Mualliflar

  • Inoyatova Shohida Yeltayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95500

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: xalqaro akkreditiv tijorat banklari Asakabank tashqi savdo moliyalashtirish UCP 600 raqamli texnologiyalar.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  xalqaro  akkreditivlar  amaliyotining  nazariy-
huquqiy asoslari, ulardan foydalanishda tijorat banklarining roli va ayniqsa, Asakabank 
misolida  amalga  oshirilayotgan  akkreditiv  operatsiyalari  tahlil  qilingan.  Ushbu 
moliyaviy  instrumentni  takomillashtirish  imkoniyatlari,  raqamli  transformatsiya  va 
xalqaro hamkorlik masalalari ilmiy asosda tadqiq etilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

205

TIJORAT BANKLARIDA XALQARO AKKREDITIVLAR AMALIYOTINI

TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI (ASAKABANK MISOLIDA)

O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Biznesni boshqarish (Master of

Business Administration-MBA) Banking 23-02-guruh magistranti

Inoyatova Shohida Yeltayevna

Annotatsiya:

Mazkur maqolada xalqaro akkreditivlar amaliyotining nazariy-

huquqiy asoslari, ulardan foydalanishda tijorat banklarining roli va ayniqsa, Asakabank
misolida amalga oshirilayotgan akkreditiv operatsiyalari tahlil qilingan. Ushbu
moliyaviy instrumentni takomillashtirish imkoniyatlari, raqamli transformatsiya va
xalqaro hamkorlik masalalari ilmiy asosda tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

xalqaro akkreditiv, tijorat banklari, Asakabank, tashqi savdo,

moliyalashtirish, UCP 600, raqamli texnologiyalar.

Аннотация:

В данной статье рассмотрены теоретико-правовые основы

международных аккредитивов, роль коммерческих банков в их использовании, а
также проанализированы аккредитивные операции, осуществляемые на примере
Асакабанка. Научно обоснованы возможности совершенствования данного
финансового

инструмента,

вопросы

цифровой

трансформации

и

международного сотрудничества.

Ключевые слова:

международный аккредитив, коммерческие банки,

Асакабанк, внешняя торговля, финансирование, UCP 600, цифровые технологии.

Abstarct:

This article examines the theoretical and legal foundations of

international letters of credit, the role of commercial banks in their use, and analyzes
the letter of credit operations carried out using the example of Asakabank. The article
scientifically justifies the possibilities for improving this financial instrument,
addressing issues of digital transformation and international cooperation.

Keywords:

international letter of credit, commercial banks, Asakabank, foreign

trade, financing, UCP 600, digital technologies.

Kirish

Xalqaro savdo munosabatlari tobora rivojlanayotgan bugungi kunda ishonchli

to‘lov vositalaridan biri sifatida akkreditivlar katta ahamiyat kasb etmoqda.
Akkreditivlar vositasida tijorat banklari mijozlar o‘rtasidagi to‘lovlar kafolatini
ta’minlaydi. Bu vosita xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi ishonchsizlik muammosini hal
qilishda qo‘l keladi.

O‘zbekistonda tashqi savdo hajmi ortib borishi natijasida tijorat banklari,

xususan, Asakabank kabi yirik moliyaviy tashkilotlar xalqaro akkreditiv xizmatlarini
kengaytirmoqda. Biroq amaliyotda ushbu mexanizmni qo‘llashda turli muammolar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

206

jarayondagi sustlik va texnologik chegaralar mavjud. Shu bois, tadqiqotda akkreditiv
amaliyotining huquqiy va institutsional asoslari, Asakabank tajribasi tahlili va
takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.

Tahli va natijalar

Akkreditiv —

xaridor (importer) o‘z banki orqali sotuvchiga (eksporterga)

to‘lovni kafolatlaydi, lekin bu to‘lov faqat ma’lum hujjatlar (yuborilgan tovar, toifasi,
miqdori, vaqtini tasdiqlovchi hujjatlar) taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Xalqaro akkreditivlash jarayoni — bu importchi va eksportchi o‘rtasidagi

to‘lovni banklar orqali kafolatlangan va nazorat qilingan tarzda amalga oshirish
jarayoni bo‘lib, unda aniq bosqichlar va ishtirokchilar mavjud. Bu jarayon, asosan,
UCP 600 (Uniform Customs and Practice for Documentary Credits) xalqaro qoidasiga
asosan amalga oshiriladi. Xalqaro akkreditivlash jarayoni quyidagi bosqichlarda
amalga oshiriladi:

Taraflar o‘rtasida shartnoma tuzish eng asosiy jarayon hisoblanadi. Bunda tarflar

ya’ni eksportchi va importchi o‘rtasida tovar yoki xizmat yetkazib berish bo‘yicha
shartnoma tuziladi. Shartnomada akkreditiv orqali to‘lov qilish tartibi kelishib olinadi.
Shartlarda akkreditiv turi, amalda bo‘lish muddati, talab etiladigan hujjatlar va yetkazib
berish shartlari aniq ko‘rsatiladi.

Keyingi navbatda akkreditivni ochish (Issuance of Letter of Credit)
• Importchi (xaridor) o‘z bankidan (Issuing Bank) eksportchi foydasiga

akkreditiv ochishni so‘raydi.

• Bank akkreditiv ochadi va uni eksportchining bankka yuboriladi (Advising

Bank).

Keyingi o’rinda akkreditivni qabul qilish va tekshirish jarayonida eksportchi o‘z

banki orqali akkreditiv shartlari bilan tanishadi. Agar shartlar maqbul bo‘lsa, tovar
tayyorlanadi va yuboriladi. Agar shartlar nomaqbul bo‘lsa, o‘zgartirish so‘ralishi
mumkin (Amendment).

Navbatdagi jarayonda esa tovarni jo‘natish va hujjatlarni tayyorlashda eksportchi

shartnoma va akkreditiv talablariga muvofiq tovarni yuborib, kerakli hujjatlarni
(invoys, yuk xujjatlari, sertifikatlar va h.k.) tayyorlaydi.

Hujjatlarni taqdim etish bosqichida eksportchi hujjatlarni o‘z bankiga taqdim

etadi. Advising Bank ushbu hujjatlarni Issuing Bank'ka yuborish uchun tekshiradi.
Hujjatlarni tekshirish va to‘lov qilishda Issuing Bank hujjatlarni tekshiradi:

o Agar hujjatlar akkreditiv talablariga mos bo‘lsa — to‘lov amalga oshiriladi.
o Agar xato yoki kamchilik bo‘lsa — to‘lov rad etilishi yoki eksportchi bilan

kelishilgan holda hal etilishi mumkin.

Importchi tovarni qabul qiladi
• Importchi hujjatlar asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi va

tovarni qabul qiladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

207

Asakabank tomonidan 2021–2024 yillar davomida ochilgan akkreditivlar quyidagi
diagrammada aks ettirilgan:


Shuningdek Asakabank tomonidan 2021-2024 yillar mobaynida tuzilgan akkreditiv
shartnomalari soni va qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan:

Yil

Akredivlar soni

Qiymati (mln AQSh
dollari)

2021

185

224.5

2022

210

251.3

2023

275

289.7

2024

340

355.2



Dunyo

amaliyotida

akkreditivlardan

foydalanishda

quyidagi

tendensiyalar

kuzatilmoqda:

Elektron akkreditivlar (e-LC): SWIFT va Blockchain asosida ishlovchi raqamli
akkreditivlar;

Trade finance platformalari: Bolero, Contour, We.trade kabi platformalar orqali
avtomatlashtirilgan hujjat aylanmasi;

Ekologik va “yashil” akkreditivlar: YEVRO ittifoqda “ustuvor sektorlar” uchun
maxsus loyihalar moliyalashtiriladi.

Xulosa

Xalqaro akkreditivlar — bugungi globallashuv sharoitida tashqi savdo

munosabatlarining ishonchli va samarali to‘lov vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Ular tashqi iqtisodiy operatsiyalarda taraflar o‘rtasidagi xavflarni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

208

minimallashtirish, to‘lovlar kafolatini ta’minlash va savdo jarayonlarini
shaffoflashtirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston tijorat banklari, jumladan “Asakabank” misolida tahlil etilganda, xalqaro
akkreditiv amaliyotida salmoqli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga,
raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron hujjatlar aylanmasini avtomatlashtirish,
xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali bu yo‘nalishda yanada
yuqori natijalarga erishish mumkin.
Tadqiqot natijalariga asosan, tijorat banklari uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar
tavsiya etiladi:

elektron akkreditivlarni joriy etish va raqamli infratuzilmani rivojlantirish;

xalqaro tajriba asosida kadrlar salohiyatini oshirish;

kichik va o‘rta biznes uchun akkreditiv xizmatlarini soddalashtirish va
arzonlashtirish;

UCP 600 va boshqa xalqaro qoidalarga muvofiq ichki reglamentlarni
takomillashtirish.

Shu tariqa, xalqaro akkreditivlar amaliyotining rivojlanishi nafaqat banklar

faoliyati samaradorligini oshiradi, balki mamlakatning tashqi savdo salohiyatini ham
yuksaltirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

2.

«O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni 1995-yil 26-dekabr.

3.

O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni 1996-yil
25-aprel.

4.

O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005yil 25-aprel.

5.

To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida

gi qonun O‘zbekiston Respublikasining

Qonuni, 1-noyabrda 2019-yilda qabul qilingan.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 13.04.2020 yilda
ro‘yxatdan o‘tgan

O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar

to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3229-sonli qarori






Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

«O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi

Qonuni 1995-yil 26-dekabr.

O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni 1996-yil

-aprel.

O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005yil 25-aprel.

To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Respublikasining

Qonuni, 1-noyabrda 2019-yilda qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 13.04.2020 yilda

ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar

to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida 3229-sonli qarori

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари