Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
57
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM TIZIMIDA XORIJIY
TILLARNING OʻRNI VA DOLZARBLIGI
Fayzullayeva Nodira
Shahrisabz davlat pedogogika
Institute 2- bosqich talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimida
xorijiy tillarning tutgan oʻrni , ularning strategik ahamiyati, davlat siyosati doirasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar , xalqaro va milliy
sertifikat tizimi , raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar va
xalqaro hamkorlikdagi integratsiya jarayonlari yoritib beriladi . Shuningdek
Rivojlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻrganish
zaruratdan tashqari, taraqqiyot uchun muhim poydevor ekani asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar
: Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun, xorijiy tillar, davlat taʼlim tizimi,
raqobatbardosh kadrlar, xalqaro va milliy sertifikat( CEFR , IELTS, TOEFL va
boshqalar), xalqaro hamkorlik , madaniyat.
Kirish
. Har bir davlat singari Oʻzbekistonda ham oʻz taʼlim tizimi va taʼlim
turlari mavjud. Ularga mos davlat qonunlari va rivojlantirish uchun yangidan-yangi
strategiyalar qabul qilinmoqda . Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida ham maʼlum
taʼlim turlari bor va ular quyidagilardir.O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim
to‘g‘risida qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan.
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim
tizimida Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
1.maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3. professional ta’lim;
4.oliy ta’lim;
5.oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6.kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7.maktabdan tashqari ta’lim.
Yuqorida keltirilgan taʼlim turlari " Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 7-
moddasida keltirilgan. Bu taʼlim turlari bir-biriga uzviy bogʻlangan va bu yoʻnalishlar
uchun alohida -alohida davlat taʼlim standartlari mavjud oʻqitish jarayonida.
XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, xalqaro aloqalarning
kengayishi va fan- texnika yutuqlarining integratsiyalashuvi xorijiy tillarni bilishni
zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Ayniqsa , rivojlanayotgan davlatlar , jumladan
Oʻzbekiston uchun xorijiy tillarni chuqur oʻzlashtirish, ularni taʼlim tizimiga tadbiq
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
58
etish global maydondagi pozitsiyasini mustahkamlash vositasi sifatida namoyon
boʻlmoqda. Hozirgi kunda yurtimiz qanchalik rivojlanib borayotgan sari, chet tillariga
bo’lgan talab shunchalik ortib bormoqda. Buning samarasida ko’pchilik yoshlar chet
tillarini o’ziga xos qiziqish va ishtiyoq bilan o’rganishmoqda. Bu jarayon esa bizni
yanada yuksalishimizga yordam beradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “ Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta
yutug’i, bilmagani muammo”.
So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘rganishga oid siyosiy-huquqiy asoslar
yaratilib, ularning amalda tatbiq etilishi ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishiga
xizmat qilmoqda. Jumladan, 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarori
asosida xorijiy tillarni o‘rganishning yangi bosqichi boshlab berildi. Bu hujjat asosida
maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha xorijiy tillarni o‘rgatish majburiy va
tizimli tus oldi. Shu sababdan bolalarga bog’cha yoshidan boshlab xorijiy tilarni
tanishtirish va bu tillarni turli xil yo’llar va metodlar bilan chet tillarni o’rgatish kabi
samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni bola maktab yoshiga qadar chet tili
bo’yicha biroz bilimga ega bo’lib, keyinchalik maktabdan osonlik bilan shu tilni
chuqurroq bilishi mumkin , bu amalda amalga oshirilayotgan islohotlar
hisoblanadi.Eng asosiysi, bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish bizga juda katta
imkoniytlar eshigini ochib bermoqda.Ya’ni siz bironta chet tilini bilsangiz, sizda yangi
insonlar bilan tanshish, yangi do’stlar, hamkasblar orttirish va chet ellik shaxslar bilan
birga ishlash bilan erkin so’zlashuv qilish imkoniyati yaratiladi. Chet tillarni
o’rganishning yana bir ustunlik tomoni shundaki, chet tilini bilish sizning kognitiv va
tahliliy qobiliyatingizni yuksaltirishga katta yordam beradi.Hozirgi kunda chet tillarni
o’rganishning turli xil yo’llari va metodlari yaratilmoqda. Masalan: innovatsion
metodlar yordamida talabalar tezroq va samarali tarzda yangi til ko‘nikmalarini
egallaydilar. Shuningdek , o'yinlar va interaktiv faoliyatlar orqali talabalar bir-biri
bilan muloqot qilib, tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu sababli
,chet til ta’limi jarayonida talabalarning kasbiy malakalarini rivojlantirishda fan
o’qituvchisidan mohirlik talab etiladi.
O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan
olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar:
1) ta’lim tashkilotlarida ayrim maxsus fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini olib
borayotgan pedagog xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar
beriladi;
2) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida C1
darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz,
fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, hind) tili fani
o‘qituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
59
standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka
sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi;
3) oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda
qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan
sertifikatlar ularning mashg‘ulot olib boruvchi faniga mos bo‘lishi lozim;
4) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat
olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda ustama qo‘llaniladi;
5) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga
yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga
tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
6) mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga
muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati
tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat
olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar
qo‘llaniladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida faoliyat
yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for
Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language
(TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common
European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda
qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha Teaching
English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign
Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari
o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik
o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor
tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Amal qilish muddati cheklanmagan
(belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p
bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz
qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim
muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari
sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son
qaroriga muvofiq, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz,
nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan,
yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida
kiritilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan, TOEFL, IELTS, CEFR,
SAT General, SAT Subject va hokazo xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga
ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. 2020/2021 o‘quv
yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
60
kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki
xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan
imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Bundan tashqari chet tillarni bilgan
har qanday shaxs hozirgi zamonaviy dunyoda oʻz oʻrnini topoladi. Zamonamiz ham
koʻp tillarni biladigan va sogʻlom fikrli shaxsga ehtiyoji bor. Bu shaxslar albatta
raqobatbardosh kadr sifatida tan olinadi .Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chet tili
bilishinson miyasining fikrlash tezligini oshiradi, kreativlikni kuchaytiradi va analitik
qobiliyatlarnimustahkamlaydi. Bundan tashqari, chet tillarini oʻzlashtirish shaxsni
boshqa tillardagi boy ilmiyva badiiy manbalar bilan tanishtiradi, natijada uning
intellektual salohiyati yanada kengayadi.Dunyo miqyosidagi yirik ilmiy tadqiqotlar,
yangi texnologiyalar va innovatsionishlanmalarning aksariyati chet tillarida amalga
oshirilmoqda. Ilmiy maqolalar, texnik hujjatlar vadarsliklarning yetakchi qismi ingliz,
nemis, fransuz yoki xitoy tillarida yaratiladi. Shu sababli, chettilini bilish zamonaviy
ilm-fan olamiga yo‘l ochadi, ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va yangiyutuqlarni milliy
iqtisodiyotlarga
integratsiya
qilish
imkonini
beradi.
Bugungi
raqamli
iqtisodiyotsharoitida chet tillarini bilish karyera muvaffaqiyatining asosiy omillaridan
biriga aylangan.Xalqaro biznes amaliyotida faol ishtirok etish, chet elda malaka
oshirish vainnovatsiyalarni yurtga olib kirish uchun chet tili bilimi strategik qurol
hisoblanadi. Shuningdek,davlatlar oʻzining eksport salohiyatini oshirish va turizm
industriyasini rivojlantirishda chettillarini oʻrganishni keng targ‘ib qiladi, bu esa milliy
iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga xizmatqiladi. Bugungi dunyo koʻp qirrali madaniy
makon sifatida shakllangan bo‘lib, unda millatlararo hamkorlik va tinchlikni
taʼminlashda chet tillarining o‘rni beqiyosdir. Chet tillarini oʻrganish nafaqat
insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, balki ularni boshqa madaniyatlarni anglash va
hurmatqilishga undaydi. Bu esa dunyoqarashni kengaytirish, milliy manfaatlarni
xalqaro miqyosda himoya qilish va yangi diplomatik aloqalarni mustahkamlash uchun
muhim ahamiyat kasb etadi Yuqoridagi keltirilgan va joriy qilinayotgan islohotlar
bekorga emas barchasi yirtimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshish va rivojlantirish uchun
katta asos boʻladi.beradi.Shu bilan bir qatorda madaniyatlararo muloqotning
rivojlanishi, jahon xalqlarining bir-birlarini tushunishiga yordam beradi va jahon
miqyosida barqarorlikni taʼminlashga hissa qo‘shadi. Chet tili, madaniyatlararo
almashinuvning asosiy vositasi sifatida, insonlar o‘rtasida hurmat va mehr-oqibatni
rivojlantiradi. Chet tillarini o‘rganish kelajakda ham global rivojlanishning ajralmas
qismiga aylanadi.
Xulosa
. Chet tillarini o‘rganish shaxsning intellektual salohiyatini kengaytirib,
uning fikrlash qobiliyatini va kognitiv jarayonlarini yanada rivojlantiradi. Ko‘p tilli
shaxslar, bir tilni o‘rganish orqali boshqa madaniyatlarni, qadriyatlarni va
dunyoqarashlarni anglab, o‘zlarining ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishlarini yangi
darajaga olib chiqadilar. Chet tillari, shuningdek,jamiyatlar o‘rtasida madaniy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
61
farqliliklarga hurmatni oshirishga yordam beradi, bu esa jamiyatdagi integratsiya va
barqarorlikni taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p tilli odamlar o‘zaro
muloqotqilishda ancha ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lib, ijtimoiy muammolarga hal
qiluvchi yondashuvlar topa olishadi. Bu esa butun jamiyatning o‘zaro hurmat,
barqarorlik va farovonlikka asoslangan rivojlanishiga yordam beradi. Chet tillari
globallashuv jarayonida xususiy va davlatlararo aloqalar uchun zarur vosita sifatida
qaraladi. Tashqi siyosat, iqtisodiy hamkorlik,ilmiy va madaniy almashinuvda
muvaffaqiyatga erishish uchun chet tili bilishning ahamiyati tobora ortmoqda. Shu
bilan bir qatorda Yurtimiz yoshlarining xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlashda va
yaxshi kadrlarga ega boʻlishida muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
Mamadiyorova M.M. (2024). Xorijiy Tillarni O‘Qitishda Mustaqil Ta’limning
2.
Kommunikativ-Pedagogik Tamoyillari. Miasto Przyszłości, 53, 95–98. Retrieved
from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4760v
3.
Raxmatova Dilnavoz Abdimuradovna.(2023).Xorijiy tillarni oqitishning
zamonaviy metodlari(Nemis tili).Pedagogs, 46(1), 156–158. Retrieved from
https://pedagogs.uz/index.php/ped/article/view/164
4.
Sabirjonova
,
D.(2023).Ingliz
tilini
o`qitishda
zamonaviy
pedagog
texnologiyalari.Golden Brain, 1(1), 281–286. Retrieved from
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1199
https://yuz.uz/uz/news/xalqaro-darajadagi-kadrlar-chet-tillarni-puxta-bilishi-
muhim
6.
https://president.uz/oz/lists/view/346833734.NURQULOV
7.
https://kun.uz/57584426#!