Mualliflar

  • Ergasheva Ruxshona O’lmasbek qizi
  • Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95231

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Sarv qubba urug‘ changdon quritilgan dermatologiya efir moyi smola vitamin bakteriya Revmatizm alfa betta fitonsid.

Annotasiya

Annotatsiya:Maqola  O‘zbekiston  tog‘larida  tarqalgan  Juniperus  L.  turkumi 
o‘simliklarining botanik tavsifi, ularning vakillari va ekologik ahamiyatini yoritishga 
bag‘ishlangan. Juniperus turkumi, o‘simliklarning eng qadimgi va ekologik jihatdan 
muhim  guruhlaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  o‘simliklar  asosan  tog‘lik  va  tog‘oldi 
hududlarida uchraydi va yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, qurug‘ochilik va sovuqqa 
qarshi barqarorlik ko‘rsatadi. Maqolada Juniperus turkumiga kiruvchi o‘simliklarning 
xususiyatlari,  ular  o‘sadigan  biotoplar  va  ekologik  roli  batafsil  tahlil  qilinadi. 
O‘zbekistonning  Tyan-Shan,  Farg‘ona  va  Zarafshon  tog‘larida  tarqalgan  Juniperus 
vakillari,  ayniqsa,  Juniperus  communis  va  Juniperus  turkestanica  kabi  turlar 
muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada Juniperus o‘simliklarining xalq tibbiyoti 
va  qurilish  sanoatida  qo‘llanilishi,  ularning  iqtisodiy  va  ekologik  ahamiyati, 
shuningdek,  O‘zbekistonning  tabiatini  saqlashdagi  roli  ko‘rib  chiqiladi.  Maqola 
ekologik  barqarorlikni  ta’minlashda  va  tabiiy  resurslarni  boshqarishda  Juniperus 
o‘simliklarining ahamiyatini oshirish zarurligini ta’kidlaydi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

259

O’ZBEKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS. L TURKUMI

BOTANIK TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

yo’nalishi 103-guruh talabasi

Ergasheva Ruxshona O’lmasbek qizi

Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

Andijon Davlat Pedagogika Intituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti

Annotatsiya:

Maqola O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus L. turkumi

o‘simliklarining botanik tavsifi, ularning vakillari va ekologik ahamiyatini yoritishga
bag‘ishlangan. Juniperus turkumi, o‘simliklarning eng qadimgi va ekologik jihatdan
muhim guruhlaridan biri hisoblanadi. Ushbu o‘simliklar asosan tog‘lik va tog‘oldi
hududlarida uchraydi va yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, qurug‘ochilik va sovuqqa
qarshi barqarorlik ko‘rsatadi. Maqolada Juniperus turkumiga kiruvchi o‘simliklarning
xususiyatlari, ular o‘sadigan biotoplar va ekologik roli batafsil tahlil qilinadi.
O‘zbekistonning Tyan-Shan, Farg‘ona va Zarafshon tog‘larida tarqalgan Juniperus
vakillari, ayniqsa, Juniperus communis va Juniperus turkestanica kabi turlar
muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada Juniperus o‘simliklarining xalq tibbiyoti
va qurilish sanoatida qo‘llanilishi, ularning iqtisodiy va ekologik ahamiyati,
shuningdek, O‘zbekistonning tabiatini saqlashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqola
ekologik barqarorlikni ta’minlashda va tabiiy resurslarni boshqarishda Juniperus
o‘simliklarining ahamiyatini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

Kalit so'zlar:

Sarv,qubba, urug‘,changdon,quritilgan, dermatologiya, efir

moyi, smola, vitamin,bakteriya, Revmatizm,alfa,betta,fitonsid.


Archa (Juniperus)-Sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar

turkumi 70 ga yaqin turi bor. Archaning bir jinsli yoki ikki jinsli shamol
yordamida changlanuvchi o‘simlik. Archaning erkak qubbasi sarg‘ish, 3-6 changdonli
qipiqsimon changchilardan iborat. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib qarama-qarshi yoki
oldinma keyin o‘rnashgan urg‘g‘ochi barg va urug‘kurtakdan iborat. Qubbalari
yumaloq diametrik 5 -20 millimert ichida 1-10 dona urug‘ bor. Archa mart-may
oylarida gullaydi. Geografik tarqalishi: Archaning ko‘pchiligi o‘rta mintaqalarda
o‘sadi. Archaning ba’zi turlari tropik hududlardagi tog‘larda uchraydi. Masalan SAVR
archa O‘RIK archa ZARAFSHON archasi QORA archa kabilar O‘rta Osiyoda
xususan O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan va ular maxsus archa zonalarini tashkil
qiladi. Archa Shimoliy yarimsharlarda ham bo‘lib katta-katta o‘rmonlar hosil qiladi.
Xalq tabobatidagi ahamiyati. Archa juda ham foydali, dorivor, xushmanzara


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

260

o‘simlik. Archa asab sistemasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun archa
yog‘ochlaridan tayyorlangan yostiqlar ham mavjud.
Ular asabni tinchlantirish bilan nerv sistemasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Undan
chiqadigan hid bakteriyalarni yo‘qotadi. Shamollash uyqusizlik va bo‘g‘im
kasalliklarida archa yostiqlaridan foydalaniladi. Qadimda va hozirda ham ba’zi
joylarda chaqaloqlarning qovuzloqlarini tozalashda archaning quritilgan barglaridan
foydalaniladi. Archa revatizm kasalligiga ham davo. Revmatizm kasalligini alfa
guruhli betta streptakkok bakteryasi keltirib chiqaradi. Bu bakterya tizzadagi nerv
hujayralarini yemiradi archadagi fitonsid bakterya uni yo‘q qiladi. Buning uchun
archaning nina barglaridan foydalaniladi. Archalarning yosh novdalari yig‘ib
olinadi.Yosh novdalari tarkibida efir moyi, qubba mevasida qandlar, oshlovchi bo‘yoq,
efir moyi va boshqalar bor.Xalq meditsinasida archaning g‘udda mevasidan
tayyorlangan qaynatma milk va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida og‘iz chayish uchun
ishlatiladi. ZARARLI
TAMONI BORMI?Archada keying 3-4 yil ichida archada unsimon qurt ko‘payib
ketgan. Shahar va qishloqlardagi archa va boshqa ninasimon bargli daraxtlarni
yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Archa unsimon qurti urug‘langan tuxumini archa
shoxlarining po‘stining tagiga qo‘yadi. Natijada archa novdalarida chumoli va
pashshalar to‘planishi kuzatiladi.Bu albatta odamlarning g‘ashiga tegadi. Bundan
tashqari archa yo‘lning ustiga ekiladi. Bundan tashqari uning so‘ruvchi bitlari ham
bor. Ular tabiatga va inson hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda
.Shuning uchun ularni doim dezenfiksiyalab turiladi.

Archa haqidagi qiziqarli ma’lumotlar;

1.Archa qarag‘ayga tegishli daraxt.
2.Qadimgi archa 100-metr balandlikda bo‘lgan.
3.Asosiy archa ildizi 10 ,15 yillik hayotidan so‘ng o‘ladi va ikkilamchi ildizlar yer
yuzasiga chuqur kirmasdan tarqala boshlaydi. Shuning uchun archa bo‘ronli shamolga
dosh bera olmaydi.
4.Archa yog‘ochidagi tolalar juda teng taqsimlangan shuning uchun to‘liq yoki qisman
archadan yasalgan musiqa asboblari juda katta, tiniq tovush chiqaradi.
5.Tayganing asosiy qismini archa tashkil qiladi.
6.Archa barglarining taxmiman 15 foizi to‘kiladi va ular qayta bahorda chiqadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, archa inson va tabiat uchun juda

ahamiyatli xisoblanadi. Shunday ekan har kim ham o‘simlikga asoslangan
mahsulotlardan foydalana olmaydi, lekin archa ishlatishda hech qanday taqiqi
bo‘lmasa, uning xususiyatlari sog‘liq uchun eng foydali bo‘lgan efir moylaridan
insonlar o‘z ehtiyojlarida foydalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

261

2.

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

3.

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

4.

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

5.

Y.Paratov ,Q.Jumayev ‘’Yuksak o‘simliklar sestimatikasi’’.Toshkent 2003 yil.

6.

S.S.Saxobidinov ‘’O‘simliklar sistematikasi’’ Toshkent 1996 yil.

7.

M.Nabiyev ‘’Shifobaxsh giyohlar’’ Toshkent 1980 yil.

8.

Jumaev .K.X.Aslanova X.G..Tog‘rayhon (ORIGANUM TYTTHANTHUM
GONTSCH)o‘simligining introduksion sharoitdagi bioekologiyasi.Eurasian
Journal of Academic Research. ISSN2881-2020.30.04.21.No 1.744-751 sahifalar
ilmiy maqola.

9.

Xarkevich D.A ,,Farmakologiya'' Meditdina.2005

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

Y.Paratov ,Q.Jumayev ‘’Yuksak o‘simliklar sestimatikasi’’.Toshkent 2003 yil.

S.S.Saxobidinov ‘’O‘simliklar sistematikasi’’ Toshkent 1996 yil.

M.Nabiyev ‘’Shifobaxsh giyohlar’’ Toshkent 1980 yil.

Jumaev .K.X.Aslanova X.G..Tog‘rayhon (ORIGANUM TYTTHANTHUM

GONTSCH)o‘simligining introduksion sharoitdagi bioekologiyasi.Eurasian

Journal of Academic Research. ISSN2881-2020.30.04.21.No 1.744-751 sahifalar

ilmiy maqola.

Xarkevich D.A ,,Farmakologiya'' Meditdina.2005

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари