Mualliflar

  • Durdona Soqiboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Dilrabo Ernazarova
    Andijon davlat universiteti
  • Faxriddin Kushanov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110596

Kalit so‘zlar:

bug‘doy nav poyaning yotib qolishi seleksiya chidamlilik mahsuldorlik

Annotasiya

Mazkur tadqiqot ishida bug‘doy poyasining yotib qolishga chidamlilik hususiyatlarining irsiylanishi va anatomik tuzilishini o‘rganish maqsad qilingan. Bug‘doyning yuqori hosildorligi poyaga nisbatan og‘irlik kuchini oshirib, yotib qolish hodisasini keltirib chiqaradi. Bu hosil yo‘qotilishiga olib keluvchi jiddiy sabablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham poyaning anatomik tuzilishini o‘rganish, uning yotib qolishga chidamli bo‘lgan duragay o‘simliklarni tanlab olishda muhim omil hisoblanadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

403

YUMSHOQ BUG‘DOYNING YOTIB QOLISHGA CHIDAMLILIGI BILAN

BOG‘LIQ ANATOMIK XUSUSIYATLARI

Soqiboyeva Durdona Bozorboyevna O

ʻ

zR FA Genetika va o

ʻ

simliklar eksperimental

biologiyasi instituti tayanch doktoranti durdonasoqiboyeva@gmail.com

Ernazarova Dilrabo Qo‘shboqovna O

ʻ

zR FA Genetika va o

ʻ

simliklar eksperimental

biologiyasi instituti b.f.d. yetakchi ilmiy xodimi edilrabo64@gmail.com

Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich O

ʻ

zR FA Genetika va o

ʻ

simliklar eksperimental

biologiyasi instituti b.f.d., prof.

fakhriddinkushanov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15577730

Annotatsiya.

Mazkur tadqiqot ishida bug‘doy poyasining yotib qolishga chidamlilik

hususiyatlarining irsiylanishi va anatomik tuzilishini o‘rganish maqsad qilingan. Bug‘doyning yuqori
hosildorligi poyaga nisbatan og‘irlik kuchini oshirib, yotib qolish hodisasini keltirib chiqaradi. Bu
hosil yo‘qotilishiga olib keluvchi jiddiy sabablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham poyaning
anatomik tuzilishini o‘rganish, uning yotib qolishga chidamli bo‘lgan duragay o‘simliklarni tanlab
olishda muhim omil hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

bug‘doy, nav, poyaning yotib qolishi, seleksiya, chidamlilik, mahsuldorlik.

Аннотация

.

Целью

данной

научной

работы

является

изучение

наследования

и

анатомической

структуры

признаков

устойчивости

стебля

пшеницы

к

полеганию

.

Высокая

урожайность

пшеницы

увеличивает

массу

стебля

,

что

приводит

к

полеганию

.

Это

одна

из

серьезных

причин

потери

урожая

.

Поэтому

изучение

анатомического

строения

стебля

является

важным

фактором

при

отборе

гибридных

растений

,

устойчивых

к

полеганию

.

Ключевое

слово

:

пшеница

,

сорт

,

стеблевое

полегание

,

селекция

,

устойчивость

,

урожайность

.

Annotation.

The aim of this study was to study the inheritance and anatomical structure of

lodging resistance traits in wheat stems. High yield of wheat increases the weight force on the stem,
causing lodging. This is one of the serious reasons for yield loss. Therefore, studying the anatomical
structure of the stem is an important factor in selecting hybrid plants that are resistant to lodging.

Key words:

wheat, variety, stem lodging, selection, resistant, yield.

Dunyo aholisining oziq-ovqat va oqsilga bo

ʻ

lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Mazkur

ehtiyojga bo‘lgan talabni nafaqat bug

ʻ

doy yetishtirish maydonlarini kengaytirish, mineral va organik

o

ʻ

g

ʻ

itlardan samarali foydalanish, yuqori agrotexnik vositalarni qo

ʻ

llash orqali qondirish mumkin,

balki, yuqori hosil beruvchi, qimmatli xo

ʻ

jalik belgilariga ega bo

ʻ

lgan, turli biotik va abiotik

stresslarga, shuningdek, yotib qolishga chidamli navlarni yaratish orqali erishish mumkin.

M.P. Reynoldsning ta’kidlashicha, bugungi kunda genetik rivojlanish sur’ati ikki barobarga

oshib, bug‘doyga bo‘lgan talab yiliga taxminan 2% ga ortib bormoqda. Bu holat esa seleksionerlarni
bug‘doydan mo‘l hosil olish yo‘lida barcha imkoniyatlari va bilimlarini ishga solishga undamoqda[1].

Mamlakatimizda seleksioner olimlar tomonidan mo‘l hosil beruvchi bug‘doy navlari yaratishga

erishilgan. Lekin hosildorlikni yanada oshirish maqsadida azotli o‘g‘itladan foydalanishni
me’yoridan ortishi oqibatida boshoq vaznining poyaga nisbatan og‘irligi oshib, o‘simlikning yotib
qolish ehtimoli ham ortadi. Natijada hosilning 60-80% gacha katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib
kelishi mumkin.

O‘simlik poyasi to‘qimalarining anatomik, morfologik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini

o‘rganish yotib qolishga chidamlilikni baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan
namunalarni to‘liq tavsiflash imkonini beradi. Ko‘plab tadqiqotchilar poyaning mustahkamligida
bo‘g‘im orasidagi devorlarning qalinligi va ularning anatomik tuzilishiga katta ahamiyat beradilar.
Poya strukturasining bu xususiyatlari, xususan, mexanik to‘qimalar (masalan, sklerenhima) va tomir
bog‘lamlarining soni, poyaning mustahkamligini ta’minlaydi. Bu esa yotib qolishga chidamlilikni


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

404

oshiradi. Bundan tashqari, lignin va selluloza kabi hujayra devori komponentlarining miqdori ham
poyaning mexanik mustahkamligiga ta’sir qiladi [2].

Tadqiqotlarimiz jarayonida bug‘doy poyalarining tuzilishini

о

‘rganish va yotib qolishga

chidamlilik xususiyatlarini irsiylanishini aniqlash maqsadida molekulyar genetik, biometrik, statistik
tahlillar bilan bir qatorda anatomik tahlillar ham o‘tkazildi. Tajriba uchun bug‘doy poyasining oxirgi
b

о

‘g‘imidan k

о

‘ndalang yupqa kesmalar tayyorlanib, anatomik tuzilishi o‘rganildi. Morfometrik

о

‘lchovlar uchun har bir namunaning birinchi b

о

‘g‘imidan 2 sm hajmdagi poya kesmalari tanlab

olindi.

Tayyorlangan poya kesmalari 96% li etanolda 2 sutka davomida ishlov berilgandan so‘ng

distillangan suvda yuvildi. Kesmalar rangsizlantirilishi uchun HCl ning 3% li eritmasida 1 sutka
davomida ishlov berildi. Navbatdagi bosqichda kesmalar 96% li etanolda 2 kun davomida saqlandi
hamda, distillangan suvda yuvilib, rangsizlantirish uchun 1,5% li KOH eritmasida 2 sutka davomida
saqlandi. Yana bir bor distillangan suvda yuvib olingach, mikropreparatlar tayyorlandi va mikroskop
ostida k

о

‘rish uchun tayyorlandi [3].

Tayyorlangan mikropreparatlar Leica EC3 fotokamerali Leica CM E mikroskopi ostida

kuzatilib anatomik tahlillar

о

‘tkazildi (1rasm).

1-rasm.

Poya ko‘ndalang kesmasining mikroskopda olingan tasviri tahlili. a) Leuc

84693/Ae.Squarrosa(409) 19; b) Farovon. Qisqartmalar: Ep – epidermis, ScL – sklerenxima to‘qima
qatlami, Pa – parenxima, IVB – ichki tomirlar to‘plami.

Yotib qolishga chidamsiz va chidamli bug‘doy navlari poyasi k

о

‘ndalang kesmasining

mikroskopda olingan tasvirini tahlil qilish ikkita genotip o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatdi. Yotib
qolishga chidamsiz navning (Leuc 84693/Ae.Squarrosa(409) 19) sklerenxima (ScL) to‘qima qatlami
yupqa, chidamli Farovon navida esa yotib qolishga moyil o‘simliklarnikiga qaraganda poya
sklerenximasi deyarli ikki barobar qalin devorlarga ega bo‘lib, hujayra qobig‘i qalin va bir-biriga
yaqin joylashgan. Bundan tashqari, parenximada joylashgan ichki tomirlar to‘plami (IVB) ham bir-
biriga yaqin va hujayralari ham zich joylashgan. Bu xususiyat poyaning mustahkamligini oshiradi
va yotib qolishga chidamliligini ta’minlaydi. Shunday qilib, yotib qolishga chidamli o‘simliklarda
poyaning o‘ziga xos xususiyatlari fazoviy joylashuvi hamda tashqi va ichki halqa ichidagi ko‘proq
miqdordagi tomir to‘plamlari hisoblanadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra tanlab olingan namunalardan Farovon, Vassa, Graf, Vexa, Sharaf, Sharaf-

100, Antonino, Grom, Omad, Zvezda navlari yotib qolishga chidamli, birmuncha baland bo‘yli,
poyasi ingichka 10 ta sintetik namunalarning barchasi chidamsiz namunalar ekanligi aniqlandi.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib,

о

‘rganilayotgan bug‘doy navlari va liniyalari

о

‘rtasida bug‘doy poyasining yotib qolishga chidamlilik belgisi bo‘yicha farqlar mavjudligi

aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar asosida

о

‘simliklarning chidamliligiga ta’sir qiluvchi genetik va

anatomik omillar haqida hulosa chiqarishga imkon beradi. Aniqlangan xususiyatlar bo‘yicha kelgusi
tadqiqot ishlarida yanada chuqur izlanishlar olib boriladi va chidamli bug‘doy navlarini tanlash
b

о

‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga y

о

‘naltiriladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

405

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Reynolds M.P., and et. al. Application of physiology in wheat breeding. Mexico, D.F. CIMMIT.

2001. -P 2

2.

Агеева

Е

.

В

.,

Леонова

И

.

Н

,

Лихенко

И

.

Е

.

Полегание

пшеницы

:

генетические

и

экологические

факторы

и

способы

преодоления

//

Вавиловский

журнал

генетики

и

селекции

– 2020. –

Т

. 24.

. 4. –

С

. 356-362.

3. Duhan, N., Panigrahi, S., Pal, N., Saini, D. K., Balyan, P., Singh, Y., ... & Kumar, U. Identification

and expression analysis of genomic regions associated with the traits contributing to lodging tolerance
in wheat (Triticum aestivum L.) //European Journal of Agronomy. – 2024. –

Т

. 154. –

С

. 127073.

4. Piñera

Chavez, F. J., Berry, P. M., Foulkes, M. J., Sukumaran, S., & Reynolds, M. P. Identifying

quantitative trait loci for lodging

associated traits in the wheat doubled

haploid population Avalon×

Cadenza //Crop Science. – 2021. –

Т

. 61. –

. 4. –

С

. 2371-2386.

5. Muszynska, A., Guendel, A., Melzer, M., Tandron Moya, Y. A., Röder, M. S., Rolletschek, H., ... &

Börner, A.A mechanistic view on lodging resistance in rye and wheat: a multiscale comparative study
//Plant biotechnology journal. – 2021. –

Т

. 19. –

. 12. –

С

. 2646-2661.

6. Cruz, P. J., Silva, J. D., Carvalho, F. D., Oliveira, A. D., Benin, G., Vieira, E. A., ... & Fonseca, D.

A. R.Genetics of lodging-resistance in wheat //Crop Breeding and Applied Biotechnology. – 2005. –

Т

. 5. –

.1.

Bibliografik manbalar

Reynolds M.P., and et. al. Application of physiology in wheat breeding. Mexico, D.F. CIMMIT. 2001. -P 2

Агеева Е.В., Леонова И.Н, Лихенко И.Е. Полегание пшеницы: генетические и экологические факторы и способы преодоления // Вавиловский журнал генетики и селекции – 2020. – Т. 24. – №. 4. – С. 356-362.

Duhan, N., Panigrahi, S., Pal, N., Saini, D. K., Balyan, P., Singh, Y., ... & Kumar, U. Identification and expression analysis of genomic regions associated with the traits contributing to lodging tolerance in wheat (Triticum aestivum L.) //European Journal of Agronomy. – 2024. – Т. 154. – С. 127073.

Piñera‐Chavez, F. J., Berry, P. M., Foulkes, M. J., Sukumaran, S., & Reynolds, M. P. Identifying quantitative trait loci for lodging‐associated traits in the wheat doubled‐haploid population Avalon× Cadenza //Crop Science. – 2021. – Т. 61. – №. 4. – С. 2371-2386.

Muszynska, A., Guendel, A., Melzer, M., Tandron Moya, Y. A., Röder, M. S., Rolletschek, H., ... & Börner, A.A mechanistic view on lodging resistance in rye and wheat: a multiscale comparative study //Plant biotechnology journal. – 2021. – Т. 19. – №. 12. – С. 2646-2661.

Cruz, P. J., Silva, J. D., Carvalho, F. D., Oliveira, A. D., Benin, G., Vieira, E. A., ... & Fonseca, D. A. R.Genetics of lodging-resistance in wheat //Crop Breeding and Applied Biotechnology. – 2005. – Т. 5. – №.1.