Authors

  • Bekzod Xollozov
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.64346

Keywords:

kompyuter elektron aloqa pedagogik axborot o’quv materiallar Integrative kurs

Abstract

Ushbu maqolada, shuni bilish mumkinki, bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.

 


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

77

KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN KENG

FOYDALANISH

Xollozov Bekzod . –

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

akademik litseyi

Kalit so’zlar:

kompyuter, elektron aloqa, pedagogik axborot, o’quv materially.

Integrative kurs

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, shuni bilish mumkinki, bilimlar bazasining birlamchi

bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari, o‘quv materiallari
bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ
kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha
ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va
keskin boyitishga yordam beradi. Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil
bo‘ladi.

Kirish

Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi XX asrning 30 yillarida

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida va AQSH da ta’lim samaradorligini oshirish,
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun harakatga kelgan davrda yuzaga
keldi. Mazkur g‘oya ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” ( ta’lim texnikasi)
tushunchasining kiritilishi bilan asoslanadi.

O‘sha davr adabiyotlarida “pedagogik (ta’lim) texnikasi” tushunchasi “o‘quv

mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar
yig‘indisi” tarzida talqin etilgan. O‘quv jarayoniga o‘quv va labaratoriya
jihozlarining olib kirilishi ulardan samarali, unumli foydalanish material
mazmunini ko‘rgazmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim
samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya baholandi.
XX asrning 50 yillariga kelib, ta’lim jarayoniga texnik vositalarni qo‘llash
“ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilovchi vosita, deb e’tirof etildi.[2,3]

Maqola mazmuni.

Texnik vositalarning imkoniyatalarini yanada takomillashtirish

axborot sig‘imini kengaytirish va ularni uzatishni sifatli tashkil qilish, ta’lim olishni
individuallashtirishga qaratildi. Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning tayanch
nuqtasi sifatida texnik vositalarning imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni
qabul qilindi. O‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish” ning tashkiliy jihatlarini
o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 60 yillarga kelib, ta’limni dasturlash asosida ta’lim
jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

78

sifatida qabul qilina boshlandi.

.

Dasturiy ta’lim o‘quvchilarga muayyan bilimlarning

alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Bu ish
ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshladi. Dasturiy ta’lim o‘zida
ta’lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari
hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.

[6,7]

Adabiyotlar shari

.Ta’limni axborotlashtirish nazariyasi va metodologiyasi hamda

amaliyoti masalalalari U.Begimqulov, R.Jo‘rayev, M.Soy Oliy ta’lim muassasalari
talabalari ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish masalalari bo‘yicha
respublikamiz olimlari B.Ziyomuhammadov ta’limga informatika va axborot
texnologiyalar bo‘yich ilmiy tadqiqotlar olib borgan.MDH mamlakatlarida
talabalarning mustaqil ishini tashkil etishni takomillashtirish N.V.Smetanina
A.A.DrobishevskiylarGaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kasbiy pedagogik
faoliyatida foydalanishga tayyorlash masalalari , N.Ye.PikinaV ilmiy izlanishlar olib
borgan.

Xorijiy

mamlakatlarida

Ch.AbbottN.AndersonF.Barbara,

A.Connell,

A.Edwards, M.Hammind, V.Jadhav kabi olimlar

Mazmuni

Hozirgi kunda Mustaqil O‘zbekistonimizda ham ta’lim muassalari

faoliyatijarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olb kirishga qaratilgan harakat
birqator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda.(AXELS, IREXS, KOICA
va boshqalar). Mazkur markazlar tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminar, qisqa va
uzoq muddatli kurslarda oily o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarning pedagogik xodimlari ishtirok
etib, pedagogik texnologiya va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.[1,8]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy
maktab muammolari instituti, OzPFITI va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti qoshidagi markazda bu sohada bir qator ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda

.

O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim

metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining
o‘zgarishiga, ularning pedagogic mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. Bu esa
o‘z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishga
o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi:
─ masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa
o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat
olb borishni; [9,11]
─ o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsimlanganligini;
─ ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni
takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

79

tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Kompyuter texnologiyalari (kompyuter
savodxonligi)dan foydalanishda o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha
vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:

─ multimedia texnologiyalarini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga

qiziqishni rivojlantiradi.[4.6]

--

bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash

qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi.

─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni

modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega.

─ o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra emas, balki

o‘quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi.

─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun

yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan
o‘quvchilar

uchun

ham

tashkil

etish

imkoniyatini

beradi.

─ o‘quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda

muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish
uchun imkoniyat yaratadi.[7.15]

─ o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho,
bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va
ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ta’lim

tizimini

takomillashtirishning

bosh

xususiyatlaridan

biri

kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan
“qo‘llab quvvatlovchi axborot” ini ko‘paytirish, kompyuter axborot muhiti va
hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining
yaratilganligini,

giper

matn

va

multimedia

o‘qitishda

immitatsiya,

kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni
kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun
tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart
shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi.
Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni
cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan ko‘rinishlarda qabul qiladi. Bilimlar
bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiyoj
sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq jihatidan bog‘langan boshqa
elementlarga chiqa olish bo‘yicha axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda
ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat
qilinishiga imkon bo‘lmaydi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

80

materiallari, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy
imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va
metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid
bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi.
Uni

faollashtirish

va

rivojlantirishda

muhim

omil

bo‘ladi.[12.13]

Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai

nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot
yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalagan fan sohasida maxsus
o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlash
mumkin. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga “javob”
beradi, ular bilan “muloqot”ga kirishadi. Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa
bir muhim xususiyati u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o‘quv
materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning fan
bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq
namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli
vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’yekti o‘zaro muloqot kabi
funksiyalarini bajarishni bilishi kerak.

[14.15]

Bugungi kunda axborot texnologiyalari fani va jumladan, inson bilimlarining
rivojlanishida keskin o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunda insonning ichki
tuzilishi, mohiyati, qadriyatlari, psixologik qonuniyatlari va tafakkurining
xususiyatlari yangicha namoyon bo‘lmoqda. Dolzarb va muhim bo‘lgan vazifalardan
biri mustaqil ishi ongli ravishda o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirish, amaliy
tajribalarga asoslangan holda ma’lum bir maqsadlarni ko‘zlab, tafakkur
operatsiyalarini bajarish alohida talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar va
ko‘nikmalarning puxtaligi, barqarorligi va mustahkamligini talabalarning mustaqil
ishini tashkil etishni takomillashtirish va o‘quvchanligining rivojiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalar tomonidan faol ijodiy nostandart
ravishda bilim olishga o‘rgatish, aqliy faoliyatga uyishtirish, tashkil etish usullari,
vositalari, hamda talaba tomonidan shug‘ullanish texnologiyasi, ishlash ishtiyoqi,
motivi, qiziqishi, hissiy intilishini amalga oshirish yuzasidan mutafakkirlarimizning
qomusiy fikrlari qarashlari mavjud bo‘lib, ular quyidagicha ifodalangan.Axborot
texnologiyasining nazariyasiga ko‘ra “axborot tushunchasi – bu (lotincha
“informatsion” tushuntirish, xabar berish) kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri
bo‘lib, xabar, ma’lumot, ko‘rsatkichlar majmuasidir” - degan ta’rifni anglatadi [16].
Davlatimiz tomonidan ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uning moddiy-texnik
bazasini boyitish, o‘quv jarayonida aborot-kommunikatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish uchun kerakli zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlash


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

81

yuzasidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2003 yil 11 dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbeksiton Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 oktyabrdagi 821-son qarori “Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor
loyihalarning hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi
to‘g‘risida qarori”dagi va boshqa e’lon qilingan qarorlari buning yaqqol misolidir.

Demak “Axborot - ta’lim muhiti” aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini
ta’minlovchi axborot-texnik, o‘quv-metodik tizimlar majmuidir.
Axborot - ta’lim muhitining quyidagi tipologik belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Har qanday darajadagi ta’lim muhiti tizimlilik tabiatiga ega bo‘lgan murakkab
tuzilmali obyekt hisoblanadi.
2. Ta’lim muhitining yaxlitligi tizimlilikka erishish tushunchasi bilan bir ma’noni
anglatib, u o‘quv muassasasi bitiruvchisining shaxsiy va kasbiy modelini amalga
oshirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadlarining amalga oshishini o‘zida
mujassamlashtiradi.
3. Ta’lim muhiti ta’lim va tarbiya ishlarining asosiy sharti bo‘lish bilan birga uning
muhim vositasi hamdir.
Axborot - ta’lim muhitini ta’riflashda bir qancha o‘zaro farq qiluvchi qarashlar mavjud,
jumladan:
• inson bilan ta’lim muhitining subyekt sifatida uzviy bog‘langan axborot, texnik,
o‘quv-metodik ta’minotning tizimli tashkillashtirilgan majmuasi;
• an’anaviy va elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan
ma’lumot bazalari, o‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kompyuter-
telekommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi asosida qurilgan yagona axborot
ta’lim muhiti[16].
Fikrimizga ko‘ra, axborot ta’lim muhitini boshqarishda tizimli yondashuvni joriy qilish
lozim.

Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri
foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat. Kompyuter texnologiyalari asosida
o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi
vazifalarni bajaradi:

1.O‘quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish.

2.O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir

o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish.

3.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish

qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar, o‘quv metodik ko‘rsatmalar va h.k.)
ma’lum o‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tashkil etish.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

82

Natijalar

.Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni ta’minlashda

o‘qituvchilar quyidagi tuzilmalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak ekanligi
isbotlandi:
- informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;
- kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi;
- zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini
o‘zlashtirishi;- zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va
ularning vazifalarini o‘zlashtirishi;
-

kamida

bitta

matn

muharriri

bilan

tanish

bo‘lishi;

- algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega
bo‘lishi;- amaliy dasturlashdan foydalanish to‘g‘risida dastlabki tajribaga ega
bo‘lishi;[3.4]
Ta’limni

jadallashtirishda

axborot

texnologiyalaridan

foydalanish

o‘quv

jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin:
- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

-

o‘qituvchilarning

o‘zaro

trening

va

seminarlari

o‘tkaziladi;

- masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar; Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan
ta’lim muassasalarida amalda tadbiq etish o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish
metodlarini qo‘llashda hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda keng
imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv
tarbiyaviy ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqazo etadi. Bu
jarayon oson bo‘lmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etayotgan o‘qitish
tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P.
Bespalkoning fikriga ko‘ra, “pedagogik tizim-ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga
tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogic ta’sir etishni vujudga
keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, metodlar, jarayonlar
yig‘indisi”.[12.15]
Milliy dastur ta’lim-tarbiya soxasidagi davlat byurtmasi hisoblanib, milliy
mafkuraning mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat davlat buyurtmasigina
ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy ta’lim
uchun pedagogik tizmning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.

Xulosa.

Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi

ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi,
o‘qituvchi (pedagog) faoliyati yangilanadi, o‘quvchi-talabalarda hur fikrlilik,


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

83

insonparvarlik tuyg‘ulari tizimini shakllantiradi. Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi
(pedagog)lar faoliyati yangilanadi va ko‘p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar.
Shu bois bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Metodika o‘quv jarayonini
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat ekanligi o’z isbotini
topdi..[5.9.]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov Yusuf, Qosimov Asroriddin, “Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
o’quv jarayonida foydalanishning metodik-didaktik asoslari” Toshkent “Yangi nashr”
2018. Foydalanilgan adabiyotlar
2. СултоноваЎ.Н.

Физикадан дарс ва тўгарак машғулотларида янги педагогик

технологиядан фойдаланиш // Высшая школа

.

-

2018. 23 декабрь.

-С. 255-258.
3. Sultanova. O‘.N. Basad on students’ competency – based approach to physics solve
experimental and graphical problems //

International interdisciplinary research. In

volume 9, May, 2021. -903-98 pp.

4. Маҳмудов Ю.Ғ.,Қосимов А.С. Инновацион таълим технологияларидан ўқув
жараёнларидан фойдаланишнинг методик-дидактик асослари. Тошкент. 2018
й.196 бет.
5. Sultonova O’N. “The Dependence of Didactic Cames on Physics in the Preparation
of Technical Engineers and its Competence Approach” Vol 12 no 1 Jan-Feb-.: 2020
й, 52-57,Б

www.enggjournals.com/ijet//vol12issue1.html

6. Sultanova O‘.N. “Тechnology to improve the methods of teaching physics in higher
education based on a competency approach (on the example of training technical
engineers)”. Europen Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-8260
Volume

7,

Issue

11,2020

https://ejmcm.com/article_5063_56a4b2ef9697a103d078725c3009bba7.pdf

7. Sultanova O‘.N. Use of MathCad software in the preparation of students majoring
in engineering. International Journal of Scientific and Research Publications, Volume
10, Issue 12, December -.:2020 й, 650-653 б.

http://gx.doi.org/

References

Mahmudov Yusuf, Qosimov Asroriddin, “Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan o’quv jarayonida foydalanishning metodik-didaktik asoslari” Toshkent “Yangi nashr” 2018. Foydalanilgan adabiyotlar

СултоноваЎ.Н. Физикадан дарс ва тўгарак машғулотларида янги педагогик технологиядан фойдаланиш // Высшая школа. -2018. 23 декабрь.

-С. 255-258.

Sultanova. O‘.N. Basad on students’ competency – based approach to physics solve experimental and graphical problems // International interdisciplinary research. In volume 9, May, 2021. -903-98 pp.

Маҳмудов Ю.Ғ.,Қосимов А.С. Инновацион таълим технологияларидан ўқув жараёнларидан фойдаланишнинг методик-дидактик асослари. Тошкент. 2018 й.196 бет.

Sultonova O’N. “The Dependence of Didactic Cames on Physics in the Preparation of Technical Engineers and its Competence Approach” Vol 12 no 1 Jan-Feb-.: 2020 й, 52-57,Б www.enggjournals.com/ijet//vol12issue1.html

Sultanova O‘.N. “Тechnology to improve the methods of teaching physics in higher education based on a competency approach (on the example of training technical engineers)”. Europen Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 7, Issue 11,2020 https://ejmcm.com/article_5063_56a4b2ef9697a103d078725c3009bba7.pdf

Sultanova O‘.N. Use of MathCad software in the preparation of students majoring in engineering. International Journal of Scientific and Research Publications, Volume 10, Issue 12, December -.:2020 й, 650-653 б. http://gx.doi.org/