Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
204
TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
SAMARALI FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI
Gulchehra Safarovna Pardayeva
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti
Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi,
gulisaforovna68@yandex.ru
Xaqmurodova Amina Dilshodovna
OʻzFIPI Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
3- bosqich talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyasidan
foydalanish xususiyatlari ochib berilgan. Bilim, ko’nikma va malakalarini
shakllantirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan
bog’liq bo’lgan ijobiy tomonlarni va muammolarni yoritib berilgan.
Kalit so’zlar
:ta’lim sifati, innovasiya, samaradorlik, ta’lim maqsad, ilmiy
yondashuv
Аннотация
В статье рассматриваются особенности использования педагогических
технологий
в
современном
образовательном
процессе.
Выделены
положительные стороны и проблемы, связанные с использованием современных
педагогических технологий в процессе формирования знаний, умений и
компетенций.
Ключевые слова:
качество образования, инновации, эффективность,
образовательная цель, научный подход.
Abstract
The article examines the features of using pedagogical technologies in the
modern educational process. Positive aspects and problems associated with the use of
modern pedagogical technologies in the process of forming knowledge, skills and
competencies are highlighted..
Keywords:
quality of education, innovation, efficiency, educational goal,
scientific approach.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi - xalq
farovonligi, yurt tinchligi va obodligi, Vatan taraqqiyotini ta’minlab, jahon
hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashdan iborat. Buning uchun mutaxassislar
sifatiga qo’yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
205
raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ishlay oladigan,
mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib
hissa qo’shishga qodir, jadal ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga
moslasha oladigan, yuksak madaniy va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan
kadrlar tayyorlash zarurligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Har bir
mamlakatning taraqqiyotida ta’lim tizimi muhim omil hisoblanadi. Globallashuv
sharoitida mamlaktalarning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti ta’limning sifati yuqori
bo’lishini, innovasion ta’lim texnologiyalaridan yanada keng foydalanishni talab
etmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimiga doimo e’tibor qaratishni obyektiv zaruriyatga
aylantirmoqda.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Umuman pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi
ta’limda yuqori natijaga to’liq erishishni ifodalaydi. O’tgan asrdan buyon foydalanilib
kelinayotgan pedagogik texnologiya tushunchasiga har xil ilmiy yondashuvlar asosida
ta’riflar keltirilgan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan.
Ushbu ta’riflar ichida YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif quyidagicha ifodalangan:
Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini
hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish
va bilimlarni o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning
tizimli metodi.” [3]
Pedagogik texnologiya tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lsada,uning
asosiy maqsadi ta’limda berilayotgan bilimlarni ta’lim oluvchilar tomonidan puxta
o’zlashtirishi asosiy maqsadi hisoblanadi
.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari ta’lim oluvchi
va ta’lim beruvchi kabi tomonlarni qamrab olsada, u murakkabligi va dolzarbligi bilan
ajralib turadi. Unda doimo maqsadni mavjudligi va unga turli usullar orqali erishish
mumkinligi ushbu jarayonning murakkabligini ifodalasa, innovasion iqtisodiyotga
o’tish sharoitida esa dolzarbligi oshmoqda. Har bir jarayonning natijasi bo’lgani kabi
ushbu jarayoning tarkibiy elementihisoblangan natija maqsadga erishish darajasini
anglatadi. Umuman pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta’limda ta’lim
oluvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Yaxlit
holda esa barkamol insonni shakllantirish faoliyatini ifodalaydi. Ta’limda berilayotgan
bilimlarni talabalarning aksariyat ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik
texnologiyani joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi[3]. Pedagogik texnologiyani
qo’llashda muhim komponentlaridan ta’lim berish usuli, ta’lim shakllari, ta’lim
vositalaridan keng foydalaniladi. Ta’lim berish usuli - belgilangan ta’lim berish
maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini
tartibli tashkil etish yo’li bo’lib uni quyidagicha tasniflash mumkin:ma’ruza, hikoya,
tushuntirish, namoyish, ko’rsatish, videousul, mashq, laboratoriya usuli, amaliy ish
usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, bahs, aqliy xujum, pinbord, o’quv loyihalar usuli,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
206
keys-stadi va h.k. Ta’lim shakllari esa quyidagicha guruhlanadi: ommaviy ish,
jamoaviy ish, guruhli, yakka tartibli. Ta’lim vositalari- o’quv materialini ko’rgazmali
taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi
materiallar hisoblanadi. Ta’lim vositalariga ma’ruza matni, texnika vositalari,
model,mulyajlar, yozuv taxtasi, grafoproyektor, ish varaqasi, eslatma, chizma, sxema
va boshqalar tegishli bo’ladi. Demak pedagogik tizimning tarkibiy elementi
hisoblangan pedagogik texnologiya ushbu jarayonni natijasini - ya’ni mashg’ulotning
maqsadini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Mashg’ulotlar jarayonida jarayonida
pedogogik texnologiyalarning samarali joriy etilishi ta’lim jarayonida ta’lim
oluvchilarning mustaqil faoliyat yuritishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, ta’limning barcha
bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, u ta’lim oluvchilarga chuqur va asosli bilim
berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o’rgatsin. Chunki ta’lim jarayonida
talabada mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib borishi hozirgi kunning talabidir.
Demak pedagogik texnologiyaning asosiy masalasi - ta’lim oluvchilarni bilimlarini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T., 2005.
2.
Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. “Pedagogik texnologiya asoslari”:-T.:
O’qituvchi“, 2004. 7-bet.
3.
Pardayeva G.S. Bo’lajak o’qituvchilarni kasb hunarlarga yo’naltirish ishlariga
tayyorlashni takomillashtirish. Jur., Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2024,
27(1), 132–134.
4.
Pardayeva G. Modern technologies in primary classrooms // Integration of science,
education and practice. - 2021. - S. 42-45.
5.
Eshpulatov Sh.N., Pardaeva G.S. Chapter 7. Preparation of future elementary school
students for innovative work in the system of higher educational institutions //
Innovations in education. - 2015. - S. 69-86.