Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
48
O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDAGI IQTISODIY
ISLOHATLAR, BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH BARQAROR
TARAQQIYOT SARI YO`L
Odilov Alisher Farhod o`g`li
AIFU Tarix(mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)
magstratura 2-kurs
Annotatsiya:
Mazkur tezis O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat taraqqiyotiga
ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, O‘zbekistonning global iqtisodiy
maydondagi o‘rni va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar:
O`zbekiston iqtisodiyoti,iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti,
inves titsiya, bank tizimi ,modernizatsiya ,raqamli iqtisodiyot
Barchamizga maʼlumki, 1990-yillarning boshlarida mustaqillikka erishgan
ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor
munosabatlari dasturini eʼlon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda
rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bunday shovshuvlarga xomxayol,
quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini,
uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini
taʼkidlagan edi. Eng muhimi, yangiijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini,
poydevorini qurib olish uchunmaʼlum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash
jarayonini boshqaradigan va taʼminlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni
tayyorlash-tarbiyalash kerak edi.
O`zbekiston mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichiga
qadam qo‘ydi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga
oshirildi. Xususiy sektorni rivojlantirish va davlat mulkini xususiylashtirish
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy kapitalni
jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Sanoatni modernizatsiya qilish va ishlab
chiqarish hajmini oshirish iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga
aylandi Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi va bank tizimidagi islohotlar
tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga xizmat qildi. Soliq islohotlari natijasida biznes
yuritish sharoitlari yaxshilanib, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar
yaratildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxta monopoliyasidan voz kechib, meva-
sabzavot eksportini kengaytirish strategiyasini qabul qildi. Raqamli iqtisodiyot va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
49
innovatsion
texnologiyalar
iqtisodiy
islohotlarning
ajralmas
qismiga
aylandi.Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan islohotlar
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamladi.Davlat tomonidan
ishlab chiqilgan uzoq muddatli iqtisodiy strategiyalar barqaror rivojlanish va aholi
farovonligini oshirishga qaratilgan.
1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshida respublikamiz iqtisodiyoti juda
og`ir ahvolga bо`lib, naq ocharchilik ostonasida turardik. O`zbekistonni bunday
iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo`liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini
yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o`tish taqozo etilardi.
O`zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish
strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so`ng ishlab chiqildi vaizchillik bilan amalga
oshirila boshlandi. ,,Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda
respublikaning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga oladigan ,O`zbekistonning o`tmishi
, xozirgi kuni va kelgusi taraqqiyotiga to`la to`kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza
, o`ziga xos yo`l zarur ‘’-dedilar va yangi iqtisodiy tizimga о`tish modelining asosiy
tamoyillari, uni amalga oshirish yo`llari, bosqichlarini Islom Karimov ishlab chiqdilar
va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o`z aksini topdi. Bu tamoyillar
quyidagilardan iborat bо`ldi:
Birinchidan,
iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish.
Ikkinchidan,
davlatning o„zi eski tuzumdan yangi tuzumga о‗tish davrida
bosh islohotchi bо`lishi zarur.
Uchinchidan,
Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni
qonunlarga asoslanmog`i zarur.
To`rtinchidan
, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda kuchli ijtimoiy siyosatni
amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qоllab-quvvatlash
borasida mas‘ul bо`lishidir.
Beshinchidan
, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta
O`ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
Taraqqiyotning milliy modeli tanlanishida mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy
sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e‘tiqodidan
kelib chiqildi. Bunda ko`plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o`rganildi va
inobatga olindi. Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o`zgarishlar yuz berdi,
amalda ko`pukladli iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o`rin
egalladi. Yalpi ichki maxsulot tarkibida nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan
oshishiga erishildi.Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O`zbekistonda 1996-
yildan boshlab izchil iqtisodiy o`sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003-yillarda
o`rtacha o`sish sur‘ati 4,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004-yildan boshlab bu jarayon
yangi bosqichga ko`tarilib, yuqori darajada yiliga o`rtacha 7,5-9 foiz o`sishni tashkil
etdi.
1992-1993-yillar
xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
50
xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo
korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot
qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va
aksiyadorlik
shakliga
aylantirildi.
Uy-joylar
keng
miqyosda
xususiylashtirilib,aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda
xususiy mulk etib berildi.Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga
o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya
qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asos
qilib olindi. Bu davrda ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalar
aksiyalarini chiqarish, auksion(kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga
sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni keng miqyosda olib
borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq “Respublika ko‘chmas mulk
birjasi”, “Tovar xom ashyo birjasi”, “Toshkent fond birjasi” tashkil etildi. Bu tarmoq
yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun xizmat
qiluvchi 58 ta tovarlar va xom ashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator,496 ta auditorlik
va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar,tijoratchilik idoralari, reklama
firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega.
Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va
maʼlumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi.
O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi va haqiqiy milliy
valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 1994-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasining milliy valyutasing muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi Prezident
farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy
valyuta – so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan
holda joriy qilindi.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo
majmuasi, Qo`ng`irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o`gitlar zavodi, Asakadagi
yengil avtomobillar, Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab
chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari
ishga tushirildi 1991-1997-yillarda rivojlanishning ,,O`zbek modeli’ ’asosida olib
borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e‘tibor qaratildi,
qishloq xо`jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida
yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi.1996-yil 26-noyabrda Qishloq va
Suv xо`jaligi vazirligi tashkil etildi.
Xulosa
qilib
aytganda
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiy
rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
51
jarayonini izchil amalga oshirdi. Xususiylashtirish, investitsiya jalb qilish, soliq va
bank tizimi islohotlari kabi chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga
xizmat qildi. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan strategiyalar sanoatni modernizatsiya
qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratildi.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning natijalarini his etmoqda:
milliy iqtisodiyotning barqarorligi ortib, xalqaro maydonda raqobatbardoshligi
oshmoqda. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi mamlakat kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu
islohotlarning davomiyligi va samaradorligi kelgusi yillarda O‘zbekistonning yanada
taraqqiy etishiga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
ISLOM
KARIMOV
,,O`ZBEKISTON
BUYUK
KELAJAK
SARI’’-
TOSHKENT:,,O`ZBEKISTON’’,1998
2.
Berdiyev Abduvali ,,O`zbekistonning eng yangi tarixi’’-Toshkentr:,,Bookmany
print’’,2024
3.
Yu.
A.
Ergashev
,,O`zbekistonning
eng
yangi
tarixi’-
QARSHI:,,INTELLIKT’’,2021
4.
N Abduazizova,,O`zbekiston tarixi(Mustaqillik istiqilol davri)3-kitob’’-
T:,,SHARQ’’,2011
5.
R.H.Murtazayeva, А.А.Ermetov А.А.Odilov ,,O`zbekistonning eng yangi tarixi
(darslik)’’-TOSHKENT ,2023
6. Matyoqubov Xalil Hayitbayevich,,O`zbekistonning eng yangi tarixi(O`quv
qo`llanma’’-TOSHKENT:2021.
7. SUYUNOV ABBOS ILYOS O‘G‘LI,,,Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022
yil.
8. Nabiyeva Muyassar Abdurasul qizi,OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
SUVERENETETI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI//Часть–3_ Декабрь –
2024