“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
314
O‘ZBEKISTONNING TOG‘ HUDUDLARIDA ARCHA VA DO‘LANA
O‘SIMLIKLARINING ASOSIY PATOGEN MIKROMITSETLARI
Jo‘raqulov Jaxongir Jo‘raqul o‘g‘li
1
., Iminova Malika Mashrabovna2., To‘raboyev
Mirzarahmat Baxtiyor o‘g‘li
3
., Mustafayev Ilyor Muradullayevich
4
., M
а
ll
а
yev Muslim
Xushn
а
z
а
r o‘g‘li
5
., Mardonov Sherzod Umaraliyevich
6
., Ibadova Sayyora Bahodir qizi
Tayanch doktorant
1
., joraqulovjahongir519@gmail.com
Katta ilmiy xodim
2
: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Botanika instituti
Katta ilmiy xodim
2
., Kichik ilmiy xodim
4
., O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i
Denov Tadbirkorlik Pedagogika Instituti Tayanch doktorant
5
Denov Tadbirkorlik Pedagogika Instituti o‘qituvchisi
6
Tayanch doktorant O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Botanika instituti
7
https://doi.org/10.5281/zenodo.15600571
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekistonning tog‘li hududlarida keng tarqalgan archa
(
Juniperus
) va do‘lana (
Crataegus
) o‘simliklarida uchraydigan asosiy zamburug‘ kasalliklari va
ularni keltirib chiqaruvchi patogenlar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, archa o‘simligida
aniqlangan zang (
Gymnosporangium
spp.), diplodioz (
Diplodia juniperi
), fomozi (
Dothidella
juniperi
), mikroterium (
Microthyrium juniperi
) va do‘lanadagi un-shudring (
Phyllosticta suffulta
f.
oxyacanthae), monilioz (
Monilinia johnsonii
) kabi kasalliklarning biologik xususiyatlari, tarqalish
davrlari va ularning simptomlari yoritilgan. Tadqiqotlarda ayniqsa
Gymnosporangium confusum
turining O‘zbekiston tabiiy sharoitida yuqori virulentlik xususiyati va keng tarqalish areali
aniqlangan. Ushbu patogenlar ikki turdagi xo‘jayin o‘simliklarda parazitlik qiladi: archa — asosiy
xo‘jayin, do‘lana — oraliq xo‘jayin. Shuningdek, maqolada ushbu kasalliklarga qarshi kurash
choralari, jumladan, agrotexnik va fungitsid asosidagi profilaktika usullari haqida ham tavsiyalar
berilgan. Tadqiqot natijalari o‘rmon xo‘jaliklarida fitosanitar holatni yaxshilash, archa va do‘lana
plantatsiyalarini saqlab qolish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga
ega.
Kalit so‘zlar: Gymnosporangium, Diplodia, Monilinia
, zang, diplodioz, fomoz, un-shudring.
Аннотация
:
В
статье
приведены
сведения
об
основных
грибковых
заболеваниях
и
возбудителях
,
их
вызывающих
,
у
растений
можжевельника
(
Juniperus
)
и
боярышника
(
Crataegus
),
широко
распространённых
в
горных
районах
Узбекистана
.
В
частности
,
освещены
биологические
особенности
,
периоды
распространения
и
симптомы
таких
заболеваний
боярышника
,
как
ржавчина
(Gymnosporangium
spp.),
диплодиоз
(
Diplodia
juniperi
),
фомоз
(
Dothidella juniperi
),
микротириоз
(
Microthyrium juniperi
),
а
также
мучнистая
роса
(
Phyllosticta suffulta
f. oxyacanthae)
и
монилиоз
(
Monilinia johnsonii
).
Исследования
показали
,
что
вид
Gymnosporangium confusum
отличается
высокой
вирулентностью
и
имеет
широкий
ареал
распространения
в
природных
условиях
Узбекистана
.
Эти
патогены
паразитируют
на
двух
типах
растений
-
хозяев
:
можжевельнике
—
основном
хозяине
и
боярышнике
—
промежуточном
хозяине
.
В
статье
также
даны
рекомендации
по
мерам
борьбы
с
этими
заболеваниями
,
включая
агротехнические
и
профилактические
методы
с
применением
фунгицидов
.
Результаты
исследований
имеют
важное
значение
для
улучшения
фитосанитарной
обстановки
в
лесном
хозяйстве
,
сохранения
насаждений
можжевельника
и
боярышника
,
а
также
обеспечения
их
устойчивого
развития
.
Ключевые
слова
: Gymnosporangium, Diplodia, Monilinia
,
ржавчина
,
диплодиоз
,
фомоз
,
мучнистая
роса
.
Annotation:
This article provides information on the main fungal diseases affecting juniper
(
Juniperus
) and hawthorn (
Crataegus
) plants, which are widespread in the mountainous regions of
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
315
Uzbekistan, along with the pathogens responsible for them. In particular, it highlights the biological
characteristics, periods of distribution, and symptoms of diseases observed in hawthorn, such as rust
(
Gymnosporangium
spp.), diplodia (
Diplodia juniperi
), phomosis (
Dothidella juniperi
),
microthyriosis (
Microthyrium juniperi
), powdery mildew (
Phyllosticta suffulta
f. oxyacanthae), and
in juniper, moniliosis (
Monilinia johnsonii
). The studies revealed that the species
Gymnosporangium
confusum
is highly virulent and has a wide natural distribution in Uzbekistan. These pathogens
parasitize two types of host plants: juniper as the primary host, and hawthorn as the intermediate host.
The article also provides recommendations for controlling these diseases, including agrotechnical
practices and preventive methods based on the use of fungicides. The results of the study are
important for improving the phytosanitary conditions in forestry, preserving juniper and hawthorn
plantations, and ensuring their sustainable development.
Keywords: Gymnosporangium, Diplodia, Monilinia
, rust, diplodiosis, fomosis, powdery
mildew.
Archazorlar 600 – 700 yil (ayrimlari 2000-yilgacha) yashaydi, tog
ʻ
larda suv to
ʻ
plash, tuproq
eroziyasini oldini olish, sel toshqinlarini bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Asosan Yer
yuzining Shimoliy yarim sharidagi tog
ʻ
li hududlarda – markaziy Amerika, Osiyo va Afrikada o
ʻ
sadi.
O
ʻ
rta Osiyo, Qrim, Oltoy-Sayan, Uzoq Sharqdagi tog
ʻ
larda 700 ming ga maydonni egallaydi, uning
665 ming ga dan ko
ʻ
prog
ʻ
i (93,5%) Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan. O
ʻ
zbekiston davlat
o
ʻ
rmon fondi hisobida 190 mingga yaqin archazor bor. O
ʻ
zbekistonda asosan, Tyanshan, Turkiston,
Chatqol, Hisor tog
ʻ
larida katta-katta archazorlar mavjud [1].
Archazorlarni ko‘paytirish va mavjudlarini saqlab qolishda turli xil iqlim faktorlari bilan
birgalikda zararli organizmlar ham to‘sqinlik ko‘rsatadi. Zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan
kurash choralarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash dolzarb vazifalardan biridir.
Hozirgi kunga qadar archa o‘simligida zang (kasallik qo‘zg‘atuvchilari:
Gymnosporangium
confusum
Plowr.,
G
.
fusisporum
Ed.Fisch.,
G. turkestanicum
Tranz.), fomoz (kasallik
qo‘zg‘atuvchisi:
. Dothidella juniperi
(Desm.) Höhn.), diplodioz (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Diplodia
juniperi
Westend), mikroterium (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Microthyrium juniper
) Qarag‘ayning
shyutte (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Lophodermium
sp.), zang (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Gymnosporangium confusum
Plowr.), fomoz (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Phoma
sp.), Do‘lananing
zang (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Gymnosporangium confusum
Plowr), un-shudring (kasallik
qo‘zg‘atuvchisi:
Phyllosticta suffulta
f. oxyacanthae Roum), monilioz (kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Monilinia johnsonii
(Ellis & Everh.) Honey). Agar ushbu kasalliklarga qarshi kasalliklarga qarshi o‘z
vaqtida kurash choralari olib borilmasa o‘simliklarni nobud qilishi mumkin.
Bugungi kunda tabiiy archazorlar turli zamburug‘li kasalliklar bilan kuchli zararlanib
bormoqda. Archazorlarga katta zarar keltirayotgan patogenlar qatoriga zamburug‘larning
Gymnosporangium
R. Hedw. ex DC. turkumiga mansub turlarni kiritish mumkin.
Gymnosporangium
bilan zararlangan archa novdalarida qalin urchuqsimon g‘uddalar hosil bo‘ladi, nina barglari
sarg‘ayadi va vaqt o‘tishi bilan zararlangan novdalar butunlay quriydi [2].
Hozirda O‘zbekistondagi tabiiy archazorlarda
Gymnosporangium confusum
Plowr.,
G
.
fusisporum
Ed.Fisch.,
G. turkestanicum
Tranz. kabi zang kasalligini keltirib chiqaruvchi turlar
tarqalgan. Ushbu patogenlar o‘zining hayot sikli davomida yuksak o‘simliklarning ikkita oilasiga
mansub turlarida parazitlik qiladi. Asosiy xo‘jayin o‘simliklar
Cupressaceae
oilasiga mansub archa
turlari bo‘lsa, oraliq xo‘jayin o‘simliklari
Rosaceae
oilasiga mansub
Crataegus
,
Cotoneaster
,
Sorbus
va
Pyrus
turkumi turlari hisoblanadi [3].
So‘ngi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki,
Gymnosporangium confusum
ni
boshqa turlarga nisbatan virulentligi va tarqalish areallari oshib bormoqda. Bunga sabab qilib, ushbu
turning oraliq xo‘jayin o‘simligi bo‘lgan do‘lana (
Crataegus
) turkumi vakillarining
populyatsiyalarini yurtimizning tabiiy hududlarida keng tarqalganligini ko‘rsatish mumkin.
Gymnosporangium
turlari teliya bosqichida zararlangan archa novdalaridagi urchuqsimon
qalinlashgan g‘uddalarda qishlab chiqadi. Teliosporalarda hosil bo‘lgan bazidiosporalar oraliq
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
316
xo‘jayin o‘simliklarni zararlashi uchun havo harorati 5 dan 20
o
C atrofida optimal harorat esa 15 °C
bo‘lishi kerak [4].
Dastlabki inokulyumni o‘simliklarga yuqishi ko‘p hollarda barg yoshiga bog‘liq bo‘ladi,
ayniqsa 10 kunlik oraliq xo‘jayin o‘simlik barglari kasallikni yuqtirishga juda ham moyil bo‘ladi.
Bizning kuzatuvlarimizga ko‘ra,
Gymnosporangium confusum
turining O‘zbekiston sharoitida
bazidiosporalarni oraliq xo‘jayin o‘simliklar ya’ni do‘lanalarni zararlashi uchun optimal harorati
bahorning kelishiga qarab aprel oyining birinchi - ikkinchi dekadalariga to‘g‘ri keladi.
Teliosporalardan bazidiyalar o‘sib ulardan bazidiosporalar ajralib chiqadi va dastlabki inokulyum
sifatida oraliq xo‘jayin o‘simliklar do‘lana (
Crataegus
) turkumi vakillarining barg, yosh novda va
generativ organlarini zararlaydi. Zararlangan do‘lanalarda may oyining ikkinchi dekadasidan boshlab
barg va generativ organlarning yuza qismlarida sarg‘ish dog‘lar ko‘rinishida spermagoniylar
(spermatsiy va retseptiv gifalar) paydo bo‘la boshlaydi. Kasallangan o‘simlik organlarida hosil
bo‘lgan spermagoniylardan barglarining ostki qismida, mevalarning esa yuza qismida etsiylar hosil
bo‘lishi iyun, iyul oylariga qadar davom etadi. Kasallangan qismlarda hosil bo‘lgan etsiylarda
yetilgan etsiosporalar asosiy xo‘jayin o‘simliklarga ikkilamchi inokulyum sifatida ko‘chib o‘tishi iyul
oyining ikkinchi, avgust oyining birinchi dekadalarida kuzatiladi va patogen kelasi yilning bahoriga
qadar asosiy xo‘jayin o‘simliklarda qoladi.
Quyida archa va do‘lana o‘simliklarida aniqlangan patogen zamburug‘lar haqida ham
ma’lumotlar berilgan.
Archa diplodiozi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Diplodia juniperi
Westend zamburug‘i
hisoblanadi. Bu zamburug‘ archa novdalarini zararlaydi. Kasallik kuchayganda ularni nobud bo‘lishi
olib keladi. Zamburug‘ o‘ziga xos ellipssimon, bur to‘siqli, zaytun rangli sporalar (aseksual sporalar)
hosil qiladi. Bu sporalar kasallikni bir o‘simlikdan ikkinchisiga yuqishida asosiy ro‘l o‘ynaydi.
Diplodia juniperi
ni to‘g‘ri boshqarish, infektsiyalangan o‘simlik materialini olib tashlash,
o‘simliklar atrofida havo aylanishini yaxshilash va kerak bo‘lganda tegishli fungitsidlarni qo‘llash
kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Archa fomozi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Dothidella juniperi
(Desm.) Höhn. (
Phoma juniperi
(Desm.) Sacc.) zamburug‘i. Zamburug‘ning piknidalari sharsimon, 2-3 tadan guruh bo‘lib joylashadi.
Sporalari tuxumsimon, ellipssimon rangsiz. Asosan archa novdalarida uchraydi. Kasallik simptomlari
yosh novdalarda mayda kichik och jigarrang dog‘larni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Keyinroq bu
dog‘lar kattalashishi, zararlangan joylarni nekrozga uchrashi kuzatiladi.
Archa mikroteriumi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi:
Microthyrium juniperi.
Bu kasallik
o‘simlikning ignabargi va yosh novdalarida uchraydi. Kasallik o‘simlikning ignabargi va novdasini
zararlab qurish holatiga olib keladi. Ushbu zamburug‘ turi Zomin Milliy tabiat bog‘idagi archalarda
keng tarqalgan.
Do‘lanaun-shudring
(
Phyllosticta suffulta
f. oxyacanthae Roum.) kasalligi
Kasallikning belgilari:
bu kasallikni
Phyllosticta suffulta
f. oxyacanthae Roum. zamburug‘i
keltirib chiqaradi. Zamburug‘ asosan yozning ikkinchi yarmidan rivojlanishni boshlaydi. Bargning
orqa tomonida zamburug‘ning oqish unsimon ko‘rinishdagi mitseliysi rivojlanadi. Keyinroq mitseliy
yo‘qolib ketadi va uning o‘rnida mayda qora nuqtalar ko‘rinishida askokarplar hosil bo‘ladi.
Kasallikning kuchli rivojlanishi asosan kuzning boshlariga to‘g‘ri kelib, kech kuzgacha davom etadi.
Kasallik kuchli rivojlanganda mevalar ham zararlanadi. Zamburug‘ning askokarplari bargning orqa
tomonida, sharsimon, diametri 180-260 mkm. Askokarplar ichida xaltalar soni ko‘p bo‘lib, ular
ellipssimon ko‘rinishga ega, 60-90x39-46 mkm o‘lchamda, oyoqchasi kalta, yaxshi bilinib turadi.
Sporalar tuxumsimon-ellips ko‘rinishida, o‘lchami 28-36x16-21 mkm.
Do‘lana moniliozi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi
Monilinia johnsonii
(Ellis & Everh.) Honey.
Ushbu patogen zamburug‘ ayniqsa, mo‘tadil mamlakatlarda do‘lanani ko‘proq zararlaydi.
Kasallikning belgilari.
Mevalarda asosiy simptomlar, do‘lana mevalarida jigarrang yoki
kulrang chirishning rivojlanishi hisoblanadi. Chirish meva yuzasi bo‘ylab tez tarqaladigan kichik
jigarrang dog‘lar sifatida boshlanadi. Zararlangan mevalarda ko‘pincha zamburug‘ konidiyasidan
tashkil topgan kukunli kulrang qoplama rivojlanadi. Zararlangan mevalar dastlab yumshoq va suvli
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
317
bo‘ladi, shundan keyin ular quriydi va to‘kilib ketadi. Barglarda jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi, ular
kengayib, to‘qimalarning nekroziga olib keladi. Kasallangan kurtaklar, shuningdek gul kurtaklari va
gullari so‘lib, qurib qoladi [5].
Respublikamizning tog‘li hududlarida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi o‘simliklar asosan archava
ozuqabop, dorivor do‘lana hisoblanadi. Do‘lanalarni turli zararli organizmlarini identifikatsiyalash,
ularning zararini baholash, do‘lana hosilining miqdor sifat ko‘rsatkichlariga kuchli zarar yetkazish
potensialiga ega bo‘lgan zararli organizmlarini aniqlash va ularga qarshi samarali uyg‘unlashgan
kurash texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Archazor.
2. Iminova, M.M., Mustafaev I.M., Islomiddinov Z.Sh., Ortiqov I.Z.
Патогенная
микобиота
Арчи
( Juniperus L.)
в
Жиззакской
области
. Life Sciences and Agroculture 2.3-2020. 55-59. DOI:
10,24411/2181-0761/2020-10093.
3. Mustafayev I., Islomiddinov Z., Iminova M., Ortiqov I. (2021) Distribution of species of
the genus Gymnosporangium (Pucciniales) in Uzbekistan. Ukrainian Botanical Journal, 78(1): 39–
46. doi.org/10.15407/ ukrbotj78.01.039.
4. Hilber, U., Schüepp, H., Schwinn, F. J. (1990). Studies on infection biologyof
Gymnosporangium fuscum DC. J. Plant Dis. Protect., 97 (3), 299–305; Dong, X.-L., Li, B.-H.,
Zhang, Z.-F., Li, B.-D., Xu, X.-M. (2006). Effect of environmental conditions on germination and
survival of teliospores and basidiospores of the pear rust fungus (Gymnosporangium asiaticum).
Eur. J. Plant Pathol., 115, 341–350.
5. Iminova M.M. va boshq. Surxondaryo viloyati boysun tumanidagi daraxt va butalarni
zamburug‘ kasalliklaridan himoya qilish choralari – Toshkent, 2017 – 30 b.
