«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO‘K:635.153
QORA TURP (RAPHANUS SATIVUS L. VAR NIGER) FOYDALI VA
DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
N. B. Jumaniyazova Urganch davlat universiteti dotsenti, b.f.f.d. (PhD)
A. M. Otaxonova Urganch davlat universiteti magistranti
K. S. Farhodova Urganch davlat universiteti talabasi
A. M. Jumanazarova Urganch davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Qora turp (
Raphanus sativus
L. var.
niger
) – turli iqlim sharoitlarida
yetishtiriladigan ildizmevali o‘simlik bo‘lib, qadim zamonlardan beri oziq-ovqat va
dorivor maqsadlarda ishlatib kelingan. Ushbu maqolada qora turp (
Raphanus sativus L.
var. niger
) o‘simligining oziqaviy, shifobaxsh va biologik faol xususiyatlari tahlil
qilinadi. Qora turp tarkibidagi muhim vitaminlar, minerallar va bioaktiv birikmalar uni
nafaqat oziq-ovqat, balki tibbiyotda keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik sifatida
qaraladi. Tadqiqotda uning jigar faoliyatini yaxshilash, safro haydovchi, yallig‘lanishga
qarshi va immun tizimini mustahkamlovchi ta’sirlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil
qilingan. Shuningdek, qora turpning tarkibiy qismlarining inson salomatligiga foydali
xususiyatlari va qo‘llanilishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Qora turp, vitamin, antioksidant, rafanin, gipertriodizm,
glyukozinolat.
Аннотация.
Черная редька (
Raphanus sativus L. var. niger
) –
корнеплод,
возделываемый в различных климатических условиях и используемый в
пищевых и лечебных целях с древних времен. В данной статье анализируются
пищевые, лечебные и биологически активные свойства растения черная редька
(Raphanus sativus L. var. niger). Важные витамины, минералы и биоактивные
соединения, содержащиеся в черной редьке, делают ее лекарственным
растением, широко используемым не только в пищу, но
и в медицине. В
исследовании анализируются ее улучшающие функцию печени, желчегонные,
противовоспалительные и укрепляющие иммунную систему эффекты на основе
научной литературы. Также освещаются полезные свойства и применение
компонентов черной редьки для здоровья человека.
437
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ключевые слова:
Черная редька, витамин, антиоксидант, рафанин,
гипертриглицеридизм, глюкозинолат.
Abstract.
Black radish (
Raphanus sativus L. var. niger
) is a root crop cultivated
in various climatic conditions and has been used for food and medicinal purposes since
ancient times. This article analyzes the nutritional, medicinal and biologically active
properties of the black radish (Raphanus sativus L. var. niger) plant. The important
vitamins, minerals and bioactive compounds contained in black radish make it a
medicinal plant widely used not only as food, but also in medicine. The study analyzed
its liver function-improving, choleretic, anti-inflammatory and immune system-
strengthening effects based on scientific literature. The beneficial properties and uses
of black radish components for human health are also highlighted.
Keywords.
Black radish, vitamin, antioxidant, raphanin, hypertriglyceridism,
glucosinolate.
Kirish.
Sabzavot ekinlaridan biri bo‘lgan qora turp (
Raphanus sativus L. var.
niger
) dorivor oʻsimliklardan biri boʻlib, u nafaqat oziq
-ovqat sifatida, balki qadimdan
tibbiy maqsadlarda qoʻllanib kelinadi. Tarkibidagi karbon suvlar, oqsillar, moylar inson
organizmi uchun qo‘shimcha ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligini
yanada isloh etish va modernizatsiya qilish, yerning meliorativ holatini va irrigatsiya
tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng
ko‘lamli ishlarni davom ettirish, yangi ekin turlaridan yoki kam e’tibordagi ekinlardan
foydalanish zarur. Bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish, ularni saqlash, iste’molchilarga yetkazib
berishning zamonaviy tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga kiradi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlanishida, sug‘oriladigan yerlardan oqilona
foydalanish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bilan birga bir yilda bir yerdan
turli xilma-xil hosil olish usullarini qo‘llash asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu
maqsadda qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan uzluksiz ta’minlash hozirgi kunda dolzarb masaladir. Aholini yil davomida meva-
sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash uchun saqlash hamda qayta ishlash
ishlariga alohida e’tibor berish lozim. Qora turp o‘simligini boshqa sabzavot ekinlariga
nisbatan yetishtirish sharoitlari birmuncha oson bo‘lib, undan yuqori hosil olish
438
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
imkoniyati mavjud. O‘zbekiston asrlar davomida sabzavot va polizchilik keng
rivojlangan mintaqa hisoblanib, so‘nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy
qilish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo‘lgan ekin
maydonlarini kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib,
yuqori hamda sifatli mahsulot yetishtirishdir.
Qora turp (
Raphanus sativus L var niger
) oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va
farmatseftika sohasida qimmatli xomashyo hisoblanadi. Qora turp tarkibida ko‘p
miqdorda K mavjud bo‘lib, organizmda suv va mineral tuzlar metabolizmini tartibga
soladi, ortiqcha suyuqlikni yo‘q qiladi. Qish, bahor davrida qora turp immunitetni
mustahkamlashning ajoyib vositasidir. Bu oddiy ildiz hosili ko‘p miqdorda
aminokislotalarga, fermentlarga, yog‘larga, oqsillarga ega. Bundan tashqari tarkibida
askorbin kislota, tokoferol, B vitaminlari mavjud. Qora turp ildizmevasida bakterosit
xususiyatlari piyoz va sarimsoqqa nisbatan yuqori bo‘lib, tarkibidagi glikozidlar va efir
moyi miqdori bilan bog‘liq. Qora turp tarkibida antimikrobial modda “lizozim”ning
yuqori miqdorda mavjudligi sababli, organizm uchun qora turpdan foydalanish zararli
mikroorganizmlarning ko‘plab turlarini streptokokklar, stafilokokk, difteriya,
ko‘kyo‘tal va boshqalarni tarqatib yuboradi . Qora turp tarkibida ko‘p miqdorda K
mavjud bo‘lib organizmda suv va mineral tuzlar metabolizmini tartibga soladi, ortiqcha
suyuqlikni yo‘q qiladi [1].
Bolalar uchun qora turpning foydali xususiyatlari yuqori bo‘lib, sharbati yo‘talda
samaralidir. Bolalarda bu sabzavot oson hazm qilinmaydi, shuning uchun 3 yoshgacha
bo‘lgan bolalar uchun iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ozuqa moddalari tufayli
sistitga yordam beradi, homiladorlik va emizikli davrda ist’mol qilmaslik kerak. U
kuchli qon aylanishga yordam beradi. Bu sabzavot erta yoshda qon tomirlari va yurak
xurujlariga qarshi faol kurashuvchidir. Qora turp tarkibidagi foydali komponentlar
ayirish tizimining ishi uchun javobgardir va prostata bezining o‘smalari paydo
bo‘lishining oldini oladi. Me’yorida iste’mol qilinsa ovqat hazm qilish tizimini
normallashtirishga yordam beradi. Qora turp o‘simligining ildizmevasi tanadan zararli
moddalarni olib tashlaydi, ichak mikroflorasini tiklaydi va metabolizmni yaxshilaydi.
Bundan tashqari terini holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u oqartirish xususiyatiga
ega. Tish toshlaridan halos bo‘lishga ham yordam beradi [ 2].
Jigar tanamizning eng muhim organidir qora turp bu organning faoliyatini
yaxshilashga yordam beradi. Ushbu mahsulotning mag‘zi tarkibida turli xil vitaminlar
439
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
B kompleksi vitaminlari, C vitamini, Ca, Mg minerallari va boshqalar mavjud bo‘lib,
ular safro oqimini osonlashtiradi. Shuningdek, surunkali shamollash va yo‘talni
davolash uchun ishlatiladi. Sharbati nafas olish tizimi infeksiyalarini davolash uchun
ishlatiladi. Gipertreodizm (qalqonsimon bezning ortiqcha sekretsiyasi)ni qora turp
bilan davolash mumkin, sabzavot tarkibidagi “rafanin”deb ataladigan oltingugurt
birikmasi qalqonsimon bezlarning sekretsiyasini tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi.
Shuning uchun, muntazam ravishda qora turp yeyish gipertriodizmning oldini oladi.
Organizmdagi yog‘ning aylanishi va metabolizmida faol ishtirok etadi. Jigar
xolesterinni yog‘ to‘qimalarida va arteriya devorlarida to‘planishidan oldin
o‘zlashtiradi. Yurak huruji xavfini kamaytiradi. Qora turp oshqozondagi toksinlarni
tozalaydi, oshqozonning pH darajasini saqlanishini ta’minlaydi, buyrak va o‘t
pufagidagi toshlarga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi. O‘t pufagidagi toshlar sabab
bo‘lgan og‘riqni yengillashtiradi. Siydik chiqarishni yaxshilab osonlashtiradi [3].
Qora turp kaliy va magniy manbayi bo‘lib, bu ikki mineral miyadagi kimyoviy
muvozanatni saqlash uchun juda zarurdir. Ular aqliy konsentratsiyani yaxshilaydi. Qora
turp kuchli antioksidantlarni o‘z ichiga oladi, antioksidantlar hujayralar va to‘qimalarda
erkin radikal shalkllanishini nazorat qiladi. Bu hujayra bo‘linishini va faoliyatini
nazorat ostida ushlab turadi. Shuning uchun saraton xavfini kamaytiradi. Qora turp
vitamin B kompleksi, sink va fosforga boy bo‘lgani uchun qonni samarali tozalaydi.
Bu esa terida aks etadi va toksinlarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Yashirin qora nuqta va
boshqa ajinlar shakllanishiga to‘sqinlik qiladi hamda turli teri infeksiyalari natijasida
paydo bo‘lgan chandiqlarni kamaytiradi. Soch follikularini rag‘batlantiradi va bosh
terisida qon aylanishini yaxshilab, to‘kilishini kamaytiradi. Qora turp bosh terisini
haddan tashqari quruqligi va yog‘lanishini davolaydi [4].
Meksika an’anaviy tibbiyotida qora turp qadim zamonlardan beri o‘t pufagidagi
toshlarni davolashda, o‘t yo‘llari faoliyatini rag‘batlantirishda va yog‘larning ko‘p
iste’mol qilinishidan kelib chiqadigan ba’zi ovqat hazm qilish muammolarini
davolashda ishlatilgan. Hozirgi vaqtda qora turp sharbati litogenik parhez (xolesterin
va xolik kislotaga boy) o‘t pufagidagi toshlarni davolashda ishlatilishi mumkinligi va
uning tarkibida qon zardobidagi triglitseridlar va xolesterin miqdorini pasaytirish
xususiyati, bu nafaqat kasallikni davolashda, balki uning oldini olishda ham muhim
ta’sir ko‘rsatadi [5]. Qora turpning ikkilamchi metabolitlari asosan glyukozinolatlar
bo‘lib, ularning 65% dan ortig‘ini glyukorafasatin tashkil qiladi. Bu komponent va
440
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
uning gidroliz mahsuloti raphasatin turli biologik modellarda antioksidant
xususiyatlarga ega ekanligini va bu ta’sirlar o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishining oldini
olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Glyukorafasatin va raphasatin xolesterin, o‘t pufagi
toshlarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Qora turpda mavjud bo‘lgan yana bir
glyukozinolat glyukorafanin bo‘lib, u gidroliz mahsuloti sifatida sulforafan hosil qiladi.
Ushbu metabolitlarning antioksidant xususiyatlari jigar xolesterin darajasini
pasaytiradi. Qora turp o‘t pufagidagi toshlarning oldini olish uchun muhim
metabolitlarni o‘z ichiga oladi. Homiladorlikda, yurak hurujiga uchragan bemorlarda,
gastrit, oshqozon yarasida, buyrak va jigar kasalliklarida, pankreatit, enterokolit
kasalliklarida, oshqozon osti bezi kasalliklarida, allergiya kasalliklari bo‘lgan
bemorlarga qora turp iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Homilador ayollarda erta tug‘ish
yoki homila tushishiga sabab bo‘lishi mumkin [6].
Xulosa.
Qora turp –
noyob tabiiy dorivor oʻsimlik boʻlib, uning tibbiy ahamiyati
tarkibidagi glukozinolatlar, flavonoidlar va efir moylari bilan bogʻliq. U
immunomodulyat
or, detoksifikatsiyalovchi, ovqat hazm qilish va nafas yoʻllari
kasalliklarida samarali hisoblanadi. Zamonaviy farmatsevtika sohasida qora turp
ekstraktlari jigar preparatlari, immunostimulyatorlar va antiseptik moddalar tarkibida
ishlatilmoqda. Qora turp nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki kuchli dorivor o‘simlik
sifatida ham ahamiyatga ega. Uning tarkibida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar
inson organizmiga ko‘plab ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Akram N. A., Noreen, S., Noreen, T., & Ashraf, M. (2015). Exogenous application
of trehalose alters growth, physiology and nutrient composition in radish (Raphanus
sativus L.) plants under water-deficit conditions. Brazilian Journal of Botany, 38, 431-
439.
2. Ali M. S., Zahid Z. H., Siddike M. N., Bappi Z. H., Payel N. A., Islam T. & Mohsin
G. M. (2023). Effect of different levels of organic fertilizer on growth, yield and
economic benefits of radish (Raphanus sativus L.). Journal of Bioscience and
Agriculture Research, 30(02), 2533- 2540.
3.
Ахмедов
А
.
Д
.
Технология
водосберегающего
внутрипочвенного
орошения
/
Ахмедов
,
А
.
Д
.,
Григоров
,
М
.
С
.//
Плодородие
. - 2009. -
№ 1 (28).
-
С
. 24-25.
441
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
4. Ахмедов А.Д. Особенности передвижения влаги в почве при внутрипочвенном
орошении / А.Д. Ахмедов, М.С Григоров // Вестник Саратовского ГАУ.
- 2005. -
№ 5.
-
С. 15
-18.
5.
Ibrahim Guillermo Castro-Torres
. Raphanus
sativus L. var niger as a source of phytochemicals for the prevention of cholesterol
gallstones. Phytotherapy Research. 2014 Feb; 28(2):167-171.doi: 10.1002/ptr.4964.
6. Neelum Shahzadi, Masood Sadiq Butt, Imran Pasha, Muhammad Naeem Faisal.
Phytochemical profiling and nutritional characterization of raphanus sativus roots.
Journal of Population Therapeutics & Clinical Pharmacology. Vol. 30 No. 18 (2023):
JPTCP (2433-2439). doi: 10.53555/jptcp.v30i18.3471.
442
