Mualliflar

  • Durdona Doyimova
    Termiz iqtisodiyot va server universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.136835

Kalit so‘zlar:

Turkiston jadidchilik harakati Osiyo ilm- fan texnika taraqqiyoti ziyoli qatlam

Annotasiya

Ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi hamda oʻzbek jadidlarning faoliyatini oʻrganishga oid maʼlumotlar keltirilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

23

Doyimova Durdona

Termiz iqtisodiyot va server universiteti

Uzbekistan

durdona1345@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi hamda oʻzbek

jadidlarning faoliyatini oʻrganishga oid maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Turkiston, jadidchilik harakati, Osiyo, ilm- fan, texnika taraqqiyoti, ziyoli qatlam.

Аннотация:

В статье представлены сведения о возникновении джадидского движения в

Туркестане и изучении деятельности узбекских джадидов.

Ключевые слова:

Туркестан, джадидское движение, Азия, наука, технический прогресс,

интеллигенция.

Abstract:

This article presents information on the emergence of the Jadid movement in Turkestan

and the study of the activities of Uzbek Jadids.

Keywords:

Turkestan, Jadid movement, Asia, science, technological development, intelligentsia.

Language:

Uzbek

Citation:

Doyimova , D. (2025). JADIDIST MOVEMENT. EDUCATIONAL ACTIVITIES OF

UZBEKISTAN JADIDS. Universal International Scientific Journal, 2(7), 23–27. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3558

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

JADIDCHILIK HARAKATI. OʻZBEK JADIDLARINING MAʼRIFIY

FAOLIYATI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 7

Published: 30.07.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

2

4

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon

sivilizatsiyasining

taraqqiyotida

keskin

burilishlar davri boʻldi. Bu davrda chuqur
islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi
boʻlib, ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy
oʻzgarishlar roʻy berdi. Bir jamiyatning
butunlay yod jamiyat taʼsirida qolishi nafaqat
hayotda balki kishilarning falsafasida ham
inqilob yasadi. XIX asrning oxiri va XX asrning
boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa
mintaqalarda boʻlgani kabi oʻzgacha fikrlovchi,
yangicha qarash vakillari shakllanib bordi.XIX
asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoda
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning
turmush tarzi oʻta past, madaniy-maʼnaviy
hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli
edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi
anʼanalarini

tiklashga

intilish

kuchayib

borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar
bilan tafovutlar kelib chiqdi.

“XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy,

siyosiy va madaniy taraqqiyotda soʻnggi va
keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib,
gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning
shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar
Turkistonda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va
mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar,
bedilchilar,

mashrabxonlar,

shuningdek,

Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga
taalluqli boʻlgan tafakkurning turli shakllari,
ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega
boʻlgan maʼrifiy taʼlimotlar va nazariyalar
mavjud edi”.Demak, bu davrda nafaqat jadidlar
harakati balki boshqa gʻoyaviy taʼlimotlar ham
shakllandi.

Kishilarning

dunyoqarashida

tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish

kuchayib borayotgandi. Bu davrda Oʻrta asr
musulmon mutafakkirlarining asarlarini qayta
nashr etish ishlari boshlandi. Kalom falsafasi,
shariat axloqiga oid klassik adabiyotlar arab-
fors tilidan turkiy tillarga tarjima qilinib nashr
etildi. Masjid va madrasalarda Bedilxonlik,
diniy

ulamolar

tomonidan

qadimchilik

harakatlari, sherxonliklar avj oldi. Oʻrta
Osiyoda maʼrifatparvarlik harakati kishilarning
ilm-fan

taraqqiyotiga,

umuminsoniy

qadriyatlarga,

ijtimoiy-iqtisodiy,

madaniy-

maʼnaviy qoloqlikni bartaraf etishga boʻlgan
intilishining natijasi edi.

Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot

va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning
tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi.
Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh
gʻoyasi ana shu murakkab sharoitda shakllanib
yetildi. Bu davr haqida shunday deyilgan:
“Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik
harakat ertangi katta harakatning zamini
vazifasini oʻtaydi. Bu kungi magʻlubiyat ertangi
gʻalabaning amalga oshuvida ozmi-koʻpmi rol
oʻynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur
etish qiyin.

Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-

yillarida Qrimda Ismoil Gaspirali rahbarligida
qrim

tatarlar

oʻrtasida

vujudga

kelgan.Jadidchilik

harakati

namoyandalari

koʻpincha

oʻzlarini

taraqqiyparvarlar,

keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha
davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi
navbatda,

ziyolilar

mahalliy

aholining

umumjahon

taraqqiyotidan

orqada

qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish
zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik
mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

2

5

edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga
uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda
toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va
Xiva hududida bu davrlar 1895–1905; 1906–
1916; 1917–1920; 1921–1929-yillarni oʻz
ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho

Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi
kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari)
yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini
cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa
aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining
ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli
kompaniyalar,

aksiyadorlik

jamiyatlari

manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy
aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay
qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan
hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi.
Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar
tajribasiz

kishilar

bilan

almashtirildi,

poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj
oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash,
mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan
almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar
boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha
davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli
(Dukchi

eshon)

xalqqa

qarata

oʻz

„Xitobnoma“sida

(1898)

yaxshi

bayon

qilgan.Millat

istiqbolini

oʻylovchi

taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha
tabaqalari—hunarmand,

dehqon,

savdogar,

mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar
dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy
qoloqlikdan uygʻotish – siyosiy-maʼrifiy
jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik
harakati

ana

shunday

tarixiy

bir

sharoitdaTurkiston

mintaqasida

rivojlanish

uchun oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va

ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon
mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib
chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil

koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar.
Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun
kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor
edi:yangi

usul

maktablari

tarmogʻini

kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga
oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va
teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop
qilish,

xalqning

ijtimoiy-siyosiy

ongini

yuksaltirish

bilan

Turkistonda

milliy

demokratik davlat qurish.Jadid ziyolilarining
kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu
ishlarni amalga oshirish mumkin edi.armiyani
joriy etish, diniy va dunyoviy, axloqiy
normalarni inobatga olgan holda yangi
qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish va
joriy etish, davlatning boshqaruv tizimini isloh
etish, hududiy tarqoqlikni bartaraf etish chora-
tadbirlarini

ishlab

chiqish,

jamiyat

rivojlanishining barcha sohalari uchun milliy
kadrlarni tayyorlash, davlatlar bilan diplomatik
aloqalarni va tashqi siyosat konsepsiyasini
oʻrnatish kabi bir qancha masalalarni ilgari
surdi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda

vujudga kelgan ijtimoiy-falsafiy tafakkur
taraqqiyotining oʻziga xos xususiyati shundaki,
A.Donish,

Furqat,

Muqimiy

singari

mutafakkirlar,

Ibrohim

Moʻminov

taʼkidlaganidek, adolatning va inson aqlining
tantanasiga qarshi tanqid bayrogʻini koʻtarib
chiqdi. Bu bayroqni keyinchalik Behbudiy,
Fitrat, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza
va Choʻlpon kabilar yangi bosqichga koʻtardi.
“XX asrning avvalida jahon miqyosida yuz
bergan

ijtimoiy-siyosiy

jarayonlardagi

voqealar,

1905

yilgi

rus

revolyusiyasi,

Turkiston xalqlarining ongida demokratik
tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishiga
katta turtki boʻldi. Bunday siyosiy va iqtisodiy
oʻzgarishlar ijtimoiy tafakkurning taraqqiyotiga
taʼsir etmay qolmadi. Yashirin bildirilgan
demokratik

talablar,

maʼrifatparvarlik va


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

2

6

vatanparvarlik gʻoyalari tobora oshkora bayon
etiladigan va ayrim kishilarning hayot tarzi va
maqsadlariga aylangan edi. Ana shu davrda
shakllangan jadidlar ikki tomonlama tanqid
ostida boʻlgan boʻlsa, keyinchalik Oktyabr
toʻntarishidan

soʻng

jadidlar

“qizil

zambaraklar”dan oʻqqa tutildi” ,demak ilgʻor
fikrli jadidlar oʻz davrining qurboniga
aylandi.Turkiston jadidlarining tarixiga nazar
tashlar ekanmiz turli adabiyotlarda ularga
zamonasining muhitiga qarab oʻz taʼrifini
berishgan. Masalan, jadidlarning faoliyati
haqida Fayzulla Xoʻjayev birinchilardan boʻlib
harakatni ikki yoʻnalishda boʻlganini koʻrsatib
bergan: “Shunday qilib, sentabr revolyutsiyasi
boshlanguncha Oktabr va uning oqibatlari
tufayli vujudga kelgan jadidlar tashkilotlarining
tabaqalanishi uzil-kesil rasmiylashdi, bu harakat
bir-biridan butunlay boshqa boʻlgan ikki qismga
boʻlindi: Uning birinchi qismi Buxoro
Kommunistik partiyasiga kirib, oʻz taqdirini
Oktabr revolyutsiyasi va jahon kommunistik
harakatining taqdiri bilan, jahon sotsial
revolyutsiyasi uchun kurash bilan qoʻshdi va
birlashtirdi. Jadidlarning Oktabrgacha boʻlgan
qismi esa fevralgachagi pozitsiyalarda qolib
oʻzining millatchilik ideologiyasini tark
etmadi” .Turkistonda oʻz faoliyatini olib borgan
jadidlar

hududiy qatlamiga koʻra ham

farqlangan.

Masalan,

Turkiston

jadidlari,

Buxoro jadidlari va Xiva jadidlariga ajratib
tahlil qilsak, bularning asosiy maqsadlari
ozodlik pozitsiyasiga yoʻgʻrilgan boʻlsa-da,
ichki tuzilishida ayrim farqlarni ham koʻrish
mumkin. “Turkiston jadidlari ham Buxoro
jadidlari singari tabaqalanish yoʻlidan bordi.
Turkiston

jadidlarining

katta

qismi

revolyutsiyani tushunmadi va uning ilgarigi

milliy burjua ideologiyasida qolaverdi”.
Bundan koʻrinib turibdiki, jadidlarning faoliyati
revolyutsiyadan oldingi va revolyutsiyadan
keyingi

bosqichlarga

ajralgan.

Masalan,

Fargʻona vodiysidagi milliy harakatlar, Yosh
buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Toshkentdagi
ziyolilarning faoliyatlaridagi oʻzaro birlik va
oʻziga xoslik holatlarini ham koʻrishimiz
mumkin.Samarqandda

vujudga

kelgan

maʼrifatparvarlik harakati ijtimoiy rivojlanishi
natijasida jadidlikning siyosiy bosqichiga
koʻtarildi. Oʻz davrining koʻzga koʻringan
ijtimoiy-siyosiy oqimi sifatida jadidlik milliy
oʻz-oʻzini anglashning oʻsishiga va milliy-
ozodlik

mafkurasining

shakllanishi

va

taraqqiyotiga juda katta xizmat qildi.

Xulosa

qilib

shuni

aytish

mumkinki,Turkistonda

vujudga

kelgan

jadidlikning asosiy bosh maqsadi jamiyat
taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan barcha
sohalarda innovatsion gʻoyalarni joriy qilish
edi. Bu bilan jadidlar xalqning yashash tarzini
oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini
rivojlantirishni asosiy maqsadlaridan biriga
aylantirgan.

Jadidlar

Turkistonda

milliy

rivojlanish pozitsiyasining boshida jamiyatning
siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotini
taʼminlash gʻoyasini olib chiqdi. Ular siyosiy
faoliyatida

mustaqillik

gʻoyalari

bilan

yoʻgʻrilgan maqsadni ilgari surdi. Bu harakatni
biz jadidlarning Chor Rossiyasining tajovuziga
qarshi

qaratilgan

kurashida

koʻrishimiz

mumkin. Jadidlar milliy rivojlanish bilan
qaramlikka qarshi kurashmoq lozimligini
angladi.

Bu

gʻoyalar

jadidlar

siyosiy

faoliyatining asosini tashkil etdi. Shuning uchun
jadidlar mazlum xalqni ozodlik kurashiga
chorladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nazarov. Oʻzbek falsafasi. –T., 2003.
2. Tulak. XX asr oʻzbek adabiyoti. –Andijon, 1993.
3. Qosimov. Milliy uygʻonish: Jasorat, maʼrifat, fidoiylik. –T., Maʼnaviyat, 2002.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

2

7

4. Sh.Gʻaffarov. Istibdod davrida Turkistondagi taʼlim tizimi. – Samarqand.: SamDU nashr, 200.
5. Togʻaev. va boshqalar. Darsda jadidchilik va uning mohiyatini oʻrganish.// “Xalq taʼlimi”, 1993, 1-

son.

6. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet, 1999.
7. Hoji Muin. Oila tarbiyasi. “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi, 1918 yil 9 iyul.
8. Guli Mahmudova. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. –T., 2006.
9. Xoʻjayev. Tanlangan asarlar: uch tomlik. –T.: Fan, 1976. 1-tom.
10. Oʻzbekiston tarixi: Yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Davra suhbati

materiallari. 1998 yil 9 oktabr. –T.: Eldinur nashriyot uyi, 1998.

Bibliografik manbalar

Nazarov. Oʻzbek falsafasi. –T., 2003.

Tulak. XX asr oʻzbek adabiyoti. –Andijon, 1993.

Qosimov. Milliy uygʻonish: Jasorat, maʼrifat, fidoiylik. –T., Maʼnaviyat, 2002.

Sh.Gʻaffarov. Istibdod davrida Turkistondagi taʼlim tizimi. – Samarqand.: SamDU nashr, 200.

Togʻaev. va boshqalar. Darsda jadidchilik va uning mohiyatini oʻrganish.// “Xalq taʼlimi”, 1993, 1-son.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet, 1999.

Hoji Muin. Oila tarbiyasi. “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi, 1918 yil 9 iyul.

Guli Mahmudova. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. –T., 2006.

Xoʻjayev. Tanlangan asarlar: uch tomlik. –T.: Fan, 1976. 1-tom.

Oʻzbekiston tarixi: Yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Davra suhbati materiallari. 1998 yil 9 oktabr. –T.: Eldinur nashriyot uyi, 1998.