Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
60
MUHANDISLIK YO’NALISHI TALABALARIGA TOLANI
CHIGITDAN AJRATISH JARAYONINI INNOVATSION
YONDASHUVLAR ASOSIDA TUSHINTIRISH
p.f.f.d., PhD,
Eshnazarov Dilshod Azamatovich
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti,
Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
Maqolada paxta-to’qimachilik muhandislik yo’nalishi talabalariga
tolani
chigitdan ajratish jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish
masalalari, ularni o’qitishning innovatsion yo’llari aytib o’tilgan.
В статье рассматриваются вопросы разработки процесса отделения волокна
от семян на основе инновационных подходов для студентов хлопчатобумажного
и текстильного факультетов, а также инновационные способы их обучения.
The article discusses the development of the process of separating fiber from
seeds based on innovative approaches for students of cotton and textile faculties, as
well as innovative ways of teaching them.
Bozor shart-sharoitlarida o‘z hayotiy layoqatini barqaror saqlashga intiladigan har
qanday ta'lim muassasasi pirovard natijada ilm-fan sohasida yoki kadrlar tayyorlash
tizimida biron bir yangilikni yaratishga, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga, ya'ni
g‘oyalarning moddiylashtirilishiga hamda bozorlarda salohiyat xaridorlarga sotilishiga
erishishi lozim. Ta'lim muassasalarining faoliyatini tijoratchilik asosida yo‘lga
qo‘yilishi ularni funktsional vazifalaridan birmuncha chalg‘itishi mumkin albatta,
ammo ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish oxir oqibatda o‘quv yurtlariga
moddiy jihatdan o‘z-o‘zini ta'minlash imkoniyatini yaratib beradi.
Respublikamiz miqyosida amal qiluvchi innovatsion muhitning yaratilishi
barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish ob'ektiv
ehtiyojga aylangan. Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham
muayyan sikllardan iboratdir[1]. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion sikl
vaqt o‘lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo‘lgan turli xil
bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan
faoliyat majmuasidir.
Ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini joriy etishda innovatsiyalarni
yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu
nuqtai nazardai olib qaralsa, innovatsion jarayon vaqt o‘lchamlarida izchil davom
etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo‘lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan
alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat yig‘indisidir.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
61
Paxta-to’qimaxhilik sanoatida muhandislik yo’nalishi talabalariga chigitli
paxtani dastlabki ishlashda asosiy bo‘g‘in bo‘lib chigitli paxtani jinlash, ya’ni
chigitdan tolasini ajratish jarayonlardan biri ekanligi tushintiriladi. O‘rta tolali chigitli
paxtani jinlash arrali jinlarda amalga oshirilishi aytib o’tiladi[2].
Shuningdek, bo’lajak muhandislarga bu sohada dastlab eng katta ixtirolardan
biri Elli Uitney tomonidan jinning ixtiro qilinishi tarixiy voqealardan biri ekanligi va
hozirgi jinlarning ishlash prinsipi aynan shu jin asosida ishlashi tushintiriladi (1-rasm).
Hozirgi jinlar shu ixtironing mahsuli ekanligi o’rgatiladi.
1-rasm. Eli Uitney birinchi arrali jini.
Paxta-to’qimachlik muhandislik yo’nalishi talabalariga Uitneyning mashinasida
asosiy ishchi qism daraxtdan yasalgani, bir oz egilgan ninalar o‘rnatilgani, ishchi
baraban (1) va chutkali barabanlari (2) bo‘lganligi, baraban aylanish vaqtida ninalar
tolani ilib olganligi va chigitdan tola ajratilganligining mohiyati tushintiriladi[3].
Uitneyning ixtirosi tolani chigitdan ajratish uskunalarini yaratilishiga turtki
bo‘lganligi, keyinchalik Xodjin Xolms mahkamlangan va qo‘zg‘almas chigit tarog‘i
o‘rnatilgan jinni taklif qilgan bo‘lsa, I.Perkins tolani chigitdan ajralish darajasini
boshqarishga imkon beruvchi qo‘zg‘aluvchan chigit tarog‘ini yaratganligi aytib o’tilib,
bu jarayon tarixiy jarayon ekanligi tushintiriladi. Eli Uitney Xodjin Xolms yo‘lidan
borib diametri 173 mm bo‘lgan po‘latdan yasalgan arrali disk ixtiro qiladi. Uning soni
46 ta bo‘lib, arralar orasidagi masofa 18,8 mm, aylanish soni 200 ayl/min. teng
ekanligi bo’yicha dastlabki ma’lumotlar beriladi.
O‘rta Osiyoga jinlar birinchi bor AQSH dan olib kelinadi, keyinchalik, 1925
yildan, arrali jinlar Leningrad shaxridagi Neva mexanik-kemasozlik korxonasida
tayyorlana boshlaganligi, keyinchalik Toshkentda “O‘zpaxtamash” mashinasozlik
korxonasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi, shu vaqtdan boshlab jinlash
jarayonini tekshirish ishlariga asos solinganligi va jinning takomillashtirilgan bir
qancha turlari yaratilganligi bo’yicha muhandislik yo’nalishi talabalarida dastlabki
tushinchalar shakillantiriladi.
1
1
2
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
62
Hozirda mamlakatimizdagi arrali jinli paxta tozalash korxonalarida UMPD
kamerali 3XDDM, DP-130, 4DP-130, 5DP-130 va DPZ-180 turidagi arrali jinlar
ishlatilayotganligi, bu uskunalar bir biridan konstruktiv jihatdan unchalik farq
qilmasligi, bular asosan KRD turidagi ishchi kamerasi bilan jihozlanganligi bo’yicha
ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Muhandislik yo’nalishi talabalari chigitli paxta quritish va tozalash bo‘limlarida
konditsion namlikkacha quritilib, xas-cho‘plardan tozalangandan keyin korxonaning
bosh binosiga jinlash uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik
jarayonining asosiy operatsiyasi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan ajratilishi
to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar.
Jinlash jarayoni chigitli paxtaning tolasini chigitidan mexanik kuch ta’sirida
ajratishdan iborat ekanligi tushintiriladi[4].
Muhandislik yo’nalishi talabalari tolaning chigit bilan bog‘lanish kuchi (r
b
=1.8÷2.4 gk), yakka tolaning uzilish kuchiga (r
ya
= 3.8÷4.2 gk) qaraganda 2-3 marta
kam bo‘lgani uchun jinlash jarayonida, tola tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik,
pishiqlik darajasi, uzilish kuchlari va x.k.) saqlangan holda, tubidan (chigitga birikkan
joyidan) uzilib, chigitidan ajralib chiqishi to’g’risida bilib oladilar.
O‘rta tolali Chigitli paxtadan olingan tolaning uzunligi L=31÷35 mm, ingichkaligi
20÷40 mkm, uzun tolali chigitli paxtadan olingan tolaning esa, uzunligi L=40÷45 mm,
ingichkaligi 7÷15 mkm bo‘lishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar.
O‘rta tolali chigitli paxtalarning tolasi arrali jinlarda ajratilishi, arrali jinlarning
asosiy ishchi qismi metalldan yasalgan arra (o‘tkir tishlari bilan) hamda qobirg‘ali
panjaradan iborat ekanligi,
bu ikki ishchi qism yordamida tola chigitdan ajratilishi,
ya’ni arra o‘z tishlari bilan tolani ilib olib, qobirg‘ali panjara yordamida uni chigitdan
majburan uzib ajratishi, shu usulda tola chigitdan ajralishi bo’yicha ma’lumotlarga ega
bo’ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.T.Khodjiev, O.J.Murodov, D.D.Eshmurodov and D.A.Eshnazarov, Tests in
the insulating cameras of the improved separator, IOP Conf. Series: Materials Science
and Engineering 862
(2020) 032025, doi:10.1088/1757-899X/862/3/032025
2. M.T.Khodjiev, B.Kh. Rakhimov and D.A.Eshnazarov, DEVELOPMENT OF
PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE SPECIALISTS,
Journal of Physical
Education and Sport
®
(JPES),Vol 21 Issue 6, Art 356 pp 2578-2587, October.2021
online.
3. Eshnazarov D.A.,
“
Texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligini
innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish tеxnоlоgiyаsi мazmuni” Муғаллим
ҳам узликсиз билимлендириў, ilmiy-metodik jurnal, 5/1-son, 2024-yil sentiyabr,
Nukus.
4. Eshnazarov D.A., “Bo’lajak muhandislarning innovatsion faoliyatga
tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi” Ta’lim innovatsiya va
integratsiya, 44-son, 1-to’plam, may 2025-yil.