Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
41
O`ZBEK XONLIKLARINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI
Odilov Alisher Farhod o`g`li
AIFU Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)
magistratura 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XVIasr boshlarida Buxoro ,Xiva,Qo`qon
xonliklarining tashkil topishiga sabab bo‘lgan omillar, ularning ichki tuzilishi,
boshqaruv tizimi va asosiy hukmdorlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, maqolada xonliklarning iqtisodiy hayoti, savdo yo‘llari va madaniy
taraqqiyoti ham o‘rganilib, ularning XX asr boshlarigacha bo‘lgan tarixiy
jarayonlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida
yozilgan bo‘lib, Oʻzbek xonliklarining o‘ziga xos jihatlarini tushunishga yordam
beradi.
Kalit so‘zlar:
Oʻzbek xonliklari, Buxoro xonligi, Xiva xonligi, Qoʻqon xonligi,
siyosiy tuzilish, iqtisodiy rivojlanish, madaniyat, tarix.
Vatanimiz tarixi o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o‘tma-ganligi, uning
rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo‘lganidan guvoh-lik beradi. Sohibqiron Amir
Temur asos solgan saltanat eng yirik va qud ratli davlat bo‘lganligi jahonga ma’lum.
U o‘z vorislariga nafa qat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni
boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni qoldir gan edi:
«...farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri’’ – deb yozgan edi u o‘zining
tuzuklarida –,, unga muvofiq ish yurit sin Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini
boshqarishda qo‘llanma sifatida foy dalangaylar, tokimendan ularga yetadigan davlat
va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lg‘ay». Ammo Amir Temur uning dasturi va
vasiyatlariga amal qilishmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o‘zaro va ichki ku
rash, jang-u jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka
olib keldi. Oqibatda Turkiston uch xonlikka bo‘linib ketdi.
XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq
hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500–
1501-yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504-yilda Farg‘ona va Hisor viloyatini, 1505-
yillarda Urganchni, 1506–1507-yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni,
shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg‘ona,
Sirdaryo va Xorazm yerlari, Afg‘onis tonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari
egallandi va Muhammad Shayboniyxonga qaram bo‘lib qoldi. Xuroson daligidan
foydalangan qozoq sultonlari Movaroun nahrga bir necha marta bostirib kirib, uni
talon-taroj qiladilar. 1508–1509-yillarda Shay bo niyxon Xurosondan qaytib kelib,
qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
42
yurishlar nati ja sida Sig‘noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. Shun day
qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shaybo-niylar sulolasi hukmronligi
qaror top di. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon»
unvonini olib, o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokim iyatni birlashtirdi.Shayboniyxon
janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qila-di. Mash had va Tus shaharlarini
egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safaviy katta qo‘shin bilan yetib keladi.
Shayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo‘shinlar kelishini kutmasdan jangga
kirishga majbur bo‘ladi. 1510-yilda Marv yaqinida bo‘lgan jangda Shayboniyxon
qo‘shinlari yengiladi, xonning o‘zi ham halok bo‘ladi.Taxtga Shayboniyxonning
amakisi, Mirzo Ulug‘bekning qizi Ro biya Sultonbegimning o‘g‘li Ko‘chkunchixon
(1510–1530) chiqdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib Ismoilshohga qarshi
ku rashish o‘rniga Shayboniyxon tirikligidayoq suyurg‘ol sifatida taqsim lab berilgan
viloyatlar va yerlarga egalik qilish bilan o‘ralashib qol dilar, ular o‘rtasida o‘zaro
kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bun dan foydalangan Ismoilshoh tez orada
Xuroson va Xorazm o‘lka-larini, Shimoliy Afg‘onistonni bosib oladi. Poytaxti
Samarqand bo‘lgan Movarounnahrda esa shayboniylar hukmronligi saqlanib qoladi.
Movarounnahrda yuz yilgacha davom etgan Shayboniylar davri-da ham tinchlik
bo‘lmadi, qirg‘inborot urushlar, o‘zaro ichki kurash-lar davom etdi. Buxoro viloyati
noibi bo‘lib kelgan Ubaydullo sulton1533-yilda Shayboniylar davlatining oliy
hukmdori etib ko‘tarila di. Ubaydulla sulton Samarqanddagi Ko‘ch kunchixon
avlodlari qarshi-ligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoro-ni
davlat poytaxti deb e’lon qiladi. Shay boniy Ubaydullaxon (1533–1540) davrida
Buxoroning mavqeyi ham siyosiy, ham iqtisodiy jihat-dan kuchaydi. Shu tariqa,
Shayboniylarning Movarounnahrda tash-kil etgan davlati Buxoro xonligi, deb atala
bosh landi. 1583 y. Abdullaxon o’zini barcha o’zbeklarning xoni deb e’lon qildi. Bu
paytga kelib Abdullaxon deyarli butun Markaziy Osiyo erlarini o’z qo’l ostiga
birlashtirishga muvaffaq bo’lgan edi.1595 y. Xorazm ham Abdullaxon II mulklariga
qo’shib olindi.1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach uning o’g’li Abdulmumin uzoq
vaqt hokimiyatni saqlab qalolmadi va 1599 yilda hokimiyat boshqa sulola vakillari
qo’liga o’tdi. XVI asrning oxirlaridan, aniqrog’i 1599 yildan boshlab Markaziy
Osiyoda yangi sulola Ashtroxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaning
asoschisi Chingiziylar avlodidan bo’lgan Jonibek Sulton edi. Uning ajdodlari Oltin
O’rda inqirozidan keyin Ashtraxonga hukmronlik qilinshgan. Ashtarxoniylardan
Imomqulixon Buxoro hududini ancha kengaytiradi. Jumladan, Toshkent va Taroz
shahri xonlik ixtiyoriga qaytarib olinadi. Imomqulixondan so‘ng taxtga kelgan Nodir
Muhammad va Abdulazizxon davrida saltanat chegaralari katta o‘zgarishga
uchramaydi. Faqatgina 1680 yilda, jung‘orlar hujumidan so‘ng halokatga yuz tutgan
Qoshg‘ar xonligining ba’zi hududlari Buxoro xonligi tomonidan egallab olinadi.
Abdulazizxondan so‘ng taxtga kelgan Subhonqulixon davrida chegaralardagi eng katta
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
43
o‘zgarish Xiva xonligining yana Buxoro xonligiga qo‘shib olinishi bo‘ladi. Biroq bu
uzoq davom etmaydi. Subhonqulixondan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Ubaydullaxon
II mustaqillikka intilayotgan viloyatlar bilan to‘xtovsiz kurash olib boradi. Bir
tomondan Balx hokimi Mahmud qatag‘on, boshqa tomondan Farg‘onadagi ming
sulolasiga qarshi kurashgan Ubaydullaxon 1711 yil fitna qurboniga aylanadi. Uning
o‘limidan so‘ng Balx va Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tarkibidan chiqib ketadi.
1740 yili Buxoro va Xivaga Eron shohi Nodirshoh bostirib kiradi va har ikki xonlikni
o‘ziga bo‘ysundiradi. Eronga qaramlik 1747 yilga qadar davom etadi. Shu yili
Nodirshoh o‘ldirilganidan so‘ng Buxoroda katta mavqega erishgan o‘zbeklarning
mang‘it qabilasi yetakchisi Muhammad Rahimbiy ashtarxoniy hukmdor
Abulfayzxonni o‘ldiradi. Muhammad Rahimbiy taxtga ashtarxoniylar vakillari bo‘lgan
qo‘g‘irchoq hukmdorlarni o‘tqaza boshlaydi. Nihoyat 1756 yili Muhammad Rahimbiy
Buxoroni to‘liq o‘z boshqaruviga oladi, biroq an’anaga ko‘ra faqatgina chingiz
naslidan bo‘lgan insonlargina xon rutbasini olishi mumkinligi bois Muhammad
Rahimbiy o‘zini xon emas «Amir ul-mo‘miniyn» deb e’lon qiladi. Shu tariqa, Buxoro
xonligi Buxoro amirligiga aylanadi. Mang‘itlardan amir Shohmurod nafaqat o‘z
adolatparvarligi, balki harbiy muvaffaqiyatlari bilan ham alohida ajralib turadi. Amir
Shohmurod 1788 yili Buxoro tarkibidan chiqib ketgan Afg‘oniston shimolidagi
yerlarni amirlikka qaytaradi, Marv ham yana Buxoro mulkiga aylanadi. Afg‘oniston
shimolidagi yerlar (Chor viloyat: Andxo‘y, Shibirg‘on, Saripul va Aqcha) 1845 yilga
qadar Buxoro amirligi tasarrufida qoladi. 1868 yil Rus imperiyasi qo‘shinlari Buxoroga
bostirib kiradi. Buxoro amiri Muzaffar xonlik mudofaasini uyushtira olmaydi va
Buxoro Rossiya protektorati (vassal) bo‘lib qoladi. 1873 yil 28 sentabr kuni amir
Muzaffar Turkiston general-gubernatori fon Kuafmanning «do‘stlik» haqidagi
shartnomasiga qo‘l qo‘yadi. Shartnomaga ko‘ra, Buxoro amirligining Samarqand,
Urgut, Jizzax, Panjikent va Kattaqo‘rg‘on bekliklari Rossiya tarkibiga o‘tadi. Buxoro
amirligi tashqi siyosatda Rossiyaga qaram bo‘lsa-da, ichki siyosatda birmuncha
mustaqillikka ega bo‘ladi. 1917 yil Rossiyadagi fevral inqilobidan so‘ng Buxoroda
ham amir hokimiyatiga qarshi harakatlar boshlanadi. Ammo amir Olimxon qulay
fursatdan foydalanib davlatni mustahkamlash borasida yetarli ishlarni amalga
oshirmaydi va 1920 yil 30 avgust kuni bolsheviklar hujumidan so‘ng Buxorodan
qochib ketadi. Bolsheviklar ta’siri ostida Buxoro Xalq sovet respublikasi tuziladi. Bu
davlat 1924 yil 27 oktyabrda tugatiladi va uning hududi O‘zbekiston SSR va Tojikiston
ASSR tarkibiga kiritiladi. Shu bilan to‘rt yuz yilga yaqin hukm surgan Buxoro davlati
xotima topadi.
Shayboniylar davrida hokimiyat tepasida xon turardi. Davlat bir necha
viloyatlarga bo’lingan bo’lib, ularga sultonlar boshchilik qilar edi. Poytaxt Samarqand
shahri edi va Abdullaxon (1533-1539) davrida Buxoroga ko’chirildi.Shayboniylar
davlati, ayniqsa, Abdullaxon II davrida chet davlatlar bilan siyosiy aloqalarini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
44
kengaytiradi.Shayboniylar davlatida xo’jalikning asosi dehqonchilik bo’lib, dehqonlar
asosiy ishlab chiqaruvchi kuch edi.Er egaligi munosabatlari eskicha qolib, erlarning
asosiy qismi davlat erlari bo’lib, uning egasi davlat boshlig’ixondir.
Xorazm XV asr oxiri –XVI asr boshida temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq
davlatning bir qismi edi. 1505-yilda Muhammad Shayboniy-xon qo‘shinlari Xorazmni
egalladi va qo‘ng‘i rot urug‘idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron
shohi Ismoil bilan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo‘lganidan keyin Xorazm
Ismoil-shoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xora zm ni o‘z davlati tasarrufi ga
kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shahar larini boshqarish uchun 3 ta dorug‘a (hokim)
tayinlaydi.Xorazmda Ismoilshoh hukmronligi uzoqqa bormadi. Sal o‘tmay, Ismoil
shoh hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar
qori va Sayid Hisamiddin yetakchilik qi ladi. Ular Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka
sultonning o‘g‘li Elbarsxon-ga murojaat qilib, xon bo‘lishni taklif qiladilar. Elbarsxon
1511-yil-da qo‘shin bilan kelib Vazir shahrini egallaydi. 1511–1512-yil lardagi janglar
natijasida, Urganch, Xiva, Hazorasp Ismoilshoh qo‘shinlari dan tozalanadi,
Xorazmning mustaqilligi tiklanadi. Xorazmda Elbars xon hokimiyati o‘rnatiladi.
Shunday qilib, 1512-yildamustaqil Xiva xonligi tashkil topadi, Elbarsxon uning
birinchi xoni bo‘ladi. Xivada shayboniylar sulolasi hukmronligi 1770-yilgacha davom
etadi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. Xiva xonligi juda ko‘p vaqt ichki urushlar
girdobida qoladi. Bu Xiva xonligida markaziy hukumatning kuchli bo‘lmagani bilan
izohlanadi.
Xiva xonligi markazlashgan hokimiyat va eng katta chegaralarga o‘zbeklarning
qo‘ng‘irot urug‘idan chiqqan (qo‘ng‘irot urug‘i Xiva taxtini 1770 yil qo‘lga kiritgan
edi) Muhammad Rahimxon I davrida erishadi. Muhammad Rahimxon Xivaga doimiy
bo‘ysunuvchi hududlardan tashqari Sirdaryoning quyilish qismi va qoraqalpoqlarning
Qo‘ng‘irot hududlarini bo‘ysundiradi. Shuningdek, Rahimxon 1820 yil Marvni
Buxorodan tortib olishga muvaffaq bo‘ladi. Xiva ham 1873 yil Buxoro kabi Rossiya
protektoratiga aylanadi. Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasida imzolangan Gandimiyon
shartnomasiga ko‘ra Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Rus imperiyasi
ixtiyoriga o‘tadi. 1880-1885 yillarda olib borilgan yurish natijasida turkman qabilalari
ham Rossiya tarkibiga o‘tgach, Xiva tasarrufida faqatgina Amudaryoning chap
qirg‘og‘idagi yerlar qoladi. Xiva xonligi ham Buxoro kabi 1920 yilda Xiva Xalq sovet
respublikasiga aylantiriladi va 1924 yilda uning yerlari Qoraqalpog‘iston,
Turkmaniston va O‘zbekiston SSR tarkibiga qo‘shib yuboriladi.
XVI asrning oxirlaridan, aniqrog’i 1599 yildan boshlab Markaziy Osiyoda yangi
sulola Ashtroxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaning asoschisi
Chingiziylar avlodidan bo’lgan Jonibek Sulton edi. Uning ajdodlari Oltin O’rda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
45
inqirozidan
keyin
Ashtraxonga
hukmronlik
qilinshgan.
Ashtarxoniylardan
Imomqulixon Buxoro hududini ancha kengaytiradi. Jumladan, Toshkent va Taroz
shahri xonlik ixtiyoriga qaytarib olinadi. Imomqulixondan so‘ng taxtga kelgan Nodir
Muhammad va Abdulazizxon davrida saltanat chegaralari katta o‘zgarishga
uchramaydi. Faqatgina 1680 yilda, jung‘orlar hujumidan so‘ng halokatga yuz tutgan
Qoshg‘ar xonligining ba’zi hududlari Buxoro xonligi tomonidan egallab olinadi.
Abdulazizxondan so‘ng taxtga kelgan Subhonqulixon davrida chegaralardagi eng katta
o‘zgarish Xiva xonligining yana Buxoro xonligiga qo‘shib olinishi bo‘ladi. Biroq bu
uzoq davom etmaydi. Subhonqulixondan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Ubaydullaxon
II mustaqillikka intilayotgan viloyatlar bilan to‘xtovsiz kurash olib boradi. Bir
tomondan Balx hokimi Mahmud qatag‘on, boshqa tomondan Farg‘onadagi ming
sulolasiga qarshi kurashgan Ubaydullaxon 1711 yil fitna qurboniga aylanadi. Uning
o‘limidan so‘ng Balx va Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tarkibidan chiqib ketadi.
1740 yili Buxoro va Xivaga Eron shohi Nodirshoh bostirib kiradi va har ikki xonlikni
o‘ziga bo‘ysundiradi. Eronga qaramlik 1747 yilga qadar davom etadi. Shu yili
Nodirshoh o‘ldirilganidan so‘ng Buxoroda katta mavqega erishgan o‘zbeklarning
mang‘it qabilasi yetakchisi Muhammad Rahimbiy ashtarxoniy hukmdor
Abulfayzxonni o‘ldiradi. Muhammad Rahimbiy taxtga ashtarxoniylar vakillari bo‘lgan
qo‘g‘irchoq hukmdorlarni o‘tqaza boshlaydi. Nihoyat 1756 yili Muhammad Rahimbiy
Buxoroni to‘liq o‘z boshqaruviga oladi, biroq an’anaga ko‘ra faqatgina chingiz
naslidan bo‘lgan insonlargina xon rutbasini olishi mumkinligi bois Muhammad
Rahimbiy o‘zini xon emas «Amir ul-mo‘miniyn» deb e’lon qiladi. Shu tariqa, Buxoro
xonligi Buxoro amirligiga aylanadi. Mang‘itlardan amir Shohmurod nafaqat o‘z
adolatparvarligi, balki harbiy muvaffaqiyatlari bilan ham alohida ajralib turadi. Amir
Shohmurod 1788 yili Buxoro tarkibidan chiqib ketgan Afg‘oniston shimolidagi
yerlarni amirlikka qaytaradi, Marv ham yana Buxoro mulkiga aylanadi. Afg‘oniston
shimolidagi yerlar (Chor viloyat: Andxo‘y, Shibirg‘on, Saripul va Aqcha) 1845 yilga
qadar Buxoro amirligi tasarrufida qoladi.
Buxoro xonligi ichki kurashlar, markaziy hokimi yat ning zaiflashuvi sababli
XVIII asr boshlarida ikkiga bo‘linib ket di. Ashtarxoniylar hukmrdxonligining
zaiflashuvi oqibatida Farg‘ona vodiysiga uning shimolida tashkil topgan Jung‘arlar
davlati tez-tez bosqin uyushtirib, yurtni talon-taroj qila boshladi. Bunday vaziyat
Far g‘onadagi ichki kuchlar ning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini ku
chay tirdi. Farg‘ona vodiysining hududiy yaxlitligi va iqtisodiy im koniyatlari
uning Buxoro xonligidan ajralib chiqi shi ga qu lay omil bo‘lib xizmat qildi.Chust
yaqinidagi Chodak qishlog‘ida yashovchi xo‘jalar jamoa-si (din peshvolari)ning
mavqeyi XVIII asr boshlaridayoq Farg‘ona-da ancha kuchayib, 1709-yilda o‘z yer-
mulklarini mustaqil deb e’lon qiladi va vodiyda hokimiyatni qo‘lga olishga intiladilar.
Biroq, ularning hokimiyati boshqa urug‘-qabilalar tomonidan tan olinmadi. Bir guruh
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
46
harbiy zodagonlar Rishtonda qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro xon-ligi tasarrufidagi
Farg‘ona hoki mi Xo‘ja Ashirqulni o‘ldiradilar.1709-yilda Qo‘qon atrofida yashab
turgan o‘zbek qabila la ridan biri – minglar hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar va
o‘z yetakchisi Shohruxbiyni hokimiyat tepasiga ko‘taradilar. Shu tariqa, Qo‘qon xon
ligi tashkil topadi, o‘zaro ichki kurashlar botqog‘iga botib qolgan Buxoro xoni
Ubaydullaxon o‘ziga qarashli hududning ajralib chiqib, alohida davlat tuzishiga
qarshilik ko‘rsata olmadi. Qo‘qon xonligida ming urug‘i sulolasi 1876-yilgacha
hukmronlik qiladi. Qo‘qon shahri chetida joylashgan Tepaqo‘rg‘on Qo‘qon xoni
Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. Tepaqo‘rg‘onda mustahkam qal’a, bozor va
aholi yashaydigan mahallalar qurildi. Qo‘qon xonligi tarkibiga Farg‘ona vodiysidan
tashqari, Sharqiy Turkistonning ba’zi qismlari ham kiradi.Qo‘qon xonligi hududi
Olimxon davridan tez kengaya boshlaydi. Olimxon Toshkent, Sayram va Xo‘jand
shaharlarini xonlik tarkibiga qo‘shib oladi. Uning ukasi Umarxon esa bir necha yuz
yillardan beri Buxoro hukmdorlari qo‘l ostida bo‘lgan Turkiston shahrini Qo‘qon
xonligiga bo‘ysundiradi. Shuningdek, Umarxon Sirdaryo bo‘yi yerlarini Buxorodan
tortib olishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘qon xonligining keyingi tarixi turli guruhlarning
o‘zaro kurashlaridan iborat bo‘ladi va xonlik qayta markazlashgan kuchli davlatga
aylana olmaydi. Bu esa xonlikning Rossiya imperiyasi uchun tayyor o‘ljaga
aylanishiga olib keladi. Qattiq qarshilikka qaramay, Xo‘jand egallanishi bilan
Buxorodan uzilib qolgan Xudoyorxon 1868 yil Qo‘qonni Rossiyaga qaram davlatga
aylantiruvchi sulhni imzolashga majbur bo‘ladi. Ammo Buxoro va Xiva bilan urush
yakunlangach hamda Qo‘qonda rus hukmronligiga qarshi harakat boshlangach, ruslar
xonlikni butkul tugatishga qaror qiladi. 1876 yili Qo‘qon xonligi davlat sifatida
butunlay tugatiladi.
XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yangi feodal er egaligi tanho, kichik
xizmatkorlarda beriladigan erlar paydo bo’ldi.Feodal er egaligining alohida
ko’rinishini vaqf erlar tashkil qilgan.Shayboniylar davridagi aholining asosiy qismini
dehqonlar, yarim ko’chmanchilar va qisman ko’chmanchi chorvadorlar tashkil
etardi.Shayboniylar davlatida dehqonchilikdan tashqari shahar xo’jaligi ham alohida
o’rin tutadi. Samarqand Buxoro, Toshkent Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy,
madaniy markazi bo’lib qolaverdi.Bu davrga kelib iqtisodiy va madaniy yuksalish
natijasida Toshkentning mavqei oshdi. Barakxon madrasasi (Hozirgi mavarounnaxr
musulmonlari markazi yoki Xastimom), Ko’koldosh madrasasi qurildi.
XVI asr shaharlarida xunarmandchilik rivojlanib, uning maxsuloti keng
ommaning talablarini qondirishga qaratildi. Shayboniylar davlatida kuchli rivojlangan
xo’jalik sohasi to’qimachilik bo’ldi.Samarqandda qog’oz ishlab chiqarila boshlandi.
Qog’oz sifati shunchalar yuqori ediki bu haqda Bobur Jaxonda eng yaxshi qog’oz
Samarqandda
tayyorlangan,
deb
etadi.Shayboniylar
davrida
dehqonchilik,
xunarmandchilikning umuman, shaharlar hayotining rivojlanishiga Markaziy Osiyo
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
47
xonliklarining tashqi va ichki savdo halqaro aloqalarining kengayishi muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo xonliklarining Hindiston davlati, Turkiya va
Rossiya bilan iqtisodiy hamda diplomatik aloqalari rivojlandi.Buxoro, Samarqand,
Toshkent va boshqa shaharlarda XVI asrda hayot yuksak darajada bo’lib, ular siyosiy,
iqtisodiy markaz bo’libgina qolmay, balki madaniy turmush o’chog’i ham
edi.Shayboniylar ko’plab yangi binolar qurib, ularni madrasa va machitlar ixtiyoriga
topshirdilar.Abdullaxon II davrida 500dan ortiq har xil binolar qurilgan. XVI asr
boshlarida Dashti-Qipchoq o’beklarining Movaraunnahrga kirib kelishi bilan o’zbek
xalqi ajdodlariga yana bir qancha qabilalar kelib qo’shildi va O’zbek degan nomga ega
bo’ldi.
Oʻzbekiston hududida xonliklar davri tarixiy jarayonlarning murakkab va
muhim bosqichi bo‘lib, ushbu davrda hududiy bo‘linish, ichki nizolar va siyosiy
tarqoqlik kuchaygan edi. Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklari oʻrtasida doimiy raqobat
va hududiy nizolar iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bu davrda milliy madaniyat, me’morchilik va
hunarmandchilik ham o‘z taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.Xonliklar oʻrtasidagi
doimiy ziddiyat va markazlashgan davlatning yo‘qligi hududiy barqarorlikka putur
yetkazdi va tashqi kuchlar uchun imkon yaratdi.
Xulosa qilib aytganda, xonliklar davri tariximizda mustaqillik va yagona davlat
tuzish zaruratini yaqqol ko‘rsatgan davrlardan biri bo‘lib, keyinchalik umumxalq
birligi g‘oyasining shakllanishiga asos bo‘lgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Berdiyev Abduvali ,,XVIII-XIX asrlarda O`rta Osiyo xonloklarininh tashqi
diplomatik aloqalari tarixi’’-Toshkent , 2003
2.
Xudoyqulov To'lqin ,, Markaziy osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi" (markaziy
mahalliy harbiy diniy hokimiyat)-Toshkent:,, O'ZKITOBSAVDONASHRIYOTI
,2003
3.
Д. А. Алимова Э.В. Ртвеладзе,,Узбекистон давлатчилиги тарихи "
Т:,,ШАРК",2001
4.
Б .Ж .Эшов ,, Узбекистон тарихи:II китоб (XIV аср урталаридан-XIX аср
иккинчи ярмигача". Дарслик А. А .Одилов.-Тошкент:,,NIF MSH",2024.
5.
Зиёдулла Мукимов.,,Шайбонийлар давлати вам хукуки (тврихий хукукий
тадкикот)"-Тошкент, ,,Адолат".-2007.
6.
H.M.Muhammedov,O.T.Husanov, B.M.Muhammedov,,o`zbekiston davlati va
huquqi tarixi’’-TOSHKENT ,,TASVIR’’,2009
7.
Q.Usmonov ,M. Sodiqov,S.Burxonova,,O`zbekiston tarixi’’-Toshkent:,,IQTISOD-
MOLIYA’'2016
8.
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/675
9.
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/201