Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
202
TIJORAT BANKLARIDA XALQARO AKKREDITIVLAR AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI (ASAKABANK MISOLIDA)
O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi Biznesni boshqarish
(Master of Business Administration-MBA) Banking 23-02-guruh magistranti
Inoyatova Shohida Yeltayevna
Annotatsiya:
Xalqaro akkredivlar amayoti jahondagi ko’plab mamlakatlardagi
iqtisodiy jarayonlarning tezlashishiga olib kelmoqda. Xususan, O’zbekiston
Respublikasida faoliyat yuritayotgan ko’plab banklar aynan Asakabank amaliyoti
ushbu tezisda amaliy tahlillar asosida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar
: xalqaro akkreditiv, tijorat banklari, Asakabank, tashqi savdo,
moliyalashtirish, UCP 600, raqamli texnologiyalar.
Аннотация:
Практика международных аккредитивов способствует
ускорению экономических процессов во многих странах мира. В частности, в
данной тезисной работе на основе практического анализа рассматривается
деятельность банка «Асака», действующего в Республике Узбекистан.
Ключевые слова:
международный аккредитив, коммерческие банки,
Асакабанк, внешняя торговля, финансирование, UCP 600, цифровые технологии.
Abstarct:
The practice of international letters of credit contributes to the
acceleration of economic processes in many countries around the world. In particular,
this thesis provides a practical analysis of the operations of Asakabank, which operates
in the Republic of Uzbekistan.
Keywords:
international letter of credit, commercial banks, Asakabank, foreign
trade, financing, UCP 600, digital technologies.
Kirish
Bugungi kunda globallashuv va tashqi iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi
xalqaro moliyaviy instrumentlardan unumli foydalanishni talab qilmoqda. Xalqaro
akkreditivlar tovarlar va xizmatlar eksport-importida to‘lovlar xavfsizligini
ta’minlovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Akkreditivlar orqali banklar mijozlar
o‘rtasida vositachilik qilish bilan birga, xavf-xatarlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur tezisda Asakabank misolida xalqaro akkreditivlar amaliyotining holati tahlil
qilinib, uni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Akkreditiv bu - bank tomonidan beriladigan, tovarlar yetkazib berilganidan yoki
xizmatlar ko‘rsatilganidan so‘ng to‘lovni amalga oshirish majburiyatidir. Xalqaro
savdo amaliyotida akkreditivlar UCP 600 (Uniform Customs and Practice for
Documentary Credits) xalqaro qoidalari asosida yuritiladi. Bu hujjat akkreditivlar bilan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
203
ishlashda umumiy tamoyillar va standartlarni belgilaydi. UCP 600 qoidalari tijorat
banklari uchun asosiy huquqiy-me’yoriy asos hisoblanadi.
Tahlil va natijalar
Asakabank so‘nggi yillarda xalqaro moliyalashtirish va tashqi savdo
xizmatlarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Bank tomonidan joriy etilgan
akkreditiv xizmatlari quyidagi yutuqlarga erishgan:
Eksport-import operatsiyalarida akkreditivlar ulushining ortishi;
Hamkor xorijiy banklar sonining ko‘payishi;
Akkreditivlar asosida amalga oshirilgan bitimlar hajmining o‘sishi.
Shu bilan birga, bank amaliyotida ayrim kamchiliklar ham kuzatilmoqda. Jumladan:
Akkreditiv ochish va hujjat aylanishi jarayonlarining nisbatan sustligi;
Raqamli akkreditiv xizmatlarining yetarli darajada rivojlanmagani;
Xalqaro standartlar asosidagi kadrlar yetishmovchiligi.
Dunyo bank amaliyotida elektron akkreditivlar (e-LC), Blockchain asosidagi to‘lov
tizimlari, SWIFT orqali tezkor akkreditiv ochish kabi usullar keng qo‘llanilmoqda.
Bolero, Contour kabi trade finance platformalari hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish
orqali vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlamoqda.
Asakabank uchun ham bu yo‘nalishlarda akkreditiv operatsiyalarini
raqamlashtirish, hujjatlarni elektron shaklda yuborish va tekshirish imkoniyatlarini
joriy etish, xalqaro platformalar bilan integratsiyani kuchaytirish imkoniyatlari
mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va yirik tijorat banklari
statistikalariga ko‘ra, ayniqsa, “Asakabank”, “O‘zmilliybank” va “Ipoteka-bank” kabi
banklarda xalqaro akkreditivlar soni va hajmi oshmoqda.
1.
2021 yilda
xalqaro akkreditivlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi
$1.1 milliardni tashkil etgan;
2.
2023 yilda
bu ko‘rsatkich $1.8 milliardga yetgan, bu 63% o‘sishni
ko‘rsatadi;
3.
Eng ko‘p akkreditivlar Xitoy, Turkiya, Germaniya va Rossiya bilan tashqi
savdo operatsiyalarida qo‘llanilgan.
Tahlillar asosida xalqaro akkreditivlar amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha
quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Raqamli akkreditivlash jarayonida
e-LC tizimi orqali hujjatlar almashinuvi
va monitoringni avtomatlashtirish, akkreditiv jarayonlarini SWIFT tizimi orqali
tezlashtirish.
Kadrlar salohiyatini oshirish
ham eng yuqori omillardan bo’lib, xalqaro
akkreditivlar bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish, ICC va UCP 600 qoidalarini
amaliyotga joriy etish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
204
Mijozlar uchun qulay xizmatlar yaratish
da esa akkreditiv xizmatlari bo‘yicha
onlayn maslahat markazlarini tashkil etish, kichik va o‘rta biznes uchun qulay tarif va
xizmat paketlari ishlab chiqish.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish
amaliyotida esa yirik xalqaro banklar bilan
akkreditiv yo‘nalishida strategik sheriklik, uzoq muddatli akkreditiv liniyalarini joriy
etish
O'zbekistondagi xalqaro reytinglar va indekslar dinamikasi 2021-2024 yillar
davomida rivojlanish strategiyasi bilan bog'liq bo'lib, bu davrda mamlakat ko'plab
xalqaro tadbirlarda, jumladan investitsiya forumlarida faol ishtirok etdi. Maqsad -
"O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish, bu esa
xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Elektron
hukumatni rivojlantirish indeksidagi reyting O'zbekistonning xalqaro indekslardagi
o'rnini aks ettiradi.
Xulosa
Xalqaro akkreditivlar amaliyoti nafaqat to‘lov xavfsizligini ta’minlaydi, balki
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida xizmat
qiladi. Asakabank misolida ko‘rilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli
transformatsiya, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish
orqali akkreditiv xizmatlarining samaradorligini yanada oshirish mumkin. Taklif
etilgan chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilsa, tijorat banklarining tashqi savdodagi
raqobatbardoshligi oshadi va mijozlar uchun yanada qulay moliyaviy muhit yaratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
2.
«O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni 1995-yil 26-dekabr.
3.
O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni 1996-yil
25-aprel.
4.
O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005yil 25-aprel.
5.
To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida
gi qonun O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni, 1-noyabrda 2019-yilda qabul qilingan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 13.04.2020 yilda
ro‘yxatdan o‘tgan
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
3229-sonli qarori