Annotatsiya: Boshlangʻich sinflarda Ona tili darslarida murakkab mavzularni
oʻqitish metodikasi, taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga
ega. Maqola boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ona tilini oʻrganish jarayonida qanday
murakkabliklar bilan duch kelishi va ularga qanday yondashish kerakligi haqida fikr
yuritadi. Maqolada murakkab mavzularni oʻzlashtirish uchun qoʻllaniladigan
zamonaviy pedagogik usullar hamda mashqlarning roli chuqurroq tahlil qilinadi.