Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
14
MINTAQA IQTISODIY TIZIMINI BARQAROR O’SISHI
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
VA TENDINSIYALARI
Tursunova Aziza Xoshimovna,
Qarshi davlat texnika universiteti Axborot
tizimlari va texnologiyalar kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada mintaqah iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga
solinishi uning tamoyillari, takomillashtirish usullari va mexanizmlari o’rganilgan.
Kalit so’zlar:
mintaqa, mintaqaviy siyosat, mintaqa iqtisodiyoti, bozor, bojxona.
Kirish
. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida
amalgaoshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon
etmoqda.Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo
hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi
faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi.O’zbekistonning
xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib
bormoqda. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy
islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri
ko’rsatib
berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga
imkon yaratdi.
Asosiy qism
. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib va takomillashib borayotgan sharoitda
hududiy mutanosiblikni ta’minlash masalasi muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi,
bunda davlat mutanosiblikni ta’minlashda bevosita va bilosita ishtiroki zarur bo’ladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotni boshqarishning tartibga solish usulida davlat o’zining
ijtimoiy,iqtisodiy va siyosiy mexanizmlari orqali mamlakatda hududiy mutanosiblikni
ta’minlashdam faol ishtirok etadi. Mazkur paragrafda davlatning hududiy
mutanosiblikni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlariga alohida e’tibor qaratamiz.
Davlatning hududiy mutanosiblikni ta’minlashida iqtisodiy mexanizmlari tarkibining
asosida moliya siyosati yotadi. Chunki,moliya siyosati-bu davlatning muhim faoliyati
hisoblanib, moliyaviy mablag’larni shakllantirish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini inobatga olgan xolda ularni taqsimlash va samarali foydalanishga
qaratilgan iqtisodiy munosabatlarning yig’indisidir. Davlat mazkur munosbatlarni
amalga oshirish jarayonida bevosita hududiy mutanosiblikni ta’minlashga alohida
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
15
e’tibor qaratadi. Ta’kidlash joizki, davlatning moliyaviy siyosati mamlakatni iqtisodiy
rivojlantirishni ko’zda tutadigan byudjet, soliq, bojxona va pul-kredit siyosatni o’zida
mujassamalashtiradi. Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda moliya siyosatining
aosiy yo’nalishi sifatida joylarda moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish, moliyaviy tizim sohalari o’rtasida qayta taqsimlash va nazoratni amalga
oshirish bilan bog’liq moliyaviy munosbatlarni
tashkil etishga qaratiladi.Bundan tashqari, moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishi
o’z maqsadiga ko’ra, byudjet, soliq,bojxona va pul-kredit siyosatlarini ham qamrab
oladiki, bu davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini to’laqonli amalga
oshirilishiga
bevosita
yordam
beradi.Jumladan,
mamlakatda
mintaqaviy
mutanosiblikni ta’minlashda byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida byudjet
tizimini moliyaviy ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga shart-sharoitlar
yaratish, jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash,
mamlakatning moliyaviy barqarorligini qo’llab-quvvatlash kabi masalalarni o’z ichiga
oladi.Mamlakatda iqtisodiyotning shunday bo’g’inlari mavjudki, ular umuman jamiyat
uchun zarur,biroq, korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlarning moliyaviy holatiga
ko’rsatadigan manfaatdorligi to’g’ridan-to’g’ri sezilmaydi. Bular asosan hududdiy
mutanosiblikni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmiga ta’sir ko’rsatuvchi
asosiy omillardan biri bo’lib ham hisoblanadi. Bularning tarkibiga mamlakatdagi
infrastruktura ob’ektlari, xom-ashyo va energetika tarmoqlari, fundamental fanlar
kiradi, ular odatda korxona, tashkilot va xususiy tadbirkorlarga moddiy foyda
keltirmaydi, lekin davlat hisobidan qoplash muddati uzoq bo’lgan katta miqdordagi
kapital qo’yilmalarni talab qiladi. Shuning uchun ular to’liq yoki qisman davlat
ixtiyoriga beriladi va iqtisodiyotning davlat bo’g’inini tashkil etadi.O’tish davri
iqtisodiyotida davlat mulkini yoppasiga keng ko’lamda xususiylashtirilishi
natijasida davlat ulushi qat’iy qisqarishi, ma’lum jihatdan, bozor iqtisodiyotining
bir shartidir.Biroq shunga qaramay, bu jarayonni uzoq muddatliligi hamda xalq
xo’jaligini qayta qurishda,tutgan muhim o’rnini hamda davlat tomonidan hududiy
mutanosiblikni ta’minlashning bir ulushi sifatida hisobga olgan holda bozor
munosabatlari tarkib topgan mamlakatlardagiga qaraganda ayrim muammolar hal
etilmay qolayapti.
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizki, ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish va
uni taqsimlash davlat bo’g’inining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy ne’matlar – bu
aholining ma’lum bir guruhlariga yoki butun jamiyatga taqdim etiladigan tovar va
xizmatlardan iboratdir. Ularni bo’laklarga bo’lib alohida shaxslarga sotish mumkin
emas, chunki buning oqibatida biror bir salbiy oqibatlarning rivojlanib ketishi asosida
ushbu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yoki xizmatlarning ichki bozordagi
tanqisligi kelib chiqishi mumkin. Huquqiy tartib, davlat mudofaasi, atrof muhitni
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
16
asrash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy dasturlar va shu kabilar ham ular tarkibiga kiradi
va davlat tomonidan hududiy mutanosiblikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy ne’matlarda ijtimoiy dasturlar sezilarli o’rin tutadi. Davlat ularni amalga
oshirish jarayonida aholiga bepul ta’lim, sog’liqni saqlash, kommunal va boshqa
xizmatlarni ko’rsatadi.Bu xizmatlarning ko’pchiligi bo’linishi va bozor tizimi orqali
to’liq taqsimlanishi mumkin,lekin jamiyat rivojlanishi uchun bo’lgan ahamiyatini
ko’zda tutib, ularni davlat o’z zimmasiga oladi va hududiy mutanosiblikni
ta’minlashda asosiy vosita sifatida qaraydi. Shu yo’l bilan davlat iqtisodiyotdagi
resurslarni taqsimlanishini muvofiqlashtiradi va daromadlarni qayta taqsimlaydi.
Yuqoridagilarning barchasi hudulararo mutanosiblikning bozor mexanizmlarini
shakllanishi va rivojlanishida katta yordam beradi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi
shundan dalolat beradiki, hududlararo mutanosiblikni ta’minlashda bozor
mexanizmlari samaradorligini oshirishda davlat quyidagi iqtisodiy vazifalarni bajaradi:
raqobatchilik shartlari va qoidalarini belgilash, unga sharoit yaratib berish;
resurslar taqsimoti ustidan umumiy muvozanatlikni ta’minlanishini monitoring
qilish;
hududlararo transport kommunikatsiyasini shakllantirish;
infrastrukturani rivojlantirish;
hududlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga teng huquqiy
imtiyozlar berish;
Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
esa
quyidagilardan iborat.
1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish.
2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish.
3. Iqtisodiy o’sishning barqaror darajasini ta’minlash.
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni boshqarish.
5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash.
6. Ekologik va demografik muammolarni hal etish va boshqalar.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa davlat tomonidan mamlakat milliy
iqtisodiyotiga turli
usullar va vositalar orqali aralashuvi talab etiladi.
Davlat tomonidan milliy iqtisodiyotga turli uslublar va vositalar orqali aralashuvi
ma’lum jihatdan erkin bozor iqtisodiyoti shartlariga to’g’ri kelmasada, iqtisodiyotning
ma’lum bir jabhalarida keskin salbiy muammolarning avj olib ketmasligi, hamda
iqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishini ta’minlash uchun muhimdir. O’z
navbatida
davlatning
iqtisodiyotga
aralashuvini
kamaytirish
va
iqtisodiy
ko’rsatkichlarning barqaror o’sishini ta’minlash uchun iqtisodiyotda tizimli, ijtimoiy-
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
17
iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga, ya’ni jamiyatdagi barcha sub’ektlarning o’zini-
o’zi boshqarishi orqali rivojlanishini ta’minlashga katta ahamiyat berish kerak bo’ladi.
Bu tizim albatta hududlararo bog’liqlikda bo’lishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda hududlarda faoliyat olib borayotgan
barcha korxonalarga ma’lum jihatdan bir xil soliq stavkalari qo’yilmoqda. Albatta
faoliyat olib borayotgan korxonalarning ba’zilari davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan yirik dasturlarga (investitsion dastur, mahalliylashtirish dasturi va
boshqalarga) kiritilgan bo’lib, ular boshqa korxonalarga nisbatan kamroq soliq
to’lashlari yoki umuman soliqlardan ozod etilganliklarini ham ko’rishimiz mumkin.
To’g’ri, bu vosita orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash mumkin,
lekin ma’lum jihatdan boshqa korxonalar bilan bir xil bo’lmagan sharoitni ichki
bozorda yaratilishiga imkon yaratamiz.Shu sababli soliq tizimini yanada
takomillashtirish darkordir va bunda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga
olgan holda soliq stavkalari har bir hududdagi tashkilotlar (korxonalar) uchun turli
xilda bo’lishiga ahamiyat berish ham maqsadga muvofiqdir deb hisoblaymiz. Bunday
soliq tizimini yo’lga qo’yish ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sust
rivojlangan hududlarda ushbu sohalar sub’ektlarini yanada
rag’batlantirishni ta’minlaydi. Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda davlatning
aralashuvi bevosita katta miqdordagi mablag’larni talab qiladi. Davlatning valyuta
rezervining kattaligi, uning to’lov qobiliyatning (tashqi qarzlarni to’lash
qobiliyatining) yuqoriligi esa albatta mamlakatdan eksport qilinayotgan mahsulotlar va
xizmatlar hajmiga bog’liqdir. O’z navbatida bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarning
mahsulotini eksportga yo’naltirilishini taqazo etadi va davlat tomonidan eksportni
rag’batlantirishni talab qiladi.
Bularga qo’shimcha ravishda esa respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni
rag’batlantirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur deb
o’ylaymiz.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning notarif yoki ma’muriy tizimini
ijobiy
tomonga o’zgartirish yo’llarini ko’rib chiqish.
Tarifli tizim samaradorligini har tomonlama tahlil va tadqiq etib, o’zgartirishlar
kiritish.
Eksport va import bojlarni maqsadga muvofiq holda belgilash yo’llarini ko’rib
chiqish.
Eksportni rag’batlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb etishga yo’naltirilgan
soliq mexanizmini takomillashtirish va hokazo.
Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
ma’lum jihatdan salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkinligi sababli ko’proq
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
18
hududiy mutanosiblikni ta’minlashning bozor mexanizmlarini shakllantirishga
ko’proq e’tibor qaratish katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa.
Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda sifatli analitik
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda sifatli analitik (tahlil) va prognoz
ishlanmalarni muhimligini hisobga olgan holda, viloyat iqtisodiyotini tahlil qilishda va
prognozlashtirishda tuman-shahar-viloyat sxemasi bo’yicha pastdan yuqoriga tomon
xarakatlanishga bag’ishlangan uslubiy yondoshuvlar tavsiya etiladi.Tavsiya
qilinayotgan o’tishning asosiy qoidalari bo’lib, davlat manfaatlari ustunligiga rioya
etish, barcha turdagi mulk va turli darajalarda xo’jalik yuritish uchun korxonalarga
qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, mintaqani bir butun, yaxlit sifatida yondoshgan
holda,rivojlanishni
kompleksliligi
va
mutanosibligini
ta’minlash
hisoblanadi.Mintaqaviy statistikaning sifati va ob’ektivlik darajasini pastligi hisobga
olgan holda,amaliyotda vaziyat, muammo va alohida hududlarni rivojlantirishni
prognozlashtirish bo’yicha tadqiqotlarni olib borishda anketa so’rovi usulidan keng
foydalanish taklif qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston”
nashiryoti.2021-y. –461 b.
2. https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v2i424
3.Вебер,А.,Хоутеллінг,Г.,Кристаллер,В.,Куклінський,А.,&Робсон,.Теоретик
о- методологічні основи регіоналістики.
4.
Tursunova.A.X.(2025).IQTISODIY
BARQARORLIK
VA
GLOBAL
IQTISODIY
O'SISH
SCHOLAR,
3(1),
59–62.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14784549
5. Tursunova Aziza Xoshimovna, IQTISODIY BARQARORLIK VA GLOBAL
IQTISODIY O'SISH
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston” nashiryoti. –
2021-y. –461 b.
6. Тюнен И.Г. Изолированное государство. Москва, Экономическая жизнь.,
7. Вебер, А., Хоутеллінг, Г., Кристаллер, В., Куклінський, А., & Робсон, П.
Теоретико-методологічні основи регіоналістики.