Ingliz va o‘zbek tillaridagi nutq leksik birliklarining semantik va funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish

CC BY f
385-386
101
38
Поделиться
Мадиёрова, М. (2022). Ingliz va o‘zbek tillaridagi nutq leksik birliklarining semantik va funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish . Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 385–386. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6154
Мадинабону Мадиёрова, O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti

magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Semantik xususiyat ko‘pincha til birliklarining onomasiologik va semantik birlashmasidir. Semantik xususiyat, odatda, nutqning turli qismlaridan so‘zlarni birlashtiradi. Bu uning birinchi alomatidir. Biroq ushbu toifadagi so‘zlarning umumiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak, bu ajralmas sema deb nomlanadi. Bu semantik xususiyatning birinchi ajralmas birlikda ko‘rib chiqilgan ikkinchi xususiyatidir. Shunga asoslanib, ta’kidlash mumkinki, semantik xususiyat tilning tarkibiy kichik tizimi sifatida mavjud va uning birliklari qo‘shimcha qiymatlari kompleksi va bir maydonning boshqasiga nisbatan o‘rnini belgilaydigan qiymatlar tufayli mavjuddir. Har qanday tilning lug‘ati tarkiban bir butun bo‘lib, unda har bir so‘z o‘zining semantik tuzilishi va boshqa so‘zlar bilan aloqasi tufayli muayyan o‘rinni egallaydi.


background image

384

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI NUTQ LEKSIK

BIRLIKLARINING SEMANTIK VA FUNKSIONAL

XUSUSIYATLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH

Madiyorova Madinabonu Azimboy qizi

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti magistranti


Semantik xususiyat ko‘pincha til birliklarining onomasiologik va semantik

birlashmasidir. Semantik xususiyat, odatda, nutqning turli qismlaridan so‘zlarni

birlashtiradi. Bu uning birinchi alomatidir. Biroq ushbu toifadagi so‘zlarning umumiy
xususiyatga ega

bo‘lishi kerak, bu ajralmas sema deb nomlanadi. Bu semantik

xususiyatning birinchi ajralmas birlikda ko‘rib chiqilgan ikkinchi xususiyatidir. Shunga

asoslanib, ta’kidlash mumkinki, semantik xususiyat tilning tarkibiy kichik tizimi sifatida
mavjud va uning

birliklari qo‘shimcha qiymatlari kompleksi va bir maydonning

boshqasiga nisbatan o‘rnini belgilaydigan qiymatlar tufayli mavjuddir. Har qanday

tilning lug‘ati tarkiban bir butun bo‘lib, unda har bir so‘z o‘zining semantik tuzilishi va

boshqa so‘zlar bilan aloqasi tufayli muayyan o‘rinni egallaydi.

Leksik-

semantik ko‘rsatkich sifatida sinonimiya ham namoyon bo‘ladi, u

semalar takrorlanishi (semantik reduplikatsiya) hisobiga gradatsiyani hosil qiladi:

“Take whatever you need”, I yelled. Don’t you always? I thought, my old anger and

ecstasy rising up as unavoidably as a knee jerking when the doctor’s hammer hits.
(Jennifer Weiner, Best friends forever); Bundan boshqa, uning Anvarga uchrashmay

namoyishkor chiqib ketishi, qandaydir yana bir ma’noni anglatgandek ham bo‘lar edi.

Ra’noning yuzidagi qayg‘u belgilari yo‘qolib, uning o‘rnini g‘azab va jazava alomatlari
oldi (Abdulla Qodiriy, Mehrobdan chayon). Keltirilgan misolda ikki yadroviy semaning

takrorlanishini kuzatish mumkin: “belgining katta darajasi” semantik xususiyat va

“g‘azablanganlik” semasining birgalikda ular “quturish” va “jazava” sinonimik otlar

semantikasida namoyon bo‘ladi (“g‘azablanishning eng yuqori darajasi”). So‘zlarning

funksional xususiyatlari qatorlarga tizilishi ma’lum bir belgi (asos, oppozitsiya belgisi)

zaminida sodir bo‘ladi. Masalan, “ko‘kimtir” belgisi asosida “ko‘kish – moviy”. Shuning

uchun o‘xshash belgilar asosida hosil qilingan bir yoki bir necha so‘z turkumiga
mansub semantik qatorlarni ajratish mumkin.

Ingliz tilidagi nutq le

ksik birliklarni o‘rganishimiz jarayonida ular asosan

aniqlovchi yoki kesim vazifasida qo‘llanishiga, o‘zbek tilida esa gapda sifatlovchi

aniqlovchi sifatida namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘ldik. Oddiy darajadagi sifat
komponentlaridan takib topgan frazemalarn

i tahlil qiladigan bo‘lsak, misol ucun “big

mouth” – og‘zida gap turmaydigan, gullab qo‘yadigan va maqtanchoq ma’nolarida

qo‘llanilsa, o‘zbek tilidagi “katta og‘izog‘zi katta” – iborasi soxta kibr havoli,

maqtanishni yaxshi ko‘radigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

“An old chestnut” iborasi ilk bora XIX asrda Angliya va Amerikada mashxur

bo‘lgan, Uilyam Daymond qalamiga mansub “Broken Sword” asaridagi ikki qahramon

o‘rtasidagi suhbatda tilga olingan bo‘lib, hozirda yeski, ko‘p marotaba aytilgan va
zerika

rli bo‘lib qolgan hazil va hikoyalarga nisbatan ishlatiladi. O‘zbek tilida uning

muqobili sifatida “siyqa gap, siyqasi chiqqan hazil” – ko‘p qo‘llangan, ishlatilaverib

ko‘ngilga urgan, me’daga tekkan (gap, so‘z, ibora va sh.k) iborasi o‘zbek xalqining

og‘zaki va yozma nutqida qo‘llanilishini qiyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.

“Podshohni amri vojib, – dedi alloma, siyqa eski gapni ishlatishga majbur bo‘lib”.


background image

385

“Thick skin” – “Terisi qalin” uncha- muncha gap kor qilmaydigan, beti qattiq. I don’t
worry about what he says- I have a very thick skin. Menga uning nima deganlari qiziq
yemas-

mening terim juda qalin. “Thin skin” – “Terisi yupqa” uncha-muncha gapni

ko‘tara olmaydigan. If you have thin skin, you’ll never survive in politics. Agar sen
shunaqa tering yuqa

bo‘lsa siyosat olamida tirik qola olmaysan. “A blind alley” –

“Boshi berk ko‘cha” iborasi yo‘lini, ilojisini toppish qiyin bo‘lgan mushkul ahvol;

noaniq, tumanli, oxiri ko‘rinmagan, foydasiz ish ma’nolarini anglatadi. Sooner or later
they will have to realize that this is a blind alley and that they need to rethink their

own strategies. Ertami kechmi ular boshi berk ko‘chada ekanligini anglashi va o‘z

strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishlari kerak.

Ingliz va o‘zbek tilidagi leksik semantik xususiyatlarni tahlil qilarkanmiz, o‘zbek

tilidagi muqobillarining hammasida leksik va funksional xususiyatlar ishtirok etgan.
“Blood is thicker than water” birligida thicker so‘zi qiyosiy darajada ishlatilgan bo‘lib
so‘zma-so‘z “qon suvdan quyuqroq” deb tarjima qilinadi. Ingliz millatiga mansub
kishilar oilaviy rishtalar boshqa munosabatlardan ustunligini ko‘rsatuvchi mazkur
birlikning o‘zbek tilidagi ekvivalenti sifatida “et bilan tirnoq”, “etni tirnoqdan ajratib
bo‘lmas” birligi o‘z nutqimizda ko‘p bora uchraydi. Morfologik jihatdan turli so‘z
turkumlaridan tuzilgan bo‘lsada, semantic jihatdan bir ma`noni ifodalaydi.
Qondoshlik, jigarchilik, bir ota-

onaning farzandlari o‘rtasidagi mehr-muhabbat

rishtalari o‘zbek millatida qanchalik qadrlansa, ingliz madaniyashunosligida ham
o‘ziga xos o‘rni borligini ushbu birlik misolida anglashimiz mumkin.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek tilidagi leksik semantik va funksional

xususiyatlar tilning barcha asosiy qatlamlari va matnda ifodalanadi.Har ikki tildagi belgi-
holat

anglatuvchi leksemalar darajalanishidagi o‘xshash va farqli jihatlarni tahlil qilish

uchun o‘zbek va ingliz tillaridagi ko‘k rangining semantik qatorlarini qiyoslaymiz: O‘zbek
tilida: havorang → moviy → ko‘kish → ko‘k → to‘q ko‘k-feruza. Ingliz tilida: arctic →
skyt/teal/cerulean/sapphire → cobatl → azure/admiral → blue/navy. Ko‘rinib turibdiki,
semantik qatorda o‘zbek tilida beshta a’zo, ingliz tilida ham beshta a’zo bo‘lsa-da, bir-
biriga juda yaqin, ammo predmetlarga nisbatan qo‘llanilishidagina farqlanuvchi ko‘k
rangning variantlari ko‘proq. Ya’ni birinchi a’zo ikkita so‘z orqali, ikkinchi a’zo to‘rtta so‘z
orqali, beshinchi a’zo ikkita so‘z orqali ifodalanmoqda. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki,
ingliz tilidagi ko‘k rangning faqatgina lug‘atlarda berilgan sinonimlari, ma’nodoshlari
(tezaurus) orqali hosil qilingan semantik qatorlar o‘zbek tilidagi ko‘k rangning semantik
qatoridan yuqorida tahlil qilingan jihatlari bilan farq qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Abduazizov A. (2010). Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent: Sharq.
2. Bazarov

O. (1997). Oʻzbek tilida darajalanish. Fil. fan. dok. dis. avtoref.

(16-b.). Toshkent.

3. Boldyrev N.N. (2001). Kognitivnaya semantika (65 s.) Tambov.
4. Djumabayeva J.Sh. (2007). Turli tizimli tillarda leksik va stilistik

graduonomiya. Monografiya (126 b.). Toshkent.

5. Gak V.G. (1971). Semanticheskaya struktura slova.

Mоskva: Nauka.

6. Hojiyev

A. (1966). Oʻzbek tilidagi koʻmakchi fe’llar (188 b.). Toshkent.

7. Kibrik A.A. (1994). Kognitivniye issledovaniya po diskursu. Voprosy

yazykoznaniya, 5.

8. Kolshanskiy G.V. (1965). Logika i struktura yazyka (ss. 51-62). Moskva: Nauka.

Библиографические ссылки

Abduazizov A. (2010). Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent: Sharq.

Bazarov O. (1997). O'zbek tilida darajalanish. Fil. fan. dok. dis. avtoref. (16-b.). Toshkent.

Boldyrev N.N. (2001). Kognitivnaya semantika (65 s.) Tambov.

Djumabayeva J.Sh. (2007). Turli tizimli tillarda leksik va stilistik graduonomiya. Monografiya (126 b.). Toshkent.

Gak V.G. (1971). Semanticheskaya struktura slova. Moskva: Nauka.

Hojiyev A. (1966). O'zbek tilidagi ko'makchi fe’llar (188 b.). Toshkent.

Kibrik A.A. (1994). Kognitivniye issledovaniya po diskursu. Voprosy yazykoznaniya, 5.

Kolshanskiy G.V. (1965). Logika i struktura yazyka (ss. 51-62). Moskva: Nauka.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов