Mualliflar

  • Usenbaeva Gozzal

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118939

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Tabiiy fan boshlang'ich sinf ekskursiya metodlar amaliy ko'rgazmali og'zaki metodlar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy fan darslarida ekskursiyaga olib chiqishda 
foydalaniladigan metodlar va tabiiy fanlarda ekskursiyaning afzalligi haqida aytiladi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

125

ISSN:3030-3621

EKSKURSIYA DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN METODLAR

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat

pedagogik instituti Boshlang'ich ta'lim

fakulteti 3v-guruh talabasi

Usenbaeva Gozzal


Annotatsiya:

Ushbu maqolada tabiiy fan darslarida ekskursiyaga olib chiqishda

foydalaniladigan metodlar va tabiiy fanlarda ekskursiyaning afzalligi haqida aytiladi.

Kalit so'zlar:

Tabiiy fan, boshlang'ich sinf, ekskursiya, metodlar, amaliy,

ko'rgazmali, og'zaki metodlar.


Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarida o'qituvchi barcha o'qitish metodlarini:

og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni qo'llaydi. U o'simlik va hayvonlarni
namoyish qiladi. Amaliy ishlarni bajarish yo'li orqali o'quvchilarni ayrim
organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Avvalgi boblarda
yozganimizdek, sinfdagi darsda hayoti uzoq kuzatishni talab qiluvchi o'simlik yoki
hayvonning rivojlanish jarayonini, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda
birgalikda yashashlarini ko'rsatib bo'lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik
o'qitish

metodikasida

darslarni

to'ldiruvchi

maxsus

shakllar

qo'llaniladi.

Ekskursiyalarda bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xoʻjaligida, muzeylarda
o'simlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Ekskursiyalar avval qaror topgan tushun-
chalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi.

Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog'lanadi: ekskursiyada ko'rilgan

obyektlar kurs davomida ko'p marta yodga olinadi, to'plangan narsalar esa namoyish
qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o'quvchilar avval olgan bilimlarini yanada
mustahkamlaydilar, topshiriqlar bo'yicha mustaqil kuzatishlar o'tkazadilar va material
yig'adilar. Darslarning uy vazifalari bilan, xususan, eksperimental xarakterdagi
topshiriqlar bilan bog'liqligi aniq va ravshandir. O'quvchilar uyda uncha murakkab
bo'lmagan tajribalarni amalga oshiradilar, kuzatishlar o'tkazadilar. (Masalan, uyda
daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo'laklarini yelimlaydilar,
jadval to'ldiradilar, rasmini chizadilar). Bu o'qitishning eng yuqori ko'rgazmalilikka va
o'quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir. Dasturning deyarli
har bir mavzusi bo'yicha ekskursiyalar mo'ljallangan. Vatanimizning tabiiy sharoiti
ular sonini ancha ko'paytirishga imkon beradi.

Ekskursiya o'quv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda

bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali
o'qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi o'quv yilining boshida
bir yil uchun choraklar bo'yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

126

ISSN:3030-3621

bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan
tashkil topadi:

ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
aniq o'quv-tarbiya vazifalarini belgilash;
obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
korxona xodimlarini o'quvchilar bilan suhbat o'tkazishga tayyorlash, ularni

ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

o'quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo'yish,

topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskur-siyadagi xulq-atvor qoidalari bilan
tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);

kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yo'nalish tanlash;

ekskursiya o'tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.

Ekskursiya vaqtida o'tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyi-dagilardan iborat:

1) ekskursiya vaqtida o'quvchilar ekskursiya joyigacha yo'l-yo'lakay kuzatishlar
o'tkazib boradilar; 2) eks-kursiya davomida o'qituvchi tushuntirib boradi; 3) ekskursiya
joyida o'quvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabiat obyektlari va
hodisalarini kuzatadilar, 4) ishchilar va muhan-dislar bilan suhbatlashadilar; 5) tabiiy
material yig'adilar va oldindan tayyorlab qo'yilgan jild, quticha, bonkalarga soladilar,
6) o'lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda) olib boradilar; 7) kompas
bo'yicha yo'nalishlarni aniqlaydilar, 8) rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar,
xulosalarni umumlashtiradilar, 9) kuzatayotgan obyektda baholi qudrat ijtimoiy foydali
mehnat qiladilar.

Tabiiy fan darslarida, ayniqsa ekskursiya darslarida, o‘quvchilarning tabiat bilan

bevosita tanishishlari, kuzatish, tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
uchun turli **metodlardan** foydalaniladi. Quyida ekskursiya darslarida
qo‘llaniladigan asosiy metodlar keltirilgan:

1. Kuzatuv metodi.
- O‘quvchilar tabiatdagi obyektlarni (o‘simlik, hayvon, relyef, iqlim holatlari va

h.k.) bevosita kuzatadilar.

- Masalan: daraxtning barg tuzilishi, qushlarning harakati, tuproq turi.
2. Savol-javob metodi.
- O‘qituvchi ekskursiya davomida o‘quvchilarga savollar berib, ularning faol

ishtirokini ta'minlaydi.

- Bu metod o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish va o‘z fikrlarini aytishga

undaydi.

3. Amaliy ishlar metodi.
-O‘quvchilar tabiiy obyektlar ustida kichik tajribalar yoki o‘lchov ishlarini

bajaradilar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

127

ISSN:3030-3621

-Masalan: suv harorati o‘lchash, tuproq tarkibini aniqlash, kompas bilan

yo‘nalishni aniqlash.

4. Daftar tutish va yozuvlar qilish (ekspertiza metodi).
O‘quvchilar ekskursiya davomida ko‘rgan va eshitganlarini kundalik yoki

maxsus daftarlariga yozib boradilar.

-Bu metod tahlil qilish, xotirani mustahkamlashga yordam beradi.
5. Xarita va sxemalardan foydalanish.
- Geografiya yoki ekologiya darslarida qo‘llaniladi.
-Ekskursiya

marshrutini xaritada ko‘rsatish, topilgan obyektlarning

joylashuvini aniqlash.

6. Fotosurat va video tahlil.
O‘quvchilar yoki o‘qituvchi ekskursiya vaqtida obyektlarni suratga olib,

darsdan keyin tahlil qilishadi.

7. Tahlil va muhokama metodi.
Ekskursiyadan so‘ng o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi, kuzatuvlar tahlil

qilinadi, xulosa chiqariladi.

8. Guruhli ishlar metodi.
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, har biri alohida topshiriqni bajaradi

(masalan, bir guruh o‘simliklarni o‘rganadi, boshqasi hayvonlarni).

Ushbu metodlar orqali tabiiy fan darslarida ekskursiyalarni yaxshi o'tkazosh

mumkin. Ekskursiyalar bolalarning bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Tabiyatga bo'lgan mehrini oshiradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://cyberleninka.ru/article/n/ekskursiya-darslarida-integrativ-yondashuv-
asosida-amaliy-ishlarni-tashkil-etish

2.

Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Toshkent, 2005.

3.

Grigoryants A.G. Tabiatshunoslik (4-sinf ushun darslik). T., 2001.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

asosida-amaliy-ishlarni-tashkil-etish

Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Toshkent, 2005.

Grigoryants A.G. Tabiatshunoslik (4-sinf ushun darslik). T., 2001.