“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
705
RAPS O
ʻ
SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PARVARISHI
Ismoilov Ibroxim Xakimjon o‘g‘li
Andijon davlat universitetiGenetika va biotexnologiya kafedrasi o
ʻ
qituvchisi
ibroximismoilov05@gmail.com
Saydullayeva Ominabonu Nurillo qizi
Andijon davlat universiteti Biologiya ta;lim yonalishi 3-bosqich talabasi
Tohirhalomov540@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15589186
Anotatsiya
: Ushbu tezisda
Rapis
(Rhapis spp.) turkumiga mansub palma o
ʻ
simligining
morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, uning barg tuzilishi,
ildiz tizimi va vegetativ ko‘payish usullari ilmiy asosda bayon etilgan. Tadqiqot doirasida
Rapis
excelsa
turi asosida o‘simlikning o‘sish sharoitlari, yorug‘lik, namlik va haroratga bo‘lgan talablari,
parvarish texnologiyalari hamda xatoliklar oqibatida yuzaga keladigan kasallik va zararkunandalar
bilan kurashish yo‘llari o‘rganildi. Bundan tashqari, ushbu palma turining ekologik foydasi, xususan
havoni tozalashdagi roli va interyer dizayndagi estetik ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Tadqiqot natijalari uy va ofis sharoitida
Rapis
o‘simligini samarali yetishtirishga oid amaliy
tavsiyalarni taklif etadi. Ushbu ilmiy ish dekorativ o‘simlikshunoslik va fitodizayn sohalaridagi
tadqiqotlar uchun muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar
: Rapis excelsa, palma o‘simligi, biologik xususiyatlar, morfologiya, parvarish
texnologiyasi, interyer florasi, havoni tozalash, o‘simlik fiziologiyasi, dekorativ botanika.
Аннотация
:
В
данной
работе
проводится
глубокий
анализ
морфологических
,
анатомических
и
физиологических
особенностей
пальмового
растения
рода
Рапис
(Rhapis
spp.).
Особое
внимание
уделяется
строению
листьев
,
корневой
системы
и
методам
вегетативного
размножения
,
изложенным
на
научной
основе
.
В
рамках
исследования
на
примере
вида
Rhapis excelsa
изучены
условия
роста
растения
,
его
требования
к
освещению
,
влажности
и
температуре
,
а
также
технологии
ухода
и
методы
борьбы
с
болезнями
и
вредителями
,
возникающими
в
результате
ошибок
в
содержании
.
Кроме
того
,
представлена
информация
об
экологической
пользе
этой
пальмы
,
в
частности
о
её
роли
в
очистке
воздуха
и
эстетической
ценности
в
интерьерном
дизайне
.
Полученные
результаты
предлагают
практические
рекомендации
по
эффективному
выращиванию
раписа
в
домашних
и
офисных
условиях
.
Настоящее
исследование
служит
важной
теоретической
и
практической
основой
для
дальнейших
разработок
в
области
декоративного
растениеводства
и
фитодизайна
.
Ключевые
слова
:
Rapis excelsa,
пальмовое
растение
,
биологические
свойства
,
морфология
,
технология
ухода
,
внутренняя
флора
,
очистка
воздуха
,
физиология
растений
,
декоративная
ботаника
.
Abstract:
This thesis presents an in-depth analysis of the morphological, anatomical, and
physiological characteristics of the palm plant belonging to the genus Rhapis (Rhapis spp.). Special
attention is given to the structure of the leaves, root system, and methods of vegetative propagation,
all described from a scientific perspective. Within the scope of the research, the Rhapis excelsa
species was used to examine the plant’s growth conditions, its requirements for light, humidity, and
temperature, as well as cultivation technologies and methods for combating diseases and pests that
arise due to improper care. Additionally, the ecological benefits of this palm species are highlighted,
particularly its role in air purification and its aesthetic value in interior design. The findings offer
practical recommendations for successfully cultivating Rhapis plants in home and office
environments. This scientific work provides a valuable theoretical and practical foundation for further
studies in the fields of ornamental horticulture and phytodesign.
Keywords:
Rapis excelsa, palm plant, biological properties, morphology, care technology,
interior flora, air purification, plant physiology, decorative botany
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
706
Bugungi kunda ichki makonlarni obodonlashtirishda dekorativ o‘simliklarning roli katta. Ular
nafaqat estetik muhit yaratadi, balki ekologik barqarorlikka ham xizmat qiladi. Shunday
o‘simliklardan biri - Rapis palmalar turkumi bo‘lib, u ichki makonlar, ayniqsa ofislar, kutubxonalar
va yashash xonalarining ajralmas qismi bo‘lib bormoqda [1]. Bu palma turining o‘ziga xos biologik
xususiyatlari, iqlimga nisbatan moslashuvchanligi va havoni tozalashdagi samaradorligi uni ilmiy
jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu ilmiy ish Rapis o
ʻ
simligining biologik xususiyatlari,
parvarish shart-sharoitlari hamda inson hayotidagi ekologik va estetik ahamiyatini chuqur tahlil
qilishga qaratilgan [3].
1.
Rapis o‘simligining biologik tasnifi
Rapis
turkumi Arecaceae (Palmaceae) oilasiga mansub bo‘lib, tabiiy holda Janubi-Sharqiy
Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Xitoy va Vetnamda keng tarqalgan. Ko‘p yillik, doimiy yashil, past
bo‘yli palma bo‘lib, ko‘p poyalik tuzilishga ega. Uning eng keng tarqalgan turi -
Rapis excelsa
bo‘lib,
uy sharoitida o‘stirishga eng moslashgan [2].
2.
Morfologik va anatomik xususiyatlari
Rapis
o‘simligining barglari ventilyatorsimon shaklda bo‘lib, barg plastinkasi chuqur
bo‘laklarga bo‘lingan. Poyasi yupqa, silliq va tolalardan iborat. Uning ildiz tizimi o‘rta chuqurlikka
ega bo‘lib, sersuv substratlarda yaxshi rivojlanadi. Barg to‘qimalarida ko‘plab stoma va palisad
hujayralari joylashgan bo‘lib, bu o‘simlikka yuqori fotosintez samaradorligini ta'minlaydi.
3.
Fiziologik xususiyatlari
Rapis past yorug‘lik darajasiga moslasha oladi, bu esa uni yopiq makonlarda o‘stirish uchun
juda qulay qiladi. U havoning nisbiy namligi 50-60% bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi. Optimal harorat
oralig‘i 18–24 °C. Vegetativ usulda ko‘paytiriladi, ya'ni bo‘laklab ajratish orqali yangi nihollar
yetishtiriladi.
4.
Parvarish va agrotexnologiya
Rapis o‘simligi engil, unumdor, yaxshi drenajlangan tuproqlarda o‘stirilishi lozim. Sug‘orish
mo‘tadil bo‘lishi, tuproq nam, ammo ho‘l bo‘lmasligi zarur. Ortib ketgan suv ildiz chirishiga olib
keladi. O‘simlik har 2–3 yilda bir marta katta idishga ko‘chirib o‘tkazilishi kerak [4]. Mineral o‘g‘itlar
bilan oylik oziqlantirish uni sog‘lom saqlaydi.
5.
Kasalliklar va zararkunandalar
Rapis ko‘pincha qora dog‘li zamburug‘lar, o‘rgimchakkanalar va tripslar tomonidan
zararlanadi. Bunday hollarda insektitsid va fungitsidlar bilan ishlov berish, shuningdek, profilaktik
shamollatish va tozalov ishlari amalga oshirilishi kerak.
6.
Ekologik va estetik ahamiyati
O‘tkazilgan tadqiqotlarda
Rapis excelsa
havodagi zararli gazlar — benzol, formaldegid va
ammiakni yutish xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Bu xususiyat uni nafaqat dekorativ, balki
ekologik jihatdan foydali o‘simlik sifatida baholashga asos yaratadi. Ichki interyerda bo‘lishi ruhiy
holatni barqarorlashtirishga ham yordam beradi [5].
Xulosa qilib aytganda rapis o‘simligi nafaqat go‘zallik timsoli, balki inson salomatligi va
ekologik xavfsizlik uchun muhim biologik resurs hisoblanadi. Uning biologik tuzilishi,
moslashuvchan fiziologiyasi va oson parvarishlanishi uni turli muhitlarda yetishtirishga imkon
beradi. Tezis doirasida o‘tkazilgan tahlillar ushbu o‘simlikni ilmiy asosda o‘rganish zarurligini
ko‘rsatdi va amaliyotga oid tavsiyalar ishlab chiqildi. Kelgusida Rapis o‘simligini urbanistik
landshaftlarda keng qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha izlanishlar olib borish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Axmedova M.X., Yo‘ldosheva D.N. O‘simlikshunoslik. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2018. – 256 b.
2.
Xidoyatov M.X., Nematov S.N. O‘simliklar fiziologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. –
320 b.
3.
Jo‘rayev A., Normatova M. Dekorativ o‘simliklar va ularni parvarishlash. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2020. – 212 b.
