Mualliflar

  • S Mamatova
    Kokand University Andijon filiali
  • S Saidobbozov
    Kokand University Andijon filiali
  • D Xasanova
    Kokand University Andijon filiali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101880

Kalit so‘zlar:

Termodinamika qonunlari energiya issiqlik entropiya entalpiya gipertermiya gipotermiya ATF metobolizm termoregulyatsiya

Annotasiya

Mazkur maqola organizmning termodinamik parametrlarini o‘rganish, ularning fiziologik va patologik holatlardagi ahamiyatini tahlil qilish maqsad qilingan. Organizmning xar bir hujayrasi energiya almashinuvi, issiqlik hosil bo‘lishi va tarqalishi kabi murakkab termodinamik jarayonlarni boshqarish orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu jarayonlarning muvozanati buzilganda, turli kasalliklar va patologik holatlar rivojlanishi mumkin. Termodinamik parametrlar jumladan, harorat, entropiya, entalpiya va energiyaning saqlanish qonuni , organizmning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularning normal muvozanati buzilishi gomeostazning buzilishiga, bu esa kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Masalan, gipertermiya va gipotermiya kabi holatlar organizm uchun o‘ta xavfli bo‘lib, ular zamirida termodinamik izdan chiqishi yotadi. Bu maqola orqali issiqlik hosil bo‘lishi va almashinuvi, energiyaning biologik tizimlarda saqlanishi, shuningdek, bu jarayonlarning buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish yo‘li batafsil yoritilgan.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

216

Mamatova S., Saidobbozov S.Sh., Xasanova D.A

Kokand University Andijon filiali

Uzbekistan

farzona0111@icloud.com

Annotatsiya

: Mazkur maqola organizmning termodinamik parametrlarini o‘rganish, ularning

fiziologik va patologik holatlardagi ahamiyatini tahlil qilish maqsad qilingan. Organizmning xar bir

hujayrasi energiya almashinuvi, issiqlik hosil bo‘lishi va tarqalishi kabi murakkab termodinamik

jarayonlarni boshqarish orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu jarayonlarning muvozanati

buzilganda, turli kasalliklar va patologik holatlar rivojlanishi mumkin. Termodinamik parametrlar

jumladan, harorat, entropiya, entalpiya va energiyaning saqlanish qonuni , organizmning fiziologik va

biokimyoviy jarayonlarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularning normal muvozanati buzilishi

gomeostazning buzilishiga, bu esa kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Masalan, gipertermiya va

gipotermiya kabi holatlar organizm uchun o‘ta xavfli bo‘lib, ular zamirida termodinamik izdan chiqishi

yotadi. Bu maqola orqali issiqlik hosil bo‘lishi va almashinuvi, energiyaning biologik tizimlarda saqlanishi,

shuningdek, bu jarayonlarning buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish yo‘li

batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Termodinamika qonunlari, energiya, issiqlik, entropiya, entalpiya, , gipertermiya,

gipotermiya, ATF, metobolizm, termoregulyatsiya.

Аннотация

: Целью данной статьи является изучение термодинамических параметров

организма и анализ их значения при физиологических и патологических состояниях. Каждая клетка

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz

ORGANIZMNING TERMODINAMIK PARAMETRLARI.

ULARNING O‘ZGARISHI BILAN KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 25.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

21

7

организма выполняет свои функции, контролируя сложные термодинамические процессы, такие как

энергетический обмен, выработка и рассеивание тепла. При нарушении баланса этих процессов

могут развиваться различные заболевания и патологические состояния. Термодинамические

параметры, включая температуру, энтропию, энтальпию и закон сохранения энергии, важны для

анализа физиологических и биохимических процессов организма. Нарушение их нормального

баланса приводит к нарушению гомеостаза, что приводит к развитию заболеваний. Например, такие

состояния, как гипертермия и гипотермия, чрезвычайно опасны для организма, и в их основе лежит

термодинамическая нестабильность. В статье подробно описаны процессы теплообмена и

теплопродукции, накопления энергии в биологических системах, а также заболевания,

возникающие в результате нарушения этих процессов, и способы их профилактики.

Ключевые слова

: Законы термодинамики, энергия, тепло, энтропия, энтальпия, гипертермия,

гипотермия, АТФ, обмен веществ, терморегуляция.

Abstract

: This article aims to study the thermodynamic parameters of the organism, analyze their

significance in physiological and pathological conditions. Each cell of the organism carries out its activity

by controlling complex thermodynamic processes such as energy metabolism, heat generation and

dissipation. When the balance of these processes is disturbed, various diseases and pathological conditions

can develop. Thermodynamic parameters, including temperature, entropy, enthalpy and the law of

conservation of energy, are of great importance in analyzing the physiological and biochemical processes

of the organism. Violation of their normal balance leads to a violation of homeostasis, which leads to the

development of diseases. For example, conditions such as hyperthermia and hypothermia are extremely

dangerous for the organism, which are based on thermodynamic instability. This article discusses in detail

the formation and exchange of heat, the conservation of energy in biological systems, as well as diseases

arising from the disruption of these processes and their prevention.

Keywords

: Laws of thermodynamics, energy, heat, entropy, enthalpy, hyperthermia, hypothermia,

ATP, metabolism, thermoregulation.

Language

: Uzbek

Citation:

Mamatova , S., & Saidobbozov , S. (2025). THERMODYNAMIC PARAMETERS OF THE

ORGANISM. DISEASES ARISING FROM THEIR CHANGES. Universal International Scientific Journal, 2(5),

216–220. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2254

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Kirish:Organizmda

termodinamik

jarayonlar va parametrlarning o‘zgarishi
organizmning

metabolik

faoliyatini

boshqaradi.[1] Organizmning energiya va
issiqlik balansining o‘zgarishi, kimyoviy
reaksiyalar va biologik jarayonlar orqali
boshqariladi.[2] Termodinamik parametrlar—


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

21

8

energiya, harorat, entropiya, issiqlik kabi
kattaliklar organizmning normal faoliyatini
ta’minlashda va kasalliklarni aniqlashda
muhim

o‘rin

tutadi.[3]

Organizmda

termodinamik jarayonlarning boshqarilishi va
buning kasalliklar bilan aloqasi chuqur tahlil
qilinishi kerak.[4]

Asosiy qism: Termodinamika biologik

va kimyoviy tizimlarning energiya va issiqlik
bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganadigan
ilmiy soxa bo‘lib, uning asosiy qonunlari va
tushunchalari organizmning faoliyatini to‘liq
tushunishga yordam beradi. Termodinamika-
bu energiyaning bir turini ikkinchi turiga
o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Termodinamik
jarayonlar

energiyaning

saqlanishi,

tarqalishi,entalpiyasi

va

o‘zgarishini

belgilaydi va bu jarayonlar organizmda sodir
bo‘ladigan barcha fiziologik va biokimyoviy
reaksiyalarni boshqaradi.

Entalpiya—sistemaningo‘zgarmas

bosimdagi issiqlik samaradorligi bo‘lib,
sistemaning energetik xolatini ta’riflovchi
funksiya birligidir.

Termodinamikaning

vazifasi

turli

sistemalarning

xossalarini

va

ularda

bo‘layotgan jarayonlarni, ya’ni ish, issiqlik va
barcha

turdagi

energiyalarni

o‘zaro

aylanishining

miqdoriy

qonuniyatlarini

o‘rganishdir. Ushbu qonunlar va tushunchalar
organizmning

metabolizmi,

kimyoviy

reaksiyalar,

energiya

almashinuvi

va

termoregulyatsiya

kabi

jarayonlarni

tushunishda asosiy rol o‘ynaydi.

Termodinamikaning

-qonuni

Energiyaning saqlanish qonuni

Birinchi termodinamik qonun yoki

energiyaning

saqlanish

qonuni,

shuni

ta’kidlaydiki,

tizimga

qo‘shilgan

yoki

tizimdan chiqarilgan energiya miqdori har
doim o‘zgarishsiz qoladi.Energiya—ish bajara
olish qobiliyati miqdor o‘lchami. Bu qonun

biologik tizimlar ham to‘liq amal qiladi,
chunki organizm o‘z energiyasini turli
jarayonlar

uchun,masalan,

metabolizm,

hujayra faoliyati, issiqlik hosil qilish va
boshqalar uchun ishlatiladi. Organizmda
energiya almashinuvi muntazam ravishda
amalga oshadi va bu jarayonda energiya
yo‘qolmaydi, balki bir shakldan ikkinchi
shaklga o‘tadi. Masalan, ozuqaviy moddalar
metabolizm jarayonlari orqali kimyoviy
energiyaga aylanadi va ATF molekulalari
yordamida

hujayra

faoliyatiga

yo‘naltiriladi.Metobolizm—barcha
hujayralarda boradigan kimyoviy reaksiyalar
hamda bunda yangi moddalar hosil bo‘lishi va
parchalish jarayonlaridir.ATF molekulalari
hujayra ichida energiya saqlash va uni zarur
joylarga yetkazishda juda muhim rol o‘ynaydi.
ATFning gidrolizi (ATF→ADF+P) energiya
chiqaradi,bu ko‘plab biologik jarayonlarni
qo‘zg’atadi.

Qisqa

xulosa

qilib

aytilganda

Termodinamikaning

birinchi

qonuniga

shunday ta’rif berilgan—“agar biror-bir
sistemaga ma’lum miqdorda issiqlik(Q)
berilsa, u holda issiqlik miqdori sistema ichki
energiyasining(∆U) ortishiga va tashqi
kuchlarga qarshi bajarilgan ishga(A) sarf
bo‘ladi.”Quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Q=∆U+A(1-rasm)


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

21

9

1-rasm. Termodinamikaning birinchi

qonuni

ATF va energiya almashinuvi
ATF—molekulasi organizmda energiya

manbai sifatida ishlaydi.ATFning molekulyar
tuzilmasi uchta fosfat guruhidan iborat bo‘lib,
yuqori energiyali fosfat bog’larini o‘z ichiga
oladi. Ushbu bog’larning sinishi energiya
ajralishiga olib keladi. Bu esa organizmda
kimyoviy reaksiyalar amalga oshirish uchun
kerak bo‘ladi.

Termodinamikaning

-qonuni

Entropiya oshishi

Termodinamikaning ikkinchi qonuni

energiyaning o‘zgarishiga tegishli bo‘lib,
tizimda entropiya(tartibsizlik yoki tizimning
noorganik holatga o‘tish darajasi) har doim
oshib

borishiniaytadi.Entropiya—

organizmning

ichki

tartibsizligini

va

energiyaning qanday tarqalishini ifodalaydi.
Entropiya qiymatlari moddaning agregat
xolatiga bog’liq bo‘ladi. Organizm uchun bu
qonun muhim, chunki u organizmning turli
fiziologik jarayonlarida doimiy energiya
sarfini va uni samarali ishlatish uchun tartibni
saqlashga

yordam

beradi.

Boshqacha

aytganda, organizmda sodir bo‘ladigan barcha
biokimyoviy reaksiyalar, metabolizm va
issiqlik almashinuvi jarayonlari energetik
samaradorlikni oshirish uchun tartib va
entropiya darajasini o‘rnatadi. Agar bu
muvozanat buzilsa, organizmning energiya
tizimlari beqaror bo‘ladi va turli kasalliklar,
masalan, metabolik kasalliklar rivojlanishi
mumkin.

Organizmda entropiyaning o‘sishi va

energiya sarfi masalan, hujayra energiya bilan
ta’minlanayotganda, faqat ATF molekulalari
yordamida sodir bo‘ladi. Agar ATFning
yetishmovchiligi yoki ishdan chiqishi bo‘lsa,
bu organizmning umumiy energetik balansini

buzishi

mumkin.Shunday

qilib,

Termodinamikaning ikkinchi qonunida —
“issiqlik harorati past bo‘lgan jismdan harorati
yuqori

bo‘lgan

jismgao‘z-o‘zidan

o‘taolmaydi.“(2-rasm)

2-rasm. Termodinamikaning 2- qonuni

Termodinamikaning

-qonuni Harorat

va entropiya o

rtasidagi bog’lanish

Termodinamikaninguchinchi

qonuniharorat va entropiyaning o‘zaro
bog’liqligini ko‘rsatadi. Agar harorat 0ga teng
bo‘lsa, tizimning entropiyasi minimal bo‘ladi.
Bu qonunning biologik ahamiyati ayniqsa
kimyoviy reaksiyalarni boshqarishda ko‘zga
tashlanadi. Chunki metabolik jarayonlar va
fermentativ faoliyat faqat ma’lum haroratda
samarali ishlaydi. Biologik tizimlar, shu
jumladan inson organizmi, o‘z faoliyatini
ma’lum bir harorat oralig’ida olib boradi va
haroratdagi

o‘zgarishlar

energetikjarayonlarning samaradorligini ta’sir
qiladi.

Organizmning

termoregulyatsiyasi,

ya’ni haroratni saqlash va tartibga solish
mexanizmlari shu qonunasosida ishlaydi. Bu
qonun asosida kelib chiqadigan kasalliklarga
Gipertermiya(haroratning yuqori ko‘tarilishi)
yoki Gipotermiya(haroratning pastlashuvi)
organizmning energetik tizimlariga jiddiy


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

20

zarar yetkazadi.

Agar

ATF

molekulalarining

hosil

bo‘lishi va ishlatilishi harorat bilan to‘g’ri
bog’lanmasa, metobolik jarayonlar to‘xtab
qolishi

yoki

beqaror

bo‘lishi

mumkin.Termodinamikaning

uchinchi

qonuni—“jismning harorati qanday darajada
o‘zgarishidan qat’iy nazar u o‘zining absolyut
0 yoki boshlang’ich haroratiga qaytishidir.”(3-
rasm)

3-rasm.Termodinamikaning 3- qonuni
Termodinamik parametrlar o‘zgarishi

bilan kechadigan kasalliklar

Bularga gipertermik ya’ni tana harorati

ko‘tarilishi bilan kechadigan kasalliklar,
gipotermik ya’ni harorat pastlashi bilan
kechadigan

kasalliklar

va

energiya

almashinuvi buzilishidan kelib chiqadigan
patologiyalarni misol qilishimiz mumkin.
Bunday

o‘zgarishdan kelib chiqadigan

kasalliklar ichida keng tarqalgani “Bolalar
gipertermik sindromi”.

Bolalar gipertermik sindromi – bu

termoregulyatsiyaning buzilishi bo‘lib, tana
harorati yuqori ko‘rsatkichda bo‘ladi va ichki
a’zolar tomonidan turli xil o‘zgarishlar kelib
chiqadi. Ko‘pincha yurak-qon tomir va nerv
sistemasi zararlanadi. Gipertermiya tana

harorati 39,5

dan yuqori bo

lishi, miya shishi

va o

tkir poliorgan yetishmovchiligi bilan

kechadi. Bu kasallik bola hayotiga xavf
soluvchi jiddiy holatdir. Davolash muolaja
sifatida-

tana

haroratini

tushuruvchi

preparatlar, regidratsion davo va asosiy
kasallikni davolash muolajalari o‘tkaziladi.

Bunday

kasalliklarga

:

psixogen

gipertermiya,

gipertonik

kriz,

xavfli

gipertermiya kabilar kiradi.

Gipotermik kasalliklarda asosan tana

haroratining 35

dan past bo

lgan holati

hisoblanadi.

O

z

vaqtida

davolanmasa,

gipotermiya o

limga olib kelishi mumkin.

Xulosa: Termodinamika—bu energiya

o‘zgarishi bilan kechadigan jarayonlarni
o‘rganadigan fan. Termodinamikaning 3ta
asosiy qonunlari bor. Ularga: “energiyaning
saqlanish qonuni”, “entropiya qonuni”,
“harorat va entropiya o‘rtasidagi bog’lanish
qonuni”

kiradi.

Termodinamika

inson

hayotida muhim ro‘l o‘ynaydi. Organizmda
kechadigan metabolik jarayonlarga javob
beradi.Inson uchun muhim ahamiyatga ega
ATF energiya ishlab chiqarishida muhimdir.
Bu

parametrlar

buzilishida

organizmda

patalogik kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Masharipov S. “Tibbiy kimyo” o’quv qo’llanmasi Toshkent -2018.–284-bet.
2.Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S.Tibbiy kimyo: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi. –T.: “Ijod-print” nashriyoti, 2019.–564-bet.
3. http://www.Soff.uz / “organizmning termodinamik parametrlari”
4. BazarbayevM.I., SobirjonovA.Z., AbdujabbarovaU.M. Biofizika.“Fan va texnologiya”
nashriyoti,2018.–212-bet.

Bibliografik manbalar

Masharipov S. “Tibbiy kimyo” o’quv qo’llanmasi Toshkent -2018.–284-bet.

Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S.Tibbiy kimyo: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. –T.: “Ijod-print” nashriyoti, 2019.–564-bet.

http://www.Soff.uz / “organizmning termodinamik parametrlari”

BazarbayevM.I., SobirjonovA.Z., AbdujabbarovaU.M. Biofizika.“Fan va texnologiya” nashriyoti,2018.–212-bet.