Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
182
ISSN:3030-3621
JAHON MAMLAKATLARIDA YASHIL IQTISODIYOTGA O`TISH
TENDENSIYALARI VA O`ZIGA XOSLIKLARI
Urunov Numanjon Mo‘ydinovich
PhD Namangan davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti, Moliya
sohasida boshqaruv yo`nalishi
2-bosqich talabasi
Nasrullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li
E-mail:
Tel: +998949874707.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jahon mamlakatlarida yashil iqtisodiyotga o‘tish
jarayonining asosiy yo‘nalishlari, tendensiyalari va ularning o‘ziga xos jihatlari tahlil
qilinadi. Hozirgi paytda yashil iqtisodiyotning global muammolarga yechim sifatida
qanday xizmat qilayotgani, mamlakatlar kesimida amalga oshirilayotgan strategiyalar
va jarayonlar orqali tahlil qilinadi. Quyidagi mamalakatlar misolida qanday yechimlar
va ishlar olib borilayotgani ko‘rib chiqiladi.
ТЕНДЕНЦИИ И ОСОБЕННОСТИ ПЕРЕХОДА К ЗЕЛЕНОЙ
ЭКОНОМИКЕ В СТРАНАХ МИРА
Аннотация:
В данной статье будут проанализированы основные
направления, тенденции и особенности процесса перехода к зеленой экономике
в странах мира. То, как зеленая экономика в настоящее время служит решением
глобальных проблем, анализируется с помощью стратегий и процессов,
реализуемых в разных странах. На примере следующих стран будет рассмотрено,
какие решения и над чем работают.
TRENDS AND PECULIARITIES OF THE TRANSITION TO A GREEN
ECONOMY IN WORLD COUNTRIES
Abstract:
This article analyzes the main directions, trends and their peculiarities
of the transition to the green economy in world countries. At present, how the green
economy serves as a solution to global problems is analyzed through strategies and
processes being implemented in cross-country. On the example of the following
countries, the solutions and works are considered.
Kalit so`zlar.
yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, qayta
tiklanadigan energiya, sanoat moslashuvi, xalqaro hamkorlik, texnologik tengsizlik.
Kirish.
XXI asr global iqtisodiyotida ekologik barqarorlik va resurslardan
oqilona foydalanish dolzarb muammolik jarayonlardan biriga aylandi. Iqtisodiy
o‘sishni saqlagan holda atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish, nafaqat
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
183
ISSN:3030-3621
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan asosiy vazifalardan biridir,
balki global muammodir. Shu munosabat bilan,
“yashil iqtisodiyot”
tushunchasi
so‘nggi yillarda nafaqat ekologlar, balki iqtisodchilar, siyosatchilar va jamoatchilik
tomonidan keng muhokama qilinmoqda. BMT ta’rifiga ko‘ra, yashil iqtisodiyot — bu
odamlarning hayot sifatini yaxshilovchi, ijtimoiy adolatni ta’minlovchi va ekologik
xavf-xatarlarga qarshi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy tizimdir.
Metodlar.
Ushbu tadqiqotimizda
“Yashil iqtisodiyotga o`tish tendentsiyalari va
o`ziga xosligi”
ga bir qancha jihatlar ko`rib chiqilgan. Bular asosan yashil iqtisodiyot
tushunchasi, ishlab chiqarishda ekologik xavsizlikni hisobga olish, qayta tiklanadigan
energiya kabi jihatlar maqolada alohida e`tirof etilgan.
Natijalar.
Dunyo miqyosida yashil iqtisodiyot mavzusiga ko`p mamlakatlar
tomonidan alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda.
Yashil iqtisodiyotga to`htaladigan
bo`lsak bu iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish jarayonida
atrof-muhitga zarar
yetkazmaslik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni
ta’minlashga
yo‘naltirilgan iqtisodiy modeldir.
Ishlab chiqarishda ekologik
xavfsizlikni hisobga olish
deganda ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga salbiy
ta’sirlarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni nazorat qilish
va tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko‘rish kabi chora tadbirlar
tushuniladi. Qayta tiklanadigan energiya asosan bu
quyosh, shamol, suv, biomassa
va geotermal issiqlik
kabi manbalardan olinadigan energiyadir. Bu manbalar tabiiy
holda doim yangilanib turadi, shuning uchun ularni cheksiz darajada ishlatish va
uzluksiz energiya olish imkonini beradi.
Yashil iqtisodiyot o`z ichiga asosiy uch jihatni qamrab oladi.
Bular:
1-rasm. Yashil iqtisodiyotning uch jihati.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
184
ISSN:3030-3621
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
1. Yashil iqtisodiyotga o‘tishning global tendensiyalari
Bugungi kunda ko‘plab davlatlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha
strategik rejalarni ishlab chiqmoqda. Quyida ayrim mintaqalar va davlatlar misolida bu
tendensiyalarni ko‘rib chiqamiz:
Yevropa Ittifoqi
: “Yashil kelishuv” (Green Deal) strategiyasi doirasida 2050-
yilgacha karbon neytral iqtisodiyotga o‘tish rejalashtirilgan. Bu borada quyosh va
shamol energetikasi, yashil transport, chiqindilarni qayta ishlash kabi sohalarga katta
investitsiyalar yo‘naltirilmoqda.
AQSh
: So‘nggi yillarda toza energiya va ekologik innovatsiyalar bo‘yicha faol
harakat qilmoqda. “Inflation Reduction Act” qonuni orqali yashil texnologiyalarga
milliardlab dollar ajratilgan.
Xitoy
: Global ekologik harakatlarning yetakchisiga aylanmoqda. Karbon
emissiyasini 2030-yilgacha pasaytirish va 2060-yilgacha to‘liq neytrallikka erishish
rejasi mavjud. Elektr transport vositalari va quyosh panellari ishlab chiqarish bo‘yicha
dunyoda yetakchi hisoblanadi.
Skandinaviya mamlakatlari
: Shvetsiya, Norvegiya va Daniya yashil
iqtisodiyotga o‘tishda eng muvaffaqiyatli davlatlar qatorida. Ular energiyaning katta
qismini qayta tiklanadigan manbalardan oladi va ekologik soliq siyosatini yuritadi.
2. Yashil iqtisodiyotning o‘ziga xos jihatlari
Yashil iqtisodiyot modelining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ekologik
toza
ishlab
chiqarish
:
Asosan
xomashyo,
energiya
va
texnologiyalardan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, resurslarni tejab, chiqindilarni
kamaytirgan holda, zamonaviy va “yashil” usulda mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonidir.
Innovatsiyalar va fan-texnika taraqqiyoti
: Yashil texnologiyalar, toza
energiya, elektr transport vositalari va chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishidagi ilmiy
yutuqlar bu sohani jadallik bilan rivojlantirmoqda.
Xalqaro hamkorlik
: Parij kelishuvi, COP konferensiyalari kabi xalqaro
tashabbuslar yashil iqtisodiyotga o‘tishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
3. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda duch kelinayotgan muammolar
Moliyaviy xarajatlar
: Yashil iqtisodiyotga o‘tish bu ekologik barqaror va kam
uglerodli iqtisodiyot modeliga o‘tishni anglatadi. Bu jarayon o`ziga xos bir qancha
moliyaviy xarajatlarni tashkil etadi. Bular: energetika tizimini qayta tashkil etish
(quyosh, shamol, gidro, biogaz stansiyalari), transport tizimida elektr transport
vositalarini joriy etish (zaryad stansiyalari, yangi yo`llar), suv ta’minoti va
chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini modernizatsiya qilish, yashil tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash uchun davlat subsidiyalari, qishloq xo‘jaligida agroekologik
dasturlarni moliyalashtirish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
185
ISSN:3030-3621
Sanoat moslashuvi
: Yashil iqtisodiyotga o‘tish sanoatni ekologik jihatdan
barqaror va kam uglerodli ishlab chiqarishga yo‘naltirishni talab qiladi. Bu jarayon
sanoatning turli tarmoqlarida sezilarli o‘zgarishlarni, texnologik yangilanishni, va
yangi ishlab chiqarish modellari joriy etilishini anglatadi. Bular: toza energiya
manbalariga o‘tish, energiyani tejash texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash,
yashil logistika kabi jihatlarni oz ichiga qamrab oladi.
Texnologik tengsizlik
: Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida texnologik
tengsizlik deganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi texnologik
farqlar, resurslar va innovatsiyalarga bo‘lgan tengsizlikni anglatadi. Bular: rivojlangan
mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi farq, tajriba va ilmiy
imkoniyatlar, infratuzilma o‘zgarishlarining kechikishi kabi jihatlar.
Xulosa.
Yashil iqtisodiyot — bu zamonaviy dunyoda barqaror rivojlanishni
ta’minlashning eng maqbul yo‘nalishidir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yashil
iqtisodiy model ekologik muammolarning oldini olish, iqtisodiy o‘sishni saqlash va
jamiyat farovonligini oshirishda samarali vositaga aylanmoqda. Yuqorida keltirilgan
ma`lumotlardan ko`rishimiz mumkinki
“yashil iqtisodiyot”
ga ekologik toza ishlab
chiqarish, innovatsiya, sanoatni oqilona moslashtirish, xalqaro hamkorlik orqali
erishishimiz mumkinligi ta`kidlab o`tildi. Har bir davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik sharoitlarini inobatga olgan holda bu yo‘lda individual strategiyalarni ishlab
chiqishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
International Energy Agency (IEA), World Energy Outlook 2023.
2.
IRENA (2024). Renewable Capacity Statistics.
3.
Global Carbon Project. (2024). Global CO₂ Emissions Report.
4.
European Commission (2020). The European Green Deal.
5.
UN Environment Programme. (2023). Green Economy Progress Report.
6.
World Bank. (2022). Inclusive Green Growth: The Pathway to Sustainable
Development.
7.
United Nations Framework Convention on Climate Change (UNFCCC).
8.
OECD. (2023). Green Growth Indicators.
9.
“Inflation Reduction Act of 2022.” United States Congress.