ANNOTATSIYA: Giperurikemiya surunkali buyrak yetishmovchiligi
rivojlanishida muhim xavf omillaridan biri bo‘lib, uning kechishini og‘irlashtiradi.
Ushbu subanalitik TROFEO surunkali buyrak yetishmovchiligini tekshirish
tadqiqotida yurak-qon tomir jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan giperuremik bemorlar
orasidan hisoblangan buyrak filtrlash tezligi 60 ml/min/1.73 m² dan past bo‘lgan
bemorlar ajratilib, ksantin oksidaza fermentini bloklovchi ikki dori – febuksostat va
topiroksostat – ta’siri solishtirildi. 42 nafar bemor febuksostat, 39 nafar bemor esa
topiroksostat bilan davolangan. Tadqiqotning asosiy ko‘rsatkichi sifatida qon
zardobidagi siydik kislotasi darajasi baholangan bo‘lib, febuksostat uni klinik jihatdan
muhim bo‘lgan 6,0 mg/dL darajadan oshirmasdan ushlab turgan. Ikkinchi darajadagi
ko‘rsatkichlar — kreatinin, buyrak filtrlash tezligi, sistatin-C va oksidlangan
lipoproteinlar — febuksostat foydasiga ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etdi. Urin
albumin va lipid profili parametrlarida esa sezilarli farqlar aniqlanmadi. Ushbu
natijalar asosida febuksostat surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda
siydik kislotasi almashinuvini barqaror nazorat qilishda va buyrak faoliyatini saqlab
qolishda ustun terapevtik vosita sifatida baholanadi.