Ingliz tilidagi “th” harf birikmasini talaffuz qilishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari

14
17
Поделиться
Тилавов I. (2022). Ingliz tilidagi “th” harf birikmasini talaffuz qilishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 412–413. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6170
Ихтиёр Тилавов, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyo hamjamiyatida XVII asrdan buyon o‘z mavqeyini yo‘qotmay kelayotgan ingliz tiliga borgan sari talab ortsa ortib borayaptiki aslo kamaygani yo‘q. O‘zekistonda ham ingliz tili juda rivojlanib bormoqda. Hattoki,maktablarimizda 1-sinfdanoq ingliz tili darslari o‘tila boshlandi. Bu albatta quvonarli hol, negaki bola qancha kichkinaligidan shu tilga mehr berib uni o‘rganishga bel bog‘lar ekan, katta yoshdagilarga nisbatan bu biroz bo‘lsada yengil kechadi. Zero, dono xalqimiz aytganidek, “Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqshdir.”


background image

411

INGLIZ TILIDAGI “TH” HARF BIRIKMASINI TALAFFUZ

QILISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI

BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Tilavov Ixtiyor Maxmud o‘g‘li

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi


Dunyo hamjamiyatida XVII asrdan buyon o‘z mavqeyini yo‘qotmay kelayotgan

ingliz tiliga borgan sari talab ortsa ortib borayaptiki aslo kamaygani yo‘q.

O‘zekistonda ham ingliz tili juda rivojlanib bormoqda. Hattoki, maktablarimizda
1-

sinfdanoq ingliz tili darslari o‘tila boshlandi. Bu albatta quvonarli hol, negaki bola

qancha kichkinaligidan shu tilga mehr berib uni o‘rganishga bel bog‘lar ekan, katta

yoshdagilarga nisbatan bu biroz bo‘lsada yengil kechadi. Zero, dono xalqimiz

aytganidek, “Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqshdir.” Boshlang‘ich
sinflarda boshlangan ingliz tili yuqori sinflarda, (kollej, litseylarda, hozirgi kunga kelib)
10-11- bitiruvchi sinflargacha uzluksiz davom etib kelmoqda. Qolaversa bu estafetani

oliy o‘quv yurtlari mamnuniyat bilan davom ettirishmoqda. Ingliz tilini o‘rganish uchun
shart sharoitlar Sovet hukumati davriga qaragandan hozir ancha yaxshi. Ingliz tilini

o‘rgatishda davlat tashkilotlaridan tashqari O‘quv markazlari, Yoshlar ittifoqi huzurida

bepul qo‘shimcha darslar, elchixonalar tasarrufidagi madaniyat markazlari biz

yoshlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda.

Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi deganlaridek, ingliz tilini

o‘rganish jarayonida ham bazi bir qiyinchiliklarga dush kelinadi. Birinchi tafovut bu

ingliz tili va o‘zbek tili so‘z tartibi. Ingliz tilida Ega+kesim+to‘ldiruvchi (aniqlovchi

istalgan joyda kelishi mumkin. Qatiy o‘ringa ega emas) ko‘rinishida bo‘lsa, [1. 8-bet]-

o‘zbek tilida Ega+ikkinchi darajali bo‘laklar+kesim shakli ko‘proq kuzatiladi. Bu hol til

o‘rganishdagi qiyinchiliklarning eng asosiylaridan biri. Ikkinchi farq bu ikki til ya’ni

ingliz tili va o‘zbek tili alifbolaridagi qisman noo‘xshashliklar.

To‘g‘ri, o‘zbek alifbosi lotin tiliga asoslangan, lekin harflar talaffuzida farqlar

mavjud. Ingliz tilida 26 ta harf bor. Harf

– alifbo sirasida boʻlgan, yozuvda nutq

tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va baʼzi bir qoʻshilmalarini ifodalash
uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Ingliz tilida harflar ikki turga:

vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo‘linadi. Unli harflar (vowels) 5 ta: a, e, i, o,
u. Unli tovushlar

– ogʻiz va bo‘gʻiz bo‘shligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil

boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar.
Undosh harflar (consonants) esa 21 ta: b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x,
y, z. Undosh tovushlar

– og‘iz va bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchrab paydo

bo‘ladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. [
https://hasanboy.uz/ingliz-alifbosi-1-dars/].

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalari ya’ni ikki harf qo‘shilgan holda bir

tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:

c va h qo‘shilib ch (child [chayld]-bola)

s va h qo‘shilib sh (sheep [shi:p]- qo‘y)
ph=f (photo [foto]

– foto)

th=z yoki s (z o‘qilishi: they [zey]-ular, s o‘qilishi: thank you [senk yu]-rahmat) [

https://hasanboy.uz/ingliz-alifbosi-1-dars/].


background image

412

Qachon z yoki s o‘qilishi bo‘yicha aniq qoida yo‘q. Shuning uchun so‘z

yodlayotganda uning o‘qilishiga e’tibor berib yodlash kerak. “Th” so‘z brikmasini

talaffuz qilishda tabiiyki muammo mavjud bo‘ladi. Chunki o‘zbek alifbosida bunday

harf birikmasi yo‘q. Tilning uch qismini pastki va tepa jag‘lar bilan nomiga tishlab turib

s va z harflarini talaffuz qilish “th” harf birikmasini to‘g‘ri aytishga yordam beradi. Bu

jarayon boshida biroz qiyinchilik tug‘dirishi tabbiy hol. Nutq so‘zlab turgan paytda tilni

og‘izdan chiqarib “th” harf birikmasini talaffuz qilish qiyin albatta, lekin bu hol siz to‘g‘ri

talaffuz qilishni o‘rganganingizdan keyin hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

O‘rganishga yordam beradigan usullardan yana biri bu – siz tilingizni tishlab harflarni

takrorlayotganingizda ko‘zguga qarab o‘z aksingizni ham ko‘rib turishingiz katta natija
beradi.

Ko‘plab netiv spikerlar (native speakers) ingliz tilidagi “th” ni /Ѳ/ o‘rniga /t/, /f/

yoki /s/ dek talaffuz qiliadilar, / ð/ o‘rniga esa /d/, /v/ yoki /z/ dek talaffuz qiladilar.

Masalan,

Ba’zi Irlandiyalik spikerlar thick / Ѳik/ ni xuddi tick /tik/ dek talaffuz qiladilar.

Ba’zi Londonlik spikerlar three / Ѳri:/ ni xuddi free /fri:/ dek talaffuz qiladilar.

Ba’zi Nigeriyalik spikerlar esa then /ðen/ ni xuddi den /den/ dek talaffuz qiladilar.

E’tibor bering, kam miqdorda bo‘lsa ham ba’zi joy va inson nomlari tarkibidagi

“th” xuddi /t/ dek talaffuz qilinadi. Masalan, Thailand, Thomas va hk. [2. 42-bet]

Native speakers

– bu ma’lum bir hudud tilida gaplashuvchi shu yerlik mahalliy aholi.

Quyida sizga jadval asosida qaysi so‘zlarda s, qaysi so‘zlarda z o‘qilishiga

misollar berilmoqda.

Th

– z

Th

– s

That

– o‘sha

This

– bu

They

– ular

Then

– keyin, so‘ngra

There

– u yerda, o‘sha yerda

Father

– ota

Brother

– aka yoki uka

Together

– birgalikda Thanks – rahmat

Thing

– narsa, buyum, predmet

Three

– 3 (sanoq son)

Theater

– teatr

Thursday

– payshana

Both

– ikkala, har ikkisi

Month

– oy (oy nomlariga nisbatan)

Thirteenth

– o‘n uchunchi (tartib son)

Siz gaplashayotgan odamlarni diqqat bilan tinglang, ularning intonatsiyalarini

va talaffuzlarini takrorlashga harakat qiling. Ingliz tilidagi o‘zbek tilida bo‘lmagan
tovushlar qanday talaffuz qilinishini tushining: lablar va tilning pozitsiyasi ustida
ishlang va harflarning talaffuzini eslashga harakat qiling.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Step by step. Shahboz Toshpo‘latov, Toshkent. “Tafakkur” nashriyoti 2020.

ISNB 978-9943-24-285-2

2. English Pronounciation in use. Self-study and classroom use. Mark

Hancock. Cambridge university press. ISNB 0-521-00185-4.

3. https://hasanboy.uz/ingliz-alifbosi-1-dars/.

Библиографические ссылки

Step by step. Shahboz Toshpo'latov, Toshkent. “Tafakkur” nashriyoti 2020. ISNB 978-9943-24-285-2

English Pronounciation in use. Self-study and classroom use. Mark Hancock. Cambridge university press. ISNB 0-521-00185-4.

https://hasanboy.uz/ingliz-alifbosi-1-dars/.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана