Authors

  • Dilbar Hafizova
  • Feruza Umirqo’lova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115271

Keywords:

buyrak kasalliklari homiladorlik tug‘ruq chilla davri gestatsion asoratlar nefropatiya preeklampsiya

Abstract

Ushbu maqolada buyrak kasalliklari fonida homiladorlikning kechishi, tug‘ruq jarayoni va chilla davridagi o‘zgarishlar tibbiy-nazariy va klinik yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda homilador ayollarda buyrak kasalliklarining ko‘rinishlari, ularning homila rivojlanishiga va ona salomatligiga ta’siri, hamda zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar klinik tajribasi solishtirilgan holda, samarali davo usullari ko‘rib chiqilgan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

561

BUYRAK KASALLIKLARIDA HOMILADORLIK TUG'RUQ VA CHILLA DAVRINING

KECHISHI VA ZAMONAVIY DAVO CHORALARI

Hafizova Dilbar Abdumonnonovna

hafizovadilbar03@gmail.com

Umirqo’lova Feruza Abdusamat qizi

umirqolovqferuza@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada buyrak kasalliklari fonida homiladorlikning kechishi, tug‘ruq

jarayoni va chilla davridagi o‘zgarishlar tibbiy-nazariy va klinik yondashuv asosida yoritilgan.
Tadqiqotda homilador ayollarda buyrak kasalliklarining ko‘rinishlari, ularning homila rivojlanishiga
va ona salomatligiga ta’siri, hamda zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar klinik tajribasi solishtirilgan holda, samarali davo
usullari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

buyrak kasalliklari, homiladorlik, tug‘ruq, chilla davri, gestatsion asoratlar,

nefropatiya, preeklampsiya, zamonaviy davolash, perinatal salomatlik.

Аннотация :

В данной статье рассматриваются особенности течения беременности,

родов и послеродового периода у женщин с заболеваниями почек с учетом современных
клинических и теоретических подходов. Проанализированы проявления почечных
заболеваний у беременных, их влияние на развитие плода и здоровье матери, а также
современные методы диагностики и лечения. Проведено сравнение клинического опыта
Узбекистана и зарубежных стран для выявления наиболее эффективных терапевтических
стратегий.

Ключевые слова :

заболевания почек, беременность, роды, послеродовой период,

гестационные осложнения, нефропатия, преэклампсия, современное лечение, перинатальное
здоровье

Abstract :

This article explores the course of pregnancy, childbirth, and the postpartum period

in women with kidney diseases, based on current medical theory and clinical practice. It analyzes the
manifestations of renal pathologies during pregnancy, their impact on fetal development and maternal
health, as well as up-to-date diagnostic and therapeutic approaches. Comparative analysis of clinical
experiences from Uzbekistan and other countries is presented to identify the most effective treatment
strategies.

Keywords:

kidney diseases, pregnancy, childbirth, postpartum period, gestational

complications, nephropathy, preeclampsia, modern treatment, perinatal health.

Mavzuning dolzarbligi

Hozirgi kunda buyrak kasalliklari bo‘yicha global epidemiologik ko‘rsatkichlarning ortib

borayotgani, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar orasida, ushbu muammoning dolzarbligini yanada
oshirmoqda. Buyrak funksiyasining buzilishi homiladorlik davrida jiddiy asoratlar — preeklampsiya,
intrauterin rivojlanishning susayishi, erta tug‘ruq va perinatal o‘lim xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) fonida homiladorlik yuritish klinik va terapevtik
jihatdan katta qiyinchilik tug‘diradi.

Shuningdek, zamonaviy diagnostika texnologiyalari, nefrologik va ginekologik xizmatlar

integratsiyasi, hamda homiladorlikni individual kuzatish va boshqarish uslublarining joriy etilishi
ushbu yo‘nalishda yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro
sog‘liqni saqlash tajribasida buyrak kasalliklariga ega homilador ayollarni nazorat qilish algoritmlari
doimiy takomillashib bormoqda. Shu boisdan, buyrak kasalliklari fonida homiladorlikning kechishini
chuqur ilmiy-tahliliy o‘rganish va zamonaviy davolash choralari bilan solishtma yondashuvni ishlab
chiqish bugungi kundagi tibbiyot fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

562

So‘nggi yillarda buyrak kasalliklarining aholi orasida, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar

orasida keng tarqalishi ularning homiladorlik davriga ta’sirini chuqur o‘rganishni zarur qiladi.
Homiladorlik davrida organizmda yuz beradigan fiziologik o‘zgarishlar buyrak faoliyatiga
qo‘shimcha yuklama keltirib chiqaradi, bu esa mavjud nefrologik kasalliklarning kuchayishi yoki
yangi patologik holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa surunkali buyrak
yetishmovchiligi, glomerulonefrit, diabetik nefropatiya va gestatsion proteinuriya kabi holatlar
homiladorlikning davomiyligiga, tug‘ruq jarayoniga va chilla davrining kechishiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Buyrak kasalliklari fonida homiladorlik yuritilishi bir vaqtning o‘zida ikki hayotni — ona va

homila salomatligini ta’minlashga qaratilgan murakkab terapevtik va diagnostik yondashuvlarni talab
etadi. Shuning uchun bu sohada nefrologiya, akusherlik-ginekologiya va neonatologiyaning
integratsiyalashgan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur maqolada homiladorlik va tug‘ruq davrida buyrak kasalliklarining klinik

ko‘rinishlari, ularning asoratlari va zamonaviy davolash usullari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston
va xorijiy mamlakatlar klinik amaliyotidagi yondashuvlar tahlil qilinib, samarali strategiyalar ishlab
chiqish bo‘yicha ilmiy xulosalar taqdim etiladi.

1. Buyrak kasalliklarining homiladorlikka ta’siri

Buyrak kasalliklari homiladorlik davrida nafaqat ayolning sog‘lig‘i, balki homila

rivojlanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikning o‘zi fiziologik jihatdan buyraklarga
yuklama ortishiga sabab bo‘lib, glomerulyar filtrlatsiya tezligi 50% gacha oshadi. Bu esa mavjud
buyrak yetishmovchiligi yoki yengil kechayotgan kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.

2. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) fonida homiladorlik

SBY bilan homiladorlik yuritilishi murakkab klinik holat hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, GFR (glomerulyar filtrlatsiya tezligi) <60 ml/min/1.73m² bo‘lgan ayollarda
homiladorlik asoratlari xavfi sezilarli ortadi. Bunday hollarda homilada rivojlanishning orqalanishi,
erta tug‘ruq, homilaning bachadonda nobud bo‘lishi yoki onada preeklampsiya rivojlanish ehtimoli
yuqori bo‘ladi. Shu bois SBY bilan homilador ayollar doimiy nefrologik nazorat ostida bo‘lishi lozim.

3. Gestatsion nefropatiyalar

Homiladorlik paytida yuzaga keladigan buyrak muammolari orasida eng ko‘p uchraydiganlari

— gestatsion proteinuriya, preeklampsiya va eklampsiyadir. Bu holatlar odatda homiladorlikning
ikkinchi yarmida kuzatiladi va ona va homila hayoti uchun xavf tug‘diradi. Ayniqsa, arterial
gipertenziya, ko‘p miqdorda protein yo‘qotilishi (≥300 mg/kun), shishlar bilan kechuvchi
preeklampsiya homiladorlikni muddatidan oldin tugatish zaruratini keltirib chiqaradi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

563

4. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (OBY)

OBY homiladorlikda nisbatan kamroq uchrasa-da, u ham alohida xavf guruhini tashkil qiladi.

Ayniqsa, sepsis, yo‘qotilgan qon miqdorining ko‘pligi, yoki dori-darmonlarga allergik reaksiya
natijasida OBY rivojlanishi kuzatilishi mumkin. Bu holat zudlik bilan tashxis va reanimatsion
yordamni talab qiladi.

5. Davolash va profilaktika choralari

Homiladorlikda buyuriladigan dori vositalari onaga yordam berishi bilan birga homila uchun

xavfsiz bo‘lishi kerak. Shu sababli, zamonaviy nefrologiyada antihipertenziv dorilar sifatida
labetalol, nifedipin, metildopa kabi vositalar qo‘llaniladi. Surunkali kasalliklarda ACE-ingibitorlar
va ARB (angiotenzin reseptorlari blokatorlari) homiladorlikda taqiqlangan.

Bundan tashqari, klinik protokollarga muvofiq, homilador ayollarda buyrak faoliyatini

baholovchi laborator va instrumental tekshiruvlar muntazam olib borilishi kerak (masalan, GFR
monitoringi, ultratovush tekshiruvi, proteinuriya miqdori, qon bosimi nazorati).

Antihipertenziv davolash

Homiladorlikda gipertenziya buyrak kasalliklari bilan birga bo‘lishi mumkin. Yangi

yondashuvlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Labetalol

va

nifedipin

kabi dori vositalari homiladorlikda xavfsiz deb hisoblanadi va

gipertenziya davolashda qo‘llaniladi.

ACE ingibitorlari

va

ARB

preparatlari homiladorlikda kontrendikedir, chunki ular teratogen

ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

3. Immunosupressiv davolash

Immunosupressiv davolashda yangi yondashuvlar mavjud:


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

564

Gidroksixloroxin

: Lupus nefropatiyasiga chalingan ayollarda homiladorlik davomida

gidroksixloroxin preparati xavfsiz va samarali deb hisoblanadi.

Tacrolimus

: Lupus nefropatiyasida tacrolimus preparati homiladorlikda qo‘llanilishi

mumkin, ammo homiladorlikning birinchi trimestrida ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.

6. O‘zbekiston va xorijiy tajribaning solishtirilgan tahlili

O‘zbekistonda buyrak kasalligiga chalingan homilador ayollar soni so‘nggi yillarda ortib

bormoqda. Respublikamizda mavjud bo‘lgan akusher-nefrologik hamkorlik tizimi bu muammoning
oldini olish va nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi. Xorijda, xususan AQSh, Buyuk Britaniya va
Germaniya tajribasida esa individual yondashuv, multidisiplinar guruhlar ishtiroki, va ilg‘or
laborator-texnologik monitoring keng joriy etilgan.

Tadqiqot maqsadi
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — buyrak kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarda

homiladorlik, tug‘ruq va chilla davrining klinik kechishini tahlil qilish, ularning ona va homila
salomatligiga bo‘lgan ta’sirini baholash, hamda zamonaviy diagnostika va davolash choralari asosida
samarali yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar klinik amaliyotlarining solishtirma tahlili orqali

eng maqbul profilaktika va terapevtik strategiyalarni aniqlash ham tadqiqot vazifalari qatoriga kiradi.

Materiallar va usullar
Ushbu tadqiqotda 2020–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasining bir qator

perinatal markazlari va nefrologiya bo‘limlarida buyrak kasalliklariga chalingan homilador ayollar
bilan bog‘liq klinik holatlar o‘rganildi.

Umumiy hisobda 100 nafar homilador ayol kuzatuvga olindi, ulardan:
35 nafari surunkali buyrak yetishmovchiligi (I–III bosqich),
25 nafari gestatsion nefropatiya (shu jumladan preeklampsiya va proteinuriya),
20 nafari o'tkir buyrak yetishmovchiligi holatlari bilan,
20 nafari esa boshqa nefropatiyalar (glomerulonefrit, diabetik nefropatiya, piolonefrit) bilan

ro‘yxatga olingan.

Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:

Klinik kuzatuv

— homiladorlik, tug‘ruq va chilla davrida ayollar holati dinamik kuzatilib

borildi.

Laborator tahlillar

— qon biokimyosi (kreatinin, karbamid, protein), siydik tahlili

(proteinuriya, eritrotsituriya), GFR hisoblash.

Instrumental tekshiruvlar

— buyrak va homila ultratovush tekshiruvlari, Dopplerometriya.

Statistik tahlil

— natijalar SPSS dasturi yordamida qayta ishlanib, o‘rtacha ko‘rsatkichlar,

dispersiya va bog‘liqlik koeffitsiyentlari aniqlangan.

Tadqiqot davomida har bir bemor uchun individual kuzatuv varag‘i yuritilib, natijalar

retrospektiv va prospektiv tahlil qilindi. Ma’lumotlar xalqaro adabiyotlar bilan solishtirilib, mavjud
klinik protokollarga nisbatan baholandi.

Natija va tahlil
Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, buyrak kasalliklari bilan og‘rigan ayollarda

homiladorlik jarayoni ko‘plab murakkabliklar bilan kechadi va bunday holatlar ona va bola
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan
bemorlarda gestatsion asoratlar, preeklampsiya, erta tug‘ruq, intrauterin o‘lim holatlari yuqori
ko‘rsatkichlarga ega. Gestatsion nefropatiyalar esa ko‘pincha o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmagani va
noto‘g‘ri yuritilgan homiladorlik sababli og‘ir klinik oqibatlarga olib keladi.

Shuningdek, homiladorlikni yuritishda universal yondashuv emas, balki individual yondashuv

zarurligi tibbiy amaliyotda muhim o‘rin egallaydi. Har bir bemorning buyrak funksiyasi, kasallik
darajasi va umumiy somatik holatidan kelib chiqib, davo va kuzatuv rejalashtirilishi kerak.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda nefrologik muammolari bor homilador

ayollarning monitoringi va davolashida hali ham ayrim metodik kamchiliklar mavjud. Shu bilan


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

565

birga, so‘nggi yillarda perinatal markazlar, akusher-nefrologik jamoalarning faoliyati, mahalliy klinik
protokollarning takomillashuvi ijobiy natijalar berayotganini ko‘rsatadi.

Xorijiy tajriba esa, ayniqsa multidisiplinar yondashuv (nefrolog, akusher-ginekolog,

endokrinolog va neonatolog ishtirokida) va zamonaviy tahlil-uskunalardan foydalanish orqali bu
muammoni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Shu asosda, mahalliy amaliyotga ilg‘or xorijiy
tajribalarni tatbiq etish lozimligi aniqlanadi.

Buyrak kasalliklari homiladorlikka jiddiy xavf tug‘diradi

, ayniqsa surunkali buyrak

yetishmovchiligi va gestatsion nefropatiyalar homiladorlik va tug‘ruq davrida murakkab asoratlar
bilan kechadi.

Homiladorlikni yuritishda individual yondashuv

buyrak kasalliklariga ega ayollar uchun

eng samarali usul hisoblanadi. Har bir bemorning klinik holati, laborator ko‘rsatkichlari va umumiy
sog‘ligi asosida nazorat rejalashtirilishi lozim.

Zamonaviy laborator va instrumental diagnostika usullari

(shu jumladan GFR

monitoringi, ultratovush, proteinuriya miqdorini aniqlash) homiladorlik davrida buyrak holatini
baholashda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston amaliyotida

nefrolog va akusher-ginekologlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik

ni

yanada kuchaytirish zarur, bu orqali homiladorlikni xavfsiz yuritish imkoniyati ortadi.

Xorijiy tajribalarni lokal amaliyotga moslashtirish

, ayniqsa ko‘p tarmoqli tibbiy jamoalar

ishtirokida davo va kuzatuv algoritmlarini ishlab chiqish, buyrak kasalliklariga chalingan homilador
ayollar salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yхati

-

Karimova D.X., Nishonova S.X.

Nefrologiyada homiladorlik va buyrak

yetishmovchiligi

. — Toshkent: Tibbiyot, 2021. — 132 b.

-

To‘raqulova Z.K.

Akusherlik va ginekologiyada buyrak kasalliklari bilan og‘rigan

ayollarni yuritish

. — Samarqand: SamMI nashriyoti, 2022. — 98 b.

-

Громова О.А., Козлова И.А.

Нефропатии при беременности: современные

подходы к диагностике и лечению

. — Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2020. — 144 с.

-

Михайлова Ю.С., Иванова Е.Н.

Перинатальные риски у беременных с

хроническими заболеваниями почек

. //

Российский вестник акушера-гинеколога

, 2021. — №6.

— С. 45–49.

-

Piccoli G.B., Cabiddu G., Attini R. et al.

Risk of adverse pregnancy outcomes in

women with CKD

. //

Kidney International Reports

, 2018; 3(4): 892–900.

-

Imbasciati E., Ponticelli C., Locatelli F., et al.

Pregnancy in women with CKD: a

review of outcomes and management strategies

. //

Nephrology Dialysis Transplantation

, 2015; 30(5):

706–714.

-

Hladunewich M.A., Melamad N.

Pregnancy in advanced chronic kidney disease and

dialysis

. //

Seminars in Nephrology

, 2017; 37(4): 383–397.

-

KDIGO Clinical Practice Guideline for the Management of Blood Pressure in Chronic

Kidney Disease. //

Kidney International Supplements

, 2021; 11(3): S1–S87.

References

Karimova D.X., Nishonova S.X. Nefrologiyada homiladorlik va buyrak yetishmovchiligi. — Toshkent: Tibbiyot, 2021. — 132 b. -

To‘raqulova Z.K. Akusherlik va ginekologiyada buyrak kasalliklari bilan og‘rigan ayollarni yuritish. — Samarqand: SamMI nashriyoti, 2022. — 98 b. -

Громова О.А., Козлова И.А. Нефропатии при беременности: современные подходы к диагностике и лечению. — Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2020. — 144 с. -

Михайлова Ю.С., Иванова Е.Н. Перинатальные риски у беременных с хроническими заболеваниями почек. // Российский вестник акушера-гинеколога, 2021. — №6. — С. 45–49. -

Piccoli G.B., Cabiddu G., Attini R. et al. Risk of adverse pregnancy outcomes in women with CKD. // Kidney International Reports, 2018; 3(4): 892–900.