“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
475
HUJAYRANING NURLANISHIGA SEZGIRLIGI
Xaqqulova Muqaddas Shavkatovna
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Olimjonova Mohinur Otabek qizi
Andijon davlat universiteti talabasi
Uzaqova Oyqiz Shuxratbek qizi
Andijon davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15578890
Anotatsiya:
Mazkur tezisda hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanishga bo‘lgan sezgirligi, bu
sezgirlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar va hujayraviy javob mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda
turli hujayra turlarining radiatsiyaga individual sezgirlik darajasi, DNK shikastlanishi, apoptoz,
replikatsiya jarayonlariga ta’siri hamda radiatsiya bilan bog‘liq mutatsion o‘zgarishlar o‘rganiladi.
Shu bilan birga, nurlanishga sezgirlikni kamaytirish yoki boshqarish imkoniyatlarini ta’minlaydigan
zamonaviy yondashuvlar, jumladan, genetik modifikatsiya, antioksidantlar va radioprotektorlar
qo‘llanilishi muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari tibbiyot, onkologiya, kosmonavtika va ekologiya
sohalarida radiatsiya xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Hujayra, nurlanish, sezgirlik, ionlashtiruvchi radiatsiya, DNK shikastlanishi,
apoptoz, mutatsiya, radioproteksiya, genetik javob
Аннотация
:
В
данной
тезисной
работе
рассмотрена
чувствительность
клеток
к
ионизирующему
излучению
,
а
также
ключевые
факторы
,
влияющие
на
данный
процесс
,
и
клеточные
механизмы
ответа
.
Изучены
различия
в
радиочувствительности
между
типами
клеток
,
повреждение
ДНК
,
апоптоз
,
влияние
на
процессы
репликации
и
мутационные
изменения
под
действием
радиации
.
Кроме
того
,
обсуждаются
современные
подходы
к
снижению
или
контролю
радиочувствительности
,
включая
генетическую
модификацию
,
использование
антиоксидантов
и
радиопротекторов
.
Полученные
результаты
имеют
важное
значение
для
обеспечения
радиационной
безопасности
в
медицине
,
онкологии
,
космонавтике
и
экологии
.
Ключевые
слова
:
клетка
,
излучение
,
чувствительность
,
ионизирующее
излучение
,
повреждение
ДНК
,
апоптоз
,
мутация
,
радиопротекция
,
генетический
ответ
Abstract:
This thesis explores the sensitivity of cells to ionizing radiation, identifying the key
factors influencing this sensitivity and analyzing cellular response mechanisms. It examines the
variability in radiosensitivity across different cell types, the effects of DNA damage, apoptosis,
replication disruption, and radiation-induced mutations. Furthermore, the study discusses modern
strategies to reduce or regulate radiation sensitivity, including genetic modification, the use of
antioxidants, and radioprotectors. The findings have significant implications for radiation safety in
medicine, oncology, space exploration, and environmental science.
Keywords:
Cell, radiation, sensitivity, ionizing radiation, DNA damage, apoptosis, mutation,
radioprotection, genetic response
Zamonaviy biologiya va tibbiyotda hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanishga bo‘lgan
sezgirligini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Radiatsiya organizm hujayralariga
turlicha ta’sir ko‘rsatadi, ularning tuzilishiga, funksional faolligiga va genetik barqarorligiga salbiy
ta’sir etadi. Ayniqsa, yadro energetikasi, radiologik tibbiyot, kosmik parvozlar va ekologik xavfsizlik
sohalarida nurlanish bilan bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda [1].
Hujayraning nurlanishga bo‘lgan sezgirligi - bu hujayraning ionlashtiruvchi nurlanishga javob
qaytarish darajasi va xususiyatlarini ifodalovchi murakkab biologik holatdir. U ko‘plab ichki va
tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib, radiatsiyaning intensivligi, turi, ta’sir davomiyligi, hujayra turi va
uning mitotik faolligi kabi omillar bilan belgilanadi [2]. Shu boisdan hujayra darajasida yuz beradigan
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
476
nurlanishga javob reaksiyalarini chuqur o‘rganish radiatsiyadan himoya vositalarini ishlab chiqish va
amaliyotga tadbiq etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish hujayraning eng muhim komponenti - DNK tuzilmasiga bevosita yoki
bilvosita ta’sir ko‘rsatib, uning uzilishiga, buralishiga va mutatsiyaga olib keladi [3]. Ushbu
o‘zgarishlar hujayra funksiyalarining buzilishi, apoptoz jarayonining faollashuvi yoki hatto
hujayraning butunlay nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hujayralar nurlanishga nisbatan har xil sezgirlikka ega bo‘lib, bu ularning fiziologik holati,
mitotik tsikl bosqichi, differensiallashganlik darajasi va genetik xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, tez
bo‘linadigan suyak iligi, limfoid to‘qimalar yoki embrional hujayralar yuqori sezgirlik bilan ajralib
turadi, aksincha, nerv hujayralari yoki mushak to‘qimalari esa nisbatan barqarorroq hisoblanadi [4].
Shuningdek, hujayraning nurlanishga bo‘lgan javobi bir qancha himoya mexanizmlari bilan
tartibga solinadi. Ularga DNK tiklanish tizimlari, antioksidant fermentlar (masalan, superoksid
dismutaza, glutation peroksidaza), apoptoz nazorati va hujayra siklining to‘xtatilishi kiradi. Bu
mexanizmlar hujayraning omon qolish imkoniyatini oshiradi yoki zararlangan hujayralarning yo‘q
qilinishini ta'minlaydi [5].
So‘nggi yillarda radioprotektor moddalar (masalan, aminotiol birikmalari) va genetik
muhandislik asosida hujayralarning nurlanishga bardoshliligini oshirish imkoniyatlari keng
o‘rganilmoqda. Bu yondashuvlar tibbiyotda, xususan, saraton kasalliklarini radioterapiya yordamida
davolashda hamda favqulodda radiatsiya holatlarida inson salomatligini saqlab qolishda muhim o‘rin
tutadi.
Shuni xulosa qildimki, tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hujayraning ionlashtiruvchi
nurlanishga bo‘lgan sezgirligi ko‘plab ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib, har bir hujayra
turining o‘ziga xos javob reaktsiyasi mavjud. Ayniqsa, tez bo‘linuvchi va past differensiallashgan
hujayralar radiatsiyaga nisbatan yuqori sezgirlik ko‘rsatadi. Radiatsiya natijasida yuzaga keladigan
DNK shikastlanishlari va ularning oqibatlari hujayra faoliyati va yashovchanligiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Hujayraning nurlanishga javob reaktsiyasini chuqur o‘rganish, ayniqsa, radioprotektor vositalar
va genetik himoya mexanizmlarini aniqlash orqali inson salomatligini muhofaza qilish, radiatsiya
xavfini kamaytirish va radioterapiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
sohadagi ilmiy izlanishlar kelgusida yangi diagnostik va davolovchi texnologiyalarni ishlab chiqishga
asos bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Azizov A.A., Karimov Z.Z. Biologik tizimlarning radiatsiyaviy fiziologiyasi. –
Toshkent: Fan, 2020.
2.
Lukyanova E.M., Tjul’panov B.A. Radiobiologiya asoslari. – Moskva: GEOTAR-
Media, 2018.
3.
Hall E.J., Giaccia A.J. Radiobiology for the Radiologist. – Philadelphia: Lippincott
Williams & Wilkins, 2019.
4.
Хабибуллин
Ш
.
Х
.
Радиационная
биология
и
защита
в
медицине
. –
Ташкент
:
Ибн
Сино
, 2017.
5.
National Research Council. Health Risks from Exposure to Low Levels of Ionizing
Radiation (BEIR VII Phase 2). – Washington, D.C.: The National Academies Press, 2006.
