Authors

  • Ravshan Sultonov
  • Ozodbek Odiljonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115351

Abstract

Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishdagi odil qadamdir.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

686

KLINIK ANATOMIYA FANINI O‘QITISHDA YANGI PEDOGOGIK

TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Sultonov Ravshan Komiljonovich,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi dotsenti, PhD.

Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Davolash ishi 2-kurs 23-16 guruh talabasi


Muammoning dolzarbligi:

Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar pedagogik

texnologiyalarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishdagi odil qadamdir.

Bugungi kunda ular Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar

malakasini oshirish qayta tayorlash institutlari va fakultetlarida keng miqyosda qo‘llanilib
kelinmoqda hamda ijobiy natijalar bermoqda. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan professor - o‘qituvchilar o‘z sohalari bo‘yicha olib borayotgan mashg‘ulotlarida
innovatsion texnologiyalarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishlari o‘ta zarur.

Hozirgi zamon yoshlari ilm o‘rganishga chanqoqligi, mustaqil fikrlashi va ilmiy-ijodiy

izlanishlari, yangiliklar va kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga
talabchanligi, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga, malakasini oshirib borishiga va ta’lim tizimidagi
barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib borishi kerakligiga asosiy motiv bo‘lib xizmat qiladi.

Talaba (yoki o‘quvchi) larga o‘quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli

masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishga o‘rgatish, ularda muammoni moxiyatini
aniqlash bo‘yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish
va muammoni yechishda mos uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish
sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-xarakatlarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatish muhim sanaladi.

Tadqiqot maqsadi:

Klinik anatomiya fanini o‘qitishda yangi pedogogik texnologiyalar

yordamida ta’lim samaradorligini oshirishga doir chora tadbirlarni baholash.

Tadqiqot natijalari:

Zamonaviy innovatsion texnologiya asosida ishlashda o‘qituvchi va

talaba munosabatlarining o‘zgarishlariga olib keladi. Buning uchun o‘qituvchi – konstruktrlash,
loyihalash, fikrlash sharoitida ish yuritishni bilishi va amaliyotda qo‘llashi kerak. O‘qituvchi ikki
tomonlama faol ish yuritishga o‘rganishi kerak. Talabani o‘zi-o‘zini o‘qitishi uchun faol ishlashga,
yakka holda, juft, guruhlarda ishlashga muhit yaratishi va o‘quv jarayonini individuallashtirishi
kerak. Ana shunda o‘quv mazmunini o‘zlashtirish kafolatlanadi. Pedagogik texnologiya o‘quv
maqsadini va ta’lim jarayonini loyihalashda quyidagilarga amal qilish kerak: Talabani o‘z fikrini
bildira olish, himoya qila olish, isbotlay olishga odatlantirish, talaba o‘z fikrini bayon qilishga
cho‘chimaslikka, yanglishgan holda ham gapirishga muhit yaratish.

O‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi) larni guruhlarga ajratib ularni mos o‘rinlariga

joylashtirgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u
mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va xar bir bosqich talaba (yoki o‘quvchi) lardan maksimum diqqat-
e’tibor talab qilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi.
Bunday kayfiyat talaba (yoki o‘quvchi) larga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga
yordam beradi va bajarilishiga qiziqish uyg‘otadi. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartib qoidalari va talablari
tushintirilgach, mashg‘ulot boshlanadi.

Talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan kinolavxani diqqat bilan

tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga xarakat qilish, xotirada saqlab qolish va
daftarlariga belgilab qo‘yish (agar vediofilm ko‘rsatishni imkoni bo‘lmasa u xolda o‘qituvchi o‘quv
predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, tibbiy mulyaj yoki bir muammo bayon qilingan matn,
kitobdagi o‘quv materialidan foydalanish mumkin);

Har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavxadan (rasmdan, matndan, tibbiy mulyajdan,

xayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A3 formatidagi qog‘ozga
flomaster bilan yozib chiqadi;


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

687

Himoyadan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qoniqarli ishlari

uchun minnatdorchilik bildiradi.

Xulosa:

Bunday texnologiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot natijasida talaba (yoki o‘quvchi)

lar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlashi kerakligini, keyin esa ularga zarur
bo‘lgan uslub va usullarni tanlashi uchun o‘z xarakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib
oladilar.

Innovatsion pedagogik texnologiya standartlarni to‘la o‘zlashtirishni, sifat darajasini

kafolatidir, talabaga bilimlar tayyor holda berilmaydi, unga bilimlarni manbaalardan mustaqil ola
bilishga, fikrlay olish, mustaqil pozitsiyada tura olishga o‘rgatiladi, barcha talabalarni o‘z
qobiliyatlari ehtiyojlari darajasida albatta o‘zlashtirib olishlari kafolatlanadi.