Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
256
GINKGO BILOBA OʻSIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA
AHAMIYATI
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
yo’nalishi 103-guruh talabasi
Abduqodirova Marjona Ro’zibek qizi
Tojiboyev Murodali Umaraliyevich
Andijon Davlat Pedagogika Intituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ginkgo biloba osimligining morfologiyasi,
tarqalish ekologiyasi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda va xalqa tabobatida qollanilishi
yoritib berilgan. Xozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xalq tabobati) xalq zakovati bilan
sugorilgan juda boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni
yangi,samarali dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xalq
tabobatining bu soxadagi qimmati, tutgan orni bebahodir. Buning uchun misol
tariqasida hozirgi zamon tibbiyotida qollaniladigan shifobaxsh osimliklarni kopchiligi
oz vaqtida xalq tabobati dorivor vositalar xazinasidan olinganligini yoki xozirgi zamon
ilmiy tibbiyotining ozi xalq tabobati asosida taraqqiy etganini eslash kifoyadir.
Kalit so’zlar:
ginkgo biloba, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qollanilishi, qishloq
xojaligidagi ahamiyati.
Kirish:
Mazkur oila bitta yagona turni (ikki bolakli ginkgo Ginkgo biloba L.) oz
ichiga olgan. Ginkgo biloba osimligi faqat Janubiy Xitoyda yovvoyi holda uchraydi.
Bu daraxt birinchi marotaba XVIII asrda Evropa bilan Amerikadagi botanika boglariga
olib kelingan.
MDH hududida ginkgo biloba Qrimda, Kavkazning Qora dengiz qirgoqlarida
ostiriladi. Ginkgo respublikamizning Toshkent (Botanika bogi), Samarqand, Andijon
kabi shaharlari parkida osadi. Bu yirik daraxtning boyi 30-40m ga etadi. Bargi bandli,
barg plantinkasi elpigichni eslatadi. Ortasi biroz tilingan bu barglar har yili qish
mavsumida tokiladi. Ginkgo biloba ikki uyli osimlik, otalik qubbachasi boshqa
osimlikda sirgasimon shaklda boladi. Shamol yordamida changlanadi. CHangi
bevosita urugkurtakda osib, chang naychasi hosil qiladi. Uruglanish oldidan bu
naychada ikkita yirik, xarakatchan spermatozoid hosil boladi. Bu spermatozoid naycha
orqali tuxum hujayraga borib qoshiladi.Ginkgoning rivojlanish sikli sagovniklarning
rivojlanish sikliga oxshaydi, ammo vegetativ organlari topgullarining tuzilishi
jihatidan ulardan jiddiy farq qiladi.
Tibbiyotda qo`llanilishi va kimyoviy tarkibi. Oxirgi yillarda Ginkgo biloba
daraxti bargidan ajratib olinayotgan birikmalar farmokoterapiya sohasida bir qancha
nerv va qon tomirlari kasalliklarida, ateroskleroz, xotirani yaxshilash va diqqatni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
257
jamlashda keng foydalanilmoqda. XX asr oxiriga kelib meditsina sohasida Ginkgo
barglari uning xom-ashyosi hisoblanadi. Barg Ozbekiston sharoitida oktyabr oyidan
sargayib boradi. Lekin birinchi ota qattiq sovuq va izgirin davrida daraxtdagi barglar
sargayadi. Qor tushishi bilan ular erga tokiladi. Ana shu barglar teriladi va
quritgichlarda quritilib kraft qogozli qoplarda qoplanadi. Barg tokilgandan song
daraxtlarning meva kosaklari shoxlarda qolib ketadi. Xomashyo sifatida uning meva
kosaklaridan foydalaniladi. Bu meva kosaklar shoxlarda avtokotarmalar yordamida
terib olinadi va meva etidan uruglari ajratiladi. Meva eti alohida va urugi alohida
tayyorlov punktlariga topshiriladi.kgo mashhur preparatga aylandi.
Osimlik mevalari katta yoshdagi daraxtlardan oktyabr-noyabr oyilarida terib
olinadi. Uruglar meva etidan ajratiladi. Ajratilgan uruglarni suvda yaxshilab yuviladi.
Songra, quritiladi. Osimlik uruglari maxsus pollarda ekilib, kochat tayyorlanadi.
Kochat tayyorlash uchun pollarning substratini unumdorligi yaxshilash, poldagi
tuproq, chirigan gong, barg chirindisi va qum aralashmasi asosida tayyorlanishi zarur.
1 gektar maydonga kochat tayyorlash uchun 8-10 kg urug sarflanadi. Tayyorlangan
maydon yuzasiga uruglar sepiladi. Uruglar sepilgan pollarga 3-4 sm qalinlikda maxsus
tayyorlangan substrat (1-1-3=qum-gong-tuproq) solinadi. Har 2 kunda 1 marta leyka
yordamida sugoriladi. Tuproqning namligi ortacha meyorda saqlab turiladi. Ekilgan
uruglar bahorda ortacha 50-55% unib chiqadi. Urugdan ungan nihollar pollarda 2 yil
davomida parvarishlanib, songra kichik maydonlarga 60 sm qator oraligida va tuplar
orasi 20-25 sm qilib ekiladi. Yil davomida 8-10 marta sugoriladi. Har 2 marta
sugorishdan song, qator oralari yumshatilib, begona otlardan tozalanadi. Ushbu kichik
maydonlarda nihollar 3 yil davomida parvarishlanadi. Songra osimlik plantatsiyasini
tashkil etish uchun katta maydonlarga 6x5, 6x6, 6x7, 6x8 metr oraligida kochat
otqaziladi. Osimlikning xom-ashyosi sifatida bargi, meva eti va meva kosak urugi
tayyorlanadi. Hosil, dastlab plantatsiya tashkil etilgandan song 3-4 yillarda teriladi.
Hosildorlik barg hisobiga dastlabki yillarda hol holda 3-4 sentner va quruq holda 1
sentnergacha, meva kosak hosildorligi 9-10 yillarda teriladi va dastlab meva eti 1
sentnergacha va meva kosak urugi 1-1.5 sentnerni tashkil etadi. Keyingi yillardan bu
korsatkichlar doimiy ravishda 2 baravarga oshib boradi.
Xulosa:
Inson va hayvonlar organizmida ro’y beradigan turli kasalliklarni
davolashda
ishlatiladigan
dori-darmonlar
ichida shifobaxsh o’simliklardan
tayyorlanayotgan dorilar salmoqli o’rintutadi. Juda ko’pchilik dorivor o’simliklar
dorixonalarda sotilmaydi, balki dori-darmonlar ishlab chiqarishdagi asosiy xom ashyo
manbasi xisoblanadi. Biz dori-darmonlardan foydalanayotganimizda, ko’pincha ularni
shifobaxsh o’simliklardan tayyorlanayotganini xayolimizga ham keltirmaymiz.
Masalan: kardiovalen — yurak kasalliklarini davo¬lashda qo’llaniladigan sifatli
dorilardan bo’lib, u do’lana, asarun (valeriana), sariqgul (adonis) va boshqa bir qancha
o’simlik turlaridan tayyorlanadigan murakkab birikmadir. Hozirgi vaqtda tibbiyotda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
258
ishlatiladigan 900 dan ortiqroq xil dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor
o’simliklarning
mahsuli
hisoblanadi.
Yurak
kasalliklarini
davo¬lashda
foydalaniladigan dorilarning 77%, jigar va oshqozon-ichak yo’llarida uchraydigan
kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74%, bachadon kasalliklariga qarshi
ishlatiladigan dorilarning 80% shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
H. Kh. Kholmatov, O. A. AHMEDOV, N. A. MUSAYEVA Fundamentals of
pharmacognosy and botany, Tashkent 2017.
2.
Kh.Kholmatov, A.I. Qasimov Russian-Latin-Uzbek dictionary of medicinal plants,
Tashkent-1992.
3.
K.Kh. Khaidarov, K.Kh. Khojimatov Plants of Uzbekistan, Tashkent-1992.
4.
O'.Ahmedov,
A.Ergashev,
A.Abzalov,
M.Yolchiyeva,
D.Mustafakulov,
technology and ecology of medicinal plant cultivation.
5.
Yusupova, Z. A., & Baratjon ogli, S. F. (2022). LABGULDOSHLAR OILASI
VAKILLARINING
HAYOTIY
SHAKLLARI,
MORFOLOGIYASI
VA
TARQALISHI. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(24), 472-479.