Mualliflar

  • Hakimjonova Mohimbegim Mansurjon qizi
  • Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95547

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: sun’iy intellekt internet dasturlar ChatGPT Gemini Midjourney ijtimoiy tarmoqlar kompyuter tizimlari.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqola  sun’iy  intellektning  kundalik  hayotdagi 
qo‘llanilishi va uning turli sohalarda ishlatilishiga oid keng qamrovli tahlilni taqdim 
etadi. Sun’iy intellekt (SI) bu o‘z atrof-muhitini idrok etish, o‘rganish va tahlil qilish 
orqali maqsadlarga erishish uchun harakat qiladigan tizimlar bo‘lib, u inson ongi bilan 
bog‘liq imkoniyatlar, jumladan, tilni tushunish, tarjima qilish, masalalarni hal qilish va 
boshqalarni  amalga  oshiradi.  Maqolada  SI  turlari  va  ulardan  foydalanish  masalan, 
ChatGPT, Gemini, Midjourney kabi mashhur texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot 
berilgan.  Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasida  2021-yilda  qabul  qilingan  qaror 
asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi 
va  bank  sohalaridagi  qo‘llanilishini  rivojlantirishga  oid  reja  va  vazifalar  ham 
keltirilgan.  Maqola  SI  texnologiyalarining  amaliy  ahamiyatini,  uning  rivojlanish 
tarixini va kelajakka bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatib beradi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

66

SUN’IY INTELLEKTNING KUNDALIK HAYOTDAGI QO‘LLANILISHI

Hakimjonova Mohimbegim Mansurjon qizi

hakimjonovamohimbegim@gmail.com

Farg‘ona davlat universiteti

Chet tillari fakulteti 1-kurs talabasi

Ilmiy raxbar:

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

Farg‘ona davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi

katta oʻqituvchisi


Annotatsiya:

Mazkur maqola sun’iy intellektning kundalik hayotdagi

qo‘llanilishi va uning turli sohalarda ishlatilishiga oid keng qamrovli tahlilni taqdim
etadi. Sun’iy intellekt (SI) bu o‘z atrof-muhitini idrok etish, o‘rganish va tahlil qilish
orqali maqsadlarga erishish uchun harakat qiladigan tizimlar bo‘lib, u inson ongi bilan
bog‘liq imkoniyatlar, jumladan, tilni tushunish, tarjima qilish, masalalarni hal qilish va
boshqalarni amalga oshiradi. Maqolada SI turlari va ulardan foydalanish masalan,
ChatGPT, Gemini, Midjourney kabi mashhur texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot
berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda qabul qilingan qaror
asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi
va bank sohalaridagi qo‘llanilishini rivojlantirishga oid reja va vazifalar ham
keltirilgan. Maqola SI texnologiyalarining amaliy ahamiyatini, uning rivojlanish
tarixini va kelajakka bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatib beradi.

Kalit so’zlar:

sun’iy intellekt, internet, dasturlar, ChatGPT, Gemini,

Midjourney, ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter tizimlari.

Аннотация:

В этой статье представлен исчерпывающий анализ

применения искусственного интеллекта в повседневной жизни и его
использования в различных областях. Искусственный интеллект (ИИ)-это
системы, которые действуют для достижения целей посредством восприятия,
изучения и анализа окружающей среды, реализуя возможности, связанные с
человеческим разумом, включая понимание языка, перевод, решение проблем и
многое другое. В статье подробно рассматриваются такие популярные
технологии, как, например, chatgpt, Gemini, midjourney. Также на основании
принятого в 2021 году решения в Республике Узбекистан представлены планы и
задачи по расширению применения технологий искусственного интеллекта, в
том числе в сельском хозяйстве и банковской сфере. В статье показано
практическое значение технологии Си, история ее развития и влияние на
будущее.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, интернет, приложения,

chatgpt, Gemini, Midjourney, социальные сети, компьютерные системы.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

67

Annotation:

This article provides a comprehensive analysis of the application

of artificial intelligence in everyday life and its use in various fields. Artificial
intelligence (SI) are systems that act to achieve goals through the perception, study and
analysis of their environment, carrying out opportunities related to human
consciousness, including language comprehension, translation, issue resolution, among
others. The article details the types of SI and their use in popular technologies such as
ChatGPT, Gemini, Midjourney. Plans and tasks related to the expansion of artificial
intelligence technologies, including the development of their application in the
agricultural and banking sectors, are also presented in the Republic of Uzbekistan
based on the resolution adopted in 2021. The article shows the practical importance of
SI technologies, the history of its development and its impact on the future.

Keywords:

artificial intelligence, internet, applications, ChatGPT, Gemini,

Midjourney, social networks, computer systems.


Bugungi kunga kelib sun’iy intellekt tushunchasi juda keng qamrovli

tushunchaga aylanib bormoqda. Masalan, mobil qurilmangizdagi dasturlar: Google,
lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi.
Zamonaviy sun’iy intellekt bu o‘z atrof-muhitini idrok eta oladigan va o‘z
maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish
uchun harakat qila oladigan, ma’lumotlarni o‘rganadigan va tahlil qiladigan tizimdir.

Sun’iy intellekt informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda, inson ongi bilan

bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish,
tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug’ullanadi.

Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda

dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha
vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

Alan Turing sunʼiy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi boʻlgan.

Sunʼiy intellektga 1956-yili mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan. Shu yilning
yozida Dartmouth kollejida oʻtgan anjumanda John McCarthy “sunʼiy intellect”
atamasini birinchi marta ishlatgan va tarixga mazkur atama muallifi bo‘lib kirgan.
Sunʼiy intellekt boʻyicha tadqiqotlar XX asr oʻrtalaridan beri qilinib kelinsa-da, unga
nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda chuqur oʻrganuv boshqa sunʼiy intellekt
metodlaridan ustunligini namoyon etganda hamda 2017-yilda transformer
arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin ortgan. 2020-yillar boshlarida
mazkur soha jadal rivojlanib, koʻplab shirkatlar, universitetlar va laboratoriyalar sunʼiy
intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda.

Hozirgi kunda sun’iy intellektning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, quyida

ba’zilari haqida ma’lumot berilgan:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

68

ChatGPT – OpenAI tomonidan yaratilgan yuqori qobiliyatli, foydalanuvchi

soʻrovlariga javob berish uchun katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt dasturi. ChatGPT inson tilini og‘zaki va yozma
ravishda tushuna oladi. ChatGPT matnlar bilan ishlaydi, ya’ni unga kiritiladigan
so‘rovlarni matn shaklida qabul qiladi va javob qaytaradi. U OpenAI vositasi bo‘lgani
uchun ChatGPT rasm generatsiya qiluvchi DALL-E hamda video generatsiya qiluvchi
Sora kabi boshqa sun’iy intellektlar bilan muammosiz birlashadi. ChatGPT bepul yoki
pulli ta’rifdan foydalanayotganingizga qarab GPT-3.5 yoki GPT-4da ishlaydi.

Ilgari Bard nomi bilan tanilgan Gemini Google kompaniyasi tomonidan

chiqarilgan sun’iy intellekt hisoblanadi. U Gemini 1.0 da ishlaydi, Google
kompaniyasining yirik tilli model texnologiyasidagi so‘nggi ishlanmasi. Ushbu
vositani ajratib turadigan narsa shundaki, barcha foydalanuvchilar Geminidan real
vaqtda internet va qidiruv ulanishidan, shuningdek, Xaritalar va YouTube kabi
mashhur Google vositalari uchun asosiy kengaytmalardan foydalanishlari mumkin.
Pulli rejalar va biznes foydalanuvchilari qoʻshimcha imkoniyatlardan, jumladan,
Google Workspace uchun foydalanishlari mumkin. Geminida so‘rovni tahrirlab,
takomillashtirish va faktlarni tekshirish uchun Google Qidiruv tugmasidan foydalanish
xususiyatlari ham mavjud.

Midjourney matnli ko‘rsatmalarini tasvirga aylantira oladigan sun’iy intellekt

turlaridan biridir. Midjourney yordamida siz oddiy matnga asoslangan ta’riflardan
yuqori sifatli tasvirlar yaratishingiz mumkin. Midjourneydan foydalanish uchun sizga
hech qanday maxsus apparat yoki dasturiy ta’minot kerak emas, chunki u butunlay
Discord chat ilovasi orqali ishlaydi. Faqat tasvirlarni yaratishni boshlashdan oldin siz
oylik to‘lov qilishingiz kerak bo‘ladi. Midjourney oddiy matn tavsifidan ajoyib va
ishonarli ko‘rinishdagi tasvirlarni yaratishi mumkin. Tasvirlarni yaratish uchun
foydalanuvchilar hozirda sun’iy intellekt yordamida tasvir yaratuvchi boshqa vositalar
bilan bir xil buyruqlardan foydalanadilar. Bu asosan

/imagine

buyrug‘i bo‘lib, unga bot

rasm bilan javob beradi.

Sun’iy intellektga to‘g‘ri prompt (buyruq) kiritish:
ChatGPT kabi texnologiyalarning tez paydo bo‘lishi bilan samarali sun’iy

intellekt promptlarini yozishni o‘zlashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Ya’ni bu yangi
prompt injenering yo‘nalishi kelib chiqishiga ham turtki bo‘ldi. Prompt
foydalanuvchilar sun’iy intellektga o‘z xohishlarini bildirish uchun kiritadigan
buyrug‘i hisoblanadi.

Sun’iy intellekt ishimizni yengillashtirishda yaxshigina dastyor bo‘la oladi.

Lekin undan natija olish uchun to‘g‘ri buyruq berish muhim. Quyidagi bunga bir necha
foydali tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:

1. ChatGPTga rol bering:

Namuna: a) Sen 5 yillik tajribaga ega marketologsan. Menga …


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

69

b) Senior darajadagi dasturchi sifatida javob ber…

2. So‘rovda ma’lumotlarni batafsil yozing:

Namuna: Bizning markaz 2018-yildan beri dasturlash, dizayn, marketing

yo‘nalishlarida ta’lim berib keladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda filiallarimiz
mavjud hamda 3000 ga yaqin o‘quvchilarimiz bor…

3. Aniq savol bering:

Namuna: Kompaniya ijtimoiy tarmoqlariga dasturlash, dizayn, marketing

yo‘nalishlarida qiziqtiruvchi, interaktiv va ma’lumot beruvchi postlar uchun kontent
rejasini tuzib ber.

4. Kutilgan natija uchun qayta savol bering:

Namuna: Ushbu kontent reja asosida har bir post uchun ssenariy yozib ber.

Kontentlar video va karusel post ko‘rinishida bo‘lsin.

5. Ma’lumotni qanday formatda qabul qilishni ayting:

Namuna: Kontent rejani jadval ko‘rinishida tayyorlab ber.

4. Misollardan foydalaning:

So‘rovingizga oid misollarni qo‘shish sun’iy intellektga so‘rovingizni yaxshiroq

tushunish imkonini beradi hamda sizning taxminlaringiz va kutganingizga mos natijani
chiqarib berishi osonlashadi.

2021-yilning 17-fevral kuni “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish

uchun

shart-sharoitlar

yaratish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarordan ko‘zlangan maqsad “Raqamli O‘zbekiston – 2030”

Strategiyasiga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni
mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va
ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun
qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Shuningdek, ushbu hujjat sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va

tamoyillarini hamda yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish
uchun shart-sharoitlarni belgilovchi sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida
sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda yagona
talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni belgilovchi normativ-huquqiy bazani
ishlab chiqish, aholi manfaatlari yo‘lida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini
yaxshilashni nazarda tutadi. O‘z navbatida, ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat
organlarining samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng
foydalanish, foydali texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha fundamental va
amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ularni keyinchalik tijoratlashtirishni
rag‘batlantiruvchi sun’iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy
ekotizimini yaratish kabi maqsad-vazifalar amalga oshiriladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

70

Qarorda sun’iy intellekt texnologiyalarining qaysi sohalarda qay tarzda

qo‘llanilishi, bu borada ko‘zda tutilgan vazifalar ham to‘liq o‘z aksini topgan.

Masalan, qishloq xo‘jaligi sohasida yerni masofadan zondlash ma’lumotlari

asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi
texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy
intellekt texnologiyalarini qo‘llash ko’zda tutilgan.

Bank sohasida esa tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini

oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini
soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish,
foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit
tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash vazifasi
belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt texnologiyalari bugungi kunda turli xil

sohalarda keng qo‘llanilmoqda va ularning roli kundan kunga oshib bormoqda. Mobil
ilovalar, onlayn xizmatlar, o‘yinlar, va boshqa ko‘plab sohalarda SI tizimlaridan
foydalanish imkoniyatlari kengaygan. Alan Turing tomonidan asos solingan va 1956-
yilda mustaqil fan sifatida tanilgan sun’iy intellekt, 2012-yildan boshlab chuqur
o‘rganish usullarining rivojlanishi bilan yangi yuksakliklarga erishgan. Hozirgi kunda
sun’iy intellektning turli turlari, masalan, ChatGPT, Gemini va Midjourney kabi
tizimlar foydalanuvchilar uchun turli xizmatlarni taqdim etmoqda. O‘zbekistonda esa
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida SI texnologiyalarini keng joriy
etish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Bu esa
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SI
texnologiyalarining rivoji va ularning amaliy qo‘llanilishi kelajakda yana ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, turli tarmoqlarda samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/qiziqarli-faktlar/suniy-intellekt/

2.

https://strategy.uz/index.php?news=1238&lang=uz

3.

https://najottalim.uz/blog/suniy-intellekt-turlari-va-ulardan-
foydalanish?srsltid=AfmBOoot6pu2-Mb-
OU5aMleoKnPoC0OrUJGq_Ptbhe9708QF6pJYegV7

4.

https://oqila.uz/suniy-intellekt

Bibliografik manbalar

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари