Mualliflar

  • Nasrullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.125835

Annotasiya

 
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlarining talabalar hayotidagi 
ahamiyati,  ulardan  foydalanishning  hozirgi  holati  va  asosiy  tendentsiyalari  tahlil 
qilinadi. Tadqiqotda asosan elektron banking, mobil ilovalar, raqamli to‘lov tizimlari 
va onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi, omillari hamda talabalarning 
moliyaviy savodxonligi bilan bog‘liq jihatlar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank 
xizmatlariga bo‘lgan ishonch, xavfsizlikka oid qarashlar va raqamli moliya vositalariga 
talabning ortishi tahlil qilinadi. So‘rovnomalar va statistik ma’lumotlar asosida olib 
borilgan  tahlillar  talabalar  orasida  raqamli  moliyaviy  xizmatlardan  foydalanishning 
izchil  o‘sib  borayotganini  ko‘rsatadi.  Tadqiqot  natijalari  raqamli  bank  xizmatlarini 
yanada  rivojlantirish,  talabalarning  moliyaviy  imkoniyatlarini  kengaytirish  hamda 
moliyaviy  texnologiyalar  orqali  yoshlar  moliyaviy  barqarorligini  mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

33

ISSN:3030-3621

TALABALAR ORASIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARIDAN

FOYDALANISH TENDENTSIYALARI

Namangan davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti

Moliya sohasida boshqaruv yo`nalishi 2- bosqich talabasi

Nasrullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li

E-mail:

omonulloxon0408@gmail.com

Tel: +998949874707


Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlarining talabalar hayotidagi

ahamiyati, ulardan foydalanishning hozirgi holati va asosiy tendentsiyalari tahlil
qilinadi. Tadqiqotda asosan elektron banking, mobil ilovalar, raqamli to‘lov tizimlari
va onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi, omillari hamda talabalarning
moliyaviy savodxonligi bilan bog‘liq jihatlar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank
xizmatlariga bo‘lgan ishonch, xavfsizlikka oid qarashlar va raqamli moliya vositalariga
talabning ortishi tahlil qilinadi. So‘rovnomalar va statistik ma’lumotlar asosida olib
borilgan tahlillar talabalar orasida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishning
izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari raqamli bank xizmatlarini
yanada rivojlantirish, talabalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda
moliyaviy texnologiyalar orqali yoshlar moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga
xizmat qiladi.

ТЕНДЕНЦИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ

СРЕДИ СТУДЕНТОВ


Аннотация.

В этой статье будет проанализировано значение цифровых

банковских услуг в жизни студентов, текущее состояние их использования и
основные тенденции. В исследовании в основном исследуются уровни и
факторы, связанные с использованием электронного банкинга, мобильных
приложений, цифровых платежных систем и финансовых онлайн-сервисов, а
также аспекты, связанные с финансовой грамотностью студентов. Он также
анализирует доверие к цифровым банковским услугам, взгляды на безопасность
и растущий спрос на цифровые финансовые инструменты. Анализ, основанный
на опросах и статистике, показывает постоянный рост использования цифровых
финансовых услуг среди студентов. Результаты исследования послужат
дальнейшему развитию цифровых банковских услуг, расширению финансовых
возможностей студентов и укреплению финансовой стабильности молодежи с
помощью финансовых технологий.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

34

ISSN:3030-3621

TRENDS IN THE USE OF DIGITAL BANKING SERVICES AMONG

STUDENTS


Abstract.

This article analyzes the importance of digital banking services in the

lives of students, the current state and main trends in their use. The study mainly
explores aspects related to the level, factors and financial literacy of students using
electronic banking, mobile applications, digital payment systems and online financial
services. Also analyzed are confidence in digital banking services, security views, and
increased demand for digital financial instruments. Surveys and statistical data-driven
analyses show a consistent growth in the use of digital financial services among
students. The results of the study serve to further develop digital banking services,
expand the financial capabilities of students, and strengthen youth financial stability
through financial technologies.

Kalit so‘zlar:

Raqamli bank xizmatlari, talabalar, moliyaviy texnologiyalar,

mobil banking, elektron to‘lovlar, moliyaviy savodxonlik, fintech.

KIRISH

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bank xizmatlari

sohasida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy bank operatsiyalarining
elektron ko‘rinishga o‘tishi mijozlar uchun qulaylik, tezlik va xavfsizlik darajasini
oshirdi. Ayniqsa, yoshlar, xususan talaba yoshlar orasida raqamli bank xizmatlaridan
foydalanish tendentsiyasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu holat, bir tomondan,
texnologik savodxonlik darajasining oshayotganidan, ikkinchi tomondan esa
moliyaviy xizmatlarning raqamli muhitda kengayganidan dalolat beradi.

Talabalar zamonaviy bank ilovalari, onlayn to‘lov tizimlari, raqamli kartalar va

mobil banking orqali o‘z moliyaviy faoliyatlarini samarali boshqarish imkoniyatiga
ega bo‘lmoqdalar. Ular uchun bu xizmatlarning mavjudligi faqatgina qulaylik emas,
balki vaqt va resurslarni tejash, moliyaviy xatoliklarning oldini olish, shuningdek,
iqtisodiy mustaqillik sari muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, pandemiya davri tajribalari raqamli xizmatlarga ehtiyojni yanada

oshirdi. Natijada, ko‘plab banklar talaba yoshlar segmentini o‘z mijozlar bazasiga jalb
qilish maqsadida maxsus raqamli mahsulotlar va ilovalarni ishlab chiqdi. Shu bilan
birga, bu sohada xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, raqamli savodxonlik
darajasi kabi masalalar dolzarbligicha qolmoqda.

Raqamli bank xizmtalaridan foydalanayotgan talabalar soni katta miqdorda

bo`lgani bilan, ammo ayrim yoshlar bu xizmatlardan foydalanish vaqtida, ma`lum bir
miqdordagi muammolarga duch kelmqda. Bu muammolarning asosiy sabablaridan
biri, yoshlarda boshlang`ich moliyaviy bilim bazasining yoqligi va ayrim elektron bank
xizmatlarning murakkabililigi sabab bo`lmoqda.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

35

ISSN:3030-3621

Metodlar.

Mazkur maqolada talabalar orasida raqamli bank xizmatlarning

ijobiy va salbiy tomonlari va an`anaviy bank xizmatlaridan farqi. Elektron bank
tizimidan foydalanishda yosh avlodning moliyaviy bilim darajasi, qanday darajada
ekanligi va bu turdagi xizmatlardan qancha talabalar foydalanayotgani statistik,
taqqoslama va kuzatuv jarayonlari orqali tahlil qilindi.

Natijalar.

Tadqiqot davomida raqamli bank xizmatlari, moliyaviy

texnologiyalar, mobil banking va elektron to`lov kabi tushunchalar borasida talaba
yoshlar bilan o`tkazilgan so`rovnoma, natijalar bilan tanishib chiqamiz.

Tadqiqot jarayonida 500 nafar talaba yoshlar o`rtasida Toshkent, Buxoro,

Farg`ona va Samarqand OTMlarida quyidagi savol bo`yicha so`rovnoma o`tkazildi.

“Siz raqamli bank xizmatlari tushunchasiga qanday darajada egasiz?”

Javob variantlari

Talabalar

soni

Ulushi

(%)

Ha, to‘liq tushunchaga egaman

165

33%

Qisman tushunchaga egaman

235

47%

Juda kam tushuncham bor

76

15.2%

Hech qanday tushuncham yo‘q

24

4.8%

Jami

500

100%

1-rasm. Raqamli bank xizmatlari haqidagi savolga berilgan javoblar jadvali.

1

1

Nurmatova, M.

(2023).

Talabalarning raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish darajasi: Empirik tahlil

. Science Box,

2023.

https://www.sciencebox.uz/index.php/journal/article/view/975


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

36

ISSN:3030-3621

2-rasm.

Raqamli bank xizmatlari haqidagi savolga berilgan javoblar

diagrammasi.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Raqamli bank xizmatlari

- bu tijorat banklari tomonidan axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etiladigan masofaviy
moliyaviy xizmatlar majmuasidir. Ular mijozlarga an’anaviy bank filialiga bormasdan,
internet va mobil qurilmalar orqali bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Bu xizmatlarga internet-banking, mobil banking, elektron hamyonlar, QR-kodli
to‘lovlar, raqamli kartalar va sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy maslahatlar kiradi.

2

Ushbu xizmatlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

3-rasm. Raqamli bank xizmatlarining afzalliklari.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Tadqiqot so‘rovnoma shaklida 2024-yilning dekabr oyida 5 ta oliy o‘quv yurtida

tahsil olayotgan

450 nafar talaba

o‘rtasida o‘tkazilgan. Talaba yoshlar moliyaviy

texnologiyalar (fintech) tushunchasiga qanday darajada bilimga ega ekanligini
aniqlash maqsadida amalga oshirildi. Talabalarga quyidagi savol taqdim etildi.

“Siz moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasiga qanday darajada

egasiz?”

Javob variantlari

Talabalar

soni

Ulushi

(%)

2

Karimov, N. (2022).

Raqamli bank xizmatlari va ularning yoshlarga ta’siri

. TDIU Ilmiy jurnali.

https://journal.tdiu.uz/article/view/1453


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

37

ISSN:3030-3621

Ha, to‘liq tushunchaga

egaman

108

24%

Qisman tushunchaga egaman

198

44%

Juda kam tushuncham bor

96

21.3%

Umuman tushuncham yo‘q

48

10.7%

Jami

450

100%

4-rasm. Moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasi haqidagi savolga

berilgan javoblar jadvali.

3

5-rasm. Moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasi haqidagi savolga

berilgan javoblar diagrammasi.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Moliyaviy texnologiyalar (fintech)

— bu moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish

sohasida raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt,
blokcheyn va boshqa ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali an’anaviy bank
xizmatlarini innovatsion asosda taklif etuvchi tizimdir.

4

Moliyaviy texnologiyalar

talaba yoshlar va mijozlarga arzon, tezkor, xavfsiz va foydalanuvchi uchun qulay
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Tadqiqot so`rovnoma shaklida 2024-yil noyabr oyida Toshkent va Samarqand

shaharlarida joylashgan 4 ta oliy ta’lim muassasasida 400 nafar talaba ishtirokida

3

Uzbekistan Ministry of Digital Technologies (2023).

Raqamli transformatsiya va moliyaviy texnologiyalar tahlili

.

https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/fintech-report2023

4

Nurmatova, M. (2023).

Fintech va talabalarning moliyaviy savodxonligi o‘rtasidagi bog‘liqlik

. ScienceBox ilmiy jurnali.

https://www.sciencebox.uz/index.php/journal/article/view/1094


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

38

ISSN:3030-3621

o‘tkazilgan. Talabalarning iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy yo‘nalishlarda tahsil
olayotgani inobatga olingan. Talabalarga quyida savol berilgan.

5

“Siz mobil banking nima ekani, uning imkoniyatlari va xavfsizlik

mexanizmlari haqida to‘liq tushunchaga egamisiz?”

Javob variantlari

Talabalar

soni

Ulushi

(%)

Ha, to‘liq tushunchaga

egaman

136

34%

Qisman tushunchaga egaman

192

48%

Juda kam tushuncham bor

52

13%

Umuman tushuncham yo‘q

20

5%

Jami

400

100%

6-rasm. Mobil banking tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar jadvali.

6

7-rasm. Mobil banking tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar

diagrammasi.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Mobil banking

— bu tijorat banklari tomonidan mijozlarga mobil qurilmalar

(smartfon, planshet)

orqali bank xizmatlaridan masofaviy foydalanish imkoniyatini

beruvchi raqamli moliyaviy xizmatlar tizimidir.

7

Ushbu xizmatlar maxsus mobil

ilovalar orqali amalga oshiriladi va mijozlarga o‘z hisobvaraqlari ustidan nazorat

5

Nurmatova, M.

(2023).

Talabalarning raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish darajasi: Empirik tahlil

.

ScienceBox ilmiy jurnali.

https://www.sciencebox.uz/index.php/journal/article/view/975

6

World Bank.

(2021).

Digital Financial Services

.

https://www.worldbank.org/en/topic/financialinclusion/brief/digital-financial-services

7

World Bank.

(2021).

Mobile Banking and Financial Inclusion: A Leapfrog for Development

.

https://www.worldbank.org/en/news/feature/2021/04/19/mobile-banking-and-financial-inclusion


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

39

ISSN:3030-3621

o‘rnatish, to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini bajarish, balansni kuzatish, omonatlar ochish,
kreditlarni boshqarish, QR kod orqali to‘lash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni
bajarish imkonini beradi.

Mobil banking xizmatlari foydalanuvchilarga 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatish,

geografik cheklovsiz ishlash va tranzaksiyalarni tezkor amalga oshirish imkonini
yaratadi. Bu xizmatlar ayniqsa yoshlar, talabalar va raqamli texnologiyalarga
moslashuvchan foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan.

8

Biroq, ushbu xizmatlarning samarali ishlashi uchun foydalanuvchilardan

minimal darajadagi raqamli moliyaviy savodxonlik, xavfsizlik choralariga rioya qilish
(biometrik autentifikatsiya, PIN-kod, ikki bosqichli tekshiruv) va ilovalarning to‘g‘ri
ishlatilishi talab etiladi. Shu sababli, mobil bankingning keng tarqalishi bilan birga,
foydalanuvchilarning raqamli bilimlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish
muhimdir.

Tadqiqot 2024-yil dekabrda 5 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan

so‘rovnoma natijalari asosida 480 nafar talaba ishtirokida amalga oshirilgan. Savollar
talabalar raqamli moliyaviy xizmatlardan, xususan

elektron to‘lovlar

tushunchasi

bo‘yicha bilim va foydalanish darajasini aniqlashga qaratilgan. Talabalarga quyidagi
savol taqdim etildi.

“Siz elektron to‘lov tushunchasiga to‘liq va aniq tushunchaga egamisiz?”

Javob variantlari

Talabalar

soni

Ulushi

(%)

Ha, to‘liq tushunchaga egaman

174

36.2%

Qisman tushunchaga egaman

202

42.1%

Juda kam tushuncham bor

72

15%

Umuman tushuncham yo‘q

32

6.7%

Jami

480

100%

8-rasm. Elektron to`lov tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar

jadvali.

9

8

Statista.

(2024).

Mobile Banking Usage among Students Worldwide

.

https://www.statista.com/statistics/1108391/student-mobile-banking-usage-worldwide

9

Uzbekistan Ministry of Digital Technologies.

(2023).

Elektron to‘lov xizmatlari va raqamli savodxonlik bo‘yicha

tahliliy hisobot

.

https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/payments2023


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

40

ISSN:3030-3621

9-rasm. Elektron to`lov tushunchasi haqidagi savolga berilgan

javoblar diagrammasi.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Elektron to‘lovlar

— bu tovar va xizmatlar uchun hisob-kitobni naqd pulsiz

shaklda, elektron vositalar orqali amalga oshirishni nazarda tutuvchi zamonaviy to‘lov
tizimi hisoblanadi. Ushbu to‘lovlar internet, mobil ilovalar, bank terminallari, elektron
hamyonlar, QR-kodlar va boshqa raqamli vositalar orqali amalga oshiriladi.

10

Elektron to‘lovlar moliyaviy tizimda tezlik, qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni

ta’minlash orqali iqtisodiyotning raqamlashtirilishiga bevosita hissa qo‘shadi².
Ayniqsa, elektron bank ilovalari (Payme, Click, Apelsin, Oson), xalqaro platformalar
(PayPal, Stripe, Apple Pay, Google Pay), shuningdek kontaktless texnologiyalar orqali
to‘lovlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda bu tizimlar kundalik moliyaviy hayotda
muhim o‘rin egallamoqda.

11

Elektron to‘lovlar tizimi quyidagi asosiy turlarni o‘z ichiga oladi:

10

World Bank. (2021).

Digital Payments Overview

.

https://www.worldbank.org/en/topic/financialinclusion/brief/digital-payments

11

Statista. (2024).

Global Digital Payment Methods Statistics

.

https://www.statista.com/statistics/869535/worldwide-digital-payment-methods-users/


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

41

ISSN:3030-3621

10-rasm. Elektron to‘lov tizimining asosiy turlari.

(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)

Mobil to‘lovlar

— mobil telefon ilovalari orqali to‘lovlar;

Internet to‘lovlar

— veb-platformalar orqali (masalan, onlayn do‘konlarda);

Elektron hamyonlar

(e-wallets) — oldindan to‘ldirilgan raqamli hisoblar

orqali;

Bank kartalari orqali to‘lovlar

— POS terminallar va onlayn interfeyslar

yordamida;

QR-kodli to‘lovlar

— mobil qurilma yordamida skanerlash orqali amalga

oshiriladi.

12

Bundan tashqari, elektron to‘lovlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim

rol o‘ynaydi. Ular naqd pul muomalasini kamaytirish, soliq tushumlarini oshirish,
moliyaviy hisobdorlikni kuchaytirish va noqonuniy iqtisodiy faoliyatlarni cheklash
imkonini beradi.

XULOSA.

Bugungi raqamli transformatsiya jarayonlari moliyaviy xizmatlar sohasida tub

o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Xususan, bank xizmatlarining raqamli formatga o‘tishi
— ya’ni moliyaviy texnologiyalar, raqamli bank xizmatlari mobil banking, internet
banking, QR-kodli to‘lovlar, onlayn kreditlash va boshqa masofaviy xizmatlar —
talabalar orasida moliyaviy faoliyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalar orasida raqamli bank xizmatlaridan foydalanish
darajasi yildan-yilga ortib bormoqda.

12

Uzbekistan Ministry of Digital Technologies. (2023).

Raqamli to‘lov xizmatlari haqida hisobot

.

https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/payments2023


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

42

ISSN:3030-3621

Ushbu tendentsiyaning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:

Zamonaviylik va qulaylik:

Talabalar bank xizmatlariga mobil qurilmalar orqali

24/7 kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Naqd pulsiz jamiyat sari harakat:

To‘lovlarning raqamli shaklga o‘tishi

talabalarni tezkor, izchil va xavfsiz moliyaviy qarorlar qabul qilishga
o‘rgatmoqda.

Moliyaviy savodxonlik darajasining oshib borishi:

Raqamli texnologiyalar

bilan ishlash talabalarning mustaqil moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalarini
kuchaytirmoqda².

Raqobatbardosh bank ilovalari:

Bozorda Payme, Click, Apelsin, Anorbank,

TBC Bank va boshqa raqamli xizmatlar o‘zaro raqobatda bo‘lib, doimiy
innovatsiyalar joriy etmoqda.

Shunga qaramay, ayrim muammolar ham mavjud bo‘lib qolmoqda. Xususan,

barcha talabalar raqamli bank xizmatlarining xavfsizlik choralari, huquqiy himoyasi
yoki texnik jihatlari haqida yetarli tushunchaga ega emas. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, talabalarining 20% dan ortig‘i bu xizmatlardan foydalanishda muayyan
qiyinchiliklarga duch kelmoqda — bu ularga xizmatdan to‘laqonli foydalana
olmaslikka sabab bo‘lmoqda.

13

Kelajakda raqamli bank xizmatlarining talabalarga yanada samarali ta’sir
ko‘rsatishi uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

Oliy o‘quv yurtlarida

raqamli moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan fanlar

va seminarlar

joriy etilishi;

Banklar tomonidan talabalar uchun

maxsus raqamli mahsulotlar va interaktiv

o‘quv platformalari

ishlab chiqilishi;

Mobil bank ilovalarining

foydalanuvchi interfeysini soddalashtirish

va

xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish

;

Davlat siyosati doirasida moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash

ga

qaratilgan tashabbuslarning kuchaytirilishi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha talabalar

orasidagi tendentsiyalar ijobiy yo‘nalishda shakllanmoqda va bu jarayonni qo‘llab-
quvvatlash nafaqat moliyaviy xizmatlarning samaradorligini oshiradi, balki
yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy bilimini mustahkamlashda ham muhim
o‘rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

13

Uzbekistan Ministry of Digital Technologies. (2023).

Raqamli bank xizmatlari va foydalanuvchilar uchun

imkoniyatlar

.

https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/banking2023


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

43

ISSN:3030-3621

1.

World

Bank.

(2021).

Digital

Financial

Services

.

https://www.worldbank.org/en/topic/financialinclusion/brief/digital-financial-
services

2.

Nurmatova, M.

(2023).

Talabalarning raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish

darajasi:

Empirik

tahlil

.

Science

Box,

2023.

https://www.sciencebox.uz/index.php/journal/article/view/975

3.

Karimov, N.

(2022).

Raqamli bank xizmatlari va ularning yoshlarga ta’siri

.

TDIU

Ilmiy

jurnali.

https://journal.tdiu.uz/article/view/1453

4.

Uzbekistan

Ministry

of

Digital

Technologies.

(2023).

Raqamli

transformatsiya

bo‘yicha

hisobot

.

https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/strategy2023

5.

Statista.

(2024).

Mobile Banking Usage among Students Worldwide

.

https://www.statista.com/statistics/1108391/student-mobile-banking-usage-
worldwide

6.

OECD.

(2022).

Digital Financial Services and Consumer Protection

.

https://www.oecd.org/finance/digital-financial-consumer-protection.htm

7.

IMF.

(2020).

The Role of Digital Payments in Tax Revenue Mobilization

.

https://www.imf.org/en/Publications/WP/Issues/2020/04/30/Digital-Payments-
and-Tax

Bibliografik manbalar

World Bank. (2021). Digital Financial Services.

services

Nurmatova, M. (2023). Talabalarning raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish

darajasi: Empirik tahlil. Science Box, 2023.

Karimov, N. (2022). Raqamli bank xizmatlari va ularning yoshlarga ta’siri.

TDIU Ilmiy jurnali.

Uzbekistan Ministry of Digital Technologies. (2023). Raqamli

transformatsiya bo‘yicha hisobot.

Statista. (2024). Mobile Banking Usage among Students Worldwide.

worldwide

OECD. (2022). Digital Financial Services and Consumer Protection.

IMF. (2020). The Role of Digital Payments in Tax Revenue Mobilization.

and-Tax

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари