qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy qabul kabi psixologik intervensiyalar tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv ta’lim, falsafiy asoslar, psixologik qo‘llab-quvvatlash,
ijtimoiy adolat, group-inclusion, alohida ehtiyoj
Аннотация.
В статье подробно проанализированы философские основы
инклюзивного образования и психологические аспекты включения детей с
особыми образователными потребностями в общеобразовательные учреждения.
Рассматриваются философские направления, такие как гуманизм, аксиология,
социальная справедливость и педагогическая антропология. Также проведён
анализ психологических интервенций: метод «групповой инклюзии», готовность
учителей, поддержка в классе и социальное принятие.
Ключевые слова:
инклюзивное образование, философские основы,
психологическая поддержка, социальная справедливость, групповая инклюзия,
особые потребности.
Abstract.
This article provides a comprehensive analysis of the philosophical
foundations of inclusive education and the psychological aspects of integrating
children with special educational needs into mainstream schooling. It discusses
philosophical perspectives such as humanism, axiology, social justice, and pedagogical
anthropology. Psychological interventions such as group-inclusion methods, teacher
preparedness, classroom support, and social acceptance are also examined.
Keywords:
inclusive education, philosophical foundations, psychological
support, social justice, group inclusion, special needs.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
236
ISSN:3030-3621
Kirish
Jahon hamjamiyatida ta’lim sohasida inson huquqlariga asoslangan
yondashuvlarni joriy etish birinchi darajali vazifaga aylangan. Bu jarayonda barcha
bolalar uchun sifatli va teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan inklyuziv
ta’lim tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’limda alohida e'tiborga muhtoj
bo‘lgan bolalarni umumta’lim muhitiga samarali jalb etish orqali jamiyatda ijtimoiy
adolat, tenglik va bag‘rikenglik tamoyillari mustahkamlanadi.
Shu bois hozirgi kunda inklyuziv ta’lim jahon ta’lim siyosati va amaliyotida eng
dolzarb yo‘nalishlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Uning asosiy maqsadi – har bir
bolaga, u qay darajada aqliy, jismoniy yoki hissiy cheklovlarga ega bo‘lishidan qat'i
nazar, bir xil ta’lim imkoniyatlari va teng huquqlar yaratishdan iborat. Inklyuziv ta’lim
inson huquqlari, ijtimoiy tenglik, qadr-qimmat, bag‘rikenglik va turfa xillikka hurmat
kabi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Dunyo mamlakatlarida, jumladan, Finlyandiya, Italiya, Norvegiya, Kanada va
boshqa rivojlangan davlatlarda inklyuziv ta’lim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Bu davlatlarda ta’limda alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni umumta’lim
muassasalarida qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma, maxsus pedagoglar, ijtimoiy-
psixologik xizmatlar va ota-onalar bilan tizimli hamkorlik mavjud.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib,
so‘nggi yillarda normativ-huquqiy bazani shakllantirish, infratuzilmani yaxshilash,
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va maxsus resurs markazlarini tashkil etish borasida
aniq qadamlar qo‘yilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari
surilgan «inson qadri uchun» tamoyili ta’lim tizimida insonparvar, individual va
adolatli yondashuvni ta'minlashga yo‘naltirilgan. 2020-yilda qabul qilingan PQ-4860-
sonli qaror, so‘nggi yillardagi inson qadri uchun «Inklyuziv ta’limni joriy etish chora-
tadbirlari» bo‘yicha qarorlar va islohotlar alohida ehtiyojga ega bolalar uchun tegishli
infratuzilma, moddiy resurslar va metodik ta'minot yaratishga qaratilgan.
Shu bilan birga, amaliyotda bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
Sinf muhitining moslashmaganligi – umumta’lim maktablarida jismoniy muhit
(panduslar, maxsus o‘quv jihozlari va h.k.) aksariyat hollarda ta’limda alohida e'tiborga
muhtoj bo‘lgan bolalar uchun moslashmagan.
Pedagoglarning
inklyuziv
ta’limga
tayyorgarligi
yetarli
emas
–
o‘qituvchilarning aksariyatida inklyuziv pedagogika bo‘yicha maxsus bilim va
ko‘nikmalar mavjud emas.
Ijtimoiy stereotiplar – jamiyatda va hatto ta’lim tizimida ham nogironligi bor
bolalarni «nogiron», «erisha olmaydigan», «chidamsiz», «mas'uliyat talab qiluvchi»,
«o‘ziga e'tiborni haddan ziyod talab etuvchi» deb qabul qilish holatlari mavjud.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
237
ISSN:3030-3621
Ota-onalarning tayyorgarligi va xabardorligi yetishmaydi – ko‘pincha ota-
onalarda inklyuziv ta’lim mohiyatiga nisbatan shubha va ishonchsizlik saqlanib
qolmoqda.
Bunday muammolarni hal etishda nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki
insonparvar pedagogik munosabat, empatik o‘qituvchi tayyorlash, jamoatchilik ongini
o‘zgartirish va ta’limda alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning shaxsiy
rivojlanish salohiyatini to‘g‘ri baholay olish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Qayd etish muhimki, inklyuziv ta’limni joriy etishda
psixologik jihatlar
, ya'ni
sinf muhitida ijtimoiy qabul, emotsional qo‘llab-quvvatlash va o‘qituvchi
munosabatlari kabi omillar yetarli darajada o‘rganilmagan.
Aynan shu nuqtai nazardan, ushbu mavzu nazariy va amaliy jihatdan ham
dolzarb hisoblanadi. Chunki inklyuziv muhitda ta’limda alohida e'tiborga muhtoj
bo‘lgan bolalarni samarali jalb etish psixologik yondashuvlarsiz muvaffaqiyatga erisha
olmaydi.
Kichik izlanishimizning maqsadi sifatida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarni umumta’lim jarayoniga jalb etishda psixologik omillarni tahlil qilish,
samarali intervensiya va yondashuvlarni aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab
chiqishni belgilab oldik.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgiladik:
1.
Inklyuziv ta’limning mohiyati va falsafiy asoslarini qisqacha tavsiflash.
2.
Ta’limda alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni umumta’lim muhitiga jalb
etishda uchraydigan asosiy psixologik to‘siqlarni aniqlash.
3.
O‘qituvchi va sinf muhitida ijtimoiy qabulning bola rivojiga ta'sirini tahlil qilish.
4.
«Group-inclusion» zamonaviy intervensiya usullarining samaradorligini ko‘rsatish.
5.
O‘qituvchilar va ota-onalarning tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy
tavsiyalar ishlab chiqish.
Usullar.
Ushbu tadqiqotda nazariy-tahliliy va taqqoslama tahlil usullaridan
foydalanildi. Avvalo, inklyuziv ta’limga oid xalqaro va mahalliy me'yoriy-huquqiy
hujjatlar, ilmiy maqolalar hamda pedagogik-psixologik adabiyotlar o‘rganildi. Alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga jalb qilish tajribasiga ega
davlatlarning (Finlyandiya, Sloveniya, Rumыniya, Polsha, Italiya va Ispaniya) amaliy
yutuqlari tahlil qilindi.
Shu bilan birga, nazariy tahlil jarayonida quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:
Ta’limda alohida e'tiborga muhtoj bolalar uchun inklyuziv muhit yaratishdagi
psixologik omillar;
O‘qituvchilar va sinfdoshlarning munosabati, ijtimoiy qabul va psixologik
xavfsizlik;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
238
ISSN:3030-3621
«Group-inclusion» va shu kabi zamonaviy intervensiya modellarining
o‘rganilgan samaralari;
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud holat va rivojlanish tendensiyalari.
Ushbu usullar orqali mavzu bo‘yicha muammolar, imkoniyatlar va yechim
yo‘llari tahlil qilindi.
Muhokama.
Inklyuziv ta’lim – barcha bolalar, jumladan jismoniy, aqliy yoki
hissiy cheklovlarga ega bo‘lganlarni umumta’lim muassasalarida birgalikda o‘qitishga
qaratilgan ta’lim tizimidir. Uning markazida inson huquqlari, ijtimoiy tenglik,
bag‘rikenglik va turfa xillikni qabul qilish kabi falsafiy qadriyatlar yotadi.
Falsafiy jihatdan, inklyuziv ta’lim gumanizm va aksiologiyaga asoslanadi.
Insonparvarlik yondashuv insonni – uning ehtiyojlari va qobiliyatlarini – ta’lim
jarayonining markaziga qo‘yadi. Aksiologik yondashuv esa ta’limda adolat, hurmat,
bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni ilgari suradi.
Bu falsafiy asoslar ta’lim tizimiga quyidagicha ta'sir qiladi:
Barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi;
Bolalar turli qobiliyatlar bilan qabul qilinadi;
Ta’limdan tashqari, ijtimoiy adaptatsiya ham ta'minlanadi.
O‘rganishlarimiz asosida bolalarni umumta’lim muhitiga jalb etishdagi asosiy
psixologik to‘siqlarni belgilashimiz uchun asos bo‘ldi. Inklyuziv ta’limni amalga
oshirishda asosiy to‘siqlardan biri – psixologik moslashuv muammosi hisoblanadi.
Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bolalar o‘zlarini sinf muhitida
begona his qilishlari, qabul qilinmasliklari va emotsional qo‘llab-quvvatlash
yetishmasligidan aziyat chekishlari mumkin.
Asosiy psixologik to‘siqlar quyidagilar:
Ijtimoiy stigma va stereotiplar: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni «farq
qiluvchi» deb qabul qilish, ulardan ehtiyot qilish, past baho berish.
O‘qituvchining munosabati: Odatda o‘qituvchilar maxsus pedagogik
tayyorgarlikka ega emasligi sababli, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga
yordam berishda ikkilanishadi yoki sust faollik namoyon etadilar.
Sinf muhitidagi chetlashish (izolyasiya): Sinfdoshlari tomonidan qabul
qilinmaslik, muloqotda qatnashmaslik, munosabatdan chetlashtirilish.
O‘z-o‘ziga ishonchsizlik va qo‘rquv: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarning o‘z qobiliyatiga ishonmasligi, o‘zini «ortiqcha» his qilishi, natijada ta’lim
jarayonidan chetda qolishi.
O‘qituvchi va sinf muhitida ijtimoiy qabulning bola rivojiga ta'siri
Ijtimoiy qabul – alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumta’lim
muhitidagi rivojlanishi va integratsiyasida hal qiluvchi omillardan biridir. Agar bola
o‘ziga nisbatan hurmat, tushunish va qabulni his qilsa, uning:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
239
ISSN:3030-3621
ta’limga qiziqishi oshadi,
o‘z-o‘ziga ishonchi mustahkamlanadi,
ijtimoiy qobiliyatlari shakllanadi,
ijobiy emotsional holati ta'minlanadi.
O‘qituvchining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, insoniy munosabati va individual
yondashuvi – ijtimoiy qabul muhitining asosiy ko‘rsatkichidir. Sinfdoshlar tomonidan
e'tirof va munosabat esa bolaning guruhdagi ijtimoiy maqomini belgilaydi. Aks holda,
rad etilish, izolyasiya va kamsitish holatlari rivojlanishni cheklaydi.
Group-inclusion – alohida ehtiyojlarga ega bolalarni kichik ijtimoiy guruhlar
orqali sinf muhitiga integratsiya qilish usulidir. Bu modelda bolalar:
Jamoaviy faoliyatlarda (o‘yinlar, proektlar, ijodiy ishlar) qatnashadi;
Bir-birini tinglash, tushunish va qo‘llab-quvvatlashga o‘rganishadi;
Musobaqalashish o‘rniga hamkorlik qilish muhitida rivojlanadilar.
Ushbu usul alohida e'tiborga muhtoj bolalar uchun quyidagi afzalliklarni beradi:
O‘z-o‘ziga ishonch va motivatsiyani oshiradi;
Sinf muhitida faol ishtirokni ta'minlaydi;
Ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi;
O‘quvdagi muvaffaqiyatni rag‘batlantiradi.
Bu intervensiya pedagog-psixologlar nazoratida amalga oshirilganda, ayniqsa
samarali bo‘ladi. O‘qituvchi «yo‘lboshchi», sinfdoshlar «qo‘llovchi guruh» sifatida
faol ishtirok etadi.
O‘qituvchilar va ota-onalarning tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy
tavsiyalar
O‘qituvchilar uchun:
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha maqsadli treninglar va seminarlar tashkil etish;
Metodik qo‘llanma, keys-tajriba, video-ma'ruzalar orqali bilimlarni oshirish;
Ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarda
ishtirok etish;
Psixologlar bilan xamkorlikda ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.
Ota-onalar uchun:
Inklyuziv ta’lim mohiyatini tushuntiruvchi ma'rifiy uchrashuvlar, bukletlar va
videoroliklar tarqatish;
Ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish – maslahat kengashlari, umumiy
faoliyatlarda ishtirok etish;
Ota-onalarga psixologik maslahat berish uchun maslahat markazlari tashkil
etish;
Ota-onalar uchun «bir-birini qo‘llab-quvvatlash guruhlari» (support groups)
tuzish.
Xulosa
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
240
ISSN:3030-3621
1.
Inklyuziv ta’lim inson huquqlari va ijtimoiy tenglik tamoyillariga asoslangan holda
barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan falsafiy va
amaliy tizimdir.
2.
Alohida ehtiyojlarga ega bolalarni umumta’lim jarayoniga samarali jalb qilishda
psixologik omillar – ijtimoiy qabul, o‘qituvchining munosabati va sinf muhitidagi
emotsional qo‘llab-quvvatlash – hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
3.
Zamonaviy intervensiya usullari, jumladan, «Group-inclusion» modeli, bolalarda
ijtimoiy adaptatsiya, o‘z-o‘ziga ishonch va sinf muhitida faol ishtirokni ta'minlashga
xizmat qiladi.
4.
O‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim sohasidagi bilim va ko‘nikmalari hozirgi kunda
yetarli darajada emas, bu esa alohida ehtiyojlarga ega bolalarning ta’lim jarayonida
to‘liq ishtirok etishiga to‘siq bo‘lmoqda.
5.
Inklyuziv muhitni yaratish nafaqat maktab ma'muriyati yoki o‘qituvchi, balki butun
jamoatchilikning faol ishtirokini talab etadi.
Tavsiyalar:
1.
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha pedagoglar uchun ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash
kurslari va amaliyotga yo‘naltirilgan treninglar tashkil etish.
2.
Umumta’lim muassasalarini alohida ehtiyojlarga ega bolalar uchun mos
infratuzilma va ta’lim resurslari bilan jihozlash.
3.
«Group-inclusion» va shu kabi samarali intervensiya modellarini amaliyotga joriy
etish va lokal adaptatsiya qilish.
4.
Ota-onalar va jamoatchilikka inklyuziv ta’limning mohiyatini tushuntirishga
qaratilgan media va ma'rifiy dasturlarni tashkil etish.
5.
Maktab psixologlari, defektologlar va logopedlarning roli va faoliyatini kuchaytirish
orqali alohida ehtiyojlarga ega bolalarga individual yondoshuvni ta’minlash.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Resrublikasining Konstitutsiyasi. 2023.
2.
O‘zbekiston Resrublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qoninu. 2020.
3.
«Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi». O‘zbekiston
Resrublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni.
4.
«2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Resrublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi PF-
60-son Farmoni.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 13-oktabrdagi «Alohida ta’lim
ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori.
6.
Broderick, A., Mehta-Parekh, H., Reid, D. (2005). Differentiating Instruction for
Disabled Students in Inclusive Classrooms. Theory Into Practice, 44(3), 194-202.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
241
ISSN:3030-3621
7.
Dewsbury, B., Brame, C. (2019). Inclusive Teaching. CBE Life Sciences
Education.
8.
Florian, L., Black-Hawkins, K. (2011). Exploring Inclusive Pedagogy.
British
Educational Research Journal
. 28.
9.
Mo‘minova L.R., Nazarova, D. A. Inklyuziv va maxsus ta’lim atamalarining izohli
lug‘ati. - Toshkent. «Lesson press» 2021.
10.
Nazarova, D. A. Inklyuziv ta’lim asoslari. - Toshkent. «Lesson press» 2022.
11.
Nazarova, D. A. (2020). «Aspects of Orientation of Students of the Professional
Development Courses in the Direction Managers of Educational Institutions' to the
Effective Organization of Inclusive Education.» European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences, 8(8), 7-12.