Mualliflar

  • Tursunova Aziza Xoshimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.131925

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: iqtisodiy o‘sish omillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan iborat

Annotasiya

Annotatsiya: Maqolada iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati, uning turlari, iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, iqtisodiy o‘sishga berilgan ta’riflar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati tahlil qilinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakat o‘sishining mavjud holati tahlil qilindi. Shunday qilib, ushbu maqolaning asosiy e'tibori iqtisodiy o‘sish omillarining qanchalik muhim ekanligi, ya’ni mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o‘rni va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

19

MINTAQAVIY IQTISODIY TIZIMNI RIVOJLANTIRISH

VA TAKOMILLASHTIRISH

Tursunova Aziza Xoshimovna,

Qarshi davlat texnika universiteti Axborot

tizimlari va texnologiyalar kafedrasi katta o’qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati, uning turlari,

iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, iqtisodiy o‘sishga berilgan
ta’riflar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati tahlil qilinadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakat o‘sishining mavjud holati tahlil
qilindi. Shunday qilib, ushbu maqolaning asosiy e'tibori iqtisodiy o‘sish omillarining
qanchalik muhim ekanligi, ya’ni mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o‘rni va

Kalit so’zlar

: iqtisodiy o‘sish omillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab

chiqilgan takliflardan iborat

МЕТОДЫ СОЗДАНИЯ ДИДАКТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ КОНТРОЛЯ

ЗНАНИЙ НА ОСНОВЕ ВЕБ-ТЕХНОЛОГИЙ

Турсунова Азиза Хошимовна,

Старший преподаватель кафедры информационныхсистем и технологий

Каршинского государственного технического университета


Аннотация;

Данная статья посвящена исследованию и анализу методов

интерактивной оценки знаний образовательных систем на основе веб-
технологий и показу методов их использования в учебном процессе.

Ключевые слова:

сеть, знание, метод, анализ, тест, система, оценка,

результат.

METHODS OF CREATING DIDACTIC RESOURCES THAT CONTROL

KNOWLEDGE BASED ON WEB TECHNOLOGIES

Tursunova Aziza Xoshimovna

Head teacher department information system and technology

Karshinskogo gosudarstvennogo technical university

Abstract

. This article about in researching and analyzing the methods of

interactive assessment of knowledge of educational systems based on web technologies
and showing the methods of using them in the training process.

Keywords

: web, knowledge, method, analysis, test, system, evaluation, result


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

20

Kirish.

Har bir mamlakat va uning olib borayotgan iqtisodiy siyosatining asosiy

maqsadi aholi turmush darajasini yaxshilash, ishlab chiqarish infratuzilmalari
faoliyatini takomillashtirish va pirovardida iqtisodiyoti baquvvat bo‘lgan jamiyat
barpo etishdan iborat. Barqaror rivojlanishga erishish mamlakatdan kuchli iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishni, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni,
iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya yo‘nalishlarini kengaytirish va shu
kabi qator shartlarni talab qiladi. Xalqning turmush darajasini oshirish, erkin va
farovon hayotni qurishda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va jamiyat
a’zolarining daromadlarini muntazam oshib borishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Iqtisodiy o‘sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish darajasining ijobiy o‘zgarishidir. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy o‘sish
bu milliy iqtisodiyotda muayyan davr davomida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmining oshishidir. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishga erishish kafolati
sifatida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish tamoyillari, qonunlar va olib borilayotgan
tizimli chora-tadbirlarni ko‘zda tutishimiz mumkin.

Adabiyotlar tahlili.

Iqtisodiy o‘sish tushunchasi keng qamrovli bo‘lganligi

sababli ko‘plab olimlar turlicha ta’riflar bilan izohlaganlar. Shodmonov va boshqalar
(2017) o‘zlarining “Iqtisodiyot nazariyasi” kitobida Gegelning ta’rifini quyidagicha
keltirib o‘tishgan, ya’ni “taraqqiyot muayyan bir narsa, voqea hodisa va jarayonlarning
ma’lum tomonga, ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon
yo‘naltirilgan harakatining bir ko‘rinishidir”. Bundan tashqari Islomov va Egamovlar
(2005) o‘zlarining “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” kitoblarida iqtisodiyotning asoschilari
bo‘lgan ko‘pgina olimlarning qarashlari va fikrlarini berib o‘tishgan. Ularning bu
kitobida A. Smit, F. Kene, D. Rikardo va shu kabi iqtisodchilarning nazariyalari, olib
borgan tadqiqotlari keltirilgan. Misol uchun A. Smit o‘z asarlarida asosiy o‘ringa
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo‘yadi. Bunga erishish uchun turli xil
nazariyalarni ishlab chiqadi. M.A. Mamatov (2021) “Iqtisodiy o‘sish” o‘quv
qo‘llanmasida ayrim iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sishga bergan ta’riflarini
keltirib o‘tgan. Misol uchun, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini tadqiq
etish uchun 1971-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik mashhur
iqtisodchi Saymon Kuznets iqtisodiy o‘sishga: “Xo‘jalikning aholining tobora ko‘proq
va xilma-xil ehtiyojlarini tobora samaraliroq texnologiyalar yordamida va ularga mos
tushadigan institutsional va mafkuraviy o‘zgarishlar yordamida ta’minlaydigan
qobiliyatining uzoq muddatli ortishi” degan ta’rif bergan. S. Kuznetsning fikriga ko‘ra,
iqtisodiy o‘sishning uchta asosiy belgisi bor:

• milliy mahsulotning doimiy o‘sishi natijasida ehtiyojlarning tobora ko‘proq

hajmini qondirish imkoniyati;

• o‘sishning asosi, uning yetarli bo‘lmasa ham zarur bo‘lgan sharti sifatidagi

texnika taraqqiyoti;


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

21

• o‘sish salohiyatini to‘laroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan institutsional,

harakat va mafkuraviy o‘zgarishlar.

Bundan tashqari iqtisodiy o‘sish modellarini quyidagicha ta’riflaydi, ya’ni,

iqtisodiy o‘sish modellari bu tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlaming muhim
sabablari va omillarini aniqlash maqsadida grafik va matematik usullar orqali real
iqtisodiy jarayonlami abstrakt holda umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ifodasi
bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli:
neoklassik va yangi keynschilik maktablari nazariyalari keng tarqalgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot maqsadlariga erishish uchun quyidagi

usullardan foydalanildi: Yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlari bo‘yicha
statistik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining rasmiy
saytidan olingan holda, muallif tomonidan Excel dasturi orqali chizma va jadvallar
tayyorlandi. Ma’lumotlar tahlili jarayonida taqqoslama va solishtirma usullardan
foydalanilgan holda ma’lumotlar chuqur tahlil qilindi. Bundan tashqari jadval va
chizmalardan olingan ma’lumotlar tahlilning umumlashtirish va aggregatlash usullari
orqali natijalar olindi.

Tadqiqot natijalari

. Iqtisodiy o‘sish tushunchasini tahlil qilishda iqtisodiy o‘sish

omillari va faktorlarini ko‘rib chiqish zarur. Iqtisodiy o‘sish omillar iqtisodiy o‘sish
turlariga qarab guruhlanadi. Misol uchun iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv
omillari ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan resurslar, ishchi kuchi, xomashyo,
asbob-uskunlarning miqdori va sifatiga qarab ajratiladi.

Institutsional va mafkuraviy o‘zgarishlar


Iqtisodiy o‘sish


Milliy mahsulotning

ortishi

Texnika taraqqiyoti

1-rasm. S. Kuznetsning iqtisodiy o‘sish modeli


Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda ikkita guruhga

bo‘lishimiz mumkin. Birinchi guruh omillari iqtisodiyotning miqdoriy o‘sish


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

22

layoqatini bеlgilab bеradi, ular taklif omillari dеb ham ataymiz. Bu omillarga
quyidagilar kiradi:

- tabiiy rеsurslar miqdori va sifati;
- ishchi kuchi rеsurslarining miqdori va sifati;
- asosiy kapital (asosiy fondlar) hajmi va sifati;

- tеxnologiyalar va fan – tеxnika taraqqiyoti.

Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish

salohiyatidan maqsadga muvofiq darajada foydalanish uchun nafaqat rеsurslar
iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi kerak, balki juda samarali ravishda
ishlatilishi ham zarur. Rеsurslarning o‘sib boruvchi hajmidan rеal foydalanish va ularni
kеrakli mahsulotning mutlaq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham muhim
hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi taklif va taqsimlash omillari o‘zaro birbiri
bilan bog’liq va bir birini taqozo etadi. Masalan, rеsurslarning miqdori o‘sishi va sifati
yaxshilanishi, tеxnologiyalarning takomillashtirilishi iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat
yaratadi. To‘liq bandlik va rеsurslarni samarali taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega
bo‘lib, bu muammoni tahlil qilishda va o‘rganishda asosiy e’tibor taklif omillariga
qaratilishi zarur.

Iqtisodiy o‘sish 2 usul bilan aniqlanadi va o‘lchanadi: -

- birinchi usul rеal YaIM ni bazis davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va

mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun qo‘llaniladi.

- ikkinchi usul rеal YaIM ni bazis davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi

sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasini va harakatining sifat
o‘zgarishlarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari va qo‘shimcha
o‘sish sur’atlari bir- biridan farqlanadi:

Iqtisodiy o‘sishning ekonometrik modellari so‘nggi yillarda rivojlanib,

takomillashib borayotganligi hechkimga sir emas. Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilish
jarayonida biz tahlil qilayotgan tadqiqotimizni chuqurroq o‘rganishimiz va u bilan
bog’liq zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Misol uchun, iqtisodiy
o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan YaIM tahlilini olib qaraydigan bo‘lsak, ushbu
ko‘rsatkichni o‘sishi uchun qaysi omillar ta’sir qilishini va ta’sir darajalarining bir-
biridan qay darajada farq qilishini va kelgusi davrlardagi prognoz ko‘rsatkichlari
haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin

Makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda iqtisodiy o‘sishni

ta’minlovchi va unga ta’sir qiluvchi omillar, faktorlar chuqur tahlil qilinishi lozim,
shundagina kutilayotgan natijalarning ishonchlilik darajasi yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy
o‘sishda zanjirli hamda bazis usullaridan ham foydalaniladi. Bu orqali ma’lum bir
davrga nisbatan yoki o‘tkan yillarga nisbatan o‘sish yoki kamayishi va uning tahlili
amalga oshiriladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

23












2-rasm. Makroiqtisodiy tahlilning uslub va tamoyillari


O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda Joriy narxlarda hisoblangan YaIM hajmi

888 341,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7
foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2
foiz), xizmatlar ko‘rsatish - 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar -
60,3 trln so‘mgacha oshdi.

3-rasm. 2020-2022-yillarda YaIM o‘sish sur’ati.

102

107.4

105.7

99

100

101

102

103

104

105

106

107

108

2022

2023

2024

Tahlil usullari va

tamoyillari

umumiylashtirish

yoki agregatlash

induksiya,

deduksiya

analiz, sintez

gipotez

tahlil

modellashtirish

ekonometrik metod


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

24

Muhokama.

Yurtimizdagi iqtisodiy oʼsishni oʼzida aks ettiradigan koʼrsatkichlar

Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatini, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va
mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarida erishilgan yutuklarning amaliy
ifodasidir.

Iqtisodiy oʼsishni taʼminlash iqtisodiy islohotlarning barcha yoʼnalishlarida

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chambarchas bogʼliqdir. Iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlariga jalb qilinayotgan
investitsiyalar (xususan xorijiy investitsiyalar) hajmini koʼpaytirish, eksport hajmini
oshirish va uning tarkibini takomillashtirish, iqtisodiyotga solik yukini kamaytirish,
davlat budjeti xarajatlarini yanada optimallashtirish,bank tizimi barqarorligini
mustahkamlash, banklarning kreditlash salohiyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar
barqaror iqtisodiy oʼsishga erishish uchun omil boʼladi. Shu sababli ham, bu masalalar
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi Oʼzbekiston Taraqqiyot Strategiyasida ham
iqtisodiyotni rivojlantirishda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan quyidagi eng
muhim ustuvor vazifa va yoʼnalishlari belgilab berildi:

-inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali

xalq parvar davlat barpo etish;

-mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng

asosiy va zarur shartiga aylantirish;

-milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
-adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
-milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga

yondashish;

-amlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish,ochiq, pragmatik va

faol tashqi siyosat olib borish.

Xulosa.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining tabiiy xususiyatlari, uning mineral va xom

ashyo, ishchi kuchi resurslari bilan yaxshi taʼminlanganligi, iqtisodiyotimizning chet
el mamlakatlari iqtisodiyotiga chuqur integratsiyalashganligi, jahon pandemiyasi
iqtisodiy inqirozining o‘z taʼsir kuchini hali yo‘qotmaganligini hisobga olgan holda
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlovchi yo‘llar
sifatida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin:

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish

ishlarini davom ettirish;

Sanoat mahsulotlari orasida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar

turini ko‘paytirish va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan darajaga
yetkazish;


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

25

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish,qishloqxo‘jaligi

xomashyosini chuqur qayta ishlovchi va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi
masalalarini halqilish uchun qishloqlarda mustahkam baza, infratuzilma va
kommunikatsiyalarni yaratish;

Faol investitsiya siyosatini olib borish, muhim strategik ahamiyatga molik

loyihalarni amalga oshirish, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmini,
avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobidan oshirish;

Iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, natijada vujudga kelgan bo‘sh pul

mablag‘larini oqilona qayta taqsimlash;

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda xizmat ko‘rsatish va servis

sohasini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi chora- tadbirlarni davom ettirish va natijada
uning YaIMdagi ulushini yanada oshirish;
Qishloq va shaharlar qiyofasini tubdan yangilash dasturini amalga oshirish, uy-joy
qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari sifatini
yaxshilash uchun xususiy va kredit mablag‘larini jalb qilish. Aholi bandligi va
daromadlari darajasining oshishini ta’minlovchi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni yanada qo‘llab- quvvatlash, ularga beriladigan kredit tizimlarini yanada
soddalashtirish hamda ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi turli xil faktorlarni
bartaraf etish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlab turish uchun mamlakatimiz iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy va ekonometrik modellar asosida ko‘proq va aniqroq
tahlil qilishni ko‘paytirish kerak.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki web texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimlarida

bilimni baholash borasida imkoniyatlar boshqalarga qaraganda Moodle tizimida
ko‘proqni tashkil etmoqda. Albatta Moodle tizimni ishlatish texnik jihatdan(server
kompyuter) yaxshi ta’minotni talab etadi, ammo tizim juda katta ko‘lamdagi ishni
bajarib beradi. Tadqiqotimizdan asosiy maqsad web texnologiyalarga asoslangan
ta’lim tizimlarining bilimni baholash usullarini tahlili bo’lib qolmasdan balki ulardan
foydalanish usullarini ko‘rsatib berishdan iborot. Barcha tizimlarda mavjud bo’lgan
bilimni baholash usullarini ko’rib chiqamiz.

Birinchi usulda savoldagi javoblar variantining bittasi to‘g‘ri bo‘lib, bu eng ko‘p

qo‘llaniladigan test turi hisoblanadi.

Ikkinchi usulda tizimda testlash jarayonida savoldagi javoblar variantining ikki

va undan ortiq ekanligi bilimni baholashda liberal yondashuvni shakllantirishga xizmat
qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bilimni baholashning bunday turi zarur bo‘lib,
bu fikrni sohadagi bilimni tekshirishda tayyorlanadigan testlarda javob uchun
ma’lumotlarning ko‘pligi bilan izohlash mumkin. Bu o‘qituvchiga bitta savol va unga


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

26

beriladigan javoblar orqali o‘quvchining mavzu yuzasidan bilim darajasini to‘liq bilish
imkoniyatini yaratadi

Uchinchi usulda testda bilimni baholashning an’anaviy turili xil kabi bo‘lib

o‘quvchining mantiqiy fikrlashi va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi

To‘rtinchi usulda talaba bilimini baholashda uning fikrlashi, dunyoqarashidan

tashqari til bilish va matnni kiritishda imloviy bilim darajasini ham baholash mumkin.
Google Class xizmatida ham bilimni baholashning an’anaviy shakli mavjud bo‘lib
talaba berilgan savolga matn kiritish orqali o‘z javobini kiritishi talab etiladi.
Tinglovchining mavzu haqidagi qisqacha fikri (esse) shaklida ifoda-lashi mumkin
bo‘ladi. Bunda talabalar bir-birlarida ko‘chirmas-liklari uchun qaysi akkauntlarning
ma’lumotlari bir xil ekanligini tekshiradi, lekin baholash o‘qituvchi tomonidan matn
o‘qilgach amalga oshiriladi(107-rasm).



Beshinchi usul – to‘rsimon ko‘rinishdagi bilimni sinovchi test turidan foydalanish

imkoniyati o‘qituvchi uchun talabaning bilimini baholashning eng murakkab turi
hisoblanadi. Bunda talaba berilgan savolning javoblari qaysi ustunlarga mos kelishini
to‘g‘ri belgilashi kerak bo‘ladi. Bu sinov talaba uchun olingan bilimni mustahkam-
lashda va o‘zining ustida mustaqil ravishda ishlashida motivatsiya uyg‘otadi.

Oltinchi usulda talaba uchun beriladigan topshiriq amaliy tarzda bajarib,

ishlanmani kompyuter dasturda tayyorlashi va internet orqali jo‘natishi kerak bo‘ladi.
Talaba tasvirda keltirilgan topshiriq materialini tayyorlash jarayonida video fayllar
tayyorlash, dastur yordamida video tahrir ishlarini amalga oshirish, fayl ustida
bajariladigan konvertlash ishlari, faylni jo‘natish kabi amaliy ko‘nikmalarga ega
bo‘ladi

102

107.4

105.7

99

100

101

102

103

104

105

106

107

108

2022

2023

2024


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

27

O‘quv jarayonida o‘quv mashg‘ulotlari auditoriyadagi kabi bo‘lmasada

talabalarning mashg‘ulotga qatnashishi va qiziqishi odatdagi mashg‘ulotlarga nisbatan
juda yaxshi natijalarni ko‘rsatib beradi. Sinov natijalari tashkil etilgan masofali
kurslarda berilgan topshiriqlarni o‘zlashtirish darajasi mashg‘ulotga qatnashgan
talabalarga nisbatan 60-75 foizni tashkil etishi foydalanuvchilarning bilishga bo‘lgan
harakati bilan izohlash mumkin.

Tasvirdagi faol sohani belgilash orqali bilimni baholash test savoli rasmdan

javobni to‘g‘ri qismiga kursorni yo‘naltirish(chertish, belgilash) bilan belgilanadi(1-
rasm).

1-rasm.Tasvirdagi faol sohani belgilash testi.

Tartiblash testlariida savollar keyingi kо‘rib chiqiladigan interfaol savol matn,

tasvir yoki ovoz kabi axborotlarni ketma-ketlikda tartiblash orqali о‘quvchi bilimini
baholashda foyda-laniladi. Aslida dars jarayonida barcha о‘quvchini jalb etadigan
fandagi axborotning turlichaligidir.

So‘zlar banki test savollarida qisqa javob tipli savollarning berilgan matndagi

sо‘zlarni о‘z о‘rniga joylashtirish va shu orqali о‘quvchini fandagi bir nechta
tushunchalarini baholash imkoniyatini yaratadi. Bu turdagi savollarga javobni
sichqoncha yordamida о‘rniga qо‘yish orqali belgilash mumkin. Bunda javoblar ichida
bitta fraza yolg‘on bо‘lsa savolning barcha javoblari notо‘gri deb qaraladi. Shuning
uchun о‘qituvchi bunga о‘xshash savollarni tanlashda mavzudagi uzviylikni inobatga
olishi tavsiya etiladi. Bu usulda о‘quvchini fandagi bilimlariga bо‘lgan qarashlarini
mulohaza qilishga undash mumkin bо‘ladi.

Xulosa. Web texnologiyalarga asosida bilimini nazorat qiluvchi didaktik

vositalarda bilimni tashxislash usullarining turlicha bo‘lishi o‘quvchilarning
qiziqishlarini va faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari web texnologiyalarga asoslangan ta’limning qiziqarli bo‘lishi

o‘quvchilarda ludomaniyani va raqamli texnologiyalarga qaramlik (autizm, kompyuter


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

28

o‘yinlari) kabi zamonaviy illatlarni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olshishda
muhim vosita bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Runde S., Fay A., Wutzke W. O. Knowledge-based requirement-engineering
of building automation systems by means of semantic web technologies //2009
7th ieee international conference on industrial informatics. – IEEE, 2009. – С.
267-272.

2.

Hariadi B. et al. Higher Order Thinking Skills Based Learning Outcomes
Improvement with Blended Web Mobile Learning Model //International
Journal of Instruction. – 2022. – Т. 15. – №. 2. – С. 565-578.

3.

Болкунов И. А. Электронное обучение: проблемы, перспективы, задачи
//Таврический научный обозреватель. – 2016. – №. 11-1 (16). – С. 128-132.

4.

Мамед-Заде Г. А. О., Забайкин Ю. В. Методика применения web
технологий для развития интеллектуальных способностей студентов
геологических вузов //Управление образованием: теория и практика. –
2022. – №. 7 (54). – С. 231-246.

5.

Вайндорф-Сысоева М., Грязнова Т., Шитова В. Методика
дистанционного обучения. Учебное пособие для СПО. – Litres, 2022.

6.

Закирова Ф. и др. Электрон ўқув-методик мажмуалар ва таълим
ресурсларини яратиш методикаси //Т.: ОЎМТВ. – 2010. – Т. 57.

7.

Zakirova F. M., Nafasov M. M. Ta’lim jarayonida mobil ilovalardan
foydalanishning pedagogik asoslari //Academic research in educational
sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 917-925.

8.

Norbutaevich J. T. Use of digital learning technologies in education on the
example of smart education //Journal La Edusci. – 2020. – Т. 1. – №. 3. – С. 33-
37.

9.

Jurayev T. Interactive methods of assessment of knowledge on the basis of
digital education on the subject" Information technology in education"
//International Journal Papier Public Review. – 2020. – Т. 1. – №. 2. – С. 71-77.

10.

Jurayev, T. N. (2023). The use of mobile learning applications in higher
education institutes.

Advances in Mobile Learning Educational Research

,

3

(1),

610-620. https://doi.org/10.25082/AMLER.2023.01.010

11.

Жўраев Т. Н. “Ахборот технологиялари” фанини ўқитишда виртуал синф
имкониятларидан фойдаланиш //Современное образование (Узбекистан). –
2020. – №. 4 (89). – С. 54-60.

12.

Каюмова Н. А. Олий таълимда электрон таълим муҳитини ташкил этишда
янги технологиялар //Современное образование (Узбекистан). – 2021. – №.
2 (99). – С. 64-73.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

29

13.

Жўраев Т. Н. Электрон дарсликларда билимни баҳолашнинг интерфаол
усуллари («Информатика ва ахборот технологиялари» фани мисолида)
//Современное образование (Узбекистан). – 2019. – №. 3 (76). – С. 54-59.

14.

Хамраев, А. Ю., & Турсунова, А. Х. (2020). Полное описание поведения
траекторий одного кубического оператора. Проблемы вычислительно й и
прикладной математики, (2), 32-38.

15.

Tursunova, AH (2023). TA'LIM JARAYONIDA INTELLEKTUAL–
KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNIY
XUSUSIYATLARI. OLIM , 1 (6), 18–21.

Bibliografik manbalar

Runde S., Fay A., Wutzke W. O. Knowledge-based requirement-engineering of building automation systems by means of semantic web technologies //2009 7th ieee international conference on industrial informatics. – IEEE, 2009. – С. 267-272.

Hariadi B. et al. Higher Order Thinking Skills Based Learning Outcomes Improvement with Blended Web Mobile Learning Model //International Journal of Instruction. – 2022. – Т. 15. – №. 2. – С. 565-578.

Болкунов И. А. Электронное обучение: проблемы, перспективы, задачи //Таврический научный обозреватель. – 2016. – №. 11-1 (16). – С. 128-132.

Мамед-Заде Г. А. О., Забайкин Ю. В. Методика применения web технологий для развития интеллектуальных способностей студентов геологических вузов //Управление образованием: теория и практика. – 2022. – №. 7 (54). – С. 231-246.

Вайндорф-Сысоева М., Грязнова Т., Шитова В. Методика дистанционного обучения. Учебное пособие для СПО. – Litres, 2022.

Закирова Ф. и др. Электрон ўқув-методик мажмуалар ва таълим ресурсларини яратиш методикаси //Т.: ОЎМТВ. – 2010. – Т. 57.

Zakirova F. M., Nafasov M. M. Ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanishning pedagogik asoslari //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 917-925.

Norbutaevich J. T. Use of digital learning technologies in education on the example of smart education //Journal La Edusci. – 2020. – Т. 1. – №. 3. – С. 33-37.

Jurayev T. Interactive methods of assessment of knowledge on the basis of digital education on the subject" Information technology in education" //International Journal Papier Public Review. – 2020. – Т. 1. – №. 2. – С. 71-77.

Jurayev, T. N. (2023). The use of mobile learning applications in higher education institutes. Advances in Mobile Learning Educational Research, 3(1), 610-620. https://doi.org/10.25082/AMLER.2023.01.010

Жўраев Т. Н. “Ахборот технологиялари” фанини ўқитишда виртуал синф имкониятларидан фойдаланиш //Современное образование (Узбекистан). – 2020. – №. 4 (89). – С. 54-60.

Каюмова Н. А. Олий таълимда электрон таълим муҳитини ташкил этишда янги технологиялар //Современное образование (Узбекистан). – 2021. – №. 2 (99). – С. 64-73.

Жўраев Т. Н. Электрон дарсликларда билимни баҳолашнинг интерфаол усуллари («Информатика ва ахборот технологиялари» фани мисолида) //Современное образование (Узбекистан). – 2019. – №. 3 (76). – С. 54-59.

Хамраев, А. Ю., & Турсунова, А. Х. (2020). Полное описание поведения траекторий одного кубического оператора. Проблемы вычислительно й и прикладной математики, (2), 32-38.

Tursunova, AH (2023). TA'LIM JARAYONIDA INTELLEKTUAL–KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNIY XUSUSIYATLARI. OLIM , 1 (6), 18–21.