Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
207
ERKIN KASB TANLASHNI IJTIMOIY PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Gulchehra Safarovna Pardayeva
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti
Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi,
gulisaforovna68@yandex.ru
Toyirova Dildora Olimovna
OʻzFIPI Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
3- bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy
tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasi va boshlang’ich sinf o’quvchilarini
milliy hunarlarga yo’naltirish texnalogiyalari to'g'risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar
: kasb tanlash, tarbiya, mehnatdan qoniqish, kasbiy layoqat, kasbiy
bilim, kasbiy moslashtirish.
Аннотация:
В статье рассматривается методика формирования
национальных педагогических умений будущих учителей начальных классов и
технологии ориентации учащихся начальных классов на национальные
профессии.
Ключевые слова:
выбор карьеры, образование, удовлетворенность
работой, профессиональные
способности, профессиональные знания,
профессиональная адаптация.
Abstract:
The article examines the methodology for developing national
pedagogical skills of future primary school teachers and technologies for orienting
primary school students to national professions.
Keywords
: career choice, education, job satisfaction, professional abilities,
professional knowledge, professional adaptation.
Jamiyatning barcha sohalarida olib borilayotgan tub islohotlar O’zbekistop
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni talablari asosida shakllantirilayotgan
uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini barcha bosqichlarida faoliyat yurituvchi ta’lim
muassasalari rivojini ta’minlovchi yangi konsepsiyaning yaratilishi uchun zamin
bo’ladi.
Erkin kasb tanlash shaxsni xar tomonlama rivojlashtirishning zarur sharti hamda
ijtimoiy taraqqiyot mezonlarining biri sifatida e’tirof etiladi. U har bir shaxsning ham
ipdividual xususiyatlarini va bozor iqtisodiyoti ehtiyojlarini hisobga olish kerak.
O’ziga kasb tanlash o’quvchi shaxsining bilish sohasidagi faolligi va mustaqilligini
rivojlantirish omili sanaladi. Kasbga layoqatlilikni aniqlash, kasbga yo’llash va uning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
208
erkin, to’g’ri tanlashiga zamin yaratadi. Layoqat – bu kishinng go’dakligidan anglab
yetilmagan, qandaydir bir kasbga intilishi emas, balki ijtimoiy burchga sodiq bo’lib
qolish yo’lida mehnat qilishga psixologik jihatdan kishining tayyor ekanligi, o’z
amaliy faoliyatida jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirishi deb hisoblanadi.
Layoqat odam shaxsining shakllanish jarayonida ongli bilish subyekti hamda
voqyealikni faol ravishda o’zgartiruvchi sifatida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Kasbiy
yo’nalganlikning rivojlanayotgan nazariyasi yoshlarning kelajagini aniqlanishida
o’zining rolini faol ekanligini taxmin etadi. Asosiy e’tibor turli faoliyat turlarini
egallash jarayonida shaxs rivojlanishini o’rganishga qaratiladi.
Kasbiy yo’nalganlik o’quv-tarbiyaviy ishning tarkibiy qismi sifatida ko’rinadi.
Shu narsa tan olinadiki, inson o’zining tug’ma ma’lumotlariga ko’ra ko’pchilik
kasblarga loyiqdir. Kasb tanlashga tayyorgarchilik yoshlarga ijtimoiy atrof-muxit
tomonidan tarbiyaviy ta’sir tizimi sifatida amalga oshiriladi. O’smirlar yigit va qizlar
tomonidan o’zlari tanlagan kasb faoliyatining ijtimoiy va shaxsiy axamiyatini anglab
yetilishi- erkin kasb tanlashning asosidir. Jamiyat talablariga odamning extiyoji va
imkoniyatlariga javob bero oladigan kasb faoliyati kishida qoniqish his-tuyg’ularini
vujudga keltiradi, shaxsni ichki kuchlarini qo’zg’atadi, unda qiziqish uyg’otadi va
nihoyat kasbni egallashga imkon beradigan is’tedod paydo qiladi. Qilingan mehnatdan
qoniqish tuyg’usi-bajariladigan faoliyatning yuksak darajada samarali va sifatli
bo’lishini hal qiluvchi omilidir[1].
Kasbning erkin, ongli ravishda tanlanishi hamda shu kasbni egallashga yordam
beradigan kasb-hunar ta’limi muassasalari shaxsningo’zini ham rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Shaxsning psixologik tuzilmasi kasb faoliyatining
tuzilmasiga qaraganda ancha murakkab va shu bilan birga mukammalroqdir.
Shaxsning psixologik tuzilmasida odam hayoti va faoliyatining butun tashqi va ichki
boyligi uning bilimlari, muloqoti va mehnati jamlangan bo’ladi. Shaxs tuzilmasi
odamning rivojlanish jarayonida ta’lim-tarbiyaning, oilaning, o’zaro shaxsiy
aloqalarning, o’quv va ishlab chiqarish jamoalarining ichidagi bog’liqlikning ostida va
tashqi muhitning boshqa ta’sirlari natijasida shakllanadi. Yoshlarni kasbga yo’llash va
ular tomonidan to’g’ri kasb tanlanishi muammosi xalqning ijodiy kuchlaridan samarali
foydalanish ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim asoslaridan biriga aylangan, ishlab
chiqarish unumdorligini oshirish masalalari xozirgi davrda alohida ahamiyat kasb
etmoqda.
O’quvchi yoshlar o’rtasida kasb-hunarni targ’ib qilish ishlarini keng ravishda
uyuqoqlik bilan tashkil etilgan taqdirdagina kasb tanlash muammosi muvaffaqiyatli
ravishda hal etilishi mumkin. O’quvchi yoshlarni kasb –hunarlar to’g’risida tegishli
ma’lumotga ega emasliklari, kasbiy faoliyatning qanday turlari mavjudligini
bilmasliklari juda ko’p hollarda ongsiz ravishda kasb tanlashga va bu kasbga
tayyorlaydigan ta’lim muassasalariga kelib qolishiga sabab bo’lmoqda[2]. Kasb-hunar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
209
to’g’risidagi axborot yetarli bo’lmagan sharoitlarda tevarak atrofdagi kishilarning
ta’siri ostida mutloqo tasodifiy ravishda kasb tanlash xollari uchrab turadi. Bunday
kasb tanlash jamiyat vazifalariga xam, yoshlarni shaxsiy imkoniyatlari va
qiziqishlariga ham muvofiq kelmaydi Chuqur anglab yetilgan va kasbga nisbatan
barqaror shaxsiy qiziqish ko’pincha mazkur faoliyatga yaroqlilikning bilvosita dalili
hisoblanadi. Biroq kasb tanlash vaqtida yolg’iz qiziqishning o’zinigina hisobga olish
to’g’ri bo’lmaydi. O’rta maktabni bitirib chiqayotgan o’quvchilarning qiziqishlar
ko’pincha tasodifiy bo’ladi. Halq xo’jaligi va ishlab chiqarishning aniq extiyojlaridan
kelib chiqmaydi faqat nixoyalanmagan qiziqish tufayli kasb sohasiga kirib kelinadi. Bu
qiziqish ba’zan kasbga oid ozgina bilimga ega bo’linganligi tufayli bir qadar
asoslangan ham bo’ladi. Bu xol ayniqsa kasb tanlayotgan o’smir har xil kasblar
to’g’risida juda tor tasavvurga ega bo’lgan kishilar orasida yashagan vaqtlarda ayniqsa
kuchli ta’sir ko’rsatadi. O’z-o’zidan ma’lumki kasb-hunar to’g’risidagi cheklangan
bilim bilan ixtiyoriy tarzda mustaqil kasb tanlab bo’lmaydi Shunday qilib ongli
ravishda kasb tanlash muammosini hal qilayotgan vaqtda har qanday kasbga oid ish
g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligini va u rivojlanayotgan jamiyatning mushtarak
vazifalarini hamkorlikda hal qilish uchun zarur vosita ekanligini hisobga olish va
bunga amal qilish zarur. Biror bir mehnat turiga mutloqo yaroqsiz odam bo’lmaydi,
har bir bir mehnatkash kishi o’z imkoniyatlariga muvofiq keladigan ish joyidagina eng
ko’p mehnat unumdoriligi ko’rsatadi. Bizning vazifamiz har bir shaxsni ma’lum
ma’noda foydali shaxsga aylantirishdan iboratdir. Amalda kishi qanday kasb tanlashini
belgilovchi omillardan yana biri moddiy manfaatdorlik omilidir. Ko’pincha o’smirga
“Yaxshilik qilish”ni istagan katta yoshli yaqin kishilari uning miyasiga anashu gapni
singdirmoqchi bo’ladilar. Bunday hollar kasb tanlashga yetarli darajada ongli
munosabatda bo’lmaslikdan kelib chiqadi. Ular shaxsning u yoki bu kasbga
yaroqliligini belgilovchi barcha asoslarni yetarli darajada hisobga olmaydilar.
Binobarin uning moddiy jihatdan ta’minlanishini ham yetarli darajada to’g’ri baholay
olmaydilar. Kasbga oid topshiriq va vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun kishiga
muayyan individual xususiyatlar mavjud bo’lishi zarur ekanligini o’quvchilarga
ko’rsatib berish lozim. Bunday xususiyat odamlarda bir xilda rivojlangan bo’lmaydi.
Shuning uchun bir ishning muvaffaqiyatli faqat kasbiy tayyorgarlik darajasidagina
emas balki, shu bilan birga shaxsning xususiyatlari kasb talablariga qayd darajada
muvofiq kelishiga xam bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham moddiy jixatdan
ta’minlanganlik kasbning o’zidagina bog’liq bo’lmay balki bu so’zning keng
ma’nosida o’sha kishining mazkur kasbga qay darajada yaroqligiga ham bog’liqdir.
Maktabda kasbga yo’llash tadbirlarining asosiy vazifasi o’quvchilarga kasblar
mohiyatini chuqur anglatishdan ularga kasb tanlashda yordam ko’rsatishdan iboratdir.
Jamiyat extiyojlarini va o’quvchilarni shaxsiy imkoniyatlarini xisobga olgan holda
o’quvchilarda kasbga yo’nalganlikni shakllantirishdan iboratdir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
210
Pedogogik jarayonlarda ijtimoiy psixologik jihatdan ya’ni kasbhunar ta’lim
muassasalarining shart-sharoitlari va imkoniyatlari yoki egallagan kasbi bo’yicha
kelajakda ishga joylashish jarayonlarida muammolarga duch kelishi, o’quvchilarning
kasbni egallash o’quviga, kasbiy layoqat va qiziqishlariga salbiy o’zgarish xulq-
atvorini yuzaga keltirishi mumkin. Bunda, avvalo ta’lim muassasalarda faoliyat
yurituvchi pedagoglardan o’quvchi shaxsi bilan psixologik-pedagogik yondashish
jarayonlarida yetarli bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlari bilan birga o’quvchi
shaxsini maqsadli kasbga yo’naltirish va moslashtirish yuzasida tavsiyalar berish
malakalariga ham ega bo’lishlarini talab etadi.
Yoshlarni ayniqsa kasb tanlash davri o’smir o’tish davriga to’g’ri keladi, bu xam
kasb tanlashda muayyan qiyinchiliklarga uchrab, bolalarning xulqiy og’ishlariga
asosiy sabab bo’luvchi omillarni yuzaga chiqaradi[3], ya’ni:
o’smirda o’tish davriga xos “kattalik hissi” ning paydo bo’lishi kuzatilganda
ota-onalar hamda pedagog-murabbiylar uni tan olmaydilar. Chunki bola hali ham
moddiy, ham ma’naviy tomondan kattalarga tobe, ular unga mustaqillikni osonlikcha
bermaydilar; murakkab vaziyatlarda o’zini nazorat qila olmaslik, buning uchun sabr-
bardoshning hali shakllanmaganligi;
oiladagi nosog’lom vaziyat, ota-onalarning o’smirlik yosh davri psixologiyasi
borasida bilimga ega emasliklari, bazan er-xotin o’rtasidagi oddiy murosasozlikning
yo’qligi, hatto, oilaning noto’liq maqomga kelib, yani murakkab pedagogik
vaziyatlardan chiqish borasida ota- ona bilimining yetishmasligi;
o’qishda tengqurlaridan ortda qolishi, o’smirning ajratib qo’yilishi; bolaning
o’ziga nisbatan ishonchsizligi, o’ziga bo’lgan bahoning pastligi (yoki bazan haddan
ziyod yuqoriligi);
bola qobiliyatlarining kattalar tomonidan salbiy baholanishi, undagi mavjud
fazilatlarning ota-ona yoki pedagoglar tomonidan o’z vaqtida va o’z o’rnida etirof
etilmasligi natijasida bola xulq-atvorida salbiy xatti-xarakatlarni namoyon bo’lishi;
ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan zo’ravonlik, qiynoq
yomonlikning jazosiz qolishi kabi axborotlarning to’g’ridan-to’g’ri qabul qilinishi,
televideniye yoki internet tarmoqlari orqali biz takidlagan jixatlarning namoyish
qilinishi va bola uni to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishi uchun to’siqlarning yo’qligi
natijasida unda mafkuraviy imunitetining zaiflashuvi;
o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va tanlagan kasblariga ijtimoiy kasbiy
moslashtirish jarayonlarini uzluksiz ravishda ota-ona va ta’lim muassasalar tomonidan
doimiy uzviylikni amalga oshirilmasligi natijasida, o’quvchida kasblar olami unga
quyilgan psixofiziologik talablar va imkoniyatlari, qiziqishi, moyiligi, layyoqati,
qobiliyatiga mos kasb tanlovini kattalar tomonidan pedagogik-psixologik tarzda
asoslanmaganligi bois, ularda kasb tanlashda xavotirlanish, qo’rqish, ishonchsizlik,
kasb to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lmaslik vaziyatlarini sodir etishi mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
211
Bunday vaziyatlar ayniqsa voyaga yetmagan xatar guruhiga mansub bolalarda kasb
tanlash va unga ijtimoiy moslashish jarayonlariga salbiy munosabat shakllanadi:
Kasbiy yo’nalganlikda yuqori natija qo’lga kiritishda bilim maskanlarida kasbga
yo’naltirish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etilishi va o’tkazilishi muhim axamiyat
kasb etadi. Ta’lim muassasalarida kasbga yo’llash tadbirlarining asosiy vazifasi
o’quvchilarga kasblar mohiyatini chuqur anglatishdan shu orqali o’quvchi yoshlarga
kasb tanlashlarida amaliy ko’mak berish, jamiyat ehtiyojlarini va o’quvchilarning
shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularda kasbga yo’nalganlikni
shakllantirishdan iborat bo’ladi.
Kasb tanlash ishlarini tashkil etilishi o’z mazmuni va tashkiliy jihatlariga ko’ra
psixologik muammolarni qisman bo’lsa ham bartaraf etilishida amaliy yordami
bo’ladi, o’quvchilarni erkin holda mustaqil kasb tanlash imkoniyatiga zamin yaratadi.
Tadbir o’tkazilishidan oldin tadbirni o’tkazish zaruriyatini aniqlash lozim. Bu zaruriyat
dunyoda ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy voqyea yoki mamlakat miqyosidagi keng
qamrovli ma’naviyma’rifiy tadbirlar, yangi qonun va qarorlar, islohotlarning
mazmunmohiyati, odamlarni o’ylantirayotgan dolzarb ijtimoiy muammolar bo’yicha
aholining ishonchli manbalardan aniq va atroflicha axborot hamda ma’lumotlar olishi
bilan bog’liq bo’lishi muhim. Tadbirlar, zaruriyatga qarab, ro’y bergan yoki ro’y
berishi kutilayotgan voqyea va hodisaning g’oyaviy jihatdan turlicha talqin etilishi,
ular bo’yicha ortiqcha mish-mishlar tarqalishining oldini olishni ko’zlagan bo’lishi
kerak. Shu bilan birga tadbir samaradorligini oshiradigan eng asosiy jihatlardan biri
ko’rgazmali vositalar, shiorlar, tasviriy san’at namunalari, hikmatli so’zlar, xarita,
rasmlar va slaydlardan unumli foydalanish qatnashchilarda tadbirni yanada mazmun
mohiyatini chuqur anglashlariga to’rtki bo’lishi bo’ladi desak to’g’ri bo’ladi.
Mazkur bahamjihatlik ta’minlansa, o’quvchilarning mustaqil, ongli erkin kasb
tanlashiga imkoniyat hamda ularga ijtimoiy kasbiy taraqqiyot mezonini yaratib,
kelajakda biz kutgan malakali mutaxassislar va barkamol avlodning muvaffaqiyatga
erishishiga keng yo’l ochgan bo’lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-
hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. // Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.
2.
Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya.
-T.:Fan. 2006
3.
Pardayeva G., Samandarova D. Ta'lim jarayonida o’quvchilarni kasbga
yo’naltirish ishlarining uzviyligini ta’minlash. The progress of science journal
collection of materials may- 2023 Party- 4 Collection-1
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
212
4.
Pardayeva G. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’quvchilarni milliy
hunarlarga yo’naltirishga tayyorlash texnologiyasi //Innovasii v pedagogike i
psixologii. - 2022. - T. 5. - №. 4
5.
Pardayeva G. Boshlang ‘ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar //Fan, ta'lim va
amaliyotning integrasiyasi. - 2021. - S. 42-45.
6.
Эшпулатов Ш.Н., Пардаева Г.С. Глава 7. Подготовка будущих учителей
начальных классов к инновационной деятельности в системе высшего
образовательного учреждения //Innovations in education. - 2015. - С. 69-86.