Mualliflar

  • Mardonova Mashhura Murtoza qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95235

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligi “O‘tkan kunlar” “Mehrobdan chayon” milliy adabiyot realizm tarixiy roman adabiy meros.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan 
biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning o‘zbek romanchiligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil 
etiladi.  Muallifning  “O‘tkan  kunlar”  va  “Mehrobdan  chayon”  romanlari  o‘zbek 
adabiyotida  yangi  sahifa  ochganligi,  ularning  milliy  o‘zlikni  anglash  va  adabiy 
tafakkurning  rivojlanishiga  qo‘shgan  hissasi  yoritiladi.  Shuningdek,  maqolada 
Qodiriyning asarlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘liq holda tahlil 
qilinib, uning uslubi va adabiy merosi xususida fikr yuritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

246

ABDULLA QODIRIYNING O‘ZBEK ROMANCHILIGIDAGI O‘RNI

Mardonova Mashhura Murtoza qizi

Toshkent Davlat Texnika universiteti

Mexanika muhandisligi fakultetiti

Metallar texnologiyasi yo‘nalishi

Talabasi.


Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan

biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning o‘zbek romanchiligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil
etiladi. Muallifning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari o‘zbek
adabiyotida yangi sahifa ochganligi, ularning milliy o‘zlikni anglash va adabiy
tafakkurning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, maqolada
Qodiriyning asarlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘liq holda tahlil
qilinib, uning uslubi va adabiy merosi xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Qodiriy, o‘zbek romanchiligi, “O‘tkan kunlar”,

“Mehrobdan chayon”, milliy adabiyot, realizm, tarixiy roman, adabiy meros.


Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi

o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-
yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Avval musulmon
maktabida, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan;
Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi,
«Oziq ishlari» gazetasining muharriri, Kasabalar sho‘rosining sarkotibi, «Mushtum»
jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi. «To‘y», «Ahvolimiz»,
«Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz»
hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir. «Uloqda» hikoyasi, «Kalvak Maxzumning
xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi satirik hikoyalar muallifi.
«O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari, «Obid ketmon» qissasi
yozuvchining ulkan mahoratini o‘zida mujassam etgan. Abdulla Shunosiyning
«Fizika», N. V. Gogolning «Uylanish», A. P. Chexovning «Olchazor» asarlarini
o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy 1926-yilda «Mushtum»da bosilgan
«Yig‘indi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937-yilning 31-dekabrida
esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda
Toshkent shahrida otib tashlangan. Uning asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan.
Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik»
ordeni bilan mukofotlangan (1994).

O‘zbek adabiyotida romanchilik janrining shakllanishi va rivojlanishida Abdulla

Qodiriyning o‘rni beqiyosdir. U o‘zining ijodi bilan nafaqat yangi janrni yaratdi, balki


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

247

o‘zbek adabiyotiga milliy tarix va ijtimoiy muammolarni aks ettirish an’analarini ham
olib kirdi. Uning asarlari millatning o‘zlikni anglashida muhim rol o‘ynagan va
bugungi kungacha dolzarbligini yo‘qotmagan.

Abdulla Qodiriyning romanchilik faoliyati Qodiriy o‘zbek romanchiligiga asos

solgan ijodkor sifatida tanilgan. Uning “O‘tkan kunlar” romani 1926-yilda chop etilib,
o‘zbek adabiyotida tarixiy roman janrining shakllanishiga asos soldi. Ushbu asar orqali
muallif Turkiston tarixidagi murakkab davrlarni yoritib, milliy ong va madaniy
xotiraning tiklanishiga xizmat qildi. Shuningdek, “Mehrobdan chayon” romani ham
ijtimoiy muammolarni qalamga olgan bo‘lib, o‘zbek xalqining an’anaviy qadriyatlari
va zamonaviy hayot o‘rtasidagi ziddiyatni yoritishga qaratilgan.

Adabiy uslub va ta’sir Qodiriyning romanlarida realizm va tarixiy haqiqat

uyg‘unlashgan. Uning uslubi hayotiylik, jonli dialoglar va aniq tasvirlar bilan ajralib
turadi. Shuningdek, asarlarida xalq og‘zaki ijodining unsurlaridan keng foydalanilgan
bo‘lib, bu ularning o‘quvchilarga yanada yaqin bo‘lishini ta’minlagan. Qodiriyning
ijodi keyingi avlod yozuvchilariga katta ilhom bag‘ishlab, o‘zbek romanchiligini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan.

O‘tkan kunlar” romanining ma’no-mundarija doirasi niho-yatda keng. Unda

xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy
muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi
alohida

ajralib

turadi.

Binobarin

el-yurtning

mustaqilligi,

birligi

masalasiromanningasosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek
va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini
tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “O‘tkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq
ko‘zgu, unda o‘zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-
odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq, ravshan
gavdalantiriladi. Romandagi uchlik – oshiq, mashuqa va ag‘yor, bir qarashda,
an’anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza
muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zo‘r mahorat bilan tasvir
etiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” –
ishq-muhabbat tuyg‘usiga doir inja tafsilotlar kitobxon ni hayajonga soladi; Otabek
bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur
o‘yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy
davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko‘z oldimizda
gavdalantiradi. Abdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan,
ayni damda o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o‘zaro
ichki nizolardir, degan fikrni g‘oyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga
singdiradi.Adib romandagi markaziy obrazlardan biri – Yusufbek hoji zimmasiga katta
yuk yuklaydi. U o‘zaro mahalliy ziddiyatlarning zararini yaxshi biladi, qipchoqni
qig‘inini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki qavmini ularni “chin yovg‘a


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

248

beriladigan kuch” uchun ittifoqchi sanaydi. Noo‘rin isyonga otlanayotgan olomonga
qarata: “... Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘ris bizga to‘p o‘qlaydir. Siz dunyoda
o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har
zamon o‘z yaqinimga yetgan ko‘raman”, deb aytadi. Biroq hojining istagiga qarshi
qirg‘in bo‘lib o‘tadi. Buning ustiga ustak Otabek ham otasining bu ishda qo‘li
borligidan shubhalanib hojining ko‘ngliga ozor yetkazadi. Yusufbek hojining o‘zini
oqlab masalaning tub mohiyatini tushutirgandan so‘ng aytgan quyidagi so‘zlari bu
shaxsning chindan ham yirik-ulug‘ ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Xulosa Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatida milliy

adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Uning asarlari bugungi kungacha
o‘quvchilarni tarix, milliy ong va insoniy qadriyatlar haqida o‘ylashga undaydi.
Qodiriy ijodi nafaqat adabiy, balki ijtimoiy-ma’naviy jihatdan ham juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, u hali ham o‘zbek adabiyotining ajralmas qismi bo‘lib
qolmoqda. Shuningdek, birinchi o‘zbek romani egasi, iste’dodli adib Abdulla
Qodiriyning asarlari o‘zbek jadid adabiyoti tarixida mumtoz o‘rinni egallaydi. Uning
ayrim hikoyalari, xususan, “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari nafaqat
o‘zbek, balki turkiy xalqlar, umuman, jahon adabiyotining go‘zal namunalari qatoridan
joy olishga munosib asarlardir. Adibning bu romanlarini turkiy xalqlar adabiyotidagi
jadidona pafosli asarlar bilan qiyoslab o‘rganishga ham zarurat bor, albatta.“O‘tkan
kunlar”ni ingliz tiliga o‘girgan amerikalik tarjimon Mark Riz e’tirofiga ko‘ra: “O‘tkan
kunlar” romani bosh qahramoni “Otabek – jadid” edi. U yana ta’kidlaydiki, Abdulla
Qodiriy o‘z romani orqali jadid sifatida o‘z zamonasida “kelajak avlodni yaqinlashib
kelayotgan xavf-xatardan” ogohlantiradi ham.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘.Nosirov. Ijodkorshaxs badiiy uslub,avtor obrazi. Toshkent: Fan, 1981. 109-110-
betlar.

2.

А.Qodiriy. “O‘tgan kunlar” Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti,1974. 47-bet.

3.

I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.Avtor nutqi va personaj nutqi. Toshkent:
O‘qituvchi,1980. 199 bet.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘.Nosirov. Ijodkorshaxs badiiy uslub,avtor obrazi. Toshkent: Fan, 1981. 109-110-

betlar.

А.Qodiriy. “O‘tgan kunlar” Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti,1974. 47-bet.

I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.Avtor nutqi va personaj nutqi. Toshkent:

O‘qituvchi,1980. 199 bet.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари