Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
83
ISSN:3030-3621
JINOIY UYUSHMALAR TASHKIL ETISHNING OLDINI OLISH
FAOLIYATINI TAKOMILLLASHTIRISH
Toshtemirov Ruslan Xolli o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
Annotatsiya
Jinoiy uyushmalar jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladigan muammolardan
biridir. Ularning tashkil etilishi, nafaqat jinoyatchilikni kengaytiradi, balki ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ham buzadi. Ushbu maqola jinoiy uyushmalarni
tashkil etishning oldini olish bo'yicha mavjud profilaktika tizimlari va ularni
takomillashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Maqolada, jinoiy uyushmalarni tashkil
etishning oldini olishda davlat va jamoat sektori o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyati,
profilaktika strategiyalari va ma'lumot almashishning samaradorligi tahlil qilinadi.
Jinoiy guruhlar bilan samarali kurashish uchun zamonaviy yondashuvlar va metodlarni
ishlab chiqish, profilaktik faoliyatni kuchaytirish zarurligi ta'kidlanadi.
Abstract
Criminal organizations are one of the problems that seriously threaten the
security of society. Their organization not only increases crime, but also disrupts social,
economic and political stability. This article examines the existing preventive systems
for preventing the formation of criminal organizations and the possibilities of their
improvement. The article analyzes the importance of cooperation between the state and
the public sector, preventive strategies and the effectiveness of information sharing in
preventing the formation of criminal organizations. It is emphasized that it is necessary
to develop modern approaches and methods, to strengthen preventive activities in order
to fight effectively with criminal groups
Kalit so'zlar:
Jinoiy uyushmalar
Jinoyatchilikni oldini olish
Profilaktika
Huquqni muhofaza qilish organlari
Jamoatchilik nazorati
Ijtimoiy integratsiya
Ma'lumot almashish
Hamkorlik
Davlat xavfsizligi
Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida
ijtimoiy-huquqiy, xususan, siyosiy tadqiqot obyektiga aylanganligining o‘ziyoq bu
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
84
ISSN:3030-3621
muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini
olish borasidagi profilaktika faoliyati kriminologiya fanining ilmiy tavsiya va
prognozlariga tayanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ushbu ijtimoiy-kriminologik hodisaning dolzarbligi, birinchi navbatda, uning
o‘ziga xos xususiyati, ijtimoiy xavflilikning favqulodda darajasi, jinoyatga qasd
bilan uyushganlikning mavjudligi va uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmalar
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan jinoyatlarning aksariyat hollarda ochilmay,
latent bo‘lib qolishi yoxud yuqori mansabdor shaxslarning aralashuvi bilan
jinoyatning yashirilishi orqali xarakterlanadi. Shu bois mamlakatimizda uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashning faol mexanizmlarini yaratish borasida chuqur
o‘ylangan strategik chora-tadbirlar amalga tatbiq qilingan. Jumladan, uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro huquqiy asoslari yaratilgan va
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi 4-bandida “uyushgan
guruh” tushunchasiga aniq ta’rif berib o‘tilgan: “Ikki yoki undan ortiq shaxsning
birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga birlashishi
uyushgan guruh deb topiladi”. Shu bilan birga, ushbu moddaning 4-bandida
ta’kidlangan jinoiy uyushmalarni tuzishning o‘ziyoq jinoiy javobgarlikka tortishga
to‘liq asos bo‘ladi hamda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat
o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sifatida e’tirof etiladi. Hukumatimiz tomonidan 2003-yil
30-avgustda BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi
(Palermo konvensiyasi) ratifikatsiya qilindi. Bu esa uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurashning xalqaro tan olingan huquqiy asosi edi. Unga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh
“ma’lum bir vaqt davomida mavjud bo‘lgan va bir yoki bir nechta og‘ir jinoyatlarni
yoxud ushbu konvensiyaga muvofiq deb topilgan jinoyatlarni sodir etish
maqsadida birgalikda harakat qiladigan uch yoki undan ortiq shaxslardan iborat
bevosita yoki bilvosita, moliyaviy yoki boshqa moddiy manfaatdorlik asosida
tuzilgan guruh” deya ta’riflangan.
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun katta yangilik emas. Biroq uyushgan
guruh va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar xarakteri jihatdan
oddiy yoki murakkab ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoyat
qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkazadi.
Jinoiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda uyushgan guruh tomonidan sodir
etilgan jinoyatlar sonining keskin ortishi, jamiyat uchun tobora xavfli bo‘lib
bormoqda. Bu xavf quyidagi holatlar tufayli yuzaga keladi: – bir necha shaxslarning
sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali jinoyat sodir etiladi va shaxsga, jamiyatga,
davlatga ko‘proq zarar keltiradi; – hech shubhasiz, bunday jinoyatlarni ochish
qiyinroq; – ko‘p sonli shaxslar jinoyatga daxldor, shu jumladan, voyaga yetmaganlar
ham. Uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
85
ISSN:3030-3621
fosh etish va tergov qilishni yanada samaraliroq tashkil qilish bo‘yicha amaliy-
huquqiy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati tanlangan mavzuning dolzarbligini
ko‘rsatadi. Kriminologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy jinoyatlarning
1/3 qismi uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar hissasiga to‘g‘ri keladi hamda
ko‘payish tendensiyasiga ega. Uyushgan guruh jinoyatlarining eng xavfli jihati
shundaki, sodir etilgan jinoyatlar hayotning kundalik hodisasiga hamda jamiyatni
tashkil etishning eng keng tarqalgan shakllaridan biriga aylanib, iqtisodiyot sohasiga
kirib, davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Jinoyat qonunchiligiga binoan, jinoiy
uyushmalar yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish,
shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan
faoliyat jinoiy faoliyat deb e’tirof etilgan. Ushbu norma jinoiy spesifikasiga ko‘ra,
uyushgan qurolli guruh tuzish va unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish
ham jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar
toifasiga kiritilgan. Mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash
borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat
boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga
alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari va
boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim va bo‘linmalari faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, bu organlarga nafaqat jamoat tartibini ta’minlashda, balki uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati, bundan tashqari, Adliya vazirligi
bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan. Ular o‘zaro hamkorlikda
jinoyatchilikning o‘ziga xos va latentligi yuqori bo‘lgan sinfi bo‘lmish uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash va uning profilatikasini amalga oshirishdek murakkab
vazifani bajaradi. Uyushgan jinoyatchilikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri –
bu ularning jinoiy uyushmalar asosida tashkil topganligi, o‘ziga xos xufiyona
tarzda faoliyat ko‘rsatishi, muqim ravishda mavjud bo‘lishi va tezda bir jinoiy
faoliyatdan boshqa bir jinoiy faoliyatga moslasha olishidir. E’tiborga olish lozimki,
uyushgan jinoyatchilikka kirishning turli xil usullari hamda uyushgan jinoyatchilik
bilan shug‘ullanadigan guruhlarning har xil turlari mavjud. Jinoyatchining
tashkilotga qo‘shilish usulidan qat’i nazar, uyushgan jinoyatchilik ixtisoslashuvni
yoki maxsus mahoratni talab qiladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Bolgariya, Vengriya, Polsha, Turkiya, AQSh kabi bir qator rivojlangan davlatlarning
qonunchiligida aynan uyushgan guruhlar xususida alohida normalar qayd etilmagan
bo‘lsa-da, xususan, turli jinoiy banda, terroristik tashkilot yoki assotsiatsiyalarda
hamda giyohvandlik vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish bo‘yicha tashkil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
86
ISSN:3030-3621
etilgan biznes guruhlari tarkibida ishtirok etish, ya’ni ishtirokchilik qilishga nisbatan
qat’iy normalar belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda uyushgan jinoyatchilikning oldini
olish va bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif va
tavsiyalari ishlab chiqildi:
1. Mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq
mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g‘ayriqonuniy
daromad olishga yo‘l qo‘ymaslik va bu orqali ularning uyushgan jinoyatchilik
yo‘lboshchilari ta’siriga tushib qolmasligining oldini olish.
2. Amaldagi JPKga uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyati va ular sodir etgan
jinoyatlarni fosh etish bilan bevosita shug‘ullanuvchi subyektlar hamda bunday
toifadagi ishlar bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayoni ishtirokchilarini
himoya qilishni ta’minlovchi huquq tizimini shakllantirish.
3. Bugungi kunda uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishda
mehnat, fuqarolik, ma’muriy qonunchilikda ularning faoliyat olib borishini va
jinoyat sodir etishini qiyinlashtiruvchi, xavf-xatarli bo‘lishini kuchaytiruvchi hamda
jinoiy foyda olishni kamaytiruvchi choralarni va ularni amalga oshirish tartibni
belgilovchi huquqiy normalar tizimini yaratish ular ustidan samarali ijtimoiy-huquqiy
nazorat o‘rnatilishi va uning uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Xulosa
o‘rnida aytish mumkinki, bugungi tezkor axborot zamonida
uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy hayotning turli sohalarini o‘z ta’siriga olmoqda,
ushbu unsur bilan talab darajasidagi kurashni yo‘lga qo‘ymasdan jamiyatda mavjud
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish murakkab kechadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси: (2021 йил 10 сентябргача
бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан) – Т.: “Yuridik adabiyotlar publish”,
2021 й. – Б. 560.
2.
Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq.;
prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
2008. – B. 420.
3.
Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, Q.R. Abdurasulova, Y.S. Pulatov va boshq.;
prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
2006. – B. 474.
4.
Гуров А.И. Организованная преступность / А.И. Гуров // Криминология:
учеб. пособие / Г.И. Богуш, О.Н. Ведерникова, М.Н. Голоднюк [и др.];
науч. ред. Н.Ф. Кузнецова. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Проспект, 2012. –
C. 73. 5. Долгова А.И. Преступность, ее организованность и криминальное
общество / А.И. Долгова. – М.: Рос. криминол. ассоц., 2003. – C. 183..
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
87
ISSN:3030-3621
5.
Sottiyev I.A. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy huquqiy
choralari: Dissertatsiya. – T., 2001.
6.
Ismailov I. Uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishni nazariy va
tashkiliy-huquqiy ta’minlash: – Dsisertatsiya. – T., 2006.
7.
Musayev M. Jinoiy uyushma faoliyatini kvalifikatsiya qilish muammolari //
Davlat va huquq. – 2004. – №4. – B. 51.
8.
Эшкобилов С. (2022). Оммавий тартибсизликларнинг олдини олишда
профилактик чора-тадбирларнинг аҳамияти. Общество и инновации, 3(3/S),
98–105.