Mualliflar

  • Dilxazina Madaminova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101896

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar ma’naviy-axloqiy tarbiya ota-onala virtual pedagogik madaniyat rivojlanish pedagogik shart-sharoitlar axborot matbuot vosita.

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning virtual pedagogik madaniyatini rivojlanishning pedagogik shart-sharoitlari, ota-onalarning virtual-pedagogik madaniyatining namoyon bo‘lish shakllari yoritib berilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

795

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY

TARBIYALASHDA OTA-ONALARNING VIRTUAL PEDAGOGIK MADANIYATINI

RIVOJLANISHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim

yo’nalishi 203-guruh talabasi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15367137

Madaminova Dilxazina Farxodjon qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy

tarbiyalashda ota-onalarning virtual pedagogik madaniyatini rivojlanishning pedagogik shart-
sharoitlari, ota-onalarning virtual-pedagogik madaniyatining namoyon bo‘lish shakllari yoritib
berilgan.

Kalit so’zlar:

Maktabgacha ta’lim, maktabgacha yoshdagi bolalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya,

ota-onala, virtual pedagogik madaniyat, rivojlanish, pedagogik shart-sharoitlar, axborot, matbuot,
vosita.

Аннотация

:

В

статье

рассматриваются

педагогические

условия

развития

виртуальной

педагогической

культуры

родителей

в

духовно

-

нравственном

воспитании

детей

дошкольного

возраста

,

а

также

формы

проявления

виртуальной

педагогической

культуры

родителей

.

Ключевые

слова

:

Дошкольное

образование

,

дети

дошкольного

возраста

,

духовно

-

нравственное

воспитание

,

родительство

,

виртуальная

педагогическая

культура

,

развитие

,

педагогические

условия

,

информация

,

пресса

,

СМИ

.

Abstract:

This article discusses the pedagogical conditions for the development of parents'

virtual pedagogical culture in the spiritual and moral education of preschool children, as well as the
forms of manifestation of parents' virtual pedagogical culture.

Keywords:

Preschool education, preschool children, spiritual and moral upbringing,

parenting, virtual pedagogical culture, development, pedagogical conditions, information, press,
media.

Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi tarqatilayotgan axborot hajmining ortishiga,

jamiyat muhitidagi axborot mazmunining murakkablashishiga olib keladi. Shu bilan birga
axborotning aylanishi, saqlanishi va uzatish jarayoni, shuningdek, yangi axborotning doimiy oqimi
sotsial subyektlarida atrofdagi tabiat va jamiyat dunyosi bilan uzluksiz ravishda axborot aloqasida
bo‘lishiga zaruriyat tug‘diradi. Boshqa tomondan axborotni uzatish vositalari, kelayotgan
axborotning shakli va mazmuni odamlar ongiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirincha katta ta’sir qilgani
potensialiga ega bo‘lib, alohida odamlar va omma psixologiyasiga ta’sir qiladi. Bunday ta’sir
muntazam ortib boradi. Bu holat jamiyatning axborot xavfsizligi sohasidagi muammolarni aks ettiradi
va axborot muhiti, vositalari hamda axborotni uzatish usullarining, ayniqsa ommaviy axborot
vositalarining kuchini o‘rganish dolzarb masala sifatida ko‘ndalang qo‘yiladi. Hozirgi kunda
dunyodagi OAV larning turli g‘oyalarga moslashuvchanlikdagi roli qandaydir xavf haqidagi
hissiyotlarni keltirib chiqarmoqda. Chunki ko‘pgina mualliflar OAV larni mahsulot axborotlashgan
qurol bo‘lib qoldi deb hisoblasalar, ba’zilari uni “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida ko‘rmoqdalar.
Shuning uchun ham axborotdan turli maqsadlarda foydalanish muammolari jamoatchilikda
asoslangan qo‘rquvni keltirib chiqarmoqda. Bu holat axborotlashgan jamiyatda ota-onalarning
virtual-pedagogik madaniyatining namoyon bo‘lish shakllarini tadqiq qilish dolzarbligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307 son Qarori ijrosini
ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar yetib
tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy
tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 2019-
yil 31-dekabrda tasdiqlandi. Ushbu Konsepsiyada ota-onalarning farzand tarbiyasi bo‘yicha


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

796

bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet
jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar,
yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga
qaratilgan alohida chora-tadbirlarga e’tibor berilgan.

Shuningdek, oilada ota-onalarning farzand tarbiyalash metodlariga oid bilimlarini

muntazam oshirib borish maqsadida: bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy
pedagoglarning

ilg‘or

yutuqlaridan

samarali

foydalanish;

mahallalardagi

“Ota-onalar

unversitetlari”da ota-onalar uchun farzandlarda yoshiga mos ijtimoiy kompetensiyalarni tarbiyalash
bo‘yicha treninglar o‘tkazish; “Tarbiya maktabi” rukni ostida ota-onalar, pedagoglar uchun
teleko‘rsatuvlar, bolalar, yoshlar uchun rasmlar bilan bezatilgan yorqin, rangbarang qo‘llanmalar,
multimedia mahsulotlari kabi didaktik materiallar turkumini yaratish; uzluksiz ma’naviy tarbiya
amaliyotida to‘plangan ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida “Yosh ota-onalar kitobi” va boshqa
metodik qo‘llanmalar asosida multimediali taqdimotlar seriyasini yaratish va ota-onalarga tarqatish
mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, hududlar bo‘yicha oilalarda sog‘lom
tarbiyaviy muhitni yaratish va ota-onalarga tarbiya usullarini o‘rgatishga qaratilgan maqsadli va
manzilli targ‘ibot tadbirlari va treninglar o‘tkaziladi. Ota-onalar farzandlarining birinchi
tarbiyachilari va o‘qituvchilari hisoblanadi. Jamiyatning bir bo‘g‘ini bo‘lgan oilada bolaning
jismoniy, aqliy, hissiy rivojlanishi ta’minlanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish
huquqiga ega ”- deb belgilab qo‘yilgan. Oila a’zolarining ta’lim darajasi, manfaatlari farzandlarning
intellektual rivojlanishiga, madaniyatning qaysi qatlamlarini o‘rganishiga, ta’limni davom ettirish va
o‘z-o‘zini tarbiyalashga intilishiga ta’sir qiladi. Oila insonning ijtimoiy me’yorlarni egallashida
muhim ahamiyatga ega, insonning ijtimoiy va millatlararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan
asosiy qadriyat yo‘nalishlarini shakllantiradi, shuningdek, uning turmush tarzini, intilish doiralari va
darajasini, hayotiy intilishlarini, rejalari va ularga erishish yo‘llarini belgilaydi. Oilaning qadriyatlari
va muhiti uning o‘zini o‘zi rivojlantirish uchun muhit va uning a’zolarini o‘zini o‘zi anglash
maydoniga aylanishini belgilaydi. Oilada ota-onalar o‘z farzandlariga o‘rnak daraja bo‘lishi, oilasi
farzandlari uchun kerakli faoliyat bilan shug‘ullanishi, ertadan-kechgacha internet, kompyuter,
televizor oldida behuda vaqt o‘tkazmasligi, har bir narsadan me’yor jihatidan foydalanishni amaliy
tarzda ko‘rsa bilishi kerak. Har bir ota-onalar oilasida rejali ish yuritilishini, ma’lum soatda
farzandlari kerakli narsani ko‘rishi, eshitishi va o‘qishini nazoratga olishi (albatta virtual nazorat)
shart.

Axborot va matbuot vositalarida ma’lumotlar ko‘pligi, ularni foydali tomonlaridan kengroq

foydalanishni va zararlilaridan chetlashishni ota-onalar oila a’zolariga dasturulamal qilib berishi
zarur. Ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki jamiyatimiz rivojlanishining ajralmas qismidir.
Ta’limning barcha darajalarida davlat ta’lim standartlarini joriy etish, ikkinchisining ota-onalik
qobiliyatini oshirish va bolalarni muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish maqsadida o‘quv tashkilotlari
o‘quvchilarining oilalari bilan faol o‘zaro aloqalarining yangi usullarini izlashni talab qiladi.

Ota-onalarning virtual-pedagogik madaniyatining namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganish

bir necha bosqichda amalga oshiriladi: o‘qitishda ota-onalarning ehtiyojlarini aniqlash, uni tashkil
qilish uchun resurslarni izlash, rejalar, dasturlar tuzish, natijalarni baholash shular jumlasidandir.
O‘qituvchi ota-onalarni o‘qitish dasturlari uchun material tanlaydi, bu bola shaxsining psixologik-
pedagogik xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan, bolalarning yosh xususiyatlariga, ota-onalarning
in’ikosiga mos keladi. O‘qituvchi dasturning ma’lum bir bo‘limining ta’lim maqsadlariga muvofiq
ravishda ota-onalar bilan mashg‘ulotlarni quradi, dasturda ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilishga hissa
qo‘shadi. O‘zgaruvchanlik ta’lim va tarbiya masalalarida oilalarni qo‘llab-quvvatlash
texnologiyalarida, har bir o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir ta’lim muassasasining ehtiyojlari va


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

797

vazifalari, pedagogik kompetensiyani oshirish jarayonining mazmuni asosida mualliflik dasturini
yaratish imkoniyatida amalga oshiriladi.

Turli yosh toifasidagi ota-onalarning virtual-pedagogik madaniyatini oshirish uchun

belgilangan o‘quv materiallarni mustaqil ravishda tizimlashtirish qobiliyati, tarbiyaning turli
shakllaridan, o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dasturlarni
amalga oshirish uchun ota-onalar ta’limini tashkil qilishning turli texnologiyalaridan foydalanishi
mumkin: bola rivojlanishining turli bosqichlarida oilaviy ta’lim jarayonini doimiy psixologik va
pedagogik qo‘llab-quvvatlash, iloji bo‘lsa, barcha oila a’zolarini ta’lim muammolarini hal qilishga
jalb qilishdan iborat. Bolalarni tarbiyalashda oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va texnologiyalari
ota-onalarning har bir guruhi uchun ajratilgan: yoshi, ma’lumoti, ota-onaning kasbi, oilaning tarkibi
va turi, bolani tarbiyalash bo‘yicha individual talab hisoblanadi. Ota-onalarning virtual-pedagogik
madaniyatini oshirishga qaratilgan yondashuv ulardan jiddiy nazariy, ijodiy tayyorgarlik uchun juda
ko‘p vaqt talab qiluvchi jarayondir. Bunday tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun katta
vaqt sarflanishi har doim ham o‘zini oqlamaydi. Hamma ota-onalar ish bilan bog‘liq tavsiya yetilgan
tadbirlarda qatnashmaydi. Odatda yiliga 3-4 marta o‘tkaziladigan ota-onalar vakolatlarini sifat
jihatidan oshirish va maktab miqyosidagi tadbirlarga mutaxassislarni taklif qilish masalasi hal
qilinmaydi. Ko‘p o‘qituvchilar ota-onalar bilan deklarativ muloqot usulini, oilaga ta’sir
ko‘rsatishning xarakterini, bir xil ish shakllarini - suhbatlar, ota-onalarning an’anaviy yig‘ilishlarini
tanlashni davom ettirmoqdalar va bu ota-onalarning qiziqishlariga, ota-onalar yig‘ilishlarida
qatnashishni istamasligiga olib keladi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘sak, bugungi kunda o‘quv jarayonida telegramm kanallar, onlayn

konsultatsiyalar, onlayn kundaliklar, elektron kitoblar, interaktiv ta’lim, masofaviy o‘qitish axborot
ta’limi texnologiyalari jadal rivojlanib, o‘z o‘rnini egalladi. Pedagogikadagi yangi axborot
texnologiyalari ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirishning an’anaviy shakllarini sezilarli
darajada takomillashtirishga imkon beradi: turli yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning
turli masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan ma’ruzalar, suhbatlar va boshqalar bu jarayonda
muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan

davlat talablari. 2018-yil. 18-iyun.

2.

Azimova Z. Tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish /

monografiya. –T: Muharrir. 2018-y. –146 b

3.

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O‘qituvchi, 1993.

4.

Xasanboeva O.U. va boshqa. Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006.

5.

Sh.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. ”Tafakkur sarchashmalari” T.: 2013 y.

6.

N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.; 2013 y

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. 2018-yil. 18-iyun.

Azimova Z. Tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish / monografiya. –T: Muharrir. 2018-y. –146 b

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O‘qituvchi, 1993.

Xasanboeva O.U. va boshqa. Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006.

Sh.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. ”Tafakkur sarchashmalari” T.: 2013 y.

N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.; 2013 y

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари