Mualliflar

  • G‘ulomjonova Gulhayo Ikromjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112082

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: jamiyat ayol taqdir psixologiya obraz nazm nasr baddiy asar hikoya.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asrning qobiliyatli Ingliz yozuvchilaridan 
biri Ketrin Mensfild ijodida ayol obrazi va ayol taqdirining ifolanishi yoritib berilgan. 
Shu  bilan  birga  uning  qisqa  hikoyalarida  insoniyat  ongining  nozikligi  va  rang 
barangligi ustalik va badiiylik bilan ochib berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

192

ISSN:3030-3621

YOZUVCHILAR IJODIDA AYOL OBRAZI VA AYOL TAQDIRI MASALASI

G‘ulomjonova Gulhayo Ikromjon qizi

University of Business and Science universiteti

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Tel:+998999775355


Annotatsiya:

Mazkur maqolada XX asrning qobiliyatli Ingliz yozuvchilaridan

biri Ketrin Mensfild ijodida ayol obrazi va ayol taqdirining ifolanishi yoritib berilgan.
Shu bilan birga uning qisqa hikoyalarida insoniyat ongining nozikligi va rang
barangligi ustalik va badiiylik bilan ochib berilgan.

Kalit so’zlar

: jamiyat, ayol, taqdir, psixologiya, obraz, nazm, nasr, baddiy asar,

hikoya.

THE IMAGE OF WOMEN AND THE FATE OF WOMEN IN THE

WORKS OF WRITERS


Abstract

: This article sheds light on the image of a woman and the expression of

female destiny in the work of Katherine Mansfield, one of the most talented English
writers of the 20th century. At the same time, his short stories skillfully and artistically
reveal the subtleties and colors of the human mind.

Key words

: society, woman, fate, psychology, image, poem, prose, literary work,

story.

ОБРАЗ ЖЕНЩИНЫ И СУДЬБА ЖЕНЩИНЫ В ТВОРЧЕСТВЕ

ПИСАТЕЛЕЙ


Аннотация

: Данная статья проливает свет на образ женщины и выражение

женской судьбы в творчестве Кэтрин Мэнсфилд, одной из талантливейших
английских писательниц 20 века. В то же время в его новеллах мастерски и
художественно раскрываются тонкости и краски человеческого разума.

Ключевые слова

: общество, женщина, судьба, психология, образ,

стихотворение, проза, литературное произведение, рассказ.


Har bir xalq milliy qarashlaridan kelib chiqqan holda oʻz adabiyotida ayol

obrazini turlicha tasvirlaydi. Ingliz adabiyotida ayol obrazi davrlar davomida tadrijiy
oʻzgarib borgan. XX asr ingliz nasrida va nazmda ayol obrazi yozuvchilar tomonidan
toʻlaqonli ideallashtirilgan holda yaratilgan. Adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz biz ayol
obrazini yaratishda asosan ayol va jamiyat oʻrtasidagi munosabatdan, ayolning jamiyat


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

193

ISSN:3030-3621

qatlamlarida qanday tan olinishi va uning jamiyatda, oilada oʻrnini tahlil qilgan holda
ayolning nasrda tasvirlanishiga baho berish mumkin. Har bir milliy adabiyotdagi ayol
obraziga to’xtaladigan boʻlsak, u oʻsha xalqning tabiatiga, zamon ruhiga mos tarzda
aks etadi, idrok qilinadi. Binobarin, bir xil sharoitda harakat qiladigan personajlar har
bir adabiyotda turlicha gavdalanadi.

Badiiy obraz - borliqning badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o’sha

borliqning oddiygina aksi emas, u borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ideal
asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Badiiy obraz o’zida aql va hisni uyg’un
birlashtiradiki, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi.

Badiiy obrazdagi ratsional jihat shundaki, uning yordamida ijodkor o’zini

qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, jahon adabiyotining yorqin vakili
Ketrin Mensfild asarida obrazlarning real tasviri yozuvchi mahorati tufayli yuksak
badiiylik kashf etgan. U o’z asarlari uchun ko’plab mukofotlarga sazovor bo’lgan.
Negaki, asarning saviyasi, uning ta’sir qilish kuchi juda ham kuchli. Uning asarlarini,
hikoyalarini o’qigan kishi voqealarning ketma –ketligiyu, rivojiga qoyil qolmay iloji
yo’q.

Ketrin Mensfildning hikoyalari Angliyada juda mashxur. U qisqa hikoya janrida

haqiqiy burilish yasagan. Ketrinni o’sha davr yozuvchilari haqiqiy novator, tragik
figura, o’tkir qalam sohibasi sifatida ko’rishgan. Mensfild hayoti davomida
Yevropaning judayam ko’p joylarida yashagan va u yerlardan ilhom olgan. XX asrning
birinchi yarmi Ketrin Mensfild uchun omadli bo’ldi va bir qator asarlari chop etildi.
Uning ilk hikoyalar to’plami “ In a German pension” unga katta muvaffaqiyat va
yozuvchilar orasidan o’rin berdi. Ketrin Mensfild o’z ijod yo’lini tanlab olgan edi
bunga asosiy sabab uning rus adabiyotiga o’zgacha e’tibor qaratib mehr qo’yganligi
bo’ldi. Ketrin butun umri davomida rus adabiyotida A.P. Chexov ijodiga judayam
qiziqqan. Uning asarlarini rus adabiyotining yorqin namunasi deb hisoblagan. Chexov
ijodidan o’z ijodi uchun ko’plab namunalar o’qib undan ruxlangan va bunga asos bo’lib
A.P.Chexovning xatlari va kundaliklari xizmat qilgan. Bu holatlar uning badiiy
adabiyotdagi his tuyg’ulariga ta’sir o’tkazgan inson taqdiri va uning jamiyatdagi
o’rnini hikoyalarining markaziga qo’yadi. Shunga o’xshash holatni o’zbek
yozuvchilaridan A. Qahhor ijodida ham ko’rishimiz mumkin . Vaholanki, Abdulla
Qahhor ham asosan Chexovning asarlaridan ruhlangan holda ko’plab mashxur
hikoyalarini yozgan. Su sabab ham, Ketrin Mensfild va Abdulla Qahhor ijodida
Chexov ijod yo’nalishini ham uchratishimiz mumkin.

Ketrin Mensfildning hikoyalaridan kelib chiqib, uni psixologik hikoyalar ustasi

deyishimiz ham mumkin. Chunki, uning hikoyalari o’zining ko’pqirraligi va o’ziga xos
lirizmi bilan birga inson ichki his tuyg’ularini ochib beradi. Mensfild bir qator
hikoyalari orqali oiladagi munosabatlar va muammolarni, oila a’zolarining bir –
birlariga bo’lgan munosabatlari va ayollarning jamiyatdagi o’rni, o’y – hayollarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

194

ISSN:3030-3621

bilinar –bilinmas chiziqlar orqali muhokamaga qo’ygan. Mensfild ma’lum ishga qo’l
urishdan oldin hikoya qahramoning o’rniga o’zini qo’yib ko’rar, his – tuyg’ularini
o’ziga singdirib ko’rardi. U bu haqida shunday deydi: - “ when I described duck, I
swear, I am also a white duck with round eyes swimming in the yellow foam bubbling
pool, occasionally having a quick glimpse of my inverted reflectionin water.” Bundan
ko’rinadiki, Mensfild hikoyalarida asosiysi uning hikoyalarining tor ma’noda emas,
aksincha qahramonlar holatini yurakni eritadigan vaziyatlarda ochib bergan. Yozuvchi
nima yozish va uni kitobxonga qanday yetkazib berishdek buyuk badiiy vazifasini o’z
o’rnida bajargan [1].

Masalan, Ketrin Mensfildning “ qora shapka” nomli hikoyasida qahramon qiz

sevimli yorining boshidagi eski qora shlyapasiga qarab, uning sevgilisiga nisbatan fikri
o’zgarishi va unga butun umrini bog’lash fikridaligini yoritib bergan. Bu esa u
oddiygina qiz orqali ayolning qanchalar uzoqni ko’ra olishi va ayollik baxti nimalarga
sabab bo’lishini judayam chiroyli tarzda ifodalagan [2].

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ketrin Mensfild asarlarida ayol obrazi va xarakter

xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirib,
o’ziga xos sharoitda haqqoniylashtirib yaratilgan obrazlardan iborat. Adibning
mahorati ham ularni badiiy jihatdan mukammal darajada yoritib, obraz psixologiyasini
erkin ochib bera olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Hanson C. Short stories and short fictions. 1880-1980. L.,1985.

2.

Katherine Mensfild. Selected stories. – Moscow. 1959.P.182

3.

Katherine Mansfield, from a letter to Virginia woolf, AUGUST1917

4.

Sultonov U. Cho’lponning adabiy – estetik qarashlari. –T.:NDA,1995.

5.

www.fayllar.org

6.

www.cyberleninka.ru

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Hanson C. Short stories and short fictions. 1880-1980. L.,1985.

Katherine Mensfild. Selected stories. – Moscow. 1959.P.182

Katherine Mansfield, from a letter to Virginia woolf, AUGUST1917

Sultonov U. Cho’lponning adabiy – estetik qarashlari. –T.:NDA,1995.

www.fayllar.org

www.cyberleninka.ru

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари