Mualliflar

  • Murodova Xilola Umarqulovna
  • Berdiyeva Zarina Farhod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93864

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Bir yillik barg to‘pgul shifobaxshlik xususiyatlari o‘stirish agrotexnikasi o‘g’itlar ekish vaqti sug’orish rejimi.

Annotasiya

 ANNOTATSIYA. Ko‘plab adabiyotlarda Silybum Marianium sifatida tanilgan 
rastoropsha o‘simligi Asteraceae oilasiga kiradi.Shu bilan birga bu o‘simlik eng kuchli 
davolovchi  vosita  sifatida  tabobatda  keng  ravishda  qo‘llanilib  kelinadi.Rastoropsha 
o‘simligi asosan O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ko‘plab tarqalgan bo‘lib, u juda 
ko‘plab joylarda o‘sishga moslashgan.Ya’ni rastoropsha o‘simligini yetishtirish uchun 
unga  kerakli  bo‘lgan  ozuqani  yaratish  kerak.  Va  o‘simlik  o‘sa  oladigan  sharoitni 
yaratib o‘stirish lozim. Bu o‘simlik asosan quruq iqlimli hududlarda ham o‘sa oladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

226

ISSN:3030-3621

UDC 37.033:504

RASTOROPSHA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA

AGROTEXNIKASI

ТЕХНОЛОГИЯ И АГРОТЕХНИКА ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЯ

РАСТОРОПШИ

TECHNOLOGY AND AGROTECHNIQUE OF GROWING RASTOROSPHA

PLANT

Murodova Xilola Umarqulovna

“Buxoro davlat texnika universiteti” Gidrologiya

va ekologiya kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

Berdiyeva Zarina Farhod qizi

“Buxoro davlat texnika universtiteti” Gidrologiya

va ekologiya kafedrasi Ekologiya ta’lim yo’nalishi magistranti


ANNOTATSIYA.

Ko‘plab adabiyotlarda Silybum Marianium sifatida tanilgan

rastoropsha o‘simligi Asteraceae oilasiga kiradi.Shu bilan birga bu o‘simlik eng kuchli
davolovchi vosita sifatida tabobatda keng ravishda qo‘llanilib kelinadi.Rastoropsha
o‘simligi asosan O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ko‘plab tarqalgan bo‘lib, u juda
ko‘plab joylarda o‘sishga moslashgan.Ya’ni rastoropsha o‘simligini yetishtirish uchun
unga kerakli bo‘lgan ozuqani yaratish kerak. Va o‘simlik o‘sa oladigan sharoitni
yaratib o‘stirish lozim. Bu o‘simlik asosan quruq iqlimli hududlarda ham o‘sa oladi.

Аннотация

. Растение расторопша, известное во многих литературах как

Silybum marianium, относится к семейству Сложноцветных. В то же время это
растение широко используется в медицине как сильнейшее лечебное
средство.Растение расторопша широко распространено преимущественно в
южных регионах Узбекистана, приспособлено к произрастанию во многих
местах.То есть, чтобы вырастить расторопшу, необходимо создать для нее
необходимые питательные вещества. И выращивать растение нужно, создавая
условия, в которых оно сможет расти. Это растение также может расти в
регионах с преимущественно сухим климатом.

Annotation.

The rastoropsha plant, known in many literature as Silybum

Marianium, is a member of the family Asteraceae.At the same time, this plant is widely
used in medicine as the most powerful healing agent.Rastoropsha has a large
distribution, mainly in the southern regions of Uzbekistan, where it has adapted to
growing in a large number of places.That is, in order to grow a rastoropsha plant, it is


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

227

ISSN:3030-3621

necessary to create the nutrients it needs. And it is necessary to grow, creating
conditions in which the plant can grow. This plant can also grow mainly in areas with
dry climates.

Kalit so‘zlar.

Bir yillik, barg, to‘pgul, shifobaxshlik xususiyatlari, o‘stirish

agrotexnikasi, o‘g’itlar,ekish vaqti, sug’orish rejimi.

Ключевые

слова

.Однолетник,

лист,

соцветие,

лечебные

свойства,агротехника выращивания, удобрения, сроки посадки, режим полива.

Keywords.

Annual,

leaf,

mound,

healing

properties,

cultivation

agrotechnics,fertilizers, planting time, irrigation regime.


Rastoropsha – bir yillik yoki ko‘p yillik diploid o‘simlik bo‘lib,

murakkabguldoshlar oilasiga (Asteraceae) mansubdir. Rastoropshaning vatani -
Janubiy Evropa hisoblanadi. Tarqalish areali – G‘arbiy Evropa, Kichik va O‘rta Osiyo,
Shimoliy Amerika, Markaziy Afrika va Janubiy Avstraliyani qamrab oladi.
Rastoropsha o‘simligi Rossiyaning Evropa qismining janubiy rayonlarida, Kavkaz,
O‘rta Osiyo, Ukrainaning janubida va G‘arbiy Sibirda tarqalgan. Hozirgi vaqtda
rastoropsha o‘simligi Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida, Povolje va Moskva
viloyatlarida etishtiriladi. Ozarbayjon tuproq iqlim sharoitlarida ham muvaffaqiyatli
sinalgan. Mahsulotning ayrim qismi eksport qilinadi.

Farmatsevtik nuqtai nazardan rastoropshaning dorivorlik homashyosi uning

to‘la pishish davrida yig‘ilgan mevalari hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham ushbu
o‘simlik dorivor ekin sifatida etishtiriladi.

Poyasi – to‘g‘ri yoki shoxlangan, burushiq, silindrsimon, yalang‘och yoki yuzasi

unsimon qoplama bilan qoplangan kuchsiz to‘rsimon-tukli, balandligi 1-1,5 m. Uning
faol o‘sishi shonalash fazasiga to‘g‘ri keladi.

Barglari – o‘tkir tishli parraklarga ega, parsimon-parraknamo yoki parsimon-

ajralgan ko‘rinishda, yashil, yaltiroq, katta oq dog‘larga ega; barglarining to’pbarglari
(rozetkasi) – bandli, yotiq-poyasimon, asosiy poyani o‘rab turadi. Pastdagi barglar
yirik, uzunligi 80 sm gacha, eni 30 sm gacha, rozetkalarga yig‘ilgan, to‘lqinsimon,
o‘simlik katta meduzani eslatadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

228

ISSN:3030-3621

Barglari ildiz bo‘g‘zida joylashgan yoki

ostki poya barglari barg bandi bilan o‘ralgan,
qolganlari bandsiz, poyani o‘rab turadi,
uzunlashgan

yoki

uzun

ovalsimon,

eng

yuqoridagilari

lansetsimon,

keng

patsimon

qirqilgan, chekkalari o‘yiq tishsimon, tishli, u
ustki tomondan tikonlar bilan qoplangan, tikonlari
atrofi oq dog‘lar bilan qoplangan, yorqin rangda.
O‘simlik barg plastinkasi uchun dorsiventral
tipdagi tuzilish xos. Katta barglarining yuqori
epidermis hujayralari tashqi tomonga bo‘rtib
chiqqan

ko‘rinishda,

ustki

tomondan

parenximalashgan. Barg og‘izchasi – ustitsa

apparata tuzilishi – anomotsitli, kam tuklangan. O‘simlik tashlandiq joylarda, yo‘l
bo‘ylarida, quruq erlarda o‘sadi, tomorqalarda ham manzarali ham dorivor o‘simlik
sifatida ko‘paytiriladi.

To‘pguli – diametri 3-6 sm bo‘lgan savatcha, cho‘zinchoq, ko‘pincha sharsimon,

novda va shoxchalarning uchida bir donali. O‘rami cherepitsali, ignali yoki o‘tkir
yashil bargchalardan iborat. Gulo‘rni yassi, etli. To‘pgulda 80 dan 100 tagacha gullar
shakllanadi. Bu gulchalarning hayoti 2 kun. Gul savatchalari o‘rtacha kattalikda yoki
yirik, uzunligi 3-6 sm, uzunchoq, ko‘proq sharsimon, ingichka gulpoyada yakka
joylashgan; savatcha bargchalari kuchsiz tuklangan yoki silliq, ustma-ust joylashgan;
chetki va o‘rta bargchalari savatcha asosiga birikkan, ustki bargchalari uzunlashgan,
uchki qismi uzun tikon bilan qoplangan, chetlari qattiq va ular 4-6 tikonchalar bilan
ta’minlangan; gullari ko‘p sonli, pushti, siyohrang yoki oq rangda.

Urug‘lari uzunligi 7 mm gacha, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, to‘q-

jigarrang yoki qora, uzun chiziqli yoki oqmarmar-dog‘li. Hidsiz, ta’mi bir oz
achchiqroq [109]. Etilgan urug‘lari uzoq vaqt mobaynida o‘z unuvchanligini
yo‘qotmaydi. Hatto ular 1,5-2 yil mobaynida saqlanganda unuvchanligini
pasaymaganligi kuzatganlar. Unuvchanligining yaxshi saqlanishi 3-4 yilgacha
kuzatiladi, undan oshganda unuvchanligini keskin pasayishi yuz beradi. YAngi terilgan
urug‘lar 30 kun mobaynida tinim davrida bo‘ladi. O‘simlik urug‘lari unuvchanligini,
oshirish uchun maxsus qayta ishlash talab etilmaydi, ammo saqlashdagi past harorat
urug‘larni ekish sifatini oshiradi.

Mevasi – urug‘lari kokilli, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm

gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina yapaloq, tuksiz, yaltiroq, to‘q jigarrang
yoki qora, uzun-uzun cho‘zinchoq qo‘ng‘irsimon dog‘larga ega. Urug‘chalarda
gulkosaning qo‘shimchalaridan shakllangan uchar kokilchalar ularni shamol
yordamida ko‘chishiga yordam beradi. Aniqlanishicha, bir to‘pguldagi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

229

ISSN:3030-3621

urug‘chalarning og‘irligi o‘zlarining qobik massasi bilan deyarli tengdir. 1,8 – 2,0 mm
bo‘lgan mevalarda qobiqning massasiga umumiy og‘irlikning 47,94%; 2,0 – 2,2 mm
bo‘lgan urug‘chalarnikiga esa – 45,67%. Urug‘chalarning qobiqlari 95% ga
flavolignanlarga boydir.

Tomir tizimi-o‘qildiz, ildizlarning asosiy qismi 0-50 sm lik qavatda joylashadi.

Rastoropsha turli tuproq-iqlimli hududlarda o‘sadi. Yorug‘liq va issiqsevar o‘simlik,
qurg‘oqchilikka chidamli.

O‘sish xususiyatlari atrof muhit sharoitlariga juda bog‘liqdir. O‘simliklarning

o‘sishi va rivojlanishi har xil tezlik bilan sodir bo‘ladi va natijada o‘simliklar
vegetatsion massasining og‘irligi, generativ organlarining soni va massasi bo‘yicha,
urug‘larining etilish muddatlari bo‘yicha farq qiladi. Qurg‘oqchilik sharoitlarida
hosildorlik pasayishining asosiy sababi bu o‘stiruvchi jarayonlarning bosib turilishidir.
Natijada uning reproduktiv a’zolari va butun bir o‘simlikning o‘lchami kamayib ketadi.

Rastoropsha –juda tez o‘sadi, yoz o‘rtalarida o‘simlik maksimal kattalikka etadi,

gul savatchalari markaziy poyadan shakllanadi. Poyada yangi gul savatchalarni paydo
bo‘lishi sovuq tushgangacha davom etaveradi. O‘simlik urug‘lari avgust oxirlaridan
asta-sekinlik bilan etilib boradi, shunga ko‘ra urug‘lari oktyabr oyigacha bir-necha
marotaba terib olinadi. Savatchalar chetlari qurishi boshlanganda urug‘lari pishgan
hisoblanadi. Bunda savatchalari kesib olinadi, quritiladi va undan urug‘lar chiqarib
olinadi. Quruq urug‘lar kanop xaltachalarda, yaxshi shamollaydigan xonalarda
saqlanadi (urug‘larning unuvchanligi 3 yilgacha saqlanadi). Rastoropsha zararkunanda
va kasalliklar bilan zararlanmaydi. Vegetatsion davrning davomiyligi u yoki bu
hududda xo‘jalikda foydalanishning muddatlarini va muayyan ekinni etishtirish
imkoniyatini belgilab beradi. O‘sish va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish
rastoropshani belgilangan hududdagi vegetatsion davrini aniqlashga yordam berdi,
ya’ni, yilning kelishiga qarab, Penza viloyati sharoiti uchun 90 dan 106 kungacha,
Samara sharoitida – 68 dan 95 kungacha. Rastoropsha rivojlanishining vegetatsion
davri ancha uzun. Unib chiqishdan g‘unchalash davrigacha o‘rtacha 53 kun o‘tadi.
Rastoropsha odatda iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida gullaydi. Urug‘larning
yoppasiga etilishi odatda avgustning birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi va iqlim
sharoitlaridan kelib chiqqan holda 20 iyuldan 5 sentyabrgacha o‘zgarib turadi.
Gullashdan urug‘larning to‘liq etilishigacha bo‘lgan havoning faol harorat yig‘indisi
o‘rtacha 1618

0

С va 1350

0

С dan 1870

0

С gacha o‘zgarib turadi.

Rastoropshaning o‘sish xususiyatlari vegetatsiya davridagi o‘sish suratlarida

ham, yig‘ish davridagi o‘simlikning umumiy balandligida ham namoyon bo‘ladi.
Vegetatsiyaning boshida rastoropsha yuqoriga sekin o‘sadi va o‘n kunlikda 10,4 sm ni
tashkil qiladi.

Vegetatsiyaning ikkinchi yarmida (shonalash – gullashning boshlanishi) o‘sish

suratlari ancha tezlashadi. Bu davrda tomir tizimining shakllanishi sodir bo‘ladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

230

ISSN:3030-3621

O‘simlikning eng yuqori o‘rtacha kunlik o‘sish shonalash davriga to‘g‘ri keladi – har
o‘n kunda 21,3 sm. Bu davrdan boshlab o‘simlikning yuqoriga o‘sishi asta-sekin
pasayib boradi va har o‘n kunda 8,1 sm gacha o‘sadi. Eng past o‘sish surati meva hosil
qilish- urug‘larni etilish fazasida kuzatiladi, ya’ni - 3,2 sm. Yig‘ishtirib olish davriga
kelib o‘simlikning o‘rtacha balandligi 95-126 sm ni tashkil qiladi.

Rastoropshaning o‘sishi va rivojlanishiga agrotexnik usullar ham ta’sir qiladi:

ekish usuli, urug‘ ekish me’yori, oziqlantirish rejimi, erga ishlov berish usullari, shu
bilan birga meteorologik sharoitlar va boshqalar. Meva elementlarining yaruslanishi
urug‘lik rastoropshasining tuzilishiga xosdir: birinchi yarusni markaziy novda va
shoxlanishning birinchi qator savatchalari egallaydi, ikkinchi va keyingi yaruslarda
(jami 4 yarus) – yuqoriroqdagi shoxchalarning savatchalari egallaydi. Mevalarning
asosiy hosili (80% gacha) ikkita yuqoridagi yaruslarning savatchalari beradi. Mevalar
bir vaqtda etilmaydi va birinchi bo‘lib markaziy savatchalardagi markaziy urug‘chalari
to‘liq etiladi, undan keyin birinchi qator shoxchalardagi savatchalarning urug‘chalari
etiladi. SHoxlanish qatori oshishi bilan urug‘chalar shunchalik kech etiladi .

Rastoropshaning biologik o‘ziga xosligi bu o‘simlikning qalinligiga qarab

urug‘lik butasining morfologik o‘zgaruvchanligidir. O‘simlik qalinligining oshishi
bilan shoxlanish qatorlarining soni va yaruslilikning kamayishi isbotlangan. 1 m

2

da

o‘rtacha 20 ta o‘simlik bo‘lganida, har bir o‘simlikda eng yuqori yarusda joylashgan
3-5 ta savatcha bir vaqtning o‘zida etiladi, bu esa hosilni yig‘ishtirishdagi
yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.

Rastoropsha yorug‘likka nisbatan juda sezgir. Yorug‘lik etishmovchiligida yoki

uning spektral tarkibi keskin o‘zgarganda, rastoropsha o‘simligi o‘sishda kechikishni
boshlaydi, rivojlanishning generativ fazasiga o‘tmaydi, va natijada urug‘ mahsuldorligi
keskin pasayadi. Rastoropsha rivojlanishining vegetatsion davri ancha uzun
hisoblanadi. O‘rta Povolje sharoitlarida o‘tkazilgan ko‘p yillik kuzatishlarga ko‘ra
uning davomiyligi 53 kunni tashkil etadi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Rastoropsha o‘simligini ekib

yetishtirishdan maqsad: bugungi kunda tibbiyotda turli xildagi dori darmon
vositalaridan foydalanib kelmoqdamiz. Ammo har bir dori o‘z o‘rnida foydali ta’siriga
ham zararli ta’siriga ham ega. Shu sababli bu o‘simlikni tabiiy holda yetishtirib undan
olinadigan choylar, yog’lar, vitaminlardan foydalanib bugungi kundagi global
kasalliklarga davo topishimiz mumkin. Asosan jigar serrozi kasalligini oladigan
bo‘lsak , bu kasallik jigarni yemirilishiga olib keladi. Ammo rastoropsha tarkibidagi
silimarin moddasi jigar hujayralarini qayta tiklaydi. Va bu kasallikni yengishga yordam
beradi. Bundan tashqari rastoropsha o‘simligi tuproqni mustahkamlab, cho‘llanishni
oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

231

ISSN:3030-3621

1.

Губанов И.А. Иллюстрированный определитель растений Средней России.
Том 3: Покрытосеменные (двудольные: раздельнолепестные) // - М.: Т-во
научных изданий КМК, Ин-т технологических исследований. 2004. – С. 496.

2.

Ковалев В.Н. и др Практикум по фармакогнозии: Учеб. Пособие для студ.
Вузов // под общ. ред. В.Н. Ковалева. – Харьков: Изд-во НФаУ: Золотые
страницы: МТК – Книга. – 2004. – С. 512.

3.

Корона В.В., Васильев А.Г. Строение и изменчивость листьев растений:
Основы модульной теории // Екатеринбург: Изд-во Екатеринбург. – 2002. – С.
224.

4.

Литвиненко В.И., Бубенчикова В.Н., Попова Т.П. идр Лекарственные
растения семейства Астровых // 3- Укр. конф. по мед. ботан. АН Украины.
Центр. ботан. сад. Киев. – 1992. – Ч 2. – С. 92-93

5.

Минина С.А., Каухова И.Е. Химия и технология фитопрепаратов: учебное
пособие. –2-е изд., перераб. и доп // – М.: ГЭОТАР-Медиа. – 2009. – С. 560.

6.

Шевчук О.М., Кохан Т.П., Купенко Н.П. Селекция лекарственных растений в
Донецком ботаническом саду НАН Украины // – Киев. – 2006.– С. 251-253.

7.

Flora K., Hahn M., Rosen H., Benner K. Milk thistle (Silybum marianum) for the
therapy of liver disease // American Journal of Gastroenterology– 1998. – Vol. 193.
– P. 139-143.


Bibliografik manbalar

Губанов И.А. Иллюстрированный определитель растений Средней России.

Том 3: Покрытосеменные (двудольные: раздельнолепестные) // - М.: Т-во

научных изданий КМК, Ин-т технологических исследований. 2004. – С. 496.

Ковалев В.Н. и др Практикум по фармакогнозии: Учеб. Пособие для студ.

Вузов // под общ. ред. В.Н. Ковалева. – Харьков: Изд-во НФаУ: Золотые

страницы: МТК – Книга. – 2004. – С. 512.

Корона В.В., Васильев А.Г. Строение и изменчивость листьев растений:

Основы модульной теории // Екатеринбург: Изд-во Екатеринбург. – 2002. – С.

Литвиненко В.И., Бубенчикова В.Н., Попова Т.П. идр Лекарственные

растения семейства Астровых // 3- Укр. конф. по мед. ботан. АН Украины.

Центр. ботан. сад. Киев. – 1992. – Ч 2. – С. 92-93

Минина С.А., Каухова И.Е. Химия и технология фитопрепаратов: учебное

пособие. –2-е изд., перераб. и доп // – М.: ГЭОТАР-Медиа. – 2009. – С. 560.

Шевчук О.М., Кохан Т.П., Купенко Н.П. Селекция лекарственных растений в

Донецком ботаническом саду НАН Украины // – Киев. – 2006.– С. 251-253.

Flora K., Hahn M., Rosen H., Benner K. Milk thistle (Silybum marianum) for the

therapy of liver disease // American Journal of Gastroenterology– 1998. – Vol. 193.

– P. 139-143.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари