SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
792
TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELEKT VA KREATIVLIKNING UYG’UNLIGI
Komilova Fotima Maxmudovna
Andijon davlat universiteti
Pedagogika kafedrasi professori,
pedagogika fanlari bo
ʻ
yicha
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15367127
falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayoniga kirib kelgan internet,
raqamli texnologiyalarning yosh avlod tabiyasidagi o‘rni, virtual pedagogik madaniyat va sun’iy
intellektning o‘quv jarayoniga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Raqamli texnologiyalarning rivoji kreativ
fikrlaydigan iqtidorli yoshlarning o‘sishiga, masofaviy va onlayn ta’limning rivojlanishiga va
bevosita sun’iy intellektning integratsiyalashuviga olib keldi. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi
jamiyatda intellektual salohiyatli yoshlarning ko‘payishiga ijobiy ta’sir qilmoqda.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, internet, krearivlik, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi, virtual
borliq, innovatsiya, kreativ, konsuilm, taraqqiyot, aqlli sinf, raqamli muhit.
Аннотация
:
В
данной
статье
рассматривается
роль
интернета
и
цифровых
технологий
,
вошедших
в
современный
образовательный
процесс
,
в
формировании
личности
молодого
поколения
.
Также
обсуждаются
вопросы
виртуальной
педагогической
культуры
и
влияние
искусственного
интеллекта
на
учебный
процесс
.
Развитие
цифровых
технологий
способствует
росту
числа
талантливых
и
креативно
мыслящих
молодых
людей
,
развитию
дистанционного
и
онлайн
-
обучения
,
а
также
интеграции
искусственного
интеллекта
.
Быстрое
развитие
технологий
положительно
влияет
на
увеличение
интеллектуального
потенциала
молодежи
в
обществе
.
Ключевые
слова
:
образование
,
интернет
,
креативность
,
искусственный
интеллект
,
информационная
безопасность
,
виртуальная
реальность
,
инновации
,
креатив
,
консалтинг
,
прогресс
,
умный
класс
,
цифровая
среда
.
Annotation:
This article discusses the role of the internet and digital technologies that
have entered the modern educational process in shaping the character of the younger generation. It
also examines virtual pedagogical culture and the impact of artificial intelligence on the learning
process. The development of digital technologies has led to the growth of talented and creatively
thinking youth, the expansion of distance and online education, and the integration of artificial
intelligence. The rapid advancement of technology is positively influencing the increase of
intellectual potential among young people in society.
Keywords:
education, internet, creativity, artificial intelligence, information security,
virtual reality, innovation, creative thinking, consulting, development, smart classroom, digital
environment.
Globallashuv jarayonida kelajagimiz bo’lgan yoshlarni kreativ g’oyalarini qo‘llab-
quvvatlash, bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish, xorijiy
tajribalar, xalqaro mezonlar asosida krearivlik va sun’iy intellektni rivojlantirish va undan o‘rinli
foydalanish o‘ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyayevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida “Talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni
mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shaklantirish, individual ta’lim trayektoriyalariga
asoslangan, kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shaklantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab
chiqish, akademik mustaqilik berish, o‘quv jarayonida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materillarni keng joriy etish” kabi
ustuvor vazifalar belgilangan.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
793
Mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan
ushbu ta’lim kontseptsiyasi, “ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror
rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat”, innovatsion ta’lim taraqqiyoti shiddat bilan
rivojlanib bormoqda.
Yurtboshimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning
filiallari, madaniyat va sport inshoatlari, «Temurbeklar maktabi», «Prezident maktablari», «Liderlar
maktablari», «Ijod maktablari», deb nom olgan mutlaqo yangi na’munadagi ta’lim maskanlari
bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini
tarbiyalashga xizmat qilmoqda” [1].
Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda
qo‘llanilmoqda. Virtual - lotincha “reallikni aks ettiruvchi” ma’nosini berib, “virtual haqiqat
kompyuter yordamida yaratilgan va odam tomonidan maxsus qurilmalar idrok etiladigan sun’iy uch
o‘lchovli dunyo deyish mmumkin”.[2]. Hozirda umumiy axboratlashgan hamjamiyat rivojlanmoqda,
buning natijasida ilmiy atamalar ham shakllanib bormoqda. Masalan: virtual mashina, virtual
хо
tir
а
,
virtual disk, virtual
а
loq
а
, virtual sayohat, virtual sinf kabilar. ”
Zamonaviy fan va texnologiya sohasida “virtual borliq” atamasi 1970 yilarning oxirida
Massachuset texnologiya tadqiqotchisi Jeron Lener tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu atama
kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual ta’lim orqali
insonga ta’lim va tarbiyalashning asosiy maqsadi insonning real dunyoda o‘z taqdirini, shu jumladan
virtual tarkibiy qismini aniqlash va unga erishishdir. Bu esa oddiydan murakkamga, osondan qiyinga
tamoyili asosida o'quv platformalari, virtual sinf vositalari va ta'lim texnologiyalari resurslarini o'z
ichiga oladi. O‘qituvchi pedagoglar virtual o'quv muhitini va virtual pedagogik amaliyotni amalga
oshiradigan muassasalarning amaliy tadqiqotlarini tahlil qilishi zarur. Innovatsion faoliyatda interfaol
va multimedia kontenti orqali o‘quvchilarning ham kreativ faoligini oshirish imkoniyatlari beradi.
Sun’iy intelekt” (Artificial Intelligence)
а
tamasi fanga 1956 yilda
а
merikalik olim Jon Makkarti
tomonidan kiritilgan. Biologik mavjudot hisoblangan odamning aqlli, fikrlashi, bu haqiqiy intellekt
bo‘lsa, inson tomonidan yaratilgan buyum yoki biror predmetning fikrlashini biz sun’iy intellekt deb
tushunamiz. Bu orqali esa hikoya, she’r, qoshiqlar aytish mumkin. Sun’iy intellektning odamlardek
gapirishi “
Ка
tta til modeli” (LLM-Large Language Model) tizimiga asoslangan.[3]. Foydalanuvchi
yoki shaxsan siz, qaysi fan yoki mavzuga qiziqsangiz o‘sha fan yuzasidan savol va javoblar hamda
kerakli konsiulmlarni olishingiz mumkin shuningdek, turli tillarda so‘zlashishga o‘rgatishi ham
mumkin. Bu o‘rinda imsom kreativligi ham ro; o‘ynaydi.
Kreativlik - shaxsning akmeologik darajadagi faoliyat bosqichi bo‘lib o‘z fikrini bayon qilish,
o‘zgalarning fikrlarini ijodiy qayta idrok etish, refleksiya, o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishiga tayanadi. Shaxs kreativ faoliyatining tarkibiy qismlarini bilish mayllari,
ehtiyojlari, faolligi, mustaqillik, tashabbuskorlik, nostandart tafakkur, improvizasiyalar tashkil etib,
bevosita shaxsning yo‘nalganligi va kreativ qobiliyatlari bilan uyg‘unlashadi.[4]. O‘zbekiston
Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil
etish choralari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga “Kasbiy
malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risida” nizom qoidalarida – kasbiy
malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (milliy malakalar tizimi) amal
qilishining huquqiy va tashkiliy asoslarini, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi:-milliy malakalar ramkasi
mehnat bozori va ta’lim sohasini integratsiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi; -kasbga o‘qitish
natijalari va olinadigan bilim, mahorat, ko‘nikma va kompetensiyalarni uyg‘unlashtirish;
- xodimlarni ishga qabul qilishda, tashkilotlar orasida vertikal va gorizontal harakatlantirishda
malaka talablarini belgilash masalalar ko‘rsatib o‘tilgan. [5].
Demak, malaka rizimini amalga oshirishda ham bevosita sin’iy intellektdan foydalanish
mumkin. Bu esa o‘z navbatida ba’zan pedagogik jarayonda sun’iy intellekt o‘zining ijobiy tomonlari
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
794
bilan ayrim o‘ziga xos aks mulohazali fikrlarni ham tug’dirishi mumkin: ishga joylashtirish, bandlikni
saqlash ish o‘rinlarini kamayishi; -o‘quvchilarni sun’iy intelekt orqali qiziqish va ehtiyojlarini
qondirilishi; - turli yosh davr bolalarda kun tartibi va rejimning buzulishi; - uyqusizlik, jismoniy va
aqliy zo‘riqishlar, sun’iylikka ishonish xavfi ham kuchayishi mumkin. Shu o‘rinda zamonaviy ta’lim
jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishda albatta pedagogik-psixologik konsiulmlarmning
ahamiyati katta hisoblanadi. [6].
Pedagogik - psixologik konsilium - bu intellektual taraqqiyotini baholash, ota-onalar,
pedagoglar, psixologlarning bolalarda hosil bo‘lgan salbiy o
ʻ
zgarishlar sabablarini va ularni bartaraf
etish yo‘llarini o
ʻ
rganishdir. Inson uchun ta’lim faqat ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarga moslashish
vositasi bo‘libgina qolmay, ko‘pincha majbiriy, lekin ichki zaruriyatdir. Har qanday ta’lim jarayonini
boshqarish va ma’lum natijalarini tahlil qilish pedagog faoliyatining asosi hisoblanadi. Inson ta’lim
va tarbiya jarayonida kreativ faoliyati orqali, salohiyatga ega bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnat orqali
o‘zining intellektual mulkini boyitishga xizmat qilishi maqsdaga muvofiqdir.
FOYDALAN
İ
LGAN ADAB
İ
YOTLAR:
1. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon
bo‘ladi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 34 b.
2. Ovxunov I.A.“Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa ma’suliyatli munosabatini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari”. M
уғаллим
ҳəм
үзликсиз
билимлендири
y.
Илимий
-
методикалық
журна
l.
№
52021
жыл
.34b.
3. Mansurova Zulfiya .“Sun’iy intellekt (Si): nima va kundalik hayotimizga qanday ta’sir
qilmoqda”. https//toping uz. 09.2024.
4. Madaminov Furqatjon Shuxratjonovich. Kred
ı
t-modul t
ı
z
ı
m
ı
asos
ı
da ol
ı
y ta‘l
ı
m
muassasalar
ı
da bo‘lajak o‘q
ı
tuvch
ı
-pedagoglarn
ı
ng kreat
ı
v qob
ı
l
ı
yat
ı
n
ı
r
ı
vojlant
ı
r
ı
sh. Raqamli
iqtisodiyot davrida uzluksiz ta‘lim: innovatsiya va istiqbollar
ǁ
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari Andijon- 2023y.11b
5. O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy
tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Qaroriga 1-Ilova O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi. Toshkent sh.,
2020-yil 15-may, 287-son.
6. Komilova F.M.“M
уғаллим
ҳəм
үзликсиз
билимлендири
y”.
Илимий
-
методикалық
журнал
2023 1/2-
сан
160 bet.
7. Komilova F.M. “Ta’lim jarayoniga virtual pedagogik madaniyatning uyg’unligi”. Inter
education & Global study. 2024.
№
4(2).137 b.
