Barcha maqolalar

307-308 66 0

O'zbek tili darslarida “sog‘lom ona va bola” davlat dasturini o'rganish

N Tolibova, G Ahmedova

Xalqimizning asriy an’analarini hisobga o lsak, bu “Ona va bola sog‘lom bo'lsa, oila baxtli, oila baxtli bo'lsa, jamiyat mustahkam bo'ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishiga va qaror topishiga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar majmiasini amalga oshirishga olib keladi. Bu tadbirlar esa oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda uning mustahkam, sog‘lom va ahil bo'lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishni maqsad qilib qo'yadi. Shuningdek, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda onalar rolini oshirish, tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash kabi dolzarb masalalar hal etilishini ko'zda tutilgan. Ta’lim jarayonida, ayniqsa o'zbek tili darslarida mazkur dasturga ham mutaxassislik, ham tarbiyaviy tomondan yondoshib, uning amaliy imkoniyatlarini o'rganishga oid ilgor pedagogik texnologialarga asoslangan usullarni qo'llash zamonamiz talabidir.

370-372 193 0

O'smirlar orasida giyohvandlikning oldini olishda oilaning roli

Zuxra Karimova
Ushbu maqolada o'smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashda oilaning roli muhokama qilinadi. Maqolada oilaviy muhitning o'smirlaming giyohvand moddalarga bo'lgan munosabatini shakllantirishga ta'sirining lurli jihatlari, jumladan, oilaviy qadriyatlar, aloqa, nazorat va qo'llab-quvvatlash ko'rib chiqiladi.
465-468 148 0

Nutq odobining muloqot jarayonida tutgan o‘rni

Z Uteshova

This article describes the pivotal role of speech etiquette in facilitating effective communication. Speech etiquette encompasses the rules and conventions that govern verbal interactions, including politeness, respect, and appropriate language use. The study delves into the multifaceted dimensions of speech etiquette, examining its impact on interpersonal relationships, cultural understanding, and overall communication effectiveness. According to Holmes’ research investigates the moral dimensions of speech acts, shedding light on how speech etiquette can influence the perception of potentially offensive or discriminatory language [3, 7]. This study explores the role of humor in workplace communication, highlighting how speech etiquette and politeness strategies are employed to manage power dynamics and navigate potentially provocative situations. This annotated bibliography provides a foundation for understanding the critical role of speech etiquette in the communication process. By drawing on seminal works in the field [11, 12, 13, 16, 17], this research aims to contribute to a deeper appreciation of how etiquette shapes and influences effective verbal interactions across various contexts and cultures.

54-63 137 0

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK FUTBOLI YUTUQLARI: TAHLIL VA NATIJALAR

Baxtiyor Nazirov

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, o‘zbek futboliga davlat miqyosida e’tibor qaratildi. Respublikamizning har bir mintaqasida futbol infratuzilmasini rivojlantirish, jamoalar saviyasini o‘stirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz mustaqillik yillarda sportning futbol turini yanada rivojlantirish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu farmon va qarorlarning ijrosi o‘laroq yurtimiz futbolida istiqbolli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Futbolchilarni tayyorlash, tayyorgarlik tizimlarini takomillashtirish va ularning natijaviyligini taminlashga doir ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Buning samarasida klublarimiz bilan birga, terma jamoalarimiz ham qit’a va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda. Mazkur maqolada yurtimizda mustaqillik yillarida ommaviy sport turlari orasida ko‘p sonli muhlislarga ega bo‘lgan futbol sport turini yuksaltirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratilishi, shuningdek, mazkur davrda o‘zbek futboli erishgan yutuqlari va natijalari atroflicha tahlil qilingan.

64-69 75 0

MUSTAQIL OʻZBEKISTON YOSHLARINING FALSAFIY MADANIYATI VA BILIMDONLIGI

Qurbon Shodmonov

Maqola davlatimiz taraqqiyotining muhim bosqichi – III Renessans davrining boshlanishida respublikamiz yoshlarining falsafiy madaniyati va bilimdonligi darajasi haqidagi dolzarb masalaga bagʻishlangan. Muallifning taʼkidlashicha, davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, barcha ijtimoiy munosabatlarning sifat jihatidan tubdan oʻzgarishi va dunyoga yorqin mutafakkirlar va qomusiy ijodkorlarning butun bir yulduzli guruxini ato etganligi yoshlarimiz va xalqimiz maʼnaviyati va milliy gʻururini yuksaltirish zarurligini taqozo etadi. Shuningdek, mustaqillik yillari oʻtmishimizni, madaniyatimizni xolis bilish davri ekanligini hisobga olib, shu zaminda ajdodlarimizning qoʻshni xalqlar va madaniyatlar bilan aloqalari kengligini koʻrsatadi, bu esa dunyo hamjamiyatida, kezi kelganda tarixning oʻzida bizga yuklangan masʼuliyat haqida fikr yuritish vaqti ekanligini bildiradi.

248-253 361 0

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GLOBALLASHUV SHAROITIDA JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI

Nizomiddinov Xondamir
Globallashuv sharoitida ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada yoshlarni milliy va umumnisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har qaysi jamiyat uchun zaruriyatga aylanmoqda. Yoshlarning dunyoqarashi jamiyat hayoti uchun ta’sir darajasi yuqori bo‘lganligidan kelib chiqib yoshlarga ta’sir etuvchi axborotlar, ulardan himoyalanish, dunyoqarashini yetuk darajada shakllantirish, yoshlarning g‘oyaviy xilma xillik sharoitida o‘z pozitsiyasi va tafakkur tarzidan kelib chiqib to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni, yoshlarning dunyoqarashida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishni davrning ruhi talab etmoqda
443-446 281 0

Mehnat resurslari - bebaho boyliklar

Юлдуз Урунбаева
Maqolada ta’kidlanganidek, mamlakatda bandlik uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi.
41-49 85 0

MARKAZIY OSIYO DAVLAT RAHBARLARINING MASLAHAT UCHRASHUVLARI XUSUSIDA

Oʻral Normurotov, Dilmurod Ishankulov

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam yo‘lga qo‘yilishi natijasida mintaqa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti, madaniy hamkorligi hamda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashning yangi bosqichga ko‘tarilganligi ko‘rsatib berilgan.

76-80 84 0

Kuchli ijtimoiy himoya tizimining asarlarda yoritilish tarixi

Habibulla Yunusxo‘jayev

Maqolada muallif tomonidan insonlar ijtimoiy siyosatga davlatda kuchli ijtimoiy imkoniyatlar berilgan sharoitdagina erisha olishi haqida oʻz fikrlarini bayon etgan.

169-173 117 0

Kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish xizmatlari

Abdujamil Ko‘сhimov , Murodjon Ermatov

Xodimlarni boshqarish xizmati, qoida tariqasida, kompaniyaning mustaqil tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. Xizmat faoliyati direktor tomonidan boshqariladi, u bir qator bo'limlarga, sektorlarga, guruhlarga yoki funktsional printsip bo'yicha tuzilgan alohida xodimlarga (kadrlar bo'limi, kadrlar tayyorlash va rivojlantirish sektori, rag'batlantirish va boshqalar) bo'ysunishi mumkin. Shuning uchun, maqolada Inson resurslarini boshqarish bo’linmalarining o’rni, roli va vazifalarini o’rganish kabi masalalar yoritilgan.

718-721 300 0

Keksa inson oilasi bilan ijtimoiy ish olib borish xususiyatlari

Orziqul Xakimov , Dilshoda Kamolova, SHaxlo Qobilova

Keksa kishining oiladagi, shuningdek, butun jamiyatdagi o‘rni umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot, moddiy-iqtisodiy munosabatlar, mahalliy va, xususan, milliy urf odatlar bilan belgilanadi. Oilaviy munosabatlarni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari uch avlod birga yashagan eski patriarxal oilalarning yo'q qilinishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayonning namoyon boʻlishiga xizmat qiluvchi omillar yosh avlodning toʻliq yoki qisman iqtisodiy mustaqillikka erishganligi ham, uning vakillarining ham mustaqillikka intilishidir.

428-430 122 0

Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yoshlar ijtimoiy faolligining ahamiyati

Orif Shukurov

Maqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va tavsiflar berilgan.

208 0

Jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ta’limning tutgan o‘rni

Zebiniso Umrniyozova, Oybek Ostonov

Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va uning tarkibiy qismi hisoblangan inson huquqlari madaniyati, demokratik, huquqiy davlatni qurish va uni yana-da mustahkamlash ko‘p jihatdan, fuqaroviy-huquqiy ta’limni, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayonining o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Ujamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibliginita’minlovchi va qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarininghuquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.

7-13 66 0

International Legal Regulation Ensuring Information Security of Adolescents on Internet

Dilorom Tashmuxamedova
In the article discribe international legal regulation ensuring information security of adolescents on internet, definition of the role of virtual social networks in the life of youth, what kind of information resources young people mainly use, what kind of information is needed, some aspects of the use of the internet and their socio-psychological impact have been identified. Disclosure of the declared interests and needs of students in virtual social networks, the functional role of online interactions in the life of schoolchildren, motivation for participation in virtual social networks. And given recommendation to following measures be taken to timely resolve the issues of raising the information culture of consumption and the goals of using ICT to young people, children.
171-175 133 0

Inson kapitali rivojlanishida zamonaviy taʼlim: ijtimoiy hamkorlik, oʻzaro aloqadorlik dialektikasi sifatida

Muhriddin Sodirjonov

Ushbu tezisda inson kapitali rivojlanishida ta‘lim hususan oliy ta‘limning tutgan o‘rni sotsiologik tahlil etildi. Mavzu katta hajmdagi ilmiy nazariy o‘rganishni talab qilsada – zamonaviy taʼlim tendensiyalari, ijtimoiy hamkorlik, oʻzaro aloqadorlik dialektikasi sifatida tadqiq etildi. Ta‘lim orqali ijtimoiy-iqtisodiy faravonlikni oshirish, yoshlarda ijtimoiy me‘yorlar, sotsial mobillikni faollashtirish, ko‘nikma va odatlarni shaklantirishda hamda daromadlar o‘sib barqarorligini ta‘minlashdagi xulosalar berilgan.

408-413 655 0

Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari

Orziqul Hakimov

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish va sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada bugungi kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy echimlar ko‘rsatib berilgan. Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari vasamarali yo‘nalishlari ochib berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya qilish ular bilan muomala qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan. 

43-48 68 0

IJTIMOIY JARAYONLAR VA SUN’IY INTELLEKT RIVOJLANISHINING FALSAFIY MOHIYATI

Maqsud Toshboboyev

Ushbu maqolada bugungi texnologiyalar asrida insoniyat boshidan kechirgan barcha sanoat inqiloblaridan farqli bo‘lgan ya’ni to‘rtinchi sanoat inqilobi asosida rivojlangan sun’iy intellekt hamda uning natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy va madaniy jarayonlar ilmiy tahlil qilingan. Bundan tashqari sun’iy intellektni inson hayoti bilan bog‘liqligi ayniqsa so‘ngi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar falsafiy tahlil qilingan.

532-535 81 0

Ichki ishlar organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-falsafiy tushunchalarning ahamiyati

Zuxriddin Xojaev

Maqola ichki ishlar organlari xodimlarida korruptsiyaga qarshi fikrlashni rivojlantirishda ijtimoiy-falsafiy tushunchalarning rolini o'rganadi. Muallif korruptsiya va uning sabablarini tushunishda falsafiy va sotsiologik yondashuvlarning ahamiyatiga e'tibor qaratadi.

5-12 83 0

GLOBALIZATSIYA VA IJTIMOIY TUZUMLAR: BOSHQA MADANIYATLAR VA IQTISODIY TIZIMLARNING TA’SIRI

Islombek Norbo‘tayev

Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonining ijtimoiy tizimlarga, madaniyatlarga va iqtisodiy tuzumlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil etiladi. Globalizatsiya, asosan, savdo, texnologiya, axborot va madaniyatlar almashinuvi orqali dunyo miqyosida tobora kuchayib borayotgan jarayon sifatida o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini kuchaytirmoqda. Maqolada, birinchi navbatda, globalizatsiyaning ijtimoiy tuzumlar, siyosiy strukturalar va madaniy an’analar ustida qanday o‘zgarishlarga olib kelgani ko‘rib chiqiladi. Xususan, boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro ta’sirlar, yangi iqtisodiy tizimlarning shakllanishi, ishchi kuchining global migratsiyasi va mahalliy iqtisodiyotlarning global bozorda qanday integratsiyalashuvi tahlil etiladi.

436-445 166 0

FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA TA'LIM VA MASHG'ULOTNING ASOSIY PRINSIPLARINI AMALGA OSHIRISH

Askar Artikov, Xojiakbar Ikromov
Mazkur maqolada futbolchilarni tayyorlashda ta'lim va mashg'ulotning asosiy prinsiplarini amalga oshirish usullari va ko’nikmalari yoritib berilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.
1-59 173 0

FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY-SIYOSIY ASOSLARINI RIVOJLANTIRISH

Ikramjon Masharipov
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
Siyosiy fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi
AVTOREFERATI
477-479 75 0

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishdaijtimoiy innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati

Elyorjon G‘apparov

Innovatsiylami ishlab chiqish va ularni ijtimoiy hayotga tadbiq etish bugungi kunga kelib tarqqiyotning bosh me’zoniga aylanmoqda. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida bu jarayon alohida soha sifatida faoliyat yuritmoqda.

25-32 174 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarni boshqarish va boshqarish milliy markazi mansabdor shaxslari faoliyatidagi muammoli masalalarni aniqlash va tahlil qilish modeli

Ahmadbek Jalilov
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakatlarning Davlat tizimiga (FVDT) boshqaruvni tashkil etish vazifalari yuklatilgan. DVD quyi tizimlari va havolalarining ishlashini nazorat qilish, shuningdek, mavjud vakolatlar doirasida operatsion boshqaruvni amalga oshirish uchun FVDTning kundalik boshqaruv organlari mavjud.
27-34 155 0

Ethnosociological factors of social transformation in modern Uzbekistan

Muhriddin Sodirjonov

The article discusses the economic and political changes in Uzbek society and the radical changes in people's daily lives. In addition, the article modern social transformation of ethno factors , etnosotsional processes described in the subjectivity of ethnic groups fail. Ethnic social processes in the region are discussed in terms of ethnic unity and harmony, ethnic conflicts, ethnic migration, and the importance of ethnic economics . 

147-151 112 0

Employment problems and solutions of employment during the coronavirus pandemic

Nodirjon Rahmonov
This article is about the problems and solutions of employment during the Coronavirus pandemic, the reasons for the
pandemic slowing down the economy, the unemployment and direct loss of income due to the closure of enterprises and firms. As well as, special attention was paid to some recommendations and ideas on mitigating the impact of the global economic crisis on incomes and living standarts in the Republic of Uzbekistan