Mualliflar

  • Turdaliyeva Zarnigor
  • Ergasheva Gulchiroy

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94733

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar :eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar gemoglobin gem globin oksigemoglobin metagemoglobin eritrotsitlar.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Qonning    shaklli    elementlari    eritrositlar,    leykositlar,  
trombositlar va  ularning  tarkibi,  turlari  to’g’risida  ma’lumot  berilgan.Eritrositlar,  
leykositlar,  trombositlarning  vazifalari,fagositoz,  qon  ivish  jarayonlari  tahlil  etib 
berilgan 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

217

MAVZU: QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti.Biologiya

yo’nalishi 103- guruh talabalari

Turdaliyeva Zarnigor va Ergasheva Gulchiroy

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya fani o’qituvchisi

Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

Annotatsiya

: Qonning shaklli elementlari eritrositlar, leykositlar,

trombositlar va ularning tarkibi, turlari to’g’risida ma’lumot berilgan.Eritrositlar,
leykositlar, trombositlarning vazifalari,fagositoz, qon ivish jarayonlari tahlil etib
berilgan

Kalit so’zlar

:eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar,gemoglobin, gem,

globin, oksigemoglobin, metagemoglobin,eritrotsitlar.

Asosiy qism

Qonning tarkibini sentrifuga yordamida aniqlash mumkin. Qonni probirkaga

solib aylantirsak, u holda har bir zarrachaga markazdan qochma kuch ta‟sir qiladi. U
holda probirkada joylashgan qondagi eritrositlar probirka tubida, plazma esa
yuzida, qolgan elementlar o'rtada qatlamlar hosil qiladi.

Eritrotsitlar

ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz

hujayralardir.Ularning diametri 7-8mkmga, qalinligi 2,52mkmga teng, erkaklarda
1mm3qonda 4,5-5mln,ayollarda 4-4,5mln dona eritrotsit bo‟lib, har sutkada o‟lgan
eritrotsitlar o‟rniga ko‟mikdan taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil
bo‟ladi.Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi.Eritrotsitlar qizil
ilikdayetiladi.Ularning ko‟pchiligini (85-90%)qonga rang beruvchi gemoglobin
tashkil etadi.100g qonda o‟rta hisobda 16,6-17g gemoglobin bor.Eritrotsitlar
tarkibidagi gemoglobin o‟pkadan kislorod biriktirib olib, o‟rganizmning hujayra
va to‟qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil-globindan tashkil
topgan bo‟lib, gem qismida Fe saqlanadi.Eritrotsitlar soni yoki ulardagi
gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi.Eritrotsitlar eng
muhim buffer rolini o‟ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi.Ular suv
almashinuvidagi, oqsillar, yog‟lar, uglevodlar parchalanishidagi fermentative
jarayonlarda ishtirok etadi. Eritrotsitning plazmatik pardasi Na+, K+ ionlari, ayniqsa
O2, CO2, Cl2va HC03 lar uchun yuqori o„tkazuvchanlikka ega.Eritrotsitlar o‟lchami
o„zgaruvchan bo„lib, uning diametri 7,5-8,3 mkm, qalinligi-qavariq sohasida 2,1
mkm, botiq joyida esa 1,1-1,2 mkm, yuzasining kattaligi -145 mkm, hajmi 86 mkmni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

218

tashkil qiladi. Og„irligi 60 kg ga teng bo‟lgan odam eritrotsitlarining umumiy
miqdori 25trilliongatengdir.Eritrotsitlar miqdorining kamayishi eritropeniya, ortishi
esa eritrotsitoz deb ataladi.Tarkibida xromotoproteid –gemoglobinni saqlash
eritrotsitning asosiy vazifasidir. Odam gemoglobinining molekular massasi 68800 ga
teng. Gemoglobin oqsil (globin) va temir saqlovchi (gem) qismlardan iborat. 1
molekula globinga 4 molekula gem to„g„ri keladi.Sog‟lom odam qonida gemoglobin
miqdori -erkaklarda 130-160 g/1 va ayollarda 120-165 g/1 ni tashkil. Himoyalovchi
vazifasiga eritrotsitlaming xususiy va umumiy immun reaksiyada ishtiroki, qon-tomir
trombotsitar gemostazda, qon ivishida va fibrinolizda qatnashishi kiradi.Boshqaruv
vazifasi -eritrotsitlar tarkibida gemoglobin borligi tufay li qonning PH, plazma
tarkibidagi ion va suv doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Kapillyarning arterial
qismida eritrotsitlar tarkibidagi suv va C>2 to'qimaga beriladi va uning hajmi
kichrayadi, kapillarning venoz qismida esa to„qimadan suv, CO2va modda
almashinuv mahsulotlarini biriktirib oladi va eritrotsitlar hajmi ortadi.Eritrotsitlar
glukoza va qon ivishiga qarshi bo‟lgan modda geparinni ham tashib yuradi. Agar bu
moddalarning qondagi miqdori ko„payib ketsa, ular eritrotsitlar ichiga kirib oladi,
kamayib ketganda yana plazmaga qaytib chiqadi.Eritrotsitlar tarkibida eritropoezni
boshqarishda

ishtirok

etadigan

eritropoetik

omil

saqlanadi.

Eritrotsitlar

parchalanganda bu omil suyak ko„migiga tushadi va eritrotsitlar hosil bo„lishini
kuchaytiradi. Eritrotsitlar parchalanganda ajrab chiqqan gemoglobindan o„t tarkibiy
qismiga kiruvchi bilirubin hosil bo‟ladi

.

Leykotsitlar

, yoki oq qon tanachalari organizmdagi himoya va tiklanish

proseslarida muhim rol o‟ynaydi.Ularning asosiy vazifalari:1)fagositoz, 2)antitelolar
ishlash, 3)oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir. Leykotsitlar
eritrotsitlardan yadrosi borligi va faol amyobasimon harakat qilish qobiliyati bilan farq
qiladi.Ular qon tarkibidan chiqishi va orqaga qaytishi mumkin.Leykotsitlarning
miqdori 1mkl qonda 6000-8000.Bu miqdor sutka davomida juda o‟zgarib
turadi.Leykositlar ertalab och qoringa kam bo‟lib, ovqatlangandan keyin jismoniy ish
bajarganda va kuchli hayajonlanganda, ularning miqdori ko‟payadi.Leykotsitlarning
ko‟payishi leykositoz, kamayib qolishi esa leykopeniya deb


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

219

ataladi.Leykotsitlarning kattaligi yadrosi shakli, sitoplazmasi xususiyati va faoliyatiga
qarab turlicha bo‟ladi.Ularning diametri 6dan 25 mkmgcha .Leykositlarning 5
turi:eozinofillar-(1-4%), bazofillar(0-0,5%), neytrofillar(60-70%),limfositlar(25-
30%), monositlar(6-8%) tafovut qilinadi.Leykotsitlar ikkita katta gruppaga
bo‟linadi.donali leykotsitlar(granulositlar) va donasiz leykotsitlar(agranulositlar)Bu
gruppaning kelib chiqishlari va vazifalari turlicha.Granulositlar(eozinofillar,
bazofillar, neytrofilar)ko‟mikdagi mieloblastlardan rivojlanadi. Agranulotsitlarga
limfositlar va monositlar kiradi.Limfositlar leykositlarning eng kichigi bo‟lib,
ingichka halqa shaklidagi sitoplazma bilan o‟ralgan katta yumaloq yadrosi
bo‟ladi.Eng katta agranulositlar-monositlar loviyasimon yoki oval shaklidagi
yadroga ega. Inson qonida monotsitlar soni leykotsitlar umumiy sonining 6 dan
8% gacha. Ularda granulalar mavjud emas.Monotsitlar sitoplazmasi limfotsitlarga
qaraganda kamroq bazofildir. U och ko'k rangga ega, ammo atrof-muhitda u yadroga
qaraganda bir oz quyuqroq rangga ega. Sitoplazmada ko'pincha yadro yaqinida
joylashgan o'zgaruvchan miqdordagi juda kichik azurofil granulalar (lizosomalar)
mavjud.Leykotsitlar suyak iligi o‟zak hujayralarida rivojlanadi.Ular 8-10 kun
yashaydi.Ba‟zi kasalliklarda leykositlarning ayrim turlarining miqdor foizi
o‟zgaradi.Leykotsitlarning vazifasi organizmning biologik hioya qilish-immunitet,
ya‟ni infeksiya va yot moddalarga qarshiligini oshirish.Qonning himoya funktsiyasi
immunitet reaktsiyalarini, qon oqimini ta'minlashda namoyon bo'ladi va agar tomir
shikastlangan bo'lsa, qon ketishini to'xtatadi.

Trombotsitlar(

qon plastinkalari) suyaklaming ko„mik qismida va taloqda hosil

bo‟ladi. Odam trombotsitlarining asosiy vazifasi qonning ivishini ta‟minlashdan
iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odam
jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to„xtatish qiyin boiadi. Salgina urilish,
turtinish natijasida badanda ko„karish(qon quyilish) yuzaga keladi, o„z-o„zidan
burundan qon kelishi mumkin.Trombotsitlarning deametri 1-4 mkm, dumaloq
shakldagi plazmatik tuzilmalardir. Odam va sut emizuvchilaming qon plastinkalari
yadrosiz, shuning uchun ko„pchilik tadqiqotchilar qon plastinkalarini hujayrasiz
tuzilmalar deb hisoblashadi. Odamning 1 mm qonida 200-400 ming trombosit bor. Bu


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

220

miqdor kecha-kunduz davomida ancha o „zgarib turishi mumkin. Periferik qonda
kunduzi ko‟proq, kechasi kamroq bo‟ladi. Bu jismoniy mashqlar mehnat va dam olish
rejimiga bog‟liq. Masalan, og„ir jismoniy ishdan so‟ng odamning qon plastinkalari 3-
5 baravar ko„payib ketadi. Qon plastinkalari 8 kun davomida yetishib oladi. Qon
tomirlaridan chiqqan qondagi qon plastinkalari tez parchalanib, 5-11 kunda
yangilanib turadi. Ba‟zi bir ma‟lumotlarga ko„ra ular 2-5 kun yashaydi.Odam uzoq
vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun,hafta davomida og„ir
jismoniy mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda
trombotsitlaming soni kamayadi. Bu esa organizmning nihoyatda
kuchsizlanganidan dalolat beradi.Trombotsittarkibida serotonin moddasi bo‟lib , u
qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga
ega.

Xulosa

qilib aytgandaqonning shaklli elementlariga eritrotsitlar,

leykotsitlar, trombotsitlar kiradi.Eritrotsitlar(qizil qon tanachalari) yadrosiz
hujayralardir.Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin o‟pkadan kislorod biriktirib
olib, organizmning hujayra va to‟qimalariga yetkazib beradi.Eritrotsitlar tashuvchi,
himoyalovchi va boshqaruvchi vazifalarni bajaradi.Leykotsitlar (oq qon tanachalari)
himoya va tiklanish proseslarida muhim rol o‟ynaydi.Fagositoz, antitelolar
ishlash, oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlash vazivalarini
bajaradi.Trombotsitlarining(qon plastinkalari) asosiy vazifasi qonning ivishini
ta‟minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi

FOYDALANILGANADABIYOTLAR:

1.

Q.Sodiqov,S.X.Aripova,G.A.SHaxmurova ,,Yoosh fiziologiyasi va
gigiyenesi‟‟T 2009y.

2.

O.T.Alyaviya,Sh.Q.Qodirov,A.N.Qodirov,Sh.H.Hamroqulov,E.H.Halilov“Normal
fiziologiya”T.2007y.

3.

E.Nurittinov ,,Odam fiziologiyasi‟‟T.2005y.

4.

Yu.A.A.Darinskogo

va

V.Ya.Apchela

,,Odam

va

hayvonlar

fiziologiyasi‟‟M.2011y


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_1-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

221

5.

A.G.Ahmedov, G.X.Ziyamuttdinova,,Anatomiya, fiziologiya va patalogiya
T.2016y.

6.

Q.Sodiqov,S.X.Aripova,G.A.SHaxmurova ,,Yoosh fiziologiyasi va
gigiyenesi‟‟T 2009y.

7.

O.T.Alyaviya,Sh.Q.Qodirov,A.N.Qodirov,Sh.H.Hamroqulov,E.H.Halilov“Normal
fiziologiya”T.2007y.

8.

E.Nurittinov ,,Odam fiziologiyasi‟‟T.2005y.

9.

Yu.A.A.Darinskogo va V.Ya.Apchela ,,Odam va hayvonlar
fiziologiyasi‟‟M.2011y

10.

Campbell N.A.& Reece ,J, Biology 2020

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGANADABIYOTLAR:

Q.Sodiqov,S.X.Aripova,G.A.SHaxmurova ,,Yoosh fiziologiyasi va

gigiyenesi‟‟T 2009y.

O.T.Alyaviya,Sh.Q.Qodirov,A.N.Qodirov,Sh.H.Hamroqulov,E.H.Halilov“Normal

fiziologiya”T.2007y.

E.Nurittinov ,,Odam fiziologiyasi‟‟T.2005y.

Yu.A.A.Darinskogo va V.Ya.Apchela ,,Odam va hayvonlar

fiziologiyasi‟‟M.2011y

A.G.Ahmedov, G.X.Ziyamuttdinova,,Anatomiya, fiziologiya va patalogiya

T.2016y.

Q.Sodiqov,S.X.Aripova,G.A.SHaxmurova ,,Yoosh fiziologiyasi va

gigiyenesi‟‟T 2009y.

O.T.Alyaviya,Sh.Q.Qodirov,A.N.Qodirov,Sh.H.Hamroqulov,E.H.Halilov“Normal

fiziologiya”T.2007y.

E.Nurittinov ,,Odam fiziologiyasi‟‟T.2005y.

Yu.A.A.Darinskogo va V.Ya.Apchela ,,Odam va hayvonlar

fiziologiyasi‟‟M.2011y

Campbell N.A.& Reece ,J, Biology 2020

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари