Mualliflar

  • Alisher Xurramov
    Andijon davlat universiteti
  • Gavhar Mardanova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110705

Kalit so‘zlar:

Anopheles plasmodium gonotrofik tsikl bezgak mavsumiy

Annotasiya

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida bezgak plazmodiumini olib yuruvchi Anopheles urug’iga mansub chivinlarning mavsumiy faolligi va gonotrofik tsikllarning qisqarishi yillik kuzatuvlar asosida mavsumiy o‘zgarishlar tahlil qilindi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

34

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA ANOPHELES CHIVINLARIGA

BEZGAK PLAZMODIUM VIVAX YUQISHINING MAVSUMI ELEMENTLARI

Xurramov Alisher Shukurovich

1

, Mardanova Gavhar Dobilovna

2

1

Termiz davlat universiteti professori, b.f.d.

E-mail: Khurramov10@mail.ru

2

Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, b.f.f.d.

E-mail: dilnuramuhamadiyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15574308

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida bezgak plazmodiumini

olib yuruvchi Anopheles urug’iga mansub chivinlarning mavsumiy faolligi va gonotrofik tsikllarning
qisqarishi yillik kuzatuvlar asosida mavsumiy o‘zgarishlar tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar.

Anopheles, plasmodium, gonotrofik tsikl, bezgak, mavsumiy.

Аннотация

:

В

данной

статье

проанализирована

сезонная

активность

комаров

рода

Anopheles

,

переносящих

малярийный

плазмодий

,

а

также

сокращение

гонотрофических

циклов

в

климатических

условиях

Сурхандарьинской

области

.

Анализ

основан

на

ежегодных

наблюдениях

за

сезонными

изменениями

.

Ключевые

слова

.

Anopheles, plasmodium,

гонотрофический

цикл

,

малярия

,

сезонная

.

Annotation:

This article analyzes the seasonal activity of mosquitoes belonging to the

Anopheles

genus, which carry the malaria plasmodium, and the shortening of gonotrophic cycles

under the climatic conditions of Surkhandarya region. The analysis is based on annual observations
of seasonal changes.

Key words. Anopheles, Plasmodium, gonotrophic cycle, malaria, seasonal.

Surxondaryo viloyatida

Anopheles

urug’iga mansub

An. superpictus

va

An. pulcherrimus

chivinlari bezgakning asosiy tarqatuvchisi bo‘lib, ularni qat’iy hisobga olish va nazorat qilishni yo‘lga
qo‘yish, hamda bezgak mavsumi elementlarining vaqtini hisoblab chivinlarda sporogoniyning
samarali rivojlanishining boshlanishi va oxiri, birinchi va oxirgi sporogoniyaning davomiyligi,
bezgak yuqishining boshlanishi va tugash vaqtlari kunning o‘rtacha harorati bilan uzviy bog‘ligi
o‘rganib bezgak bilan zararlanish natijasida yuzaga keluvchi birinchi bezgakni paydo bo‘lish
muddatlarini davomiyligini avvaldan aniqlash va bezgak bilan zararlanish mavsumi yuza kelishi
mumkinligini tahlil qilib oldindan aniqlash imkonini beradi.

Material va metodlar.

Materialllar Surxondaryo viloyatining hududida (shimolda 37°10’ dan

39°02’ gacha va sharqda 66°32’ dan 68°25’ gacha bo‘lgan kenglikdagi nuqtalar oralig‘ida joyshgan)
umumiy qabul qilingan usullar yordamida yig‘ilgan hamda Sh.D. Moshkovckiy (1951) va A.V.
Gutsevich va boshq. (1970) tomonidan tavsiya etilgan metodlardan foydalanildi [1; 384-b., 2; 455-
b.].

Natijalar va muhokama.

Bezgakning odamlarga yuqishini hisoblash birinchi generatsiya

urg‘ochi chivinlari tomonidan bezgakni samarali yuqtirish mavsumining boshlanishini hisoblash
qo‘yidagicha amalga oshiriladi: fenologik kuzatuvlarga ko‘ra, birinchi generatsiyaning ommaviy
uchish sanasi belgilanadi va shu kundan boshlab ushbu haroratda sporogoniyani tugatish uchun
qancha vaqt kerakligini hisoblab chiqadi. Sporogoniyaning tugashi birinchi generatsiya vakillari
tomonidan bezgak yuqish mavsumining boshlanishini anglatadi. Mavsumning oxiri yoz va kuzning
oxirida har xil turdagi urg‘ochi bezgak chivinlarining xatti-harakatlariga bog‘liq. Bezgak tashuvchisi
sifatida eng katta epidemik ahamiyatga ega bo‘lgan urg‘ochi chivinlar odatda I va II avlodlardir,
chunki qishlagan urg‘ochilar bahorda issiqlik etishmasligi tufayli bezgak yuqishini ta’minlay
olmaydi. Tabiiy sharoitda faqat bitta urhochi

Anopheles

uchta gonotrofik tsikl o‘tadi va juda kamdan-

kam hollarda to‘rtta va bezgakning yuqishi mumkin bo‘lgan mavsumning aniqligi 3 oyni tashkil
qiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

35

Iqlimning isishi tufayli bezgak mavsumi elementlarining vaqtida o‘zgarishlar mavjud. 1-

jadvaldan ko‘rinib turibdiki, chivinlarning samarali yuqishi yildan yilga kechroq boshlanganiga
qaramay, birinchi sporogoniyaning davomiyligi, aksincha, kamaydi, ya’ni, o‘rtacha kunlik harorat
o‘tgan yilga nisbatan yuqori edi. Shunga ko‘ra, bezgak yuqishining boshlanish vaqti o‘zgardi, ya’ni
2022-yilda plazmodium yuqishi 2021-yilga qaraganda erta, 2021-yilda esa 2020-yilga nisbatan erta
sodir bo‘lishi kerak edi. Bezgak plazmodiumi bilan chivinlarning samarali infeksiyasining tugashi
yoki yillar bo‘yicha oxirgi sporogoniyaning boshlanishi, shuningdek, oxirgi sporogoniyaning
davomiyligi ham o‘zgarib turdi, ammo uch yil ichida oxirgi sporogoniyaning oxiri amalda to‘g‘ri
keladi, ya’ni 2-3-noyabr. Uyda qishlaydigan va qon ichadigan endofil (

An. hyrcanus

va

An. claviger

)

chivinlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, parazitning yuqish muddati 35-38 kun
davom etdi. Shuni hisobga olish takidlash kerakki,

An superpictus

uchun bezgakning odamlarga uy

ichlariida yuqishi mumkinligi tashvishli bu holat faqat

An. superpictus

uchun o‘ziga xosligi aniqlandi

(1-jadval).

jadval-1

Termiz shahri sharoitida Anopheles chivinlarga bezgak

Plazmodium vivax yuqishi va mavsumi elementlarining xususiyatlari

T/r

Ko‘rsatkichlar

2020 yil

2021

yil

2022

yil

1

Chivinlarni

Pl. vivax

samarali zaralanishining boshlanishi

birinchi sporogonii boshlanishi bilan tengligida

14 mart

18

mart

24

Mart

2

Birinchi sporogoniining davomiyligi

30 kun

25 kun

15 kun

3

Pl. vivax

yuqtirishini boshlanishi

12 aprel

11

aprel

8

Aprel

4

Chivinlarni

Pl. vivax

samarali zaralani-shining nihoyasi oxirgi

sporogoniining boshlanishi bilan tengligida

12

oktyabr

28 sentyabr

3

oktyabr

5

Oxirgi sporogoniining yakuni

2 noyabr

3

noyabr

2

Noyabr

6

Oxirgi sporogoniiningdavomiyligi

22 kun

33 kun

31 kun

7

An. pulcherrimus

chivinlari uchun

Pl. vivax

yuqtirishning

nihoyasi

17 noyabr

17 noyabr

16

Noyabr

8

An. superpictus

chivinlari uchun

Pl. vivax

yuqtirishning

nihoyasi

8 dekabr

8

dekabr

7

dekabr

2-jadvaldagi ma’lumotlardan iqlim o‘zgarishi (isish) chivinda (sporogoniya) parazit rivojlanish

vaqtiga qanday ta’sir qilishini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, agar bahor sovuq va yomg‘irli bo‘lsa,
sporogoniya davrlari 7 kundan 15-29 kungacha uzaytiriladi; yozda, aksincha, yuqori harorat tufayli
muddatlar 4-10 kungacha kamayadi; kuzda sporogoniya davrlari 6 dan 21 kungacha va ma’lumki,
sporogoniya qanchalik tez tugasa, urg‘ochi chivin parazitning xavfli tarqatuvchisiga aylanadi va shu
bilan birga urg‘ochilarning katta foizi tirik qoldi (2-jadval).

jadval-2

Sporogoniyning yilning mavsumlari bo‘iycha davomiyligi, kunlar

T/r

Yid

Bir sporogoniydagi kunlar soni

Bahor

Yoz

Kuz

1

2020

11-29 kun

6-8 kun

11-21 kun

2

2021

8-23 kun

5-10 kun

7-8 kun

3

2022

7-15 kun

4-7 kun

6-15 kun

3-jadvaldagi ma’lumotlardan iqlim o‘zgarishi (isish) gonotrofik sikllarning davomiyligiga,

ya’ni chivinlarni oziqlanish va ko‘payish jarayoniga qanday ta’sir qilishini ko‘rish mumkin. Shunday
qilib, agar bahor sovuq va yomg‘irli bo‘lsa, unda gonotrofik sikllarning davomiyligi 3 kundan 11
kungacha uzaytiriladi; yozda, aksincha, yuqori harorat tufayli vaqt 3-4 kungacha kamayadi; kuzda
gonotrofik sikllarning davomiyligi 3 dan 11 kungacha. Ma’lumki, yepidemiologik xavfli urg‘ochilar


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

36

bir nechta gonotrofik sikllarni sodir yetgan deb hisoblanadi, chunki infeksiyalangan urg‘ochilar
bezgak plazmodiumini har safar odamni tishlaganida tupurik bilan qonga o‘tkazadilar (3-jadval).

jadval-3

Gonotrofik tsikllarning yil mavsumda davomiyligini aniqlash

T/r

Yil

Gonotrofik siklning davomiyligi, kunlar

Bahor

Yoz

Kuz

1

2020 yil

3-9 kun

3-4 kun

3-6 kun

2

2021 yil

3-11 kun

3-4 kun

3-11 kun

3

2022 yil

3-7 kun

3 kun

3-5 kun

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi-ki, iqlimning global o‘zgarishi (kunlarning isib ketishi)

gonotrofik sikllarning davomiyligiga, ya’ni chivinlarning oziqlanish va ko‘payish jarayonlariiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari 12-ilovada ko‘rish mumkin. Undan
qilib chiqib shuni taqidlash kerakki, agar yilning bahor vasli sovuq va yomg‘irli bo‘lsa, unda
gonotrofik sikllarning davomiyligi 3 kundan 11 kungacha uzayishi kuzatildi. Yozda esa, aksincha,
havoning yuqori harorati tufayli siklashish vaqti 3-4 kungacha kamayganligi aniqlandi. Kuzda
gonotrofik sikllarning davomiyligi 3 dan 11 kungacha bo‘lishligi aniqlandi. Shuni ham takidlash
kerakki,

Anopheles

chivinlarining urg‘ochilari epidemiologik jihatdan o‘ta xavfli bo‘lishi bilan birga

mavsum davomida bir nechta gonotrofik sikllarni sodir qilishiligi va shu davrda infeksiyalangan
urg‘ochilar bezgak plazmodiumini har safar odamni tishlaganida tupurik bilan qonga o‘tkazab
yuborish qobiliyati egaligi bilan kelgisi kelgan odamga yukumli kasaliklarni tarqati berishiligi bilan
xozirgacha xavfli bo‘lib qolmoqda.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki,

An. superpictus

chivinlar urg‘ochisining samarali

zararlanish mavsumi bezgak qo‘zg‘atuvchisi butun uzunligi davomida bir xil bo‘lmasligi aniqlandi.
Ushbu mausumda bezgak plazmodiysi havoning yil davomida har sutkalik o‘rtacha +16 °C ga teng
yoki yukori haroratda pashshalarning birinchi generatsiyasi uchib chiqqon sana aniqlanib kasaallik
yukish ehtimolini oldini olinish choralari ko‘riladi.

Adabiyotlar

1.

Гуцевич

А

.

В

.,

Мончадский

А

.

С

.,

Штакельберг

А

.

А

.

Фауна

СССР

.

Насекомые

двукрылые

.

Комары

(

семейства

Culicidae).

Определители

. //

Ленинград

:

Наука

, 1970.

Т

.3

вып

.

4. 384

с

.

2.

Мошковский

Ш

.

Д

.,

Рашина

М

.

Г

.,

Демина

Н

.

А

.

Малярия

.

Эпидемиология

и

медицинская

паразитология

для

энтомологов

//

М

.:1951. 455

с

.

Bibliografik manbalar

Гуцевич А.В., Мончадский А.С., Штакельберг А.А. Фауна СССР. Насекомые двукрылые. Комары (семейства Culicidae). Определители. // Ленинград: Наука, 1970. Т.3 вып. №4. 384 с.

Мошковский Ш.Д., Рашина М.Г., Демина Н.А. Малярия. Эпидемиология и медицинская паразитология для энтомологов // М.:1951. 455 с.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари