Mualliflar

  • Ikromiddin Badalxo‘djayev
    Andijon davlat universiteti
  • Sardorbek Kambarov
    Andijon davlat universiteti
  • Azizullo Kuranov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110669

Kalit so‘zlar:

Nematodalar Mevali daraxtlar Rizosfera Ekologik xususiyatlar O‘zbekiston agrotsenozlari Nematologik monitoring Pratylenchus Meloidogyne

Annotasiya

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mevali daraxtlar agrotsenozlarida uchraydigan fitoparazit nematodalar faunasi haqida adabiyotlar sharxi keltirilgan. Tadqiqotlar olma, nok, shaftoli, o‘rik, gilos kabi daraxtlar rizosferasida tarqalgan zararli nematodalar (Pratylenchus, Meloidogyne, Xiphinema, Longidorus, Helicotylenchus) va ularning salbiy ta’siriga qaratilgan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hamda Tojikistonda olib borilgan izlanishlar tahlil qilinadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

152

MEVALI DARAXTLAR BILAN BOG‘LIQ NEMATODALAR FAUNASINING

O‘RGANILISHI

Badalxo‘djayev Ikromiddin,

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi b.f.n., professor

Kambarov Sardorbek Saytkamolovich,

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi b.f.f.d., o‘qituvchi

Kuranov Azizullo Dilmuratovich

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchilari

sardorqambaro1989@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15595245

Annotatsiya:

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mevali daraxtlar agrotsenozlarida

uchraydigan fitoparazit nematodalar faunasi haqida adabiyotlar sharxi keltirilgan. Tadqiqotlar olma,
nok, shaftoli, o‘rik, gilos kabi daraxtlar rizosferasida tarqalgan zararli nematodalar (

Pratylenchus,

Meloidogyne, Xiphinema, Longidorus, Helicotylenchus

) va ularning salbiy ta’siriga qaratilgan.

Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hamda Tojikistonda olib borilgan
izlanishlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Nematodalar, Mevali daraxtlar, Rizosfera, Ekologik xususiyatlar, O‘zbekiston

agrotsenozlari, Nematologik monitoring,

Pratylenchus, Meloidogyne

Аннотация

:

В

данной

работе

представлен

обзор

литературы

,

посвящённой

фауне

фитопаразитических

нематод

,

обитающих

в

агроценозах

плодовых

деревьев

Узбекистана

и

Центральной

Азии

.

Исследования

сосредоточены

на

вредоносных

нематодах

родов

Pratylenchus

,

Meloidogyne

,

Xiphinema

,

Longidorus

,

Helicotylenchus

,

обитающих

в

ризосфере

таких

плодовых

культур

,

как

яблоня

,

груша

,

персик

,

абрикос

и

вишня

,

а

также

на

их

негативном

воздействии

на

растения

.

Проанализированы

исследования

,

проведённые

в

Ферганской

долине

,

Ташкентской

,

Сурхандарьинской

и

других

областях

Узбекистана

,

а

также

в

Таджикистане

.

Ключевые

слова

:

нематоды

,

плодовые

деревья

,

ризосфера

,

экологические

особенности

,

агроценозы

Узбекистана

,

нематологический

мониторинг

,

Pratylenchus

,

Meloidogyne

Abstract:

This literature review presents an overview of the phytoparasitic nematode fauna

associated with fruit tree agrocenoses in Uzbekistan and Central Asia. The research focuses on
harmful nematodes of the genera

Pratylenchus

,

Meloidogyne

,

Xiphinema

,

Longidorus

, and

Helicotylenchus

that inhabit the rhizosphere of fruit trees such as apple, pear, peach, apricot, and

cherry, and highlights their detrimental effects on plant health. Studies conducted in the Fergana
Valley, Tashkent, Surkhandarya, other regions of Uzbekistan, as well as in Tajikistan, are analyzed.

Keywords:

Nematodes, Fruit trees, Rhizosphere, Ecological characteristics, Agrocenoses of

Uzbekistan, Nematological monitoring,

Pratylenchus

,

Meloidogyne

Kirish.

O‘zbekiston hududida mevali daraxtlarga ixtisoslashgan intensiv bog‘dorchilik keng

rivojlanmoqda. Shu bilan birga, mevali daraxtlar agrotsenozlarida uchraydigan nematodlar faunasini
o‘rganish, ularning ekologik-hududiy xususiyatlarini aniqlash, iqtisodiy zarar yetkazuvchi turlarini
belgilash hamda ular ustidan samarali kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy
masalalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda mevali daraxtlar bilan bog‘liq nematologik tadqiqotlar cheklangan bo‘lib,

mavjud ma’lumotlar asosan umumiy tahlillar va ayrim turlarning qayd etilishi bilan chegaralangan.
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududlarida olib
borilgan ilmiy izlanishlar natijasida mevali daraxtlar rizosferasida ko‘plab fitoparazit va erkin
yashovchi nematod turlari aniqlangan. Jumladan,

Aphelenchoides

,

Tylenchus

,

Helicotylenchus

,

Paratylenchus

,

Trichodorus

kabi jinslarga mansub nematodlar tuproq va ildiz namunalarida


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

153

muntazam uchrab turadi. Ayrim turlar esa faqat muayyan hududlar yoki xo‘jayin o‘simliklarga xosligi
bilan ajralib turadi.

Mazkur tadqiqot mevali daraxtlar (olma, nok, gilos, shaftoli, o‘rik va boshqalar)

agrotsenozlarida uchraydigan nematodlar faunasini o‘rganish, ularning ekologik xususiyatlarini
baholash, zarar yetkazuvchi turlarini aniqlash hamda ularning meva yetishtirishdagi ahamiyatini
yoritishga qaratilgan.

Ushbu yo‘nalishda olib borilgan dastlabki tadqiqotlar A.V. Boldyrev tomonidan Farg‘ona

vodiysida o‘tkazilgan bo‘lib, u olma, o‘rik va gilos daraxtlari ildiz zonasidan

Tylenchus devastatrix

va

Aphelenchus avenae

turlarini aniqlagan [2]. Ushbu turlar tuproqdagi organik qoldiqlarda faoliyat

yurituvchi saprotrof nematodlar sifatida qaralgan bo‘lsa-da, ayrim sharoitlarda o‘simlik ildizlariga
zarar yetkazishi mumkinligi aniqlangan.

Keyingi yillarda Sh.M. Mamatqulov tomonidan Toshkent viloyatida olib borilgan

izlanishlarda olma, o‘rik va nok daraxtlari rizosferasida

Helicotylenchus digonicus

va

Pratylenchus

pratensis

turlari qayd etilgan [4]. Ushbu turlar polifag xususiyatga ega bo‘lib, o‘simlik ildiz

to‘qimalarida fiziologik va morfologik o‘zgarishlar yuzaga keltiradi, natijada daraxtlarning
oziqlanish tizimi susayadi.

M.M. Musayev tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar O‘zbekistonning turli

agroekologik zonalarida shaftoli, anor va uzum plantatsiyalarida nematodlar tarqalishini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Olim

Meloidogyne incognita

va

Tylenchorhynchus claytoni

turlarining yuqori

populyatsiyasini aniqlagan [3].

2000-yillarning boshlarida Mamatqulov va boshqalar tomonidan Namangan viloyatida

o‘tkazgan tadqiqotlarida olma va gilos daraxtlarida

Hoplolaimus indicus

hamda

Paratylenchus

microdorus

turlari mavjudligini aniqlaganlar [6].

Saitov Y.A. tomonidan Andijon viloyatidagi bog‘larda olib borilgan izlanishlarda olcha,

shaftoli va anor daraxtlari ildiz zonalaridan

Ditylenchus dipsaci

va

Xiphinema index

turlari

aniqlangan [9].

Surxondaryo viloyatida S.M. Nurmatov 2011 tomonidan o‘rik va uzum plantatsiyalarida olib

borilgan izlanishlar davomida

Longidorus elongatus

va

Tylenchorhynchus brassicae

turlari qayd

etilgan [7].

Sh. Xolmatov 2017 Samarqand viloyatidagi olma, o‘rik va gilos bog‘larida olib borgan ilmiy

izlanishlarida

Pratylenchus vulnus

va

Meloidogyne hapla

turlarini aniqlagan [10].

Tojikistonda olib borilgan tadqiqotlarda Amonov B.Q. 2019 tomonidan shaftoli va o‘rik

daraxtlari rizosferasida

Heterodera schachtii

va

Rotylenchulus reniformis

turlari aniqlangan [1].

Qashqadaryo viloyatida Berdikulov va boshqalar 2021 tomonidan anor, anjir va o‘rik

daraxtlari o‘rganilgan bo‘lib,

Tylenchus

n.sp. va

Helicotylenchus pseudorobustus

kabi turlar topilgan

[5].

So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar, jumladan Qodirov va boshqalar tomonidan Sharqiy

Farg‘ona hududida olma va shaftoli plantatsiyalarida olib borilgan izlanishlar davomida

Meloidogyne

javanica

,

Pratylenchus neglectus

va

Aphelenchoides fragariae

turlari aniqlangan [8].

Xulosa. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida mevali daraxtlar plantatsiyalarida doimiy

nematologik monitoringni yo‘lga qo‘yish, zararli turlarni erta aniqlash, ularning ekologik holatini
baholash hamda integratsiyalashgan himoya choralarini ishlab chiqish zarurligi kelib chiqadi.
Tadqiqot natijalari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida mevali daraxtlar salomatligini saqlash,
hosildorlikni oshirish va yer resurslaridan oqilona foydalanishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Амонов

Б

.

Қ

.

Фитонематоды

плодовых

культур

Южного

Таджикистана

.

Душанбе

:

Дониш

,

2019.
2.

Болдырев

А

.

В

.

Нематоды

почв

Ферганской

долины

.

Ташкент

:

АН

УзССР

, 1955.

3.

Мусаев

М

.

М

.

Паразитические

нематоды

плодовых

культур

Узбекистана

.

Ташкент

:

ФАН

,

1974.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

154

4.

Маматқулов

Ш

.

М

.

Олма

ва

ўрик

боғларида

учрайдиган

илдиз

паразит

нематодлар

. //

Земледелие

Узбекистана

,

4. 1986.

5. Berdikulov U. Qashqadaryo viloyatidagi mevali daraxtlarda uchraydigan ildiz nematodalari. //
Agrobiologik tadqiqotlar jurnali,

4. 2021.

6. Mamatqulov Sh.M. Mevali bog‘larda fitonematodlar turlar tarkibi. // Agrobiologiya jurnali,

2.

2005.
7. Nurmatov S.M. Surxondaryo viloyati bog‘larida fitonematodlar. // Ilm va taraqqiyot,

3. 2011.

8. Qodirov S., Rahmonov N., Sultonova Z. Sharqiy Farg‘onadagi olma va shaftoli bog‘larida
uchraydigan nematodlar. // O‘zbekiston biologiya jurnali,

2. 2023.

9. Saitov Yu.A. Andijon viloyatida mevali daraxtlar rizosferasidagi nematodlar. – Kandidatlik
dissertatsiyasi. Andijon. 2008.
10. Xolmatov Sh. “Samarqand viloyati mevali bog‘larida uchraydigan parazit nematodlar”. // O‘zMU
ilmiy axboroti, Biologiya seriyasi,

1. 2017.

Bibliografik manbalar

Амонов Б.Қ. Фитонематоды плодовых культур Южного Таджикистана. Душанбе: Дониш, 2019.

Болдырев А.В. Нематоды почв Ферганской долины. Ташкент: АН УзССР, 1955.

Мусаев М.М. Паразитические нематоды плодовых культур Узбекистана. Ташкент: ФАН, 1974.

Маматқулов Ш.М. Олма ва ўрик боғларида учрайдиган илдиз паразит нематодлар. // Земледелие Узбекистана, №4. 1986.

Berdikulov U. Qashqadaryo viloyatidagi mevali daraxtlarda uchraydigan ildiz nematodalari. // Agrobiologik tadqiqotlar jurnali, №4. 2021.

Mamatqulov Sh.M. Mevali bog‘larda fitonematodlar turlar tarkibi. // Agrobiologiya jurnali, №2. 2005.

Nurmatov S.M. Surxondaryo viloyati bog‘larida fitonematodlar. // Ilm va taraqqiyot, №3. 2011.

Qodirov S., Rahmonov N., Sultonova Z. Sharqiy Farg‘onadagi olma va shaftoli bog‘larida uchraydigan nematodlar. // O‘zbekiston biologiya jurnali, №2. 2023.

Saitov Yu.A. Andijon viloyatida mevali daraxtlar rizosferasidagi nematodlar. – Kandidatlik dissertatsiyasi. Andijon. 2008.

Xolmatov Sh. “Samarqand viloyati mevali bog‘larida uchraydigan parazit nematodlar”. // O‘zMU ilmiy axboroti, Biologiya seriyasi, №1. 2017.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари