Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
77
ISSN:3030-3621
JINOIY UYUSHMALARNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Toshtemirov Ruslan Xolli o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilik tushunchasi,uning o‘ziga xos
xususiyatlari, sabablari vasharoitlari, hozirgi kundagi ko‘rinishlari borasidagi fikrlar,
statistikalar keltirilgan. Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va
bartaraf qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishning
o‘ziga xos jihatlari, shuningdek tezkor xodimlar tomonidan uyushgan jinoiy
faoliyatning faol vakillari vaularga qarshi kurash, kriminal uyushgan jinoiy
guruhlarning vujudga kelishining ayrim o‘ziga xosjihatlari, ichki ishlar organlari
tezkor xodimlari va tergov organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tergov organi va
tezkor bo‘linmalarining uyushgan jinoiy faoliyati bilan shug‘ullanayotgan guruhlar va
tuzilmalarni jinoiyfaoliyatini fosh etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
ANNOTATION
This article presents opinions and statistics about the concept of organized crime,
its characteristics, causes and conditions, its current manifestations. Also, the necessary
recommendations for the prevention and elimination of organized crime, the specific
aspects of preventing organized crime, as well as the fight against active
representatives of organized criminal activity by operatives, specific aspects of the
emergence of organized criminal gangs, between the operatives of internal affairs
bodies cooperation with the organized criminal activities of the investigative div and
state units recommendations were made to expose the criminal activities of groups and
structures involved.
Kalit so‘zlar:
uyushgan
jinoyatchilik,
jinoyatchilik
metodologiyasi,
implementatsiya qilish, jinoiy spetsifika, kriminal piramida, mikrosotsial omillar,
jinoyatchilik ixtisoslashuvi, profilaktik chora- tadbirlar, uyushgan jinoiy guruh,
kriminalistik tekshiruv, tezkor-qidiruv profiliktikasi.
Uyushgan jinoyatchilik - bu jinoyatchilar tomonidan noqonuniy faoliyat bilan
shug‘ullanadigan, asosan, foyda olish maqsadida boshqariladigan yuqori darajada
markazlashtirilgan korxonalarning transmilliy, milliy yoki mahalliy guruhlari
toifasidir. Jinoiy tashkilot yoki jinoiy to‘dani jinoyatchilarning hamjamiyati deb atash
mumkin. Yevropalik sotsiologlar mafiyani ekstra-huquqiy himoya va kvazada huquqni
himoya qilishn ita’minlashga ixtisoslashgan uyushgan jinoyatchilik guruhining bir turi
sifatida. Ma’lum bir tashkilotlar, shu jumladan davlat xizmatchilari, politsiya kuchlari
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
78
ISSN:3030-3621
va korporatsiyalar, o‘z faoliyatini olib borish uchun ba’zan uyushgan jinoyatchilik
usullaridan foydalanishlari mumkin, ammo ularning vakolatlari rasmiy ijtimoiy
institutlar maqomidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 29-moddasining 4-bandida
“Uyushgan guruh ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish
uchun oldindan bir guruhga birlashishi” deb ta’rif berilgan.
Uyushgan guruh birga bajaruvchilik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunda jinoiy
faoliyat bilan birgalikda shug‘ullanish uchun uyushgan shaxslarning barchasi oldindan
til biriktirib, guruhning jinoyatni sodir qilishida bevosita ishtirok etadi. Ayni paytda
bunday guruhlar uchun shunday uyushganlik mansubki, unda guruhda qatnashadigan
shaxslar muayyan vazifalarga ega, shuningdek, ular o‘rtasida martaba va lavozimlar
taqsimlanishi amalga oshgan bo‘ladi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish har bir davrda davlatning dolzarb
masalasi sifatida qaralgan. Bunga misol qilib ilk davrlarda vujudga kelgan dastlabki
uyushgan guruhlar faoliyati bilan ham baho bersak bo‘ladi. Masalan: Uyushgan
jinoyatchilikning kelib chiqish tarixiga oid quyidagi ayrim manbalarga to‘xtalib o‘tsak.
Jumladan, Yevropada uyushgan jinoyatchilikka qadimda uyushgan jinoiy guruhlarga
asoslangan piratlar – dengiz qaroqchilari kirgan.
Dastlab, dengiz bosqinchiligi shaklidagi qaroqchilik, dengiz savdosi bilan bir
vaqtda paydo bo‘lgan. Navigatsiya asoslarini o‘zlashtirgan barcha qirg‘oq qabilalari
dengiz bosqinchiligi bilan shug‘ullangan. Keyinchalik, sivilizatsiya paydo bo‘lishi
bilan qaroqchilar va savdogarlar o‘rtasidagi masofa, chegara uzoq vaqt davomida
shartli bo‘lib qolgan. Natijada, dengizchilar talon-toroj qilish va qo‘lga olish uchun
xavfli bo‘lmagan joylarda savdo qilishgan. Qadimgi dunyoning eng mohir
navigatorlaridan biri bo‘lmish Finikiyaliklar barcha sohalarda o‘z mahorat va
salohiyati bilan boshqalardan ajralib turgan.
Keyinchalik, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi savdo-huquqiy aloqalarning
rivojlanishi bilan qaroqchilik eng og‘ir jinoyatlardan biri sifatida e’tirof etilib, bu
hodisaga qarshi birgalikda kurashishga bo‘lgan dastlabki urinishlar boshlandi.
VIII-XI asrlarda kontinental Yevropaning butun qirg‘oqlari, Shimoliy Afrika va
Buyuk Britaniyaning hozirgi joylashgan orolini Vikinglar - zamonaviy Shvetsiya,
Daniya va Norvegiy ahududlaridan kelgan muhojirlarni qo‘rquvda ushlab turishgan,
ular ham kemalarda, ham shahar qirg‘og‘ida qaroqchilik qilib, talonchilik hujumlarini
amalga oshirganlar. Yevropada aularni normalar, ruslar esa vikinglar deb atashgan[3].
Zamonaviy Yevropada esa ko‘pgina uyushgan jinoiy guruhlar o‘z
mamlakatlaridagi milliyo zodlik harakatlaridan keyin paydo bo‘lgan. Masalan; 1282-
yilda fransuzlarga (Angevinlarga) qarshi bo‘lgan Sitsiliya Vesperlaridagi xalq
qo‘zg‘oloni davrida Mafiya (ital. Morte Alla Francia, Italia Anela) “Fransiyaga o‘lim,
erkin nafas ol, Italiya” shiori bilan mashhur bo‘lgan. Mafiya, Sitsiliyadagi anarxiya va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
79
ISSN:3030-3621
davlat hokimiyat tuzilmalarining zaifligi davrida, Burbonlar sulolasi davrida va
Burbonlardan keyingi davrda, Sitishli-ya jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi
tuzilma sifatida shakllangan (shu bilan birga, Neapolda xuddi shunday jinoiy tuzilma
– “Kamorra” tashkil topgan). Biroq, mafiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-siyosiy
shartlari bundan ancha ilgari paydo bo‘lgan.
Kamorra (Neapolitan uyushgan jinoiy tuzilmasi) XVIII-asrda paydo bo‘lgan.
Kamorra dastavval jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlar va
muassasa ma’muriyati bilan mahkumlarning huquqlarini himoya qilish va
munosabatlarni yumshatish maqsadida tashkil topgan edi. XIX asr so‘ngida esa
AQSHda faoliyat yuritib, keyinchalik italyan-amerika mafiyasining asosiy oqimiga
aylangan.
AQSHda uyushgan jinoyatchilik yirik shaharlardagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq mahalliy hodisa sifatida vujudga kelgan. Alkogol
ichimliklarni taqiqlash qonuni davri boshlanishidan oldin u faqat kichik shaharchalarda
paydo bo‘lgan va o‘zining salbiy ta’sirini butun mamlakatga kengaytirgan. 1920-
yildan boshlab, jinoiy tashkilotlar o‘sib, noqonuniy alkogolga bo‘lgan talabni qondirish
uchun o‘z jinoiy faoliyatini o‘zgartira boshlagan. Natijada, alkogol ichimliklarini
taqiqlash to‘g‘risidagi qonun bilan uyushgan jinoyatchilikni “milliylashtirdi” va
Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab etnik jihatdan kichik guruhlarni o‘z jinoyat turlari bo‘yicha
aloqalarni kengaytirish va o‘rnatishga yo‘naltirdi.
Uyushgan jinoyatchilik to‘g‘risidagi dastlabki ilmiy tushunchani 1931-yilda
AQSHdavlati ilmiy tadqiqotchilaridan biri Uolter Lipman tadqiq etdi. U oddiy
“ko‘cha” yoki «umumjinoiy» talonchilik xususiyatiga ega bo‘lgan jinoyatchilikdan
farq qiluvchi uyushgan jinoyatchilikni “ma’lum xizmat va mol” taqdim etish bilan
bog‘liq, degan xulosaga keldi.Bir so‘z bilan aytganda, o‘ta rivojlangan uyushgan jinoiy
tuzilmalar o‘z mamlakatlarida hukumatga qarshi boshqaruv organlarini tuzib olishgan
va ular o‘zlariga boshqa davlatlarda ham tayanch nuqtalarini tashkil qilishga harakat
qilishganligini ko‘rish mumkin[4].
Osiyo davlatlaridagi uyushgan jinoyatchilikning eng yuqori cho‘qqisi Xitoy
davlati uyushgan jinoyatchiligining asoschisi - triada – budparast “Baylyan’szyao”
(“Oq lotos ittifoqi”) sektasibo‘lib, u XII-asrning boshlarida paydo bo‘lgan va uning
kelib chiqishi tarixida qadimgi tashkilotlardan biri V asr boshlarida tashkil etilgan
“Lyanipe” yoki “Lotos jamiyati”ga asoslangan. Baylyan’szyao sektasi a’zolari
mamlakatning turli viloyatlarida hukumatga qarshi qo‘zg‘olonlarni uyushtiradilar.
Hozirda Xitoy “Triada”si asosan Gonkong va Tayvan shaharlarida o‘z faoliyatini
olib bormoqda. Umuman olganda, ushbu guruhga tegishli 50 ga yaqin turli xil
tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning soni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 160 dan 300
ming kishigacha yetgan. Qattiq iyerarxik tuzilishga qaramay, jinoiy faoliyatini bevosita
amalga oshiradigan triadalar aloqalari tashqi sharoitlarga moslashish, tuzilishini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
80
ISSN:3030-3621
o‘zgartirishga qodir bo‘lgan moslashuvchan tarmoq tizimining bir qismi sifatida
qaraladi. Triadalar tovlamachilik, giyohvand moddalar savdosi, fohishalik, qimor
o‘yinlari bilan shug‘ullanadilar va AQSHga geroin moddasini yetkazib beruvchi asosiy
jinoiy tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Rossiyaning jinoiy dunyosini o‘rgangan tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra,
XVIII-asrgakelib o‘g‘rilar va qaroqchilarning butun bir qishloqlari bo‘lganligini
ta’kidlaganlar. Jinoyat olamining hozirgi kungacha saqlanib qolgan “an’analari va
qonunlari”ning paydo bo‘lishi xuddi shu davrga tegish bo‘lgan. XIX-asrga kelib,
Rossiyaning jinoiy dunyosi yanada kuchli, yaxlit, butun, jamoat tartibi va qonunlariga
qarshi turuvchi katta bir kuchga aylandi. Jinoiy faoliyatning professionallashuvi yuqori
darajaga ko‘tarilib, jinoyat olamining o‘zi ham yuqori rivojlangan tashkilot
xususiyatlariga ega bo‘ldi. Biroq “rus mafiyasi”ning shakllanishiga Rossiya
imperiyasida bozor va kuchli harbiy-siyosiy davlat hokimiyatining yo‘qligi,
jinoyatqidiruv xodimlarining professionalligi va qattiq pozitsiyasi to‘sqinlik qildi[6].
Natijada, 1917yilgi inqilob va undan keyingi voqealar Rossiya jinoyat olamidagi
vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda ko‘plab professional
jinoyatchilar ozod qilindi vashubilan birga sobiq jandarmeriya zobitlari va
mag‘lubiyatga uchragan Oq armiya ofitserlari uyushgan to‘dalarga birlashdilar. 1920-
yillarning oxiriga kelib, jinoyat olamida ta’sird oiralarini taqsimlashda ma’lum bir
inqiroz yuzaga keldi. Turli guruhlar o‘rtasidagi doimiy to‘qnashuvlar o‘g‘rilarning
“qonunlari”ni yanada takomillashtirish zarurligini taqozoetdi. Natijada o‘tmishdagi
an’ana va urf-odatlar asosida yagona o‘g‘rilar “qonuni” vujudgakeldi, unga ko‘ra eng
obro‘li jinoyatchilar “qonundagi o‘g‘rilar” deb atala boshlandi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi davlat
organiquyidagilarni inobatga olishi talab etiladi:
1) uyushgan jinoiy guruhlarning iyerarxiya tizimiga ega ekanligi va yakka
boshchilik tizimiga ega ekanligi;
2) professionallikning mavjudligi;
3) seriyali tarzda jinoyat sodir etilishi;
4) davlat iqtisodiyotiga bevosita ta’sir o‘tkazish va yashirin iqtisodiyotning
mavjudligi;
5) aholi orasida davlat organlariga murojaat qilishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi
va oilasidagi boshqa shaxslarga tahdid qilinishi natijasida huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga vaqtida xabar berilmasligi;
6) A’zolari o‘rtasida vazifalarning o‘zaro taqsimlanganligi;
7) A’zolari o‘rtasida maxsus “Qonun”larning mavjud bo‘lishi va bu
“Qonun”larga barchasini og‘ishmay amal qilishi;
8) Uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan ko‘plab turdagi jinoyatlarning sodir
etilishi;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
81
ISSN:3030-3621
9) A’zolarining o‘zaro bir-biriga va “Boshliq”iga nisbatan ko‘rsatuv
beravermasligi;
10) Sodir etilgan ko‘pgina jinoiy faoliyatni o‘z bo‘yniga faqat bir tan olib,
huquqni muhofaza qiluvchi organing faoliyatini osonlashtirganday tutishi;
11) Har bir uyushgan guruhni “Nazorat qiluvchi hudud” larga ega bo‘lishi va
ushbu hududda dominant bo‘lishga intilishi;
12) O‘z tarkibini jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan sportchi va boshqa pulga
muhtoj bo‘lgan shaxslar bilan to‘ldirishi;
13) O‘z “Nazorat hududida”(kolonya yoki ochiq hududlarda) huquqni muhofaza
qiliuvchi organ xodimlarini obro‘sizlantirishga harakat qilishi va ularni pora evaziga
og‘dirib olishga harakat qilishi va hokazo boshqa harakatlarni amalga oshirishida
ifodalanadi; Kuch ishlatar davlatning majburlov kuchiga ega bo‘lgan organalari
uyushgan guruh va jinoiy tuzilmalarga qarshi kurashda aynan yuqorida sanab o‘tilgan
holatlarni inobatga olishi zarur. Shuningdek Uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurashishini amalga oshiruvchi Ichki Ishlar Organlarining tezlor bo‘linmalari
uyushgan jinoiy guruh haqida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ishi, ular haqida ko‘proq
ma’lumotlar to‘plashi va ularga “Tezkor qidiruv profilaktikasi”usullarini qo‘llashi
kerak,
XULOSA:
Ichki Ishlar Organlarining tezlor bo‘linmalari Uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashishida va oldini olishda o‘zga xos jihatlari yuzasidan
taklif;
1 “Maxsus Reydlarni” 2 yilda bir marta doimiy tarzda o‘tkazib turishi.
2. Uyushgan guruhga qarshi ko‘rsatma bergan fuqarolarni huquqiy himoya qilish
va ularga qarshi guvohlik berishi uchun sud majlisini yopiq tarzda (uyushgan guruh
a’zolarni ishtirokisiz) o‘tkazish tizimini joriy etish”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Худойбердиев, А.А., & Машарипов, А. Э. (2022). Оммавий тадбирларни
ўтказилиши даички ишлар органлари томонидан жамоат тартибини
сақлашни маъмурий ҳуқуқий жихатдан такомиллаштириш.. Евразийский
журнал права, финансов и прикладных наук,
2.
(10 Special Issue), 134-140. 2. Якубов, Х.Ш. (2023). Психологические
особенности оперативно-розыскногомероприятия «опрос». образование
наука и инновatsiонные идеи в мире, 25(2), 45-48.
3.
Masharipov, T. (2022). Organizing a quick search to prevent crimes related to
corruption. Science and Innovation, 1(7), 295-302.
4.
Якубов Х. и Рахмонжонов Х. (2022). Диний экстремизм ва терроризм
тахдиди. Общество и инновatsiи , 3 (2/С), 246-251.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
82
ISSN:3030-3621
5.
Ашуров, О. (2024). Фирибгарлик жиноятини аниқлаш ва фош этишнинг
назарий тушунчалари. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 4(1), 61-69.
6.
Машарипов, Т. Э. Коррупция билан боғлиқ жиноятларнинг олдини олиш
бўйича ўтказиладиган тезкор-қидирув тадбирларини ташкил этиш.
7.
Ашуров, О.У. (2022). Интернет орқали ёшлар орасида экстремистик ғоялар
тарқалишининг салбий оқибатлари!. Journal of innovations in scientific and
educationalresearch, 5(4), 240-247.
8.
Машарипов, Т., & Ишниёзова, С. (2024). Ёшлар орасида экстремизмга қарши
иммунитетни шакллантириш. Евразийский журнал права, финансов и
прикладныхнаук, 4(5), 107-113.
9.
Ashurov, O. (2024). Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka qarshi
kurashishning dolzarb ahamiyati. Академические исследования в современной
науке, 3(18), 27-32.
10.
Ашуров, О. (2024). Ички ишлар органлари тезкор бўлинмалари томонидан
фирибгарлик жиноятига қарши курашишда тезкор-қидирув тавсифининг
илмий таҳлилини аҳамияти. Журнал академических исследований нового
Узбекистана, 1(5), 184-191.