“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
526
TERMIN VA TERMINOLOGIYANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI
Tursunova Gulira’no Bobonazarovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” yo’nalishi 24/02-guruh
talabasi
E-mail:
Ilmiy rahbar: Hazratqulova Ozoda Abdug’aniyevna
Annotatsiya
. Tilshunoslik - murakkab fan bo’lib, u o’z ichiga bir necha fanlarni
umumlashtirib, uzoq tarixiga ega bo’lib, rivojlanib kelmoqda. Shu jumladan, bir qancha olimlar
ushbu fanga o’z hissasini qo’shishgan. Turli tillar aniq materiallar asosida olib borilgan
terminologik tizimlarning ko’plab tadqiqotlari, doimiy ravishda umumiy lingvistik qonunlar va
o’ziga xos bog’liqligini ochib beradi. Terminlar, terminosistemalar va terminologiya butun
qatlam sifatida bir necha bor lingvistik, mantiqiy va aniq ilmiy mazmundagi ko’plab asarlarni
tahlil qilish mavzusi bo’lgan.
Key words:
tilshunoslik,
termin,
tadqiqot, taraqqiyot, texnologiya, leksikologiya.
Kirish.
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning eng muhim yo’nalishi va ajralmas qismi
- terminologiya sanalib, ilm-fan va til rivojlanishida bir-biriga chambarchas bogliqdir.
Termin (yunoncha: “terminus” – chegara, belgi) lug’aviy ma’noni o’z ichiga olmasdan,
bu- biror soha yoki faoliyatning maxsus ilmiy yoki texnik tiliga oid atama, belgilangan
tushuncha yoki narsa. Terminlar, odatda umumiy lug’atdagi so‘zlardan farq qiladi, chunki ular
ma’lum bir fan yoki amaliy sohaning o’ziga xos atamalaridir. Masalan,”sotsiologiya” shu kabi
so’zlar o’ziga xos ilmiy tushunchalarni anglatadi va har bir soha uchun muhim ahamiyatga
ega. Terminologiya esa - bu terminlarning to’plami va tizimi. Terminologiya sohasida bir
qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, u terminlarning shakllanishi, rivojlanishi,
ularning fanlararo aloqasi va rivojlanishini o’rganadi. Terminologiyaning asosiy maqsadi –
maxsus sohalarda aniq va tushunarli atamalarni ishlab chiqadi va uni amalda qo’llashda
foydalaniladi.
Tilshunoslikda terminologiyaning o’rganilishi -
Tilshunoslikda terminologiya - bu nafaqat
so‘zlarning o’ziga xosligi va ularning ilmiy kontekstda ishlatilishini o‘rganish, balki bu
so‘zlarning qanday shakllanishi, taraqqiy etishi va boshqa sohalar bilan ham bog’liqdir.
Terminologiya tahlili tilshunoslikda alohida bo’lim sifatida qaraladi, chunki terminlar va
ularning tizimi jamiyatning ilmiy, texnik, sport va madaniy taraqqiyotini aks ettiradi.
Tilshunoslikda terminologiyaning o’rganilishi shuningdek, tilning evolyutsiyasi, yangi so’zlarning
paydo bo’lishi, eski terminlarning yo’qolishi va yangi ilmiy tushunchalarning kirib kelishi bilan
bog’liq masalalarni ham qamrab oladi. Misol o’rnida, texnologiyaning rivojlanishi bilan yangi
ilmiy atamalar paydo bo’lishi, shu bilan birga eski atamalar eskirishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
Terminologiya, shuning uchun, faqat tilshunoslikning bir bo’limi emas, balki barcha fanlar va
sohalarning o’zaro aloqasini o’rganadigan ilmiy yo’nalishdir.Termin va terminologiya
tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo’lib, u so’zlar va atamalarni aniqlash, ularning
ma’nosini va ishlatilishini o’rganadi.
Terminologiyaning tilshunoslikdagi o’rganish ob’ekti, avvalo, o’ziga xos so’z
birikmalarni tashkil etuvchi terminlardir. Terminlar o’z ichiga faqat so’zlar emas, balki
atamalarni ifodalovchi tushunchalarni ham oladi.
Bu atamalar faqat so’zlar emas, balki umumiy madaniyat, ilm-fan, texnika, tibbiyot,
iqtisodiyot, sport sohalarda ham mavjud bo’ladi.
Terminologiya har bir tilda o‘ziga xos ahamiyatga ega. U muayyan ilmiy soha, sanoat
yoki madaniyat yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan terminlar tizimidan iborat. Bu atamalar nafaqat
ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga, balki tilning rivojlanishiga ham yordam beradi. Har
bir sohada paydo bo‘lgan yangi tushunchalar terminlar sifatida tilga kirishi natijasida, ular tilning
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
527
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, atamalarni o‘rganish va ulardan foydalanish nafaqat
lingvistlar, balki har bir mutaxassis uchun muhim vazifa sifatida qolmoqda.
Tilshunoslar ushbu termin bobida ko‘plab qiziqarli nazariy g'oyalarni taqdim etganlar.
Shak-shubhasiz, har bir atama o‘z davrining bilim va tafakkur darajasini ifodalaydigan lug‘aviy
imkoniyat sifatida muhimdir.
Terminologiya va terminlarning tilshunoslikdagi o’rganilishi bu fanlarning taraqqiyotida
muhim o’rin tutadi. Bu soha ilmiy va texnik jarayonlarning til orqali aniq va to’g’ri
ifodalanishini ta’minlaydi. Terminologiyaning o’rganilishi nafaqat tilshunoslik, balki boshqa
ilmiy sohalar uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu dissertatsiyaning keyingi boblarida
terminologiyaning tilshunoslikda qanday qo’llanilishi va uning rivojlanishiga doir masalalar
chuqur tahlil qilinadi.
Tilning lug’at boyligini oshirishda o’rganadigan va shug’ullanadigan qatlam
lingvistikada - leksikologiya sanaladi. Leksikologiya fani, so’z ma’nosining kengayishi va
torayishi, so’zlarning shakli va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari, ularning hududiy va
ijtimoiy qatlamlari, yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi bir qator masalalarni o’z ichiga
oladi. Semasiologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, onomastika
kabi bo’limlar leksikologiyaning tarkibiy qismlaridir.
Fanning terminologiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mantiqiy bilimlar terminologiyaning
umumiy ta’limining bir qismidir. Termin va so‘z o‘rtasidagi aloqalar masalasi uzoq
vaqtdan beri terminologiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi va dastlabki qadamda
tadqiqotchilarni jalb etadi, chunki terminning aniq ta’rifi berilmasdan, terminologik faoliyatning
maqsadlari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas. Atama va so‘z o‘rtasidagi aloqani majburiy
ravishda o‘rnatishni ko‘zda tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
•
Nishonov P.P “Fransus va o’zbek tillari yurikdik terminalogiyasining qiyosiy
tipologik tadqiqi”.Filol.fan.nom.diss.avtoref. –T., 2009. – B.8
•
“Terminology: Theory, Methods and Applications”, M.T. Cabre.,1999
•
Manual of Specialised Lexicography.,John Benjamins Publishing Company,
1995.ISBN
•
Practical Course in Terminology Processing – Juan C. Sager, John Benjamins
Publishing Company, 1990.pages-99-123.
•
“Terminology and Knowledge Engineering”, 1997
•
•
