Mualliflar

  • Turdaliyeva Zarnigor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95288

Annotasiya

 
Annotatsiya 
Qarag’aytoifa o’simliklarning biologik xususiyatlari , ko’payishi  mexanizmlari, 
geografik tarqalishi va ularning ekologik , iqtisodiy hamda madaniy ahamiyati tahlil 
qilinadi. Qarag’aytoifa vakillari dastlab ochiq urug’li o’simliklar orasida evolyutsion 
jarayonda muhim o’rin tutganligi, ularning urug’ va changlanish mexanizmlari orqali 
ko’payishi, moslashuvchanlik xususiyatlari o’rganiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

3

QARAG’AYTOIFA BO’LIMINING VAKILLARINING KO’PAYISHI,

TARQALISHI VA AHAMIYATI.

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo’nalishi 103- guruh talabasi

Turdaliyeva Zarnigor

Annotatsiya

Qarag’aytoifa o’simliklarning biologik xususiyatlari , ko’payishi mexanizmlari,

geografik tarqalishi va ularning ekologik , iqtisodiy hamda madaniy ahamiyati tahlil
qilinadi. Qarag’aytoifa vakillari dastlab ochiq urug’li o’simliklar orasida evolyutsion
jarayonda muhim o’rin tutganligi, ularning urug’ va changlanish mexanizmlari orqali
ko’payishi, moslashuvchanlik xususiyatlari o’rganiladi.

Annotation

The biological characteristics of black poplar species, their distribution

mechanisms, geographical distribution and their ecological, economic and cultural
significance are analyzed. Representatives of the black poplar family are studied
among widely distributed plants. Their important role in evolution ,their distribution
and adaption mechanisms , and their special characteristics are examined.

Аннотация

Изучены биологические особенности видов черного тополя , механизмы

их распространения, географическое распределение и их экологическое ,
экономическое и кулътурное значение, Среди широко распротраненных
растений исследованы представители семейства черного тополя, Рассмотрена их
важная ролъ в эволюции , механизмы распространения и адаптации, а также их
особые характеристики.

Qarag’aytoifa ochiq urug’li o’simliklar orasida eng yirik oilalardan biri

hisoblanadi. Ushbu oila taxminan 220 turni o’z ichiga olib , ular 11 turlarga bo’linadi.
Qarag’ay , archa , oq qayin , tilog’och , kedr va boshqalar. Asosan shimoliy yarim
sharning mo’tadil va sovuq mintaqalarda keng tarqalgan.

Asosiy qism

Ochiq urug’li o’simliklar devon davrida paydo bo’lgan yuksak o’simliklarning

eng qadimgi guruhlaridan bo’lib , ular paleozoy va mezazoy eralarida keng
rivojlangan. Ochiq urug’lilar urug’ hosil qilib , shu urug’lari yordami bilan ko’payadi.
Urug’lar shaklan o’zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo’lmish
urug’kurtakdan paydo bo’ladi. Urug’kurtak va shunga yarasha urug’ to’g’ridan –
to’g’ri sporofillarda joylaashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joy olishi – ochiq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

4

urug’lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir . Urug’ ko’p hujayrali murtak va
endospermdan tashkil topgan . Murtak boshlang’ich ildiz , poya va bargdan iborat.
Ochiq urug’lilar bo’limi 6 ta sinfga bo’linadi. Urug’li qirqquloqlar, sagovniklar ,
bennettitlar, gnetumlar, ginkgolar, qarag’aylar sinfiga bo’linadi. Urug’li qirqquloqlar
daraxt, liana va o’t o’simliklar bo’lgan. Barglari yirik, murakkab patsimon , hozirgi
qirqquloqlarning barglariga o’xshash bo’lgan. Sagovniklar shoxlanmaydigan
daraxtsimonlar o’simliklar bo’lib, ularning bo’yi 1 metrdan 20-25 metrgacha yetadi.
Ayrimlarning poyasi esa ildizmevaga o’xshash bo’lib , deyarli butun tanasi yer
bag’rida joylashgan. Sagovniklarning yaproqlarining har biri 3 yildan 10 yilgacha umr
ko’radi. Bennittitlar tashqi ko’rinishi va vegetativ qismlarining xarakteriga ko’ra
hozirgi zamon va qirilib ketgan sagovniksimonlarga juda o’xshagan. Ularning tanasi
sagovniksimonlarnikiga o’xshab shoxlanmagan yoki biroz shoxlangan , bo’yi pastroq
,yo’g’on yoki ma’lum darajada tugunaksimon yoki uzun va ingichka bo’lgan.
Poyasining ko’p qismini yaxshi rivojlangan o’zak hosil qilgan , unda yelim yo’llari
bo’lgan , tashqi tomondan ancha qalin po’stloq o’rab turadi. Gnetumlar hayotiy shakli
daraxt, buta yoki chirmashib o’suvchi o’simliklardir. Barglari poyaga qarama –qarshi
joylashadi. Gnetumlarning changlari shamol yordamida tarqaladi. Megastrobil
urug’chi qubbalarining tashqi qoplami yumshoq etli, ichkisi esa qattiq bo’ladi.
Ginkgolar baland bo’yli , ikki uyli o’simlik . Gingkoning barglari yelpig’ichsimon ,
yirik, uzunligi 10 sm , eni 10-12 sm keladi, barglarining chetlari tekis, egri –bugri yoki
biroz kesilgan bo’lib , uchlari ikki pallaga bo’lngan bo’ladi. Qarag’aylar asosan
urug’lari yordamida ko’payadi. Qubbalari ayrim jinsli . Ayrim vakillarida bir necha
qubbalari to’p bo’lib , murakkab qubbalarni hosil qiladi. Qarag’aylar asosan shamol
yordamida changlanuvchi o’simliklar bo’lganligi sababli changchili qubbalarida hosil
bo’ladigan changlar havo oqimi bilan urug’kurtakning chang yo’li orqali chang
kamerasiga borib tushadi va changlanish sodir bo’adi.

Xulosa

Qarag’aytoifa o’simliklar o’zining ko’payish mexanizmlari, keng tarqalishi va

ko’p qirrali ahamiyati bilan tabiatning muhim komponentlaridan biri hisoblanadi.
Ularni muhofaza qilish va oqilina foydalanish kelajak avlodlari uchun bu qimmatli
biologik resurslarni saqlashga yordam beradi.

Foydanilgan adabiyotlar

1.

Botanika . O’simliklar sistematikasi . O’. E. Xo’janazarov, X. Mavlonov , J.S.
Saidov

2.

O’simliklar aniqlagichi . S. Haliqov, U. Pratov

3.

Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi A. S. Dariyev

Bibliografik manbalar

Foydanilgan adabiyotlar

Botanika . O’simliklar sistematikasi . O’. E. Xo’janazarov, X. Mavlonov , J.S.

Saidov

O’simliklar aniqlagichi . S. Haliqov, U. Pratov

Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi A. S. Dariyev

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари