Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning mohiyati, asosiy
tamoyillari va uning barqaror rivojlanishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Yashil
iqtisodiyotning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, global
tajribalar misolida uning muvaffaqiyatli joriy etilish usullari yoritiladi. Shuningdek,
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar,
qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, resurslardan oqilona
foydalanish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish kabi chora-tadbirlar haqida
batafsil ma’lumot beriladi. Maqola zamonaviy, iqtisodiy rivojlanishda yashil
iqtisodiyotning strategik ahamiyatini ta’kidlash va barqarorlikka erishish yo‘llarini
o‘rganishga qaratilgan.