Mualliflar

  • Imamov N.P.
  • Shodiyev S.S.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95512

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘z: raqobat monopoliya bozor iqtisodiyoti halol raqobat g‘irrom raqobat iste'molchi narx siyosati narx erkinligi.

Annotasiya

   Annatatsiya:  Ushbu  maqolada  raqobat  va  monopoliyaning  mohiyati  haqida. 
Raqobat  va  monopoliyaning  jamiyat  uchun  afzalliklari  va  kamchiliklari. 
Monopoliyaning  iqtisodiyotga  foyda  va  zararlari,  hamda  monopoliyaga  qarshi 
kurashish  uchun  hozirgi  kunda  qanday  choralar  ko‘rilayotganligi  haqida  bilib 
olishingiz mumkin.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

157

IQTISODIYOTDA RAQOBAT VA MONOPOLIYANING MOHIYATI

Imamov N.P.

SamISI ‘’Tillarni o’qitish’’ kafedrasi katta o’qtuvchisi

Shodiyev S.S.

SamISI IK-524-guruh talabasi

Annatatsiya

: Ushbu maqolada raqobat va monopoliyaning mohiyati haqida.

Raqobat va monopoliyaning jamiyat uchun afzalliklari va kamchiliklari.
Monopoliyaning iqtisodiyotga foyda va zararlari, hamda monopoliyaga qarshi
kurashish uchun hozirgi kunda qanday choralar ko‘rilayotganligi haqida bilib
olishingiz mumkin.

Kalit so‘z:

raqobat, monopoliya, bozor iqtisodiyoti, halol raqobat, g‘irrom

raqobat, iste'molchi, narx siyosati, narx erkinligi.

Annotation

: This article is about the nature of competition and monopoly.

Advantages and disadvantages of competition and monopoly for society. You can learn
about the benefits and harms of monopoly to the economy, and what measures are
currently being taken to fight against monopoly.

Key word:

competition, monopoly, market economy, fair competition, unfair

competition, consumer, price policy, price freedom.

Аннотация:

данная статья посвящена природе конкуренции и монополии.

Преимущества и недостатки конкуренции и монополии для общества. Вы
сможете узнать о пользе и вреде монополии для экономики, а также о том, какие
меры в настоящее время принимаются для борьбы с монополией.

Ключевые слова:

конкуренция, монополия, рыночная экономика,

добросовестная конкуренция, недобросовестная конкуренция, потребитель,
ценовая политика, свобода цен.


Bozor mеxanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy
nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti
rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini
o’zgartirib boradi. «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi.
Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir». Raqobat bozor
iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim bеlgisi, uni rivojlantirish
vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli
tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar, korxonalar
o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqеini mustahkamlash uchun
kurashdan iboratdir. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

158

matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab
chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon
bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar orasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, yani xaridor har bir sarflangan pul birligi
evaziga koproq naflilikka ega bolishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib
olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u
bozorning barcha subyеktlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat-bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarning to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular
o‘rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Raqobatning halol va g‘irrom
turlari ham mavjud. Halol raqobat bu-ma'lum bir belgilab berilgan qonun qoidaga
asoslanib hammaga maqbul usullar bilan raqobat olib borilishiga aytiladi. G‘irrom
raqobatda esa ta’qiqlangan va qoralangan usullarda, yani qalloblik, koʻzboʻyamachilik,
soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporo‘vchilik va hatto jismoniy
zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat
halol raqobatni tan oladi. Raqobat va monopoliya bir-biriga teskari bo‘lgan tushuncha.
Monopoliya qarobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni
taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Monopoliyani quyidagicha
taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol
yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari. Monopoliyalar
vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab
chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot
ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi.
Monopoliya jamiyat uchun zararlidir. Chunki monopoliya bor joyda iqtisodiy
rivojlanish bo‘lmaydi. Iqtisodiy rivojlanish bo’lmagan davlat asta-sekin yo‘q bo‘la
boshlaydi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham
raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda
Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv
usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. "Monopoliyani kamaytirish uchun esa
davlatimiz

tomonidan

monopoliyaga

qarshi kurashish

tizimlarini

yanada

kuchaytirilishi, misol uchun ishlab chiqarish qilayotganlar faqatgina bitta viloyatda
emas balki uning filiallarini ko’paytirish hamda to’liq bo’lmagan holda bozor
iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi( nazorati) bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ldi.
Tabiiy monopoliyalarning ustunligi hamda monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni
amalga oshirish, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, korxonalarning va ular


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

159

tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, umuman mamlakat iqtisodiyotining
raqobatdoshligini oshirishni rag‘batlantirish borasidagi tashkiliy va amaliy
choratadbirlarni shakllantirish bilan bog’liq ko’pgina masalalar hamon hal etilmay
qolmoqda. Shu jihatdan olganda O’zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan
― Raqobat to’g’risidagi qonunida nazarda tutilgan me‘yor va talablarni amalga
oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovar
va moliya bozorlarida raqobatni cheklashga hamda ustunlik mavqeini suiiste‘mol
qilishga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek, nohalol
raqobatni, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini sun’iy ravishda oshirish yoki
tushirib yuborishni taqiqlashga alohida e‘tibor qaratilishi lozim deb hisoblayman. Bu
ishlarni faollashtirish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarni jamlash, xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo’yicha ishlarning bajarilishini
ta‘minlaydigan davlat institutlarini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb
etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Xaydarov, B., & Saitov, S. (2022). Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va afzalliklari.
Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish
Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 634–635. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5390

2.

Baxrom Xolmurodovich Xaydarov, Sirojiddin Abduvaliyevich Saitov RAQAMLI
IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA
XORIJIY TAJRIBA // Academic research in educational sciences. 2022. №5. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-
afzalliklariamaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba (дата обращения: 29.11.2022).

3.

Uchkun S., Dilshod N. process of identifying the significant accounts in the revenue
cycle //Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 1. –
С. 32-36.

4.

Dilshod N. xalqaro standartlar asosida korxonalarda tushumlar auditini tashkil
qilish bosqichlari va dastaklarini takomillashtirish //International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 105-110.

5.

Najmiddinov D. R., Shodlikov D. E. the effect of the secret economy in a daily life
of the society //Talqin va tadqiqotlar ilmiyuslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1А.
– С. 56-59.

6.

Akramovich N. A. the priority of using innovative technologies in the agricultural
education system //Journal of Academic Research and Trends in Educational
Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Xaydarov, B., & Saitov, S. (2022). Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va afzalliklari.

Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish

Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 634–635. Retrieved from

Baxrom Xolmurodovich Xaydarov, Sirojiddin Abduvaliyevich Saitov RAQAMLI

IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA

XORIJIY TAJRIBA // Academic research in educational sciences. 2022. №5. URL:

afzalliklariamaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba (дата обращения: 29.11.2022).

Uchkun S., Dilshod N. process of identifying the significant accounts in the revenue

cycle //Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 1. –

С. 32-36.

Dilshod N. xalqaro standartlar asosida korxonalarda tushumlar auditini tashkil

qilish bosqichlari va dastaklarini takomillashtirish //International Journal of

Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 105-110.

Najmiddinov D. R., Shodlikov D. E. the effect of the secret economy in a daily life

of the society //Talqin va tadqiqotlar ilmiyuslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1А.

– С. 56-59.

Akramovich N. A. the priority of using innovative technologies in the agricultural

education system //Journal of Academic Research and Trends in Educational

Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191.