Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
3
ISSN:3030-3621
ICHIMLIK SUVINING SIFATI VA TABIIY HOLATINING BUZILISHI
Karshiyeva D.R
Buxoro davlat tibbiyot instituti
https://orcid.org/0009-0002-4850-0074
Annotatsiya.
Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p
miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja
tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddalarning
ko’payishi, aksincha kamayishi oqibatida inson salomatligiga putur yetkazishi
mumkin. Aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan ta'minlash
aholining sanitariya turmush tarzini yaxshilash bilan birga kasallanish darajasini
kamaytiradi.
Kalit so’zlar.
Invaziyalar, zaharlanishlar, endemik noyuqumli kasalliklar,
saprofit mikroorganizmlar.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashda uni suv orqali tarqaladigan turli
yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibini о’zgarishidan kelib
chiqadigan yuqumsiz zaharlanishni oldini olish ko’zda tutilishi kerak, chunki suvning
inson organizmga ta'siri bevosita bo’lishi mumkin, bunga yuqumli kasalliklar,
invaziyalar, zaharlanishlar, endemik noyuqumli kasalliklar kiradi. Bilvosita ta'siriga
esa suvni iste'mol qilinganda noxush sezgilar paydo bo’ladi, ba'zi paytlarda bu holat
shunchalik kengayib ketadiki, hatto aholi suvni iste'mol qilishdan bosh tortadi.
Boshqacha aytganda suvni salbiy ta'siri ma'lum sharoitlarda yuzaga chiqadi va bu
sharoitlarga: suvda yuqumli kasalliklarni qo’zgatuvchilari bo’lganda, kimyoviy
tarkibining ma'lumligi bilan farqlanganda va boshqalar kiradi.
Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p miqdorda yuqumli
kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja tuxumlarining ko’payib
ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddalarning ko’payishi, aksincha
kamayishi oqibatida inson salomatligiga putur yetkazishi mumkin. Aholi yashash
punktlarini markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan ta'minlash aholining sanitariya
turmush tarzini yaxshilash bilan birga kasallanish darajasini kamaytiradi.
XIX asrdagi birinchi vodoprovodlar ochiq suv manbalaridan ta'minlangan
bo’lib, aholining sanitariya holatini yaxshilash o’rniga yomonlashtirgan, bu suvni hech
qanday tozalash inshoatida tozalanmay aholiga uzatish bilan bog’liqdir. Buning
natijasida Gamburg; London shaharlarida qorin tifi, Sankt Peterburgda esa vabo
epidemiyalari yuzaga kelgan. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bergan
ma'lumotlariga ko’ra, har yili dunyoda ichimlik suvning sifati yomonligi sababli 5
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
4
ISSN:3030-3621
millionga yaqin inson o’ladi. Suv ta'minoti bilan bog’liq bo’lgan aholining yuqumli
kasalliklar bilan kasallanishi yiliga 500 millionni tashkil qiladi.
1) Kasallik chaqiruvchi mikroorganizm suv ta'minoti manbasidagi suvga
tushishi kerak. Hozirda aholi yashash puktlarining kanalizatsiyalashtirilganligi,
yuqumli kasallarning va sog’lom bakteriya tashuvchilarning borligi sababli ushbu
sharoit doimo bor.
2) Patogen mikroorganizmlar suv muhitida uzoq vaqt hayotga qobiliyatligini
saqlab qolishi lozim. Ushbu sharoit har bir mikroorganizm uchun turlicha bo’lib,
asosan patogen mikroorganizmlar suv muhitida uzoq vaqt saqlanmaydi, chunki suv
ular uchun tabiiy oziqa muhiti hisoblanmaydi. Bundan tashqari mikroorganizmlarning
suv muhitida saqlanishiga suvni harorati, yil fasli, boshqa saprofit mikroorganizmlarga
ham bog’liqdir.
3) Yuqumli kasallik chaqiruvchi mikroorgaiizm suv orqali inson organizmga
tushishi kerak. Ushbu sharoit suvni tozalash stansiyalarida texnologik jarayonning
buzilishi yoki vodoprovod tarmog’ining ishlanish (ekspluatatsiya qilish) qoidalari
buzilganda yuzaga keladi. Shuning uchun Butun dunyo sog’likni saqlash tashkiloti suv
bilan ta'minlashni tashkillashtirishda bir qancha elementar qoidalarni eng asosiy uchta
(3) sini taklif qiladi:
1) Eng yaxshi suv sifatiga ega bo’lgan suv manbalaridan foydalanish.
2) Suv manbalarini ifloslanishdan himoya qilishni ta'minlash.
3) Suvni zararsizlantirish tadbirlarini doimo o’tkazish.
Suvning ichburug’, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kasalliklarining keltirib
chiqarishda roli kattadir. Suv havzalarida turli infeksiyalarning paydo bo’lishiga
ko’pincha insonlarning o’zi sababchi bo’ladi. Bundan tashqari to’la to’kis davolanmay,
mikroorganizm tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doimo zararlab yuradilar
shu bilan birga suvni ham. Ular tashqi muhit omillari bo’lishi suv havzalari, tuproq,
ular orqali esa ekin mahsulotlarini ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi
muhitda uzoq vaqtgacha yashash qobiliyatlarini yo’qotmaydilar.
Darhaqiqat, suvning ifloslanishidan tarqaladigan kasalliklar juda xavfli. Ayniqsa
ilgari vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi e'tibor bermaslik oqibatida bunday holatlar
tez-tez kuzatilib turilar edi. Suv orqali yana bir qancha yuqumli kasalliklar tarqalishi
mumkin, bularga VasilevVeyl, kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqalar
kiradi. Ularni tarqalishida kemiruvchilar: kalamush, sichqon va boshqa suv hayvonlari
muhim rol o’ynaydi. 0‘zbekiston Respublikasida suv orqali tarqaladigan yuqumli
kasalliklar tahlil qilinganda shunday xulosa kelib chiqadiki, ichak infeksiyasi
tarqalishiga 70 % hollarda hovuz, ariq va kanal suvlarini iste'mol qilish sabab bo’lar
ekan. 81.3 % kasallanish hollari esa kanal va ariq suvlarida cho’milish oqibatida, 58 %
esa ifloslangan quduq suvlarini ichish natijasida paydo bo’lar ekan. Bunday holatlar
goho vodoprovod suvini ichish natijasida ham paydo bo’lishi mumkin. Bunga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
5
ISSN:3030-3621
vodoprovod quvurlarining chirishi, yorilishi, chiqindi suvlarning tushishi va boshqalar
sabab bo’ladi.
Respublikamizdagi Zarafshon daryosi suv mikroorganizmlar makoniga
aylanmoqda, buning sababi kanalizatsiya va oqava suvlar, axlatlar zararsizlantirmay
daryo suviga oqizilyapti. Suv manbasi orqali yuqqan yuqumli kasalliklarning kechish
darajasi kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmning tipiga, organizmning
qarshilik darajasiga va yuqish mexanizmga bog’liq bo’ladi. Kasallik keltirib
chiqaruvchi mikroorganizmlar ta'siriga eng avvalo bolalar, yoshi katta insonlar,
kasallar va immuniteti past kishilar duchor bo’ladi. Epidemiyalar eng ko’p
«infeksiyaga qarshi kuchi kam bo’lgan joylarda, ya'ni bolalar bog’cha, yasli maktab,
davolash-profilaktika muassasalari, qariyalar uylarida ko’p tarqaydi.
Suvning mikroorganizmlar bilan ifloslanishiniig kimyoviy moddalar bilan
ifloslanishiga nisbatan bir qancha o’ziga xos tomonlari bor. Ular quyidagi lardan
iborat:
• mikroorganizmlar suvda erimaydi, ular suv muhitida alohida qism yoki muallaq
moddalarning agregatik holatida bo’ladi, ya'ni muallaq moddalarning yuza qismida
o’rnashgan bo’ladi.
• yuqish mexanizmi faqatgina mikroorganizmlarning suv muhitidagi pokultratsiyasiga
bog’liq bo’lmay, balki ularni organizmga tushgandan keyin yashab ketish qobiliyatiga
va kasallik keltirib chiqarishiga ham bog’liqdir.
• kasallik qo’zgatuvchining organizm ichida ko’payishi natijasida yuzaga keladi.
• kimyoviy moddalardan farqli ravishda kasallikni mikroorganizmlar keltirib chiqarishi
ularni miqdori unchalik ahamiyat kasb etmaydi, balki bitta mikroorganizm ham
kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv orqali juda ko’p yuqumli kasalliklar
tarqalishi mumkin. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butun dunyo
tibbiyot uyushmasi aholini toza suv bilan ta'minlash dasturiga asosan muhtoj
davlatlarga juda katta mablag’ ajratib, yordam bermoqda. Shu bilan birga suvning
epidemiologik xavfsizlik ko’rsatkichlarini ham ilmiy asrash maqsadga muvofiqdir.
Suvga
epidemiologik
nuqtai
nazardan
gigienik
baho
berishda
patogen
mikroorganizmlar bor yo’qligini tekshirish murakkab hamda uzoq vaqt davom
etadigan ishdir. Shu munosabat bilan bilvosita bakteriologik ko’rsatkichlardan
foydalaniladi. Suv saprofit mikroblar (shu jumaladan, ichak tayoqchalari) bilan
qanchalik ifloslangan bo’lsa u epidemiologik jihatdan shunchalik xavfsiz bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ann C. Grandjean „3“,
. Water Requirements, Impinging Factors, &
Recommended Intakes
. World Health Organization, August 2004 — 25–34-
bet. This 2004 article focuses on the USA context and uses data collected from
the US military.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
6
ISSN:3030-3621
2.
Exposure Factors Handbook: 2011 Edition
. National Center for
Environmental Assessment, September 2011. Qaraldi: 2015-yil 24-may.
3.
↑ Yamada, Yosuke; Zhang, Xueying; Henderson, Mary E. T.; Sagayama,
Hiroyuki; Pontzer, Herman; Speakman, John R. (2022). "Variation in human
water
factors" (en).
Science
378
(6622):
909–
915. doi:10.1126/science.abm8668. PMID 36423296. PMC 9764345.
4.
„Water Fact sheet N°391“ (2014-yil iyul). 2015-yil 5-iyunda
asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-may.
5.
↑ Lord, Jackson; Thomas, Ashley; Treat, Neil; Forkin, Matthew; Bain, Robert;
Dulac, Pierre; Behroozi, Cyrus H.; Mamutov, Tilek
et al
. (October
2021). "Global potential for harvesting drinking water from air using solar
energy" (en).
Nature
598
(7882):
611–617. doi:10.1038/s41586-021-03900-
w. ISSN 1476-4687. PMID 34707305. PMC 8550973.
6.
↑ Jasechko, Scott; Perrone, Debra (23 April 2021). "Global groundwater wells
dry" (en).
Science
372
(6540):
418–
421. doi:10.1126/science.abc2755. ISSN 0036-8075. PMID 33888642.
Qaraldi: 10 May 2021.Ichimlik suvi]]
7.
↑ Mayer, P. W.; DeOreo, W. B.; Opitz, E. M.; Kiefer, J. C.; Davis, W. Y.;
Dziegielewski, B.; & Nelson, J. O., 1999. Residential End Uses of Water.
AWWARF and AWWA, Denver.
8.
↑ William B. DeOreo, Peter Mayer, Benedykt Dziegielewski, Jack Kiefer. 2016.
Residential End Uses of Water, Version 2. Water Research Foundation. Denver,
Colorado.
9.
↑ Joseph Cotruvo, Victor Kimm, Arden Calvert. „Drinking Water: A Half
Century of Progress.“ EPA Alumni Association. 1 March 2016.
Schardt, David.
„Water, Water Everywhere“. Center for Science in the Public
Interest (2000). 2009-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan.
Christchurch City Council
. 2015-yil 12-mayda
asl nusxadan arxivlangan.
↑ (PDF) Guidelines for Drinking-water Quality (Report) (4 nashri). World
Health Organization. 2017. pp. 631. ISBN 978-92-4-154995-0.