Mualliflar

  • Mardonova Mashhura Murtoza qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95234

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy ma’rifatparvarlik jadidchilik o‘zbek adabiyoti

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va uning 
asarlarida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Muallifning jamiyatni 
isloh qilish,  ilm-ma’rifatni  targ‘ib  etish va  milliy  uyg‘onish g‘oyalari bilan  bog‘liq 
qarashlari o‘rganiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

249

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI

Mardonova Mashhura Murtoza qizi

Toshkent Davlat Texnika universiteti

Mexanika muhandisligi fakultetiti

Metallar texnologiyasi yo‘nalishi

Talabasi.


Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va uning

asarlarida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Muallifning jamiyatni
isloh qilish, ilm-ma’rifatni targ‘ib etish va milliy uyg‘onish g‘oyalari bilan bog‘liq
qarashlari o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Qodiriy, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, o‘zbek adabiyoti,

"O‘tkan kunlar", islohotlar, modernizatsiya.


Abdulla Qodiriy ijodi 1913-1914-yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilgʻor

fikrli yoshlar qatori jadidchilik harakatiga qoʻshilgan va oʻzining ilk asarlarida
maʼrifat, millat taraqqiyoti va hurligi gʻoyalarini targʻib eta boshlagan. Qodiriy dastlab
maʼrifiy sheʼrlar yozdi. 1914-yilda “Ahvolimiz”, “Millatimiz”, “Toʻy” kabi sheʼrlari
jadid matbuotida eʼlon qilinadi. 1915-yili u Behbudiyning “Padarkush” fojiasi taʼsirida
“Baxtsiz kuyov” pyesasini yozadi. Soʻng oʻzi “milliy roʻmon” deb atagan “Juvonboz”
hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham avvalo maʼrifatparvarlik qarashlari mahsuli boʻlib,
jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urf-odatlarni keskin tanqid qilishga yoʻnaltirilgan.
Abdulla Qodiriy –– Alimov, Julqunboy, Shoshiy, Boyqush, Dumbulboy, Dumbulboy
jiyani, Dumbuldevona, Dumbulnisa, Dumbulboy oʻgʻli, J-boy, Jarqinboy, Jiyan,
Jiyaningiz Mushtum, Indamas Soʻfi, Yoʻlovchi, Kalvak mahzum jiyani, Kalvak
mahzum shoshiy, Kampir, Karnaychi, Kolxozchi, Lakalang mahzum, Mavlonkufr,
Mulla Julqunboy, Mushtum, Ovsar, Saniyxudo, Chin doʻst, Chirmandabotir, Chi
chora, Shapaloqmahzum, Shilgʻay, A.Q, U-boy kabi oʻttizdan ortiq taxalluslar bilan
ijod qilgan. 1919-1920-yillarda “Oʻtgan kunlar” romanini yozib tugallab, 1926-yilda
toʻla nashrini eʼlon qiladi. Bu toʻlaqonli realistik ilk oʻzbek romani boʻlib, Qodiriyning
jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi. 1928-yili yozuvchi
“Mehrobdan chayon” romanini eʼlon qildi. 1934-yilda esa “Obid ketmon” qissasini
yozadi.

Darhaqiqat, jadid bobolarimiz asarlari mazmuniga tobora chuqur kirib borar

ekanmiz, bu asarlarning dunyoga kelganiga qariyb yuz ellik yildan oshgan bo‘lsa-da,
ularda ko‘tarilgan muammolar bugungi kunda ham dolzarbligicha qolayotganini
ko‘ramiz. Jadidlar yechimini izlagan millat uquvsizligi, ayollar ta’limi bilan bog‘liq
muammolar hanuzgacha jamiyat rivojiga soya solmoqda. XIX asr oxiri XX asr


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

250

boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga rahna soluvchi, og‘ir va o‘ta qaltis tarixiy
muhit paydo bo‘ldi. Bunga sabablar, birinchidan, Rossiya imperiyasi Turkistonni mahv
etib, u yerda o‘z mustamlakachiligini mustahkamlash maqsadida, aholini ruslashtirish,
oddiy xalqni erkidan ayirish, g‘ururini sindirishdek o‘ta shovinistik siyosat olib
borganligi, ikkinchi tomondan musulmon mutaassibligida dunyoviy bilim va
taraqqiyotga qarshilik ruhi avj olgani bo‘lsa, yana bir tomondan xalqimiz o‘z
ma’naviyati, huquqi hamda, eng avvalo, erkini qo‘ldan boy bergani bo‘ldi. Insoniyat
tarixida mustamlakachi davlatlar tomonidan istilo qilingan xalqining milliy g‘ururi,
ona tili, adabiyoti, asriy an’analaridan judo etib, birato‘la mahv etish tendensiyasi
ustuvor sanaladi. Ezilgan xalq bora-bora yovning bunday qarashlariga ko‘nikadi. Mana
shunday siyosiy qaltis vaziyatda xalqning bir guruh ziyolilari, millatning asl
o‘g‘lonlari, taraqqiyparvarlar harakati paydo bo‘ldi. Xalqning fidoiy lochinlari
o‘zlarining qanotlari kuysa-da ona xalqini uyg‘otish, uning kelajagi uchun qayg‘urish
borasida harakat qildi. Ular “jadid” deb atalmish ulug‘ nom ostida birlashib, bir
yoqadan bosh chiqarib holda ma’naviyat uchun, g‘urur va erk uchun uzun va
mashaqqatli bir yo‘lni bosib o‘tishdi.

XX asr boshlarida ana shunday murakkab vaziyatni aks ettirgan adabiyot

boshqa barcha davrlar adabiyotidan keng ommani uyg‘otish, xalqning o‘rganib qolgan
past turmush darajasidan chiqarish, millat, xalq manfaatlarini o‘ylash, o‘zbek xalqining
ilmiy salohiyatli xalqlar qatorida ko‘rishni istash kabi g‘oyalari ilgari surilganligi bilan
farq qiladi. Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi ijodkorlarimizning barcha asarlarida xalqni
ma’rifatli qilish uning tamadduniga yo‘l ochishi g‘oyasi yotadi. Avloniy, Hamza kabi
ijodkorlar esa nafaqat o‘zlari yaratgan asarlari orqali, balki bu borada ko‘zga tashlanarli
amaliy harakatlari (teatr, gazeta, jurnallar tashkil qilish, maktablar ochish v.h.) orqali
xalqni ma’rifatli qilishga uringanlar. Ularning har bir asarlarini o‘qir ekanmiz,
o‘tmishning qora dog‘lari, o‘sha davr fojialarining bo‘yi dimog‘imizni achitadi. Shu
jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarida Yusufbek hojining o‘z-o‘ziga
so‘zlanib ketganiga e’tibor qaratsak: ”O‘ttuz ikki tangadan soliq yig‘ emish… Bir
haftadan keyinga qolmasin emish… Soliq yig‘ishda qarshiliq qilg‘anni darraga
yotqizish, muvofiq ko‘rilganda osdirish haqqi ham menga berilgan emish… Men
qonxo‘rliq uchun xudoning farz qilg‘an hajini ado qilmadim; oldimda o‘g‘lum bor,
menda boshqalarning o‘glini darraga yotqizish chog‘ida ko‘ndalang keladirgan vijdon
bor, din bor, diyonat bor. Bizning xalqni yer yutsin.

Azizbekning tulkiligiga uchdida, uning kechagi zulmlarini unutdi…” - yoki

bo‘lmasa,”- Men ko‘b umrimni shu yurtning tinchligi uchun sarf qilib, o‘zimga
azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekaning bilmagan,
yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast,
dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston yuprog‘idan yo‘qolmay turib,
bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

251

birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindir-ki, o‘rus istibdodi o‘zining
iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz o‘z qo‘limiz bilan kelgusi
naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li
bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi- biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning
lan’ati, albatta, tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun
Turkistonimizni to‘ng‘izxona qilishg‘a hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga
albatta yo‘liqarmiz!..”[Qodiriy,2019,296-bet] Yusufbek hoji obrazi va uning
yuqoridagilar kabi nutqlari orqali Qodiriyning o‘sha davrdagi kechinmalari, dil
tug‘yonlari-yu sassiz alamlari bo‘g‘zimizga zahar kabi tiqiladi.

Haqiqatan ham, xon zamonlari va mustabid sho‘rolar hukmronligi davrida xalq

butunlay qoloq va achinarli ahvolga kelib qolganligi, mal’unlar kasriga oddiy xalq azob
chekayotganligi, mansab, mol-mulk ilinjida hali uquvi bo‘lmagan zurriyodning
podshoh lavozimiga ko‘tarilaverishi, xalqning deyarli ko‘pchiligining savodsizligi,
savodlilar ham sho‘ro hukumatiga og‘ib ketganligi, bir yoqadan bosh chiqarmayotgani,
o‘z tomiriga o‘zi bolta urishi, o‘z-o‘zni talashi, chegarasi yo‘q boshboshdoqliklar-u
g‘aflat uyqusida tamshanayotgan o‘sha davr ayanchiga guvoh bo‘lamiz.

“O‘tgan kunlar”da Otabek obrazi orqali xalqning dilidagi ilinjlari-yu og‘riqlari

qalbimizni nogoh tirnab o‘tadi. Otabek, qutidor va boshqalarga nisbatan bo‘hton
toshlarining otilishi, fitna botqog‘iga botirilishi, aybsiz aybdorga aylantirilib, hatto eng
og‘ir, o‘lim jazosiga hukm qilinishi, albatta, o‘sha davrda uquvsizlik, mansabga
berilish, mamlakatda zulm va zo‘ravonlik ustunligidandir. Abdulla Qodiriyning asosiy
maqsadi ham bu jirkanch tuzumni tag-tomiri bilan o‘zgartirish edi. Asarda O‘zbekoyim
obrazi ham alohida ahamiyatga ega.

Uning manmanlikka, haddan tashqari kibr-havoga berilganligi, dabdaba, mol-

mulkka o‘chligi orqasidan aziz dilbandini baxtsiz qilib qo‘yganligi, nafaqat Otabekni ,
balki oilasining halovatini ham jar yoqasiga olib borishgacha yetganligi orqali millat
ayollarning uvuqsizligi, ularning diniy va dunyoviy ilmlari kamligidan dalolat. Mana
qariyb yuz yildan oshiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, oiladagi o‘rnini erinikidan yuqori
tutuvchi, latta-puttalarga mukkasidan ketgan, farzandining hayotini havoyi orzu-
havaslari ortidan ostin-ustun bo‘lish darajasiga olib borgan, risoladagidek hayotni orzu
qiladigan O‘zbekoyim hozirgi davr qaynonalarining yuziga tarsaki bo‘lib
tegmayaptimikin?!

Ma’lumki, insoniyat tarixida mustamlakachi davlatlar uchun , avvalo, xalqning

milliy g‘ururi, ona tili, adabiyoti mahv etish tendensiyasi ustuvor sanaladi. Chunki
xalqning dunyoqarashini aynan shu vositalar bilan o‘zgartirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, jadidchilik davri adabiyoti davr muammolarini, millat

fojiasini yorqin aks ettirish orqali, ma’lum ma’noda, millatni zulmatdan asrab qoldi.
Jadidchilik harakati namoyondalari yaratgan asarlar xalqimiz qalbiga chuqur kirib
bordi. Ahamiyatlisi, bu davr adabiyotida aks etgan muammolar bugungi kun uchun


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

252

ham dolzarbligicha qolmoqdaki, jadid davri adabiyotini qancha keng targ‘ib qilsak,
o‘rgansak, yoshlar ongini o‘stirishda shuncha foydalidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

А.К,ахдор. Асарлар. Т ВИ. Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970. 411 -
бет

2.

У.Носиров. Ижодкор шахс бадиий услуб, автор образи. Тошкент:
Фан,1981.109 -110 бетлар

3.

А.К,одирий. "Утган кунлар" Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974.47
бет.

4.

И.Султон. Адабиёт назарияси. Автор нущи ва персонаж нущи. Тошкент:
У^итувчи, 1980.199 бет.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

А.К,ахдор. Асарлар. Т ВИ. Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970. 411 -

бет

У.Носиров. Ижодкор шахс бадиий услуб, автор образи. Тошкент:

Фан,1981.109 -110 бетлар

А.К,одирий. "Утган кунлар" Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974.47

бет.

И.Султон. Адабиёт назарияси. Автор нущи ва персонаж нущи. Тошкент:

У^итувчи, 1980.199 бет.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари