Mualliflar

  • Malika Iminova
    Andijon davlat universiteti
  • Ilyor Mustafaev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110563

Kalit so‘zlar:

TASM un shudring patogen Index Fungorum MycoBank xo‘jayin o‘simlik

Annotasiya

: Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida tarqalgan Leveillula turkumiga mansub un-shudring zamburug‘lari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Mikologik gerbariy (TASM) fondida saqlanayotgan ushbu turkumdagi gerbariy namunalari inventarizatsiya qilindi. Ularning nomlari xalqaro mikologik ma’lumotlar bazalari – Index Fungorum va MycoBank asosida aniqlashtirildi hamda zamonaviy ro‘yxati shakllantirildi. Natijada 7 ta tur va 103 ta forma, jami 110 takson aniqlanib, o‘zaro sinonim bo‘lgan taksonlar ajratib ko‘rsatildi. Tadqiqot jarayonida mazkur zamburug‘lar 41 oila, 126 turkum va 188 xo‘jayin o‘simlik turlarida uchrashi aniqlandi. Eng ko‘p uchraydigan xo‘jayin o‘simliklar qatoriga Fabaceae, Compositae, Lamiaceae va Apiaceae oilalari vakillari kiradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

318

MIKOLOGIK GERBARIY FONDIDA SAQLANAYOTGAN LEVEILLULA G.

ARNAUD TURKUM NAMUNALARINI ZAMONAVIY RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH

1

Iminova Malika Mashrabovna.,

2

Mustafaev Ilyor Murodillaevich.,

3

Teshaboeva

Shaxnoza Arabboevna.,

4

Nabiyeva Dilorom Bahodirovna.,

5

To‘raboyev Mirzarahmat

Baxtiyor o‘g‘li

1

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti, katta ilmiy xodimi

malika.mashrabovna @ mail.ru

2

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.

Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i katta ilmiy xodimi

3

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti, mutaxassisi

4

Andijon Davlat universtiteti, katta o‘qituvchisi

5

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.

Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i, kichik ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600630

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida tarqalgan

Leveillula

turkumiga mansub

un-shudring zamburug‘lari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi Botanika instituti Mikologik gerbariy (TASM) fondida saqlanayotgan ushbu turkumdagi
gerbariy namunalari inventarizatsiya qilindi. Ularning nomlari xalqaro mikologik ma’lumotlar
bazalari – Index Fungorum va MycoBank asosida aniqlashtirildi hamda zamonaviy ro‘yxati
shakllantirildi. Natijada 7 ta tur va 103 ta forma, jami 110 takson aniqlanib, o‘zaro sinonim bo‘lgan
taksonlar ajratib ko‘rsatildi. Tadqiqot jarayonida mazkur zamburug‘lar 41 oila, 126 turkum va 188
xo‘jayin o‘simlik turlarida uchrashi aniqlandi. Eng ko‘p uchraydigan xo‘jayin o‘simliklar qatoriga
Fabaceae, Compositae, Lamiaceae va Apiaceae oilalari vakillari kiradi.

Kalit so‘zlar

: TASM, un shudring, patogen, Index Fungorum, MycoBank, xo‘jayin o‘simlik.

Аннотация

.

В

данной

статье

представлены

данные

о

грибах

рода

Leveillula

,

вызывающих

болезнь

мучнистой

росы

,

распространенных

на

территории

Узбекистана

.

В

ходе

исследования

была

проведена

инвентаризация

гербарных

образцов

данной

категории

,

хранящихся

в

фонде

микологического

гербария

(TASM)

Ботанического

института

Академии

наук

Республики

Узбекистан

.

Их

названия

были

уточнены

на

основе

международных

микологических

баз

данных

Index Fungorum

и

MycoBank,

а

также

составлен

современный

список

таксонов

.

В

результате

было

выявлено

7

видов

и

103

формы

,

всего

110

таксонов

,

а

также

выделены

взаимно

синонимичные

таксоны

между

ними

.

Исследование

показало

,

что

эти

грибы

парзиты

рода

Leveillula

встречаются

в

41

семействе

, 126

родах

, 188

видах

растений

-

хозяев

.

Наибольшее

количество

растений

-

хозяев

относятся

к

семействам

Fabaceae,

Compositae, Lamiaceae

и

Apiaceae.

Ключевые

слова

: TASM,

мучнистая

роса

,

патоген

, Index Fungorum, MycoBank,

растения

-

хозяин

.

Abstract:

This article presents data on the fungi of the genus

Leveillula

, which cause powdery

mildew, and are widespread in Uzbekistan. During the study, an inventory of herbarium specimens
of this genus, stored in the mycological herbarium (TASM) of the Institute of botany of the Academy
of Sciences of the Republic of Uzbekistan, was conducted. Their names were clarified based on
international mycological databases – Index Fungorum and MycoBank, and a modern list of taxa was
compiled. As a result, 7 species and 103 forms, a total of 110 taxa, were identified, and synonyms
between them were distinguished. The study revealed that these fungi occur in 41 families, 126
genera, and 188 host plant species. The largest number of host plants belongs to the families Fabaceae,
Compositae, Lamiaceae, and Apiaceae.

Keywords:

TASM, powdery mildew, pathogen, Index Fungorum, MycoBank, host plant


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

319

Leveillula

turkumiga mansub zamburug‘lar un-shudring kasalligini keltirib chiqaruvchi

patogenlar sifatida keng tarqalgan. Ushbu kasallik o‘simlik maydonlarida qisqa vaqt ichida kuchli
zararlanishga olib keladi. Un-shudring kasalligi dorivor o‘simliklar, mevali daraxtlar, sabzavotlar,
poliz ekinlari, rezavor mevalar, paxta va boshqa texnik ekinlarigacha bo`lgan xo`jayin o`simliklar
keng diapozonida uchraydi. Un-shudring zamburug‘lari obligat parazit bo‘lib, faqat tirik o‘simlik
to‘qimalarida – barg, kurtak, novda, gul va mevalarda rivojlanadi. Kasallangan o‘simliklarda o‘sish
sekinlashadi, barglar sarg‘ayib, quriydi, to‘pgullar nobud bo‘ladi. Bu holat qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda un-shudring zamburug‘larini o‘rganish bo‘yicha
ko‘plab mikolog olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan [1]–[9].

Ular ushbu zamburug‘larning taksonomiyasi, geografik tarqalishi, ekologiyasi bo‘yicha muhim

ma’lumotlar bergan. Mikologik tadqiqotlar natijasida

Leveillula

turkumiga mansub zamburug‘lar

uchun noyob gerbariy namunalari to‘plami yaratilgan bo‘lib, ular hozirda O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi Botanika institutining (TASM) fondida saqlanmoqda. Mazkur ish doirasida 1954 yildan
boshlab yig‘ilgan

Leveillula

turkumining gerbariy namunalari Xalqaro bazalar –

Index Fungorum

va

MycoBank

asosida tahlil qilinib, zamonaviy ro‘yxati shakllantirildi. Ularning xo‘jayin o‘simliklari

nomlari esa

The Plant List

(www.theplantlist.org) bazasi asosida aniqlashtirildi. Natijada, ilgari

adabiyotlarda keltirilgan 40 tur va 123 forma ichidan 110 ta takson (7 tur, 103 forma) tasdiqlandi,
ayrimlari esa sinonim sifatida belgilandi. Mikologik tadqiqotlar davomida

Leveillula

turkumiga

mansub yangi turlar aniqlangan bo‘lib, ular orasida fanga birinchi marta kiritilganlari ham mavjud:

Leveillula labiatarum

f

. hyssopi

f. nova,

L. cruciferarum f. crambes

f. nova,

L. boraginacearum

f.

tournefortiae

f. nova, shuningdek MDH mamlakatlari hududida pomidor o‘simligida aniqlangan

L.

solanacearum

f

. solani

.

Tadqiqot doirasida ushbu zamburug‘larning O‘zbekiston bo‘ylab tarqalish xaritasi tuzilib,

ularni Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida keng tarqalganligi
aniqlangan.

Leveillula turlarining tarqalishi bevosita ularning xo‘jayin o‘simliklariga bog‘liq bo‘lib, bu jihat

tahlilga alohida e’tibor qaratilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Leveillula turlari 41 oila, 126 turkum va
188 o‘simlik turida aniqlangan. Ular orasida eng ko‘p uchraydigan o‘simlik oilalari Fabaceae (20 ta
takson), Compositae (18), Lamiaceae (11), Apiaceae (9) hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda,

Leveillula

turkumiga mansub un-shudring zamburug‘larini zamonaviy

nomenklatura bazalari asosida qayta ko‘rib chiqish natijasida ayrim turlar o‘z maqomini yo‘qotgan
yoki sinonimga aylangan. Ayrim zamburug‘lar esa Index Fungorum yoki MycoBank bazalariga
kiritilmaganligi bois, ularni chuqurroq o‘rganish, molekulyar identifikatsiya qilish orqali keng ilmiy
muomalaga kiritish lozim. Bu esa O‘zbekiston hududida un-shudring zamburug‘lari biotasini boyitish
va uni dunyo ilm faniga integrasiyalashishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Н

.

И

.

Гапоненко

,

С

.

С

.

Рамазанова

,

М

.

Ш

.

Сагдуллаева

,

Х

.

М

.

Киргизбаева

Флора

грибов

Узбекистана

Т

. I.

Мучнисторосянные

грибы

. –

Ташкент

:

Фан

, 1983, – 360

с

.

2.

Головин

П

.

Н

.

Материалы

к

монографии

мучнисторосяных

грибов

(

сем

. Erysiphaceae)

в

СССР

.

Роды

Arthrocladia, Podosphaera, Microsphaera

II

Тр

.

БИН

АН

СССР

сер

. II. 1956. –

Вып

. 10. – 309-365

с

.

3.

Клейнер

Б

.

Д

.

Видовой

состав

грибов

возбудителей

заболеваний

древесных

пород

и

кустарников

в

горных

районах

Узбекистана

и

их

систематическая

характеристика

. //

Труды

среднеазиатского

научно

-

исследовательского

института

исследовательского

института

лесного

хозяйства

.

Вып

. III. – 1958. –

С

. 248-260

4.

ПанфиловаТ

.

С

.,

Гапоненко

Н

.

И

.

Микофлора

бассейны

р

.

Ангрен

.

Ташкент

.:

Фан

, 1963.

С

. 68-168.

5.

Солиева

Я

.

С

.

Микромицеты

сосудисты

x

растений

Сурхандарьинской

области

:

Автореф

.

дис

. ...

канд

.

биол

.

наук

. – T

ашкент

, 1989. - 21

с

.

6.

Камилов

Ш

.

Г

.

Микромицеты

сосудистых

растений

Ботанического

сада

АН

Узбекистана

им

.

Ф

.

Н

.

Русанова

.:

Автореф

.

дис

.

канд

.

биол

.

наук

.–

Ташкент

, 1991. –22

с

.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

320

7.

Нуралиев

X. X.

Микромицеты

сосудисты

x

растений

K

ашкадарьинской

области

.

Автореф

.

дис

. …

канд

.

биол

.

наук

. – T

ашк

e

нт

, 1998.– 18.

с

.

8.

Гаффоров

Ю

.

Ш

.

Микромицеты

сосудистых

растений

Наманганской

области

:

Автореф

.

дис

.…

канд

.

биол

.

наук

. –

Ташкент

, 2004. - 21

с

9.

Мустафаев

И

.

М

.

Микромицеты

сосудисты

x

растений

Нуратинского

заповедника

:

Автореф

.

дис

. …

канд

.

биол

.

наук

. – T

ашк

e

нт

, 2018.- 20

с

.

10.

www.indexfungorum.org

11.

www.mycobank.org

12.

www.theplantlist.org

Bibliografik manbalar

Н.И. Гапоненко, С.С. Рамазанова, М.Ш. Сагдуллаева, Х.М. Киргизбаева Флора грибов Узбекистана Т. I. Мучнисторосянные грибы. – Ташкент: Фан, 1983, – 360с.

Головин П. Н. Материалы к монографии мучнисторосяных грибов (сем. Erysiphaceae) в СССР. Роды Arthrocladia, Podosphaera, Microsphaera II Тр. БИН АН СССР сер. II. 1956. – Вып. 10. – 309-365с.

Клейнер Б.Д. Видовой состав грибов – возбудителей заболеваний древесных пород и кустарников в горных районах Узбекистана и их систематическая характеристика. // Труды среднеазиатского научно-исследовательского института–исследовательского института лесного хозяйства. Вып. III. – 1958. – С. 248-260

ПанфиловаТ.С.,Гапоненко Н.И. Микофлора бассейны р. Ангрен. Ташкент.: Фан, 1963. – С. 68-168.

Солиева Я.С. Микромицеты сосудистыx растений Сурхандарьинской области: Автореф. дис. ... канд. биол. наук. – Tашкент, 1989. - 21 с.

Камилов Ш.Г. Микромицеты сосудистых растений Ботанического сада АН Узбекистана им. Ф.Н.Русанова.: Автореф. дис.канд.биол.наук.– Ташкент, 1991. –22 с.

Нуралиев X. X. Микромицеты сосудистыx растений Kашкадарьинской области. Автореф. дис. … канд. биол. наук. – Tашкeнт, 1998.– 18.с.

Гаффоров Ю.Ш. Микромицеты сосудистых растений Наманганской области:Автореф. дис.… канд.биол. наук. – Ташкент, 2004. - 21 с

Мустафаев И.М. Микромицеты сосудистыx растений Нуратинского заповедника: Автореф. дис. … канд. биол. наук. – Tашкeнт, 2018.- 20 с.

www.indexfungorum.org

www.mycobank.org

www.theplantlist.org

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари