Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
56
MUHANDISLIK YO’NALISHI TALABALARI KASBIY
TAYYORGARLIGINI INNOVATSION YONDASHUVLAR
ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
p.f.f.d., PhD,
Eshnazarov Dilshod Azamatovich
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti,
Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
Maqolada paxta-to’qimachilik muhandislik yo’nalishi talabalarini kasbiy
tayyorgarligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish masalalari, ularni
o’qitishning innovatsion yo’llari aytib o’tilgan.
В статье рассматриваются вопросы развития профессиональной подготовки
студентов-технологов хлопчатобумажного и текстильного производства на
основе инновационных подходов, а также инновационные способы их обучения.
The article examines the development of professional training of students-
technologists of cotton and textile production based on innovative approaches, as well
as innovative methods of their training
.
Bugungi kunda, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalaridagi iqtisodiy
rivojlanishining yuksak natijalarga erishishda talabalarni raqobatbardosh kadr etib
tayyorlash,
bitiruvchilarda
kasbiy
kompetentligini
rivojlantirish
tizimini
takomillashtirishga ehtiyoj kuchaymoqda. Shu bois xalqaro tashkilotlar hisobotlariga
asosan texnik ob’ektlarni ishlab chiqarishi va ekspluatatsiya qilishni optimallashtirish,
muhandisning malakasi, zamonaviy yuqori texnologiyalarni, muammolarini ijobiy hal
yetish qobiliyatini oshirish dolzarb ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda o‘qitish jarayonining shakllari va texnologiyalari o’zgarishiga,
muhandislar tayyorlash sifatini baholash mezonlariga bog‘liq bo‘lgan ta’lim
texnologiyalarini
o‘quv
faoliyatini
tashkillashtirishning
metodlari
bilan
transformatsiyasi pedagog-tadqiqotchilar faoliyati uchun keng imkoniyatlar taqdim
etmoqda va mamlakatimizda kasbiy faoliyatga jahon amaliyotida qabul qilingan
yondashuvlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish zarur. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning
samarali mexanizmlarini yaratish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy
faoliyat yo‘nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash
kabi ustuvor vazifalari belgilandi[1]. Talabalarni muhandislik kasbiy kompetentligini
takomillashtirishning kelajak yo’nalishlarini belgilash, o‘quv jarayonini tashkil
etishning turli shakllarini optimallashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy
malakasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, iqtisodiy taraqqiyotning zamonaviy
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
57
tendensiyalari mutaxassisning kasbiy fazilatlari sohasiga tobora ko‘proq talab
qo’yadi[2].
Pxta-to’qimachilik sanoat bo’yicha muhandislik yo’nalishi talabalarini kasbiy
tayyorgarligini innovatsion yondashuvlar asosida
rivojlantirish har qachongidan
muhim. Negaki paxtani dastlabki ishlash jarayoni paxta-to’qimachilik sanoatining
dastlabki bo’g’ini bo’lib, tayyor maxsulotning sifati ko’p jihatdan dastlabki
jarayonlarga bog’liq(1-rasm).
1-rasm. Paxtani dastlabki ishlashning asosiy jarayonlar ketma-ketligi.
Paxtani quritish jarayoni va bu jarayonni bo’lajak mutaxassislarga o’qitish
masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Paxtani tozalash, jinlash,
linterlash va presslash jarayonlari ham o’ta muhim jarayonlar sanalib, maxsulot sifati
yuqori bo’lishida bu jarayonlarning o’rni beqiyosdir. Shu nuqtai nazardan soha
bo’yicha bo’lajak muhandislik yo’nalishi talabalariga paxtani tozalash va jinlash
jarayonlarini innovatsion yondashuvlar asosida, har bir jarayonni operatsiyalarga
bo’lib o’rgatish hozirgi davr talabi bo’lib qolmoqda.
Chigitli
paxtani
har
xil
aralashmalardan
tozalash
uchun,
ularning
(aralashmalarning) fizik-mexanikaviy xususiyatlarini nazarga olish hisobiga
texnologik uskunalar turi tanlab olinadi va bu jarayonning muhimligi bo’lajak
muhandislarga jonli tarzda rasmlar bilan har bir detal va jarayonlar ko’rsatiladi (2-
rasm). Masalan: yirik iflosliklarni chigitli paxtadan ajratishda arrachali barabanlar
seksiyasidan foydalaniladi[3].
Muhandislik yo’nalishi talabalariga chigitli paxtani iflosliklardan tozalash
samaradorligi uskuna ish organlarining chigitli paxtaga ta’sir etish usuliga: tо‘rli sirt
yoki kolosnik ustida chigitli paxtani silkitish, tozalash vaqtida havo oqimining
aralashishi, arrachali barabanlarga chigitli paxta bо‘laklarining qanday titkilab
tashlanishiga bog‘liq. Tozalash uskunalari ish organlarining chigitli paxtaga ta’siri о‘z
navbatida bir qator sabablarga: uskunaning ish unumdorligiga, ishchi qismlarining
aylanish tezligiga, ish organlari orasidagi texnologik oraliqlarga, ularning tuzilishiga,
chigitli paxtaning nechanchi marta tozalanishiga bog‘liqligi o’rgatiladi va ko’rsatiladi.
Bo’lajak muhandislarga arrachali barabanli tozalagich uskunalarining (2-rasm)
asosiy ish organlari arrachali baraban (1) bilan uning tagiga ma’lum bir oraliqda
qatorlab qо‘yilgan kolosniklardan (2) iborat. Bu ish organlari chigitli paxta
bо‘lakchalarini arra tishlariga bosish chо‘tkasi (3) va ajratib oluvchi chо‘tkali
Paxtani
quritish
Paxtani
tozalash
Paxtani
jinlash
Paxtani
linterlash
Tola va lintni
presslash
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
58
baraban(4) bilan birgalikda chigitli paxtadan yirik iflosliklarni ajratish texnologik
jarayonini tashkil etishi tushintiriladi.
Bo’lajak
muhandislarga arrali barabanli tozalagichlarning tozalash
samaradorligi uning ish unumdorligiga va chigitli paxtaning sanoat naviga
bog‘liqligining mazmun-mohiyati sindiriladi.
Shuningdek
muhandislik
yo’nalishi
talabalariga
arrali
barabanli
tozalagichlarning ish unumdorligi (Q
a
), tozalagich seksiyasining paxta о‘tkazish
qobiliyatiga qarab belgilanshining nazariya tomonlari ham chuqur o’rgatiladi:
h
L
Q
n
a
6
,
3
,
kg/soat
bunda:
n
- ta’minlagich valiklarining aylanish tezligi,m/s;
L- arrali baraban uzunligi, m;
h- baraban bilan kolosniklar orasidagi masofa, mm;
x
- chigitli paxtaning zichligi, kg/m
3
(
x
=35
40);
- arrachali tishlarni tо‘ldirish koeffitsiyenti,
= 0,3
0,35;
- tozalagichdan foydalanish koeffitsiyenti,
= 0,3
0,36.
Yuqorida keltirilgan rasm va formulalar bo’lajak muhandislik yo’nalishi
talabalariga turli xil yo’llar (ma’ruza, amaliy, seminar, vedio va boshqa ko’rgazmali)
va usullar (amaliyot va dual ta’lim) yordamida o’rgatiladi. Natijada muhandislik
yo’nalishi talabalarining har tomonlama jarayon bo’yicha kasbiy ko’nikmalari
shakillanib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.T.Khodjiev, O.J.Murodov, D.D.Eshmurodov and D.A.Eshnazarov, Tests in
the insulating cameras of the improved separator, IOP Conf. Series: Materials Science
and Engineering 862
(2020) 032025, doi:10.1088/1757-899X/862/3/032025
2-rasm.
Yirik iflosliklardan
tozalashda faydalaniladigan
asosiy ishchi organlari
1-arrachali baraban;
2-kolosniklar;
3-tekislovchi cho’tka;
4-cho’tkali baraban.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
59
2. M.T.Khodjiev, B.Kh. Rakhimov and D.A.Eshnazarov, DEVELOPMENT OF
PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE SPECIALISTS,
Journal of Physical
Education and Sport
®
(JPES),Vol 21 Issue 6, Art 356 pp 2578-2587, October.2021
online.
3. Eshnazarov D.A., “Texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligini
innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish tеxnоlоgiyаsi мazmuni” Муғаллим
ҳам узликсиз билимлендириў, ilmiy-metodik jurnal, 5/1-son, 2024-yil sentiyabr,
Nukus.